MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
107
SPIRTLI ICHIMLIK ISTEMOL QILISHGA MOYIL O‘SMIRLAR BILAN
OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY-PEDAGOGIK FAOLIYAT
Nasibxoʻjayeva Mohinur Ziyodxoʻja qizi - University of Management and
Future Technologies universiteti, 312- gurux talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada spirtli ichimliklar iste’mol qilishga moyil
o‘smirlar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat tahlil qilinadi.
O‘smirlarning alkogol iste’mol qilish sabablarini oilaviy, ijtimoiy va psixologik
omillar nuqtayi nazaridan yoritib, bu zararli odatning sog‘liq, ta’lim va ijtimoiy
hayotga salbiy ta’siri ko‘rsatilgan. Shuningdek, ta’lim muassasalari, ota-onalar,
psixologlar va jamiyatning birgalikdagi harakatlari orqali amalga oshirilishi
mumkin bo‘lgan profilaktik chora-tadbirlar bayon etilgan. Maqolada o‘smirlarning
salomatligini muhofaza qilish va ularning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan
motivatsiyasini oshirish bo‘yicha samarali pedagogik strategiyalar taqdim etilgan.
Kalit so’zlar: O‘smirlik, spirtli ichimliklar, ijtimoiy muhit, pedagogik
yondashuv, profilaktika, ta’lim, psixologik yordam, sog‘lom turmush tarzi.
Kirish
O‘smirlik davri inson hayotining muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, bu davrda
shaxsning shakllanish jarayoni faol kechadi. O‘smirlar turli psixologik va ijtimoiy
omillar ta’sirida o‘zlariga zarar yetkazadigan odatlarga moyillik bildirishi mumkin.
Shulardan biri — spirtli ichimliklar iste’moli bo‘lib, bu salbiy odat o‘smirlarning
sog‘lig‘iga, ta’lim jarayoniga va jamiyatdagi ijtimoiy faoliyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Shu sababli, spirtli ichimliklarga moyilligi bor o‘smirlar bilan olib
boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘smirlar orasida spirtli ichimliklar iste’molining sabablari
Spirtli ichimliklarga moyillik turli omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ular
quyidagicha tasniflanadi:
Ota-onaning spirtli ichimliklarga qaramligi o‘smirlarning bu odatni
o‘zlashtirishiga sabab bo‘lishi mumkin. Oiladagi ijtimoiy muhit va nazoratning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
108
sustligi, ota-onaning e’tiborsizligi o‘smirni noto‘g‘ri yo‘lga boshlashi ehtimoli
yuqori. Farzandga yetarlicha e’tibor berilmaganda, u spirtli ichimliklar orqali
muammolaridan qochishga harakat qilishi mumkin.
Yomon muhit va noto‘g‘ri do‘stlar ta’siri spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga
undaydi. Ijtimoiy bosim, ya’ni “o‘zini do‘stlar davrasida namoyon qilish” istagi,
madaniy va ommaviy axborot vositalari orqali spirtli ichimliklar iste’molini targ‘ib
qiluvchi omillarning ta’siri ularni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga undaydi.
Shuningdek, o‘z-o‘zini anglash va shaxsiy muammolarni yengish uchun ichkilikka
murojaat qilish, stress, depressiya va qiyin hayotiy sharoitlar natijasida spirtli
ichimliklar iste’mol qilishga moyillik ichkilikka sabab bo’ladi.
O‘smirlar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
O‘smirlar orasida spirtli ichimliklar iste’molini kamaytirish va oldini olish
uchun kompleks yondashuv talab etiladi. Quyidagi ijtimoiy va pedagogik tadbirlar
samarali hisoblanadi:
Ta’lim muassasalarida profilaktika tadbirlari
Maktab va kollej o‘quvchilariga alkogolning zararli ta’siri haqida
muntazam seminar va treninglar o‘tkazish.
O‘qituvchilar va psixologlar tomonidan maxsus darslar tashkil etish.
Spirtli ichimliklarga qarshi kurashga bag‘ishlangan ijtimoiy loyihalar va
targ‘ibot tadbirlarini yo‘lga qo‘yish.
Ota-onalar bilan ishlash
Ota-onalar uchun maslahat va treninglar tashkil etish.
Oilada sog‘lom muhit yaratishga ko‘maklashish.
O‘smirning bo‘sh vaqtini samarali tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalar
berish.
Psixologik yordam va reabilitatsiya
O‘smirlar bilan individual va guruhiy psixologik suhbatlar o‘tkazish.
Stress va depressiyani kamaytirishga qaratilgan maslahat va terapiya
mashg‘ulotlarini tashkil qilish.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
109
Spirtli ichimliklarga qaram bo‘lib qolgan o‘smirlar uchun maxsus
reabilitatsiya markazlari va dasturlar ishlab chiqish.
Bundan tashqari o’smirlar uchun sport va ijodiy mashg‘ulotlarni rivojlantirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda sport to‘garaklari va sog‘lom turmush tarzini
targ‘ib qilish,
yoshlarning ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga san’at,
musiqa va fan sohalarida o‘zlarini namoyon qilish imkoniyatlarini yaratish muhim
o’rin tutadi. Spirtli ichimliklar iste’moliga moyil o‘smirlar bilan olib boriladigan
ijtimoiy-pedagogik faoliyat kompleks va tizimli yondashuvni talab qiladi. Oila,
maktab, jamiyat va davlatning birgalikdagi harakatlari orqali bu muammoning oldini
olish va kamaytirish mumkin. O‘smirlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish,
sog‘lom muhit yaratish, ta’lim va tarbiya jarayonida psixologik yondashuvlarni
qo‘llash spirtli ichimliklarga bo‘lgan moyillikni kamaytirishga yordam beradi. Shu
sababli, har bir pedagog, ota-ona va jamiyat a’zosi bu muammoga befarq bo‘lmay,
yosh avlodni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirishga hissa qo‘shishi zarur.
Xulosa
Spirtli ichimliklar iste’moliga moyil o‘smirlar bilan olib boriladigan ijtimoiy-
pedagogik faoliyat ularning sog‘lom hayot kechirishlariga ko‘maklashishda muhim
ahamiyatga ega. Alkogolga moyillikning asosiy sabablari oilaviy muhit, do‘stlar
ta’siri va psixologik holatlarga bog‘liq bo‘lib, bunday muammolarni hal qilish uchun
kompleks chora-tadbirlar zarur. Maktab va kollejlarda profilaktik tadbirlarni yo‘lga
qo‘yish, ota-onalarni xabardor qilish, psixologik yordam ko‘rsatish va o‘smirlarning
bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish bu masalani hal qilishda samarali usullardir.
Jamiyatning har bir a’zosi ushbu jarayonda o‘z hissasini qo‘shishi orqali yosh
avlodning sog‘lom kelajagini ta’minlashga yordam berishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Sulaymon Amirqulovich Xaydarov. (2024). O’quvchilarni tarbiyashda ijtimoiy
fanlarni o’qitishni didaktik imkoniyatlari. SCIENCE AND EDUCATION
SCIENTIFIC JOURNAL. 5.1.B.271-275.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
110
2. Хайдаров, С. (2023). Pedagogik faoliyatda oʼqituvchi oʼzida kompetentlik
sifatlarini shakillantirishi. Цифровизация современного образования: проблема и
решение, 1(1), 64–67.
3. Ҳайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН
ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.
4. Xайдаров C. (2024). Spiritual influence on child education in families. Web of
Teachers: Inderscience Research. 2 (11). 203-205.
5. Xайдаров C. (2025). Oилаларда фарзанд тарбиясига руҳий таъсир ўтказиш.
Modern Education and Development. 3 (17). 23-27.
6. Khaydarov S.A. (2025). The role of the use of fine arts in teaching the history of
the country. Modern Education and Development. 3 (17). 28-33.
7. Xaydarov S.A. (2025). Ijtimoiy-gumanitar fanlarda raqamli metodlardan
foydalanish yo’llari. NEW RENAISSANCE international scientific journal. 2(1).
91-94.
8. Xaydarov S.A. (2025). Yoshlarda vatanparvarlik hissini tarbiyalashda Boburnoma
asariga ishlangan miniatyuralarning ahamiyati. Til va adabiyot.uz. 2.11-12.