MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
241
RAXIT KASALLIGINING OLDINI OLISH VA DAVO
MASALALARI
Qilichova Nasiba Keldiyorovna
Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Pediatriya yo'nalishi
Annotatsiya: Erta yoshdagi bolalar orasida eng ko'p uchraydigan
kasalliklardan biri sifatida raxit kasalligini aytish mumkin. Ushbu maqolada aynan
raxit kasalligi va uning klinik belgilari, kasallikning oldini olish choralari xususida
atroflicha fikr bildiriladi. Kasallikning asosiy sabablaridan biri bo'lgan vitamin D
tanqisligining oldini olishga doir tavsiyalar hamda kasallikning davo choralari
haqida ma'lumotlar beriladi.
Kalit so'zlar: vitamin D, kalsiy, raxit, moddalar almashinuvi, homiladorlik
davri, magniy tanqisligi, intensiv o'sish, gipokalsimiya, vitamin komplekslari,
endokrin buzilish.
Bugungi kunda erta yoshdagi bolalarda raxit kasalligi bilan kasallanish holatlari
tez-tez uchrab turibdi. Buning sababi sifatida homiladorlik davridan boshlanadigan
holatlar ham belgilanmoqda. Raxit - moddalar almashinuvining polietiologik
kasalligidir. U o'suvchi organizmning fosfor va kalsiyga bo'lgan talabining yuqoriligi,
ularning transporti va metabolizmga qo'shilishini ta'minlovchi tizimning mos
kelmasligi bilan xarakterlanuvchi kasallik hisoblanadi. Bir yoshdan katta bolalarda va
kattalarda bunday holat osteomalyatsiya yoki osteoporoz deb ataladi.
Raxit birinchi bo'lib XVII asrda AngIiyada o'rganilgan. O'sha vaqtlarda uning
sabablari aniq emas edi. XX asrning 30-yillarida vitamin D topilgan. Shu vaqtda
ultrabinafsha nurlanish sintezi terida yuzaga kelishi ham aniqlangan. Ko'p yillar
mobaynida raxitning asosiy sababi vitamin D tanqisligi deb hisoblangan. Lekin oxirgi
yillarda qonda vitamin D metabolitlari konsentrasiyasini aniqlash imkoniyati paydo
bo'igandan so'ng D gipovitaminozi raxit rivojlanishi sabablaridan faqat biri ekanligi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
242
aniqlandi. Hozirgi vaqtda raxitning yetakchi sababi fosfatlar va kalsiy tuzlarining
yetishmasligi, lekin bunda gipokalsimiyaga qaraganda gipofosfatemiya ko'proq
uchrashi va katta ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan. Erta yoshdagi bolalarda fosfat
va kalsiy tuzlarining tanqisligi sabablari quyidagilar:
• Chala tug'ilish (homilaga kalsiy va fosfat tushishi homiladorlikning oxirgi
oylarida ko'payadi) ;
• Noto'g'ri ovqatlantirish natijasida kalsiy va fosforni yetarli darajada
organizmga tushmasligi;
• lntensiv o'sish davrida minerallarga bo'igan talabning yuqoriligi (raxit -
o'sayotgan organizm kasalligi)
• Oshqozon - ichak trakti. Buyrak yo'llari orqali fosfor va kalsiy transportining
buzilishi, buning sababi organlar patologiyasi yoki ferment sistemasining yaxshi
rivojlanmaganligidir.
• Nomuvofiq ekologik sharoit (organizmda xrom, stronsiy to'planishi, temir,
magniy tanqisligi)
• Irsiy moyillik (misol uchun, o'g'il bolalar qiz bolalarga qaraganda, raxitni og'ir
o'tkazadi, D (1) guruhdagi bolalar raxit bilan kam kasallanadi, A (11) guruhdagilar
ko'proq kasallanadi)
• Endokrin buzilishlar (qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezi
funksiyasining buzilishi)
• Ekzo- va endogen vitanlin D tanqisligi. Vitamin D ning organizmdagi
almashinuvi juda murakkab jarayon.
Vitamin D ning boshlang'ich shakllari - organizmga ovqat bilan tushuvchi
ergokalsiferrol (vitamin D) va xolekalsiferol (vitamin C) (vitamin C shuningdek,
terida UBN ta'sirida ham hosil bo'ladi) - biologik jihatdan faolligi yetarli emas. Shuni
ta'kidlash lozimki, qonda fosfor va kalsiy miqdorini ba' zi garmonlar ham boshqaradi.
Raxitda paratgormon miqdori oshadi, u buyrak kanalchalarida fosfatlar
reabsorbsiyatsini kamaytiradi, bir vaqtning o'zida buyrakda vitamin D ning
gidroksillanishini, ichakda kalsiy so'rilishini va suyakdan kalsiy rezorbsiyatsini
kuchaytiradi va shu yo'l bilan gipokalsiyemiyani bartaraf qiladi. Shuningdek,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
243
qalqonsimon bez aktivligi o'zgarishi, chunki kalsitonin kalsiyning suyakka o'tishini
va vitamin D ning kam aktiv shaklini yuqori aktiv shaklga o'tishini kuchaytiradi.
Kasallikning birinchi belgilari bola hayotining 2-3 oylarida paydo bo'ladi. Bolaning
xatti-harakatlari o'zgaradi: bezovtalik, cho'chish, yuqori qo'zg'aluvchanlik, tashqi
qo'zgalishlarga qaltirash (qattiq shovqin, to'satdan yorug'lik tushishi). Bolaning
uyqusi yuzaki va qo'rquvli bo'lib qoladi. Ter ajralishi kuchayadi, asosan boshning
soch qismida va yuzda, turg'un qizil dermografizm aniqlanadi. Ter nordon hidli
bo'ladi va terini qichishtiradi.
Bola boshini yostiqga ishqalaydi, ensa sohasida soch to'kilishi paydo bo'ladi. Bu
yosh uchun xos bo'lgan mushaklar fiziologik gipertonusi, mushak gipotoniyasi bilan
almashinadi. Katta liqildoq chegaralari va kalla choklari mo'rtlashadi, suyak-to'qay
birikkan joyda qovurg'alar yo'g'onlashadi ("raxit tasmalari"). Kaft suyaklari
rentgenogrammasida suyak to'qimalarining siyraklashishi kuzatiladi. Qon bioximik
tekshiruvida kalsiy konsentratsiyasi normal yoki yuqori, fosfat konsentratsiyasi
pasayganligi aniqlanadi: ishqoriy fosfataza aktivligi yuqori bo'lishi mumkin. Peshob
tahlilida fosfaturiya, ammiak va aminokislotalar miqdori ortadi. Raxitning o'tkir
kechishi uchun barcha simptomlarning tez rivojlanishi xarakterli, nevrologik
buzilishlar yaqqol rivojlangan, aniq gipofosfatemiya, osteomalyatsiya jarayoni
ustunlik qiladi.
Qaytalanuvchi (to'lqinsimon) kechishida bolada faol raxitning klinik, laborator
va rentgenologik belgilari aniqlanadi. Hozirgi vaqtda raxitning qaytalanuvchi
kechishining bo'lishi gumon bo'lib hisoblanmoqda.
Xulosa sifatida shuni aytish munkinki, erta yoshdagi bolalarda raxit
kasalligining davosi sifatida kompleksli, uzoq muddatli va raxitni chaqiruvchi
sababini bartaraf qilishni aytish mumkin. Bolani yoshiga mos holda, ratsional
ovqatlantirish, kun tartibiga rioya qilish, toza havoda uzoq sayr qilish, yetarli
insolyatsiya, davo gimnastikasi va massaj, chiniqtirish, yo'ldosh kasalliklarni
davolash. Spetsifik davosi kalsiy, fosfot dorilari, vitamin D tavsiya qilishdan iborat.
Hozirgi vaqtda asosiy e'tibor raxitning nospetsifik profilaktikasiga qaratilgan bo'lib,
u bola tug'ilganigacha va tugi'lgandan so'ng olib boriladi. Raxitning antenatal
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
244
profilaktikasi homiladorlarni to'g'ri ovqatlantirishdir. Toza havoda sayr qilish,
jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish, homiladorlar uchun doimiy ravishda vitamin
komplekslarini mikroelementlar bilan birga qo'llash tavsiya etiladi. Raxitning
postnatal profilaktikasi tabiiy ovqatlantirish, kun tartibiga rioya qilish, bolani
chiniqtirish, massaj, gimnastika, emizikli onalarga doimiy ravishda vitamin
komplekslarini qabul qilish, ochiq havoda sayr qilish buyuriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
I. Belokon A., Kuberger M.B. Bolemi serdsa i sosudov u detey. M. 1987.
2. Bdozerov Yu.M. Detskaya kardiologiya. M. 2004.
3."Bolezni detey rannego vozrasta"', -rukovodstvo dlya vrachey pod redaksiey
A.A.Baranova, - Moskva-Ivanova, 1998.
4. Denisov M.Yu. Prakticheskaya gastroenterologiya dlya pediatra. M., 2001.
5. www.edu.uz
6. www.medic.uz