MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
38
INGLIZ VA O‘ZBEK TILIDAGI IBORALARNING
MA’NODOSHLIGI
Shodmonova Go‘zaloy Muhammadbobirovna
Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o‘quvchisi
Haqqiyeva O‘g‘ilnor Rashidovna
Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati ingliz tili fani o‘qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillarida ishlatiladigan iboralar
va frazeologik birikmalarning semantik o‘xshashligi, ma’nodoshligi va ularning
qiyosiy tahlilini o‘rganishni nazarda tutadi. Tadqiqot doirasida ikkala tilning
frazeolgik boyligi tahlil qilinadi, turli madaniy va lingvistik kontekstlarda
iboralarning qo‘llanilishiga e’tibor qaratiladi.
Kalit so‘zlar: Frazeologik birikmalar, iboralarning ma’nodoshligi, lingvistik
tahlil, frazeologik ekvivalentlik, semantik o‘xshashlik.
Kirish:
Ingliz va o‘zbek frazeologik birliklarini o‘rganish insonda madaniy
tushuncha uyg‘otadi. Maqollar, iboralar kabi frazeologik birliklar o‘zi mansub
bo‘lgan millatning madaniyatini o‘zida aks ettirganligi sababli ingliz va o‘zbek
frazeologiyasini tahlil qilish va qiyoslash har ikkala millatning madaniyati,
dunyoqarashlari haqida tushuncha berishga xizmat qiladi. Bundan tashqari ikkala
tildagi frazeologik nozikliklarni bilish insonning muloqot qilish qobiliyatini oshiradi
va frazeologik birliklarning asosiy qismi ko‘chma ma‘noda bo‘lganligi sababli
ularning o‘xshash va farqli jihatini o‘rganish muloqotdagi ehtimoliy muammolarning
oldini olishga yordam beradi. Shu sababli, bu mavzuni o‘rganish nafaqat lingvistik,
balki madaniy jihatdan ham dolzarbdir. Frazeologiya tilshunoslikning bir bo‘limi
bo‘lib, tilning frzeologik birliklari, ya’ni iboralar, maqollar, matallar va boshqa
turg‘un birikmalarni o‘rganadi. Frazeologiyaning asosiy maqsadlaridan biri nutqda
avvaldan tayyor bo‘lgan turg‘un birikmalarni avvaldan tayyor bo‘lmagan so‘z
birikmalaridan ajrata bilishdir . Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil tarmog‘i
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
39
sifatida XX asrning 40-yillarida rus tilshunosligida paydo bo‘lgan va keyinchalik
o‘zbek tilshunosligida ham rivojlangan. O‘zbek tilshunosligida frazeologiya
sohasidagi tadqiqotlar 1950-yillardan boshlangan. Shu kungacha frazeologizmlar
turli jihatlardan o‘rganilgan va bir necha lug‘atlar tuzilgan. Sh. Rahmatullayev, B.
Yo‘ldoshev, A. Mamatov kabi olimlar bu sohada muhim ishlar olib borganlar.
Asosiy qism.
O‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning asosiy xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
Ma’no yaxlitligiga ega bo‘lgan nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq
so‘zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutqqa tayyor holda olib
kiriluvchi ko‘chma ma’nodagi barqaror birikmalarga –frazeologizimlar, ya’ni
iboralar deyiladi.
Iboralarning o‘ziga xos xususiyatlari:
1. Iboralar bir so‘roqqa javob bo‘ladi. Masalan:
Ko‘ngli ochiq
-qanday?
2. Bir gap bo‘lagi vazifasida keladi. Masalan:
Ko‘ngli ochiq odam
- aniqlovchi
3. Bitta umumiy ma’no beradi. Masalan:
Ko‘ngli ochiq
- xususiyat, bitta belgi.
4. Iboralar ham xuddi so‘z kabi shakl ma`no butunligiga ega.
5. So‘zning shakliy tomoni-tovush, iboraning shakliy tomoni- so‘z.
O‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklar (idiomalar) ko‘plab
o‘xshashlik va farqlarga ega. Bu birliklar tilning boyligini va madaniy xususiyatlarini
aks ettiradi. Har ikkala tilda ham frazeologik birliklar ko‘pincha metaforik ma’noga
ega. Masalan, ingliz tilidagi
“Open mind”
( turli fikrlar va qarashlarga nisbatan ochiq
fikrli) va o‘zbek tilidagi
“Oq ko‘ngil”
iboralari o‘xshash ma’noni ifodalaydi .
Ingliz tilidagi bu ibora dunyoqarashi keng bo‘lgan insonlarga nisbatan
ishlatiladi. O‘zbek tilida esa Oqkoʻngil(lik) – yumshoq koʻngillik, rahmdillik,
koʻngilchanlik mazmunini anglatadigan tushuncha. Oqkoʻngillik kishilardagi eng
yaxshi ijobiy xislatlarni ifodalaydi. Masalan, Said Ahmadning “Ufq” romanida Jannat
xola juda ochiq ko‘ngil inson sifatida tasvirlanadi.
Ingliz va o‘zbek tillaridagi “tongue-til” komponentli iboralar madaniyatni
ifodalashda muhim ahamiyatga ega. Masalan, ingliz tilidagi
“hold your tongue”
(tilini tiyish) iborasi va o‘zbek tilidagi
“tilini tiyib turmoq”
iborasi o‘xshash bo‘lsa-
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
40
da, har bir madaniyatda bu iboralar turli kontekstlarda qo‘llaniladi. Ingliz tilidagi
“hold your tongue”
iborasi odatda salbiy ohangga ega bo‘lib, birovning o‘rinsiz joyda
gapirganini to‘xtatish ma’nosida ishlatiladi. Bu ibora asosan jiddiy vaziyatlarda,
rasmiy yoki nizoli suhbatlarda qo‘llanadi. Misol uchun, bu ibora birovni mulohaza
qilishga yoki ortiqcha gaplarni to‘xtatishga undaydi. Ingliz madaniyatida ko‘pincha
bunday iboralar ogohlantirish xarakteriga ega bo‘lib, gapiruvchining bevosita
keskinlikka to‘la his-tuyg‘ularini aks ettiradi.
O‘zbek tilidagi
“tilini tiyib turmoq”
iborasi esa, ko‘proq hurmat va odob
me’yorlariga asoslangan. O‘zbek madaniyatida gapirish odobi va kattalarga hurmatga
katta ahamiyat beriladi. Shuning uchun bu ibora o‘zaro hurmat, muloyimlik va
ehtiromni ifodalaydi. Bundan tashqari, bu ibora og‘irroq suhbatlarda ko‘proq katta
yoshlilarga hurmat ko‘rsatishni ta’kidlab qo‘llaniladi. O‘zbek madaniyatida odamlar
o‘z so‘zlarini boshqarishda odobga katta e’tibor berishadi, va
“tilini tiyib turmoq”
iborasi ko‘pincha ijtimoiy qoidalarga rioya qilish, jamiyatda to‘g‘ri muomala qilish
bilan bog‘liq. Ikkala ibora ham gapirmaslikka chaqiradi, lekin ular turli madaniy
me’yor va qadriyatlarni aks ettiradi. Inglizcha ibora ko‘proq ogohlantirish xarakteriga
ega bo‘lsa, o‘zbekcha ibora hurmat va odobni ifodalaydi.
Ingliz va o‘zbek tillarida frazeologik birliklarning shakllanishi til va
madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikning natijasidir. Har ikki til frazeologiyasining
shakllanishida lingvistik tamoyillar va metaforik obrazlar katta ahamiyatga ega. Bu
tilning o‘ziga xosligini ko‘rsatadi va madaniy o‘ziga xosliklarni lingvistik vositalar
orqali aks ettiradi. Masalan, ingliz tilidagi
“sharp tongue”
va o‘zbek tilidagi
“tili
o‘tkir”
iboralari, har ikkisi ham kimningdir tanqidiy, qattiq va ba’zan shafqatsiz
gapirishini ifodalaydi. Ikkala ibora ham tanqidiy fikrning kuchini va tinglovchiga
ta’sirini ko‘rsatadi. Ingliz madaniyatida “sharp tongue” odatda salbiy ohangga ega
bo‘lib, kimningdir achchiq, kinoyali va zararli tarzda gapirishini bildiradi:
“You are
a cruel, hardened, selfish wretch!” Heathcliff exclaimed, his sharp tongue cutting
through the silence. “I shall never forgive you for what you have done. You deserve
no sympathy.”
(E.Brontë. Wuthering Heights.) O‘zbek madaniyatida esa “tili o‘tkir”
iborasi tanqidni ifodalasa-da, bunda gaplarning mantiqiyligi va lo‘ndaligi ham katta
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
41
ahamiyatga ega: “
Gapingni bilib gapir, hushyorroq muomala qil. Ko‘ngli nozik, tili
o‘tkir – bir so‘z bilan umidingni shart kesib qo‘yishi mumkin.”
Bu iboralarda o‘zaro
farq shundan iboratki, ingliz tilida ko‘proq salbiy baho bilan ishlatiladi, o‘zbek tilida
esa tanqidiy gapiruvchi shaxs fikrning to‘g‘riligi va asosli bo‘lishi ijobiy qabul
qilinishi mumkin. Bu iboraga ko‘proq
“tili zahar”
iborasi ekvivalent bo‘lishi
mumkin. Bu ibora asosan ko‘pincha og‘zaki nutqda va adabiyotda ayollarga nisbatan
ishlatiladi. Bu ibora keskin, tanqidiy va achchiq gapiradigan insonlarni, asosan
ayollarni tasvirlash uchun qo‘llaniladi. Bunday ifoda, odatda, odamlarning so‘zlari
orqali boshqalarga ruhiy zarar yetkazadigan, gaplari bilan keskin ta’sir o‘tkazadigan
xatti-harakatlarni ifodalaydi. O‘zbek madaniyatida, an’anaviy oilaviy va ijtimoiy
hayotda, muloyimlik va yumshoq gapirish qadriyatlari yuqori baholanadi. Shu sababli
“tili zahar”
iborasi salbiy konnotatsiyaga ega bo‘lib, odatda, ayollarning keskin
gapirishi madaniy jihatdan yomon qabul qilinadi. Milliy mentalitetni aks ettiruvchi
frazeologizmlarning tahlili orqali bu til va madaniyatning o‘ziga xos jihatlarini
aniqlash mumkin. Har bir xalqning lingvistik obrazlari ularning dunyoqarashi va
ijtimoiy munosabatlarini ifodalaydi.
Shunindek, ingliz tilida
“dine with Duke Humphrey”
turg‘un iborasi mavjud.
U
“tushliksiz qolish, tushlikdan, ya’ni tamaddi qilib olishdan mahrum bo‘lish”
mazmunini anglatadi. Mazkur fe’lli iboraning kelib chiqishida o‘ziga xos tarixiy
omillar rol o‘ynagan. London cherkovlaridan biridan o‘sha joydagi qashshoq va
gadoylar tamaddi qilishga biror narsa berishlarini so‘rashadi. Ammo ular “Yo‘q”
javobini oladi. Ya’ni yegulik so‘raganlar och qoladi. Mana shu cherkovga gersog
Hemfri ko‘milgan bo‘ladi. Shu bois gersog Hemfridan ovqat so‘rash aslida ovqatsiz
qolish mazmunini berganligi sababli idioma tarjimasi
“och qolish, tushliksiz qolish”
mazmunida qo‘llanishga asos bo‘lgan. Shuningdek,
“cut off with a shilling”
iborasi
“merossiz qolish, merosdan mahrum bo‘lish”
mazmunini anglatadi. Uning
etimologiyasi zamirida ham o‘ziga xos tarixiy-ijtimoiy holat va vaziyatlar mavjud.
Ingliz yurisprudensiyasiga ko‘ra agar ota o‘z farzandini merosdan mahrum qilmoqchi
bo‘lsa-yu, masalan, o‘z o‘g‘liga meros qoldirmasa, bunday odamning vafotidan so‘ng
o‘g‘il o‘zining ota merosiga bo‘lgan huquqini sud orqali tiklab olishi mumkin. Agar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
42
ota haqiqatan ham o‘z o‘g‘lini merosdan mahrum qilmoqchi bo‘lsa, u o‘g‘liga rasmiy
“bir shilling” vasiyat qiladi. Ya’ni huquqiy jihatdan o‘g‘il meros olgan bo‘ladi.
Shundan so‘ng o‘g‘il ota vafotidan so‘ng katta merosga da’vogar bo‘la olmaydi.
Shunga ko‘ra idiomaning tarjimasi
“merosdan mahrum bo‘lish, merossiz qolish”
mazmunini anglatadi.
Ingliz frazeologiyasining asosiy xususiyatlaridan yana biri uning majoziy
ma’nosidir. Ko‘plab frazeologik birliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinmasdan,
kengroq kontekstda tushuniladi. Masalan,
“spill the beans” (sirni oshkor qilish)
iborasi so‘zma-so‘z tarjima qilinsa, uning asl ma’nosi yo‘qoladi. Ushbu majoziy
qo‘llanishlar nutqni ifodali va jonli qiladi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik
birliklarni tadqiq qilish ularning lingvistik va madaniy xususiyatlarini yoritishda
muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqot ham til o‘rganish va madaniyatlararo
muloqotda yangi imkoniyatlar ochishga yordam beradi va kelajakda yanada
chuqurroq tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Baker, Mona. In Other Words: A Coursebook on Translation. Routledge, 1992.
2. Mamatov A., Almamatova Sh. Farzeologik transpozisiya va uni o'rganish haqida.
Uslubshunoslik va frazeologizmning dolzarb mummolari. Ilmiy-nazariy konfirensiya
materiallari. - Samarqand. 2007. 68-70 b.
3. Mamatov A. O'zbek tilida frazeologizmlarning shakllanishi masalalari. - T.: O'TA.
2001. № 3.
4. Merriam-Webster’s Collegiate Dictionary, 11th Edition, Jacketed Hardcover,
Indexed, 2020 Copyright 11th Edition by Merriam-Webster
5. Yo‘ldoshev B. Frazeologizmlarning adabiy til normasi munosabatiga doir. - T.:
O'TA. 1992. 3-4 son. 37-42 b.
6. Akram o‘g‘li, U. U. (2024). Literary Significance of Number Archetypes. Buletin
Antropologi Indonesia, 1(2), 7-7.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
43
7. Akram o‘g‘li, U. U. (2024). THE IMPORTANCE OF ARCHETYPE STUDIES
IN LITERATURE. XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(1),
282-286.
8. Akram o‘g‘li, U. U. NEGATIVE REPRESENTATION OF WHITE COLOR
ARCHETYPE IN “HARRY POTTER AND THE GOBLET OF FIRE”.
9. Akram o‘g’li, U. U. SIGNIFICANT FEATURES OF COLOUR ARCHETYPES
IN ENGLISH LITERATURE.
10. Akram o‘g’li, U. U., & Sohib o‘g’li, X. N. (2023). Literary analysis of the
distinctive features of archetypes and metaphors. Journal of innovations in scientific
and educational research, 6(3), 10-16.
11. Akram o‘g'li, U. U., & Raximovna, S. Z. (2022). THE SYMBOL OF MIRROR
IN ENGLISH CHILDREN'S LITERATURE AND ITS FANTASTIC FEATURES.
Евразийский журнал академических исследований, 2(2), 70-74.
12. Akram o‘g'li, U. U., Sohib o‘g'li, X. N., & O‘ktamovna, Y. H. (2022). THE
IMPORTANCE OF RIDDLES, PROVERBS AND TONGUE TWISTERS IN
UZBEK CHILDREN'S LITERATURE. Евразийский журнал академических
исследований, 2(2), 75-77.
13. Rakhimovna, S. Z., & Akram o‘g’li, U. U. UDC: 82.091 THE DEVELOPMENT
OF ENGLISH CHILDREN’S LITERATURE AND ITS REPRESENTATIVES.
SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY, 29.
14. Sohib o‘g’li, X. N., & Akram o‘g’li, U. U. (2022). HISTORY OF UZBEK
FOLKLORE GAMES AND THEIR PLACE IN CHILDREN'S LIVES.
Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 2(2), 403-408.
15. Umarov, U. (2023). ANALYSIS OF GOTHIC GENRE ELEMENTS IN THE
WORKS OF ENGLISH CHILDREN'S LITERATURE. ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 42(42).
16. Umarov, U. (2023). Characteristic features of hero archetype in the example of
Harry Potter. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 42(42).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
44
17. Umarov, U. (2023). PLANTS SYMBOLIZING HUMAN CHARACTER AND
APPEARANCE IN THE XX TH CENTURY UZBEK POETRY. ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 42(42).
18. Umarov, U. (2023). REALISM ELEMENTS IN THE NOVEL" A FAREWELL
TO ARMS" BY ERNEST HEMINGWAY. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz), 42(42).
19. Umarov, U. (2023). THE DEVELOPMENT OF UZBEK CHILDREN'S
LITERATURE AS A SPECIAL LITERATURE AND ITS FEATURES. ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 42(42).
20. Umarov, U. (2023). The significant role of archetypes in children’s education.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 42(42).