MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
179
KISHILIK TARIXIDA INSONPARVARLIK G‘OYALARINING
SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
Feruza G‘OZIYEVA
IIV Farg‘ona akademik litseyi huquq fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Insonparvarlik g‘oyalari har xil millat va xalqlarning tarixiy
rivojida boshidan kechirgan muhim vaziyatlar, yangilanishlar va ijtimoiy
yondashuvlar asosida mustahkam bo‘lib borgan. Ushbu maqolada ana shu
insonparvarlik g‘oyalarining kishilik tarixidagi shakllanishi haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: insonparvarlik, g‘oya, ijtimoiy tarbiya, alloma, tadqiqot, fikr,
qadriyat
Abstract: Humanistic ideas have been strengthened in the historical
development of various nations and peoples based on important situations,
innovations and social approaches. This article discusses the formation of these
humanistic ideas in human history.
Keywords: humanism, idea, social education, scientist, research, thought,
value.
Аннотация: Гуманитарные идеи укрепились на основе важных
ситуаций, обновлений и социальных подходов, испытанных различными
нациями и народами в их историческом развитии. В данной статье говорится
о формировании этих гуманитарных идей в личной истории.
Ключевые слова: гуманизм, идея, социальное образование, аллома,
исследование, мысль, ценность.
Shaxsda insoniylik fazilatini yuzaga chiqarish, rivojlantirish masalasi tarbiya
g‘oyalari shakllangan, pedagogik fikrlar dastlabki vujudga kelgan paytdan boshlab
tadqiq etilgan. Shaxsda insonparvarlik fazilatini shakllantirish, rivojlantirish masalasi
o‘z mazmuni, ijtimoiy roliga ko‘ra klassik xususiyatga ega. Ya’ni ushbu masala
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
180
barcha zamon va makonlarda shaxs tarbiyasini tashkil etishda markaziy o‘rin
egallagan.
Insoniyat tarixidagi ilk insonparvarlik g‘oyalarining eramizdan avvalgi
uchinchi ming yillikda shakllangan. Aynan shu vaqtda Qadimgi Xitoyda Konfutsiy
g‘oyalari keng yoyiladi. Ijtimoiy falsafa tarixida Konfutsiy ilk insonparvar-pedagog
va faylasuf sanaladi.
Konfutsiy ijtimoiy tarbiyaning asosini belgilar ekan, barcha uchun namuna
bo‘la oladigan shaxs qiyofasini yaratadi. “Allomaning g‘oyalarida komil inson o‘zida
boshqalarga muhabbatli, shafqatli, insonparvar bo‘lishi; barcha ishda odillik; rasm-
rusum, odob-axloq qoidalariga amal qilishi; fahmli, sog‘lom fikrlovchi, bunyodkor
bo‘lishi; erkin, halol, vijdonli bo‘lishi”
1
.
Mashhur pedagog va faylasufning ta’limoti to‘liq insonparvarlik g‘oyalariga
asoslangan. Xususan, allomaning “O‘zingga ravo ko‘rmagan narsangni boshqalarga
ham ravo ko‘rma”, “Insonparvar odam – insonlarni yaxshi ko‘radi”, “Ota-onani
avaylash, aka-ukalarning so‘ziga quloq tutish – insonparvarlikning asosi”, “Tilida
mehribon bo‘lgan kishilarda insonparvarlik oz bo‘ladi”, “Yoshlar o‘z uyida ota-
onasini, aka-ukalarini so‘zsiz e’zozlashi, ostona hatlab ko‘chaga chiqqach esa yor-u
do‘st va kattalarning hurmati-izzatini joyiga qo‘yishi, ishga mas’uliyat, ehtiyotkorlik
bilan yondashishi, bergan va’dasida turishi, xalqiga mehr qo‘yishi va insonparvar
kishilarga yo‘ldosh bo‘lishi kerak”, “Insonparvarlik fazilatiga ega bo‘lmagan kishi
uzoq vaqt qashshoqlikda ham farovonlikda ham yashay olmaydi. Insonparvar kishiga
insonparvarlik huzur bag‘ishlaydi. Aqlli odamga insonparvarlik foyda olib keladi”,
“Kimki chin dildan insonparvarlikka intilsa, u hech qachon yomon ishlash qilmaydi”,
“Olijanob inson tamaddi qilayotganda ham insonparvarlikka orqa o‘girmaydi. U
nihoyatda tig‘iz soniyada ham insonparvarlikka tayanib ish ko‘radi. Jahon kezib
sargardonlikda yurganida ham insonparvarlikka amal qiladi””
2
kabi qarashlari
insonparvarlikning asosi sanaladi.
1
Помелов В. Б. 100 великих педагогов. – М.: Вече, 2018. – С. 10.
2
Конфуций. Суҳбат ва мулоҳазалар. – Т.: Янги аср авлоди, 2014. – 7-41-б.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
181
Rossiyalik tadqiqotchi V.B.Pomelovning fikricha, insonparvarlik qadriyatlari
Rim va Yunonistonda yashab o‘tgan avangard pedagoglar, xususan, Suqrot, Aristotel,
Platon, Mark Tulliy Sitseron, Mark Fabiy Kvintilian, Kirill va Mefodiy, ta'limotining
xarakterli, o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan
3
. Jumladan, “buyuk alloma Suqrotning
ijtimoiy-falsafiy fikrlari markazida inson turadi. Mutafakkir “inson imkoniyatlarini
yuqori baholaydi. Tarbiya aynan mana shu imkoniyatlarni amalga oshirishga xizmat
qilishi zarur”, deb hisoblaydi. Chunonchi, “Har bir inson – quyosh, faqat unga nur
sochishi uchun imkoniyat berish kerak”.
A.V.Povilaytisning ta’kidlashicha, “insonparvarlik tushunchasi bizning
davrimizgacha bo‘lgan yillarda yuzaga kelgan va hanuzgacha ahamiyatini
yo‘qotmagan. Shu bilan birga tushunchaning o‘zi muammoli, bahsli xarakter kasb
etadi”
4
. Mazkur fikrning asosini insonparvarlik masalasini o‘rganishga bo‘lgan
yondashuvlarning turlichaligi tasdiqlaydi. Muallif o‘zi tomonidan olib borilgan ilmiy
tadqiqot ko‘rsatkichlariga suyangan holda quyidagicha xulosaga keladi: yuz yillar
davomida insonparvarlik g‘oyasining keng targ‘ibida hech bir evolyutsiya yuz
bermagan.
Gumanizm g‘oyasi dialektikasidagi dinamik o‘zgarishning mohiyatini tahlil
qilganda, ta’kidlash joizki, tarixiy rivojlanish jarayonida ro‘y berayotgan hodisa
aslida takrorlanishdir, ya’ni insonlarga muhabbat, ularning qadr-qimmatini e’zozlash
va huquqlarini himoya qilish muammolariga doimiy qaytishdir. Shu bilan birga,
insonparvarlik masalasiga yondashuvda, ayniqsa jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy
sohasida, uni muayyan davr doirasida hukmron sinf yoki guruh manfaatlariga
moslashtirish urinishi kuzatiladi.
Qadimgi dunyo falsafasida “insonparvarlik” tushunchasining ilk bor
qo‘llanilishi rimlik faylasuf va siyosiy arbob Mark Tulliy Sitseron (er.av. 106-43-
yy.)ning faoliyati bilan bog‘liq. Mutafakkir o‘z siyosiy faoliyatida “ba’zi
imkoniyatlardan foydalanish faqat yuqori sinf vakillariga xos bo‘lmasligi, balki
undan jamiyatning erkin va huquqli fuqarolari birdek foydalanishi zarur, degan
3
Помелов В.Б. Традиция гуманизма в истории зарубежного образования / Монография. – Киров: Вятский
государственный университет, 2020. – С. 14.
4
http://elibrary.ru
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
182
g‘oyani ilgari suradi”. Sitseronning ushbu shaklda aks etgan gumanistik qarashlari
shaxs qadr-qimmatini belgilovchi ijtimoiy-falsafiy yondashuvlar uchun asos bo‘lib
xizmat qilgan.
Tadqiqotchilar gumanizm g‘oyasining rivojlanish bosqichlari va
yo‘nalishlarini o‘rganib, Sitseron tomonidan uning turli hudud va davrlardagi
panoramasining turli qirralarini tahlil qilishda olg‘a surilgan” ushbu g‘oyani
quyidagicha baholaydilar: “Gumanizmning mazmunini ma’no jihatidan kengaytirib,
termin o‘zining aristokratik talqini doirasidan chiqib ketishini ta’minlaydi. Ya’ni
Sitseron g‘oyalarida aks etgan insonparvarlik g‘oyasi ta’lim ham, tarbiya ham emas,
balki umumiylikdir.
Insoniyat ongi bilan bog‘liq fikrlash jarayonida o‘z insonparvarlik g‘oyalari
bilan alohida o‘rin tutgan mutafakkirlardan yana biri – Rimning notiqlik san’ati tamal
toshini qo‘ygan Mark Fabiy Kvintilian bo‘lib, u o‘zining pedagoglik, notiqlik
faoliyatida bolalarni jamoada tarbiyalashga alohida e'tibor beradi. Maktabgacha ta'lim
yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishida o‘yin, o‘zaro muloqot hamda
bellashuvning ahamiyatiga yuqori baho beradi. Pedagog sifatida bolalar tarbiyasida
qattiqqo‘llikni rad etadi, tarbiyaning natijasiga ishonadi. Bolalarni boshqalarga
ezgulik ulashishga chorlab, ularda atrofdagilarning ahvoli, ayniqsa, jiddiy ruhiy
kechinmalari, qayg‘ulari uchun hamroh bo‘lish, kattalarni hurmat qilish kabi
insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash zarur, deb hisoblaydi. Mark Fabiy Kvintilian
bolalarni insonparvarlik g‘oyalari asosida tarbiyalashda Mark Tulliy Sitseronni
boshqalarga namuna qilib ko‘rsatadi.
Insoniyat tarixida bir qancha mutafakkirlar insonparvarlik haqida fikr
aytganda, eng avvalo, jamiyatning gumanizm g‘oyalariga tayanilishi kerakligiga
ahamiyat qaratadi. Ularning g‘oyalariga ko‘ra, jamiyatda gumanizmning shakllanishi
o‘z navbatida kishilarning ruhiyati va ma’naviyatini ham shakllantirishga
ko‘maklashadi. Ayni shu maqsadda insonparvarlik g‘oyalari g‘lib chiqqan ideal
jamiyat obrazini yaratishga harakat qilgan qomusiy allomalar sirasiga Platon (er. av.
428/427 yoki 424/423 hamda 348/347-yy.), Aristotel (er.av. 384-322-yy.), Abu Nasr
Farobiy (er. 873-950-yy.), Tomas Mor (1478-1535-yy.)
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
183
kabilarni kiritish mumkin.
Inson jamiyat rivojining turli yillarida insoniyatning o‘z sha’ni, or-nomusi,
qadr-qimmati hamda haq-huquqlarini himoya qilishga nisbatan ijtimoiy ehtiyoji
insonparvarlik g‘oyalarining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Barcha jamiyatda
fuqarolarning faol qismi bo‘lgan ziyolilarning inson mustaqil, huquqlarini muhofaza
qilish, qadr-qimmatini yuksaltirishga bo‘lgan harakati, bu borada olib borgan faol
urinishlari sababli insonparvarlik g‘oyalari borgan sari mustahkamlanib borgan.
Natijada yagona bir g‘oya ko‘rinishida umumbashariy gumanizm g‘oyasi
shakllangan. Ushbu g‘oya hozirgi vaqtda ham nafaqat o‘z ahamiyatini saqlab
qolmoqda, balki tobora keng yoyilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Помелов В. Б. 100 великих педагогов. – М.: Вече, 2018. – С. 10.
2. Конфуций. Суҳбат ва мулоҳазалар. – Т.: Янги аср авлоди, 2014. – 7-41-б.
3. Помелов В.Б. Традиция гуманизма в истории зарубежного образования /
Монография. – Киров: Вятский государственный университет, 2020. – С. 14.
4. http://elibrary.ru