MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
173
DUDUQLANISH TURLARI VA DAVOLASH USULLARI
Sulaymanova Muhlisa Kozimjon qzi
Alfraganus Universiteti Maxsus pedagogika [logopediya]
yo’nalishi 1 bosqich talabasi
Alfraganus Universiteti Pedagogika va
Psixologiya kafedrasi PhD v.b. dotsenti
U.M.Utbasarova.
muhlisasulaymonova37@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada duduqlanishning sabablari, turlari, va
davolash usullari haqida kengaytirilgan ma'lumotlar berilgan. Duduqlanish – bu
nutq jarayonining ritmik buzilishi bo‘lib, insonning so‘zlarni takrorlab aytishi,
cho‘zib talaffuz qilishi yoki gapirishda to‘xtab qolishi bilan bog‘liq. Maqolada
duduqlanishning turli sabablari, jumladan, stress, psixologik travmalar, genetik
omillar va miya faoliyatining o‘ziga xosligi keltirilgan. Shuningdek, duduqlanishning
turli turlari, masalan, nevrotik, organik, psixogen, va fiziologik duduqlanish kabi
shakllari haqida ma'lumot beriladi.
Kalit so’zlar: Duduqlanish, Ruhiy holat, Bolalikda duduqlanish, Stress va
qo‘rquv, Nevrotik duduqlanish, Organik duduqlanish, Psixogen duduqlanish,
Fiziologik duduqlanish, Doimiy duduqlanish, Musiqaterapiya, San’at terapiyasi,
Genetik omillar, Psixologik travmalar.
Har bir inson uchun aniq va ravon gapira olish albatta katta ahamiyatga ega.
Lekin ba’zi odamlar uchun bu oddiy ko‘ringan jarayon murakkab bo‘lishi mumkin.
Duduqlanish – nutqning ritmik buzilishi bo‘lib, unda inson ayrim tovushlarni
takrorlab aytishi, cho‘zib talaffuz qilishi yoki umuman gapirishdan oldin to‘xtab
qolishi kuzatiladi. Bu holat turli yoshdagi insonlarda uchrashi mumkin, lekin
ko‘pincha bolalikda rivojlanib, vaqt o‘tishi bilan yo‘qolishi yoki davom etishi
mumkin.Tadqiqotlarga ko‘ra, dunyo aholisining taxminan 1% qismi duduqlanish
bilan yashaydi. Ushbu muammo nafaqat nutq jarayoniga, balki insonning ruhiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
174
holatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Duduqlangan inson o‘ziga ishonchi pasayishi, jamiyat
oldida gapirishdan qo‘rqishi yoki tushkunlikka tushishi mumkin. Aynan shuning
uchun ham duduqlanishni erta aniqlash va unga to‘g‘ri yondashish muhim ahamyat
kasb etadi. Duduqlanishning sabablari va turlari turlicha bo‘lishi mumkin. Kimdadir
bu stress yoki qo‘rquv tufayli yuzaga kelsa, boshqalarida miya faoliyatining o‘ziga
xosligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, uni to‘g‘ri usullar bilan nazorat
qilish va davolash yo‘llari ham mavjud. Tasavvur qiling, siz gapirmoqchisiz, lekin
so‘zlar og‘zingizdan chiqmayapti. Aqlingizda jumla tayyor, lekin birinchi tovushni
aytish uchun o‘zingiz bilan kurashyapsiz. Bu holatni boshdan kechirgan odamlar
duduqlanish qanchalik qiyinligini juda yaxshi tushunishadi. Duduqlanish nafaqat
oddiy nutqiy muammo, balki insonning ruhiy holati va jamiyat bilan muloqotiga ham
bevosita ta’sir qiladigan jarayondir. Dunyo bo‘yicha har 100 kishidan 1 nafari
duduqlanadi. Ayniqsa, bolalar orasida bu holat keng tarqalgan bo‘lib, ularning 5-8%
i hayotining ma’lum bir bosqichida duduqlanishni boshdan kechiradi. Ba’zilarida bu
vaqtinchalik bo‘lsa,boshqalarida esa butun umr davom etishi mumkin. Qizig‘i
shundaki, duduqlanish odatda 2-6 yosh orasida boshlanadi va o‘g‘il bolalar orasida
qiz bolalarga qaraganda 3-4 baravar ko‘proq uchraydi.
Ko‘pchilik duduqlanishni faqatgina nutq bilan bog‘liq muammo deb
hisoblaydi, ammo aslida bu juda murakkab jarayon bo‘lib, miyaning nutqni
boshqaruvchi qismlarida muayyan o‘zgarishlar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Ba’zi
hollarda esa ruhiy bosim, stress yoki bolalikdagi psixologik travmalar sabab bo‘lishi
mumkin. Duduqlanishning o‘zi har doim ham kasallik emas, lekin u odamning
kundalik hayotiga sezilarli ta’sir o‘tkazishi mumkin. Duduqlangan odamlar ichida
tarixda nom qoldirgan mashhur shaxslar ham bor. Masalan, Buyuk Britaniya qiroli
Jorj VI, mashhur aktyorlar Samuel L. Jackson va Rowan Atkinson (Mr. Bean) yoki
taniqli olim Charlz Darvin ham yoshligida duduqlanish bilan kurashgan. Bu esa shuni
ko‘rsatadiki, duduqlanish hayotdagi yutuqlarga to‘siq bo‘la olmaydi.
Duduqlanishning qanday turlari bor?
Duduqlanishning bir necha asosiy turlari mavjud. Ushbu turlarning har biri
o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, duduqlanishning kelib chiqish sababi, kechish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
175
darajasi va davolash usullariga qarab farqlanadi. 1.Nevrotik (logonevroz)
duduqlanish Asosan kuchli stress, ruhiy bosim yoki bolalikda kechirilgan psixologik
travmalar natijasida yuzaga keladi. Bunday duduqlanishda odam tinch holatda yoki
yolg‘iz bo‘lganda odatda ravon gapira oladi, lekin auditoriya oldida yoki
hayajonlanganida nutqida buzilishlar seziladi. Nutq odatda tezlashib ketadi yoki
to‘satdan to‘xtab qoladi, ba’zan odam gapirishdan oldin keraksiz harakatlar qiladi.
Duduqlanish darajasi kayfiyat va psixologik holatga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi.
2. Organik (tug‘ma yoki jarohatlarga bog‘liq) duduqlanish Miya faoliyatidagi tug‘ma
yoki orttirilgan buzilishlar natijasida yuzaga keladi. Odatda bolalikdan shakllanadi va
vaqt o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan yo‘qolmaydi.Nutqiy rivojlanish kechikishi, boshqa
nevrologik muammolar (masalan, epilepsiya yoki ensafalopatiya) bilan birga uchrab
ham turadi. 3. Psixogen duduqlanish Kuchli qo‘rquv, stress yoki psixologik
shikastlanish natijasida keskin paydo bo‘ladigan nutq buzilishi.Odatda odam oldin
hech qanday nutqiy muammosiz gapirgan bo‘lsa-da, ba’zi psixologik hodisalar
natejasida duduqlanadi. Gapirish paytida odam ichki bosimni sezadi, lekin u buni
qanday yengish kerakligini bilmaydi. 4. Fiziologik duduqlanish (bolalikdagi
vaqtinchalik duduqlanish) 2-5 yosh oralig‘ida bolalarda uchraydi va odatda
vaqtinchalik holat bo‘lib, bola nutqni o‘rganayotgan davrda yuzaga keladi. Bolaning
fikri nutqidan tezroq shakllanadi, u hamma narsani tezda aytmoqchi bo‘ladi va
natijada nutqida pauzalar, takrorlanishlar yuzaga keladi. Bunda odatda hech qanday
maxsus davolash talab qilinmaydi, bola nutqiy rivojlanishi bilan bu muammo
yo‘qoladi. 5. Vaziyatga bog‘liq duduqlanish ayrim shaxslar faqat muayyan
vaziyatlarda (masalan, sahnada gapirganda, notanish odamlar bilan suhbatda)
duduqlanishni boshdan kechiradi. Kundalik hayotda odatda ravon gapira oladi, lekin
muayyan sharoitlar bosim yoki hayajon uyg‘otganda duduqlanish paydo bo‘ladi.
Asosan o‘ziga ishonch yetishmovchiligi yoki ortiqcha hayajon tufayli yuzaga keladi.
Davolash uchun nutqiy mashqlar, nafas olish texnikalari va psixologik yondashuvlar
samarali bo‘lishi mumkin. 6. Doimiy (barqaror) duduqlanish Nutq doimiy ravishda
qiyinlashadi, sabab esa asosan tug‘ma yoki miya faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi.
Duduqlanish hech qanday vaziyatga bog‘liq bo‘lmaydi va har doim sezilib turadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
176
Nutq tezligi sekinlashadi, odam gapirishga qiynaladi va so‘zlar o‘rtasida pauzalar
hosil bo‘ladi. Duduqlanishning sabablari va namoyon bo‘lish shakllari turlicha
bo‘lishi mumkin. Ba’zi holatlarda u vaqtinchalik bo‘lib, hech qanday maxsus
davolash talab etmaydi. Boshqa holatlarda esa logopedik yoki psixologik yordam
kerak bo‘ladi. Muhimi, duduqlanishni o‘z vaqtida aniqlash va unga to‘g‘ri
yondashishdir
Duduqlanishga qanday omillar sabab bo’ladi?
Duduqlanish turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Ba’zan u
bolalikda vaqtinchalik bo‘lib, o‘z-o‘zidan yo‘qoladi, lekin ba’zi hollarda butun umr
davom etishi mumkin. Duduqlanishning asosiy sabablari quyidagilardan iborat.
Genetik omillar sabab agar ota-onadan biri yoki boshqa yaqin qarindoshlarda
duduqlanish kuzatilgan bo‘lsa, bolada ham bu muammo paydo bo‘lish ehtimoli
yuqori bo‘ladi. O’rganishlar natejasiga ko‘ra, duduqlanuvchilarning taxminan 60%
ida genitik omillar sabab bo‘lgan. Miya va asab tizimi bilan bog‘liq muammolar
tug‘ruq vaqtida yoki bolalikda bosh miya shikastlangan bo‘lsa, duduqlanish
rivojlanishi mumkin.Asab tizimi noto‘g‘ri ishlashi tufayli nutq harakatlarini
boshqarishda muammolar yuzaga keladi. Keyngi sabablardan ruhiy va hissiy omillar
kuchli hayajon, stress yoki qo‘rquv duduqlanishni kuchaytirishi mumkin. Ayrim
bolalar oiladagi janjallar, ota-onaning qattiqqo‘lligi yoki boshqa stressli vaziyatlar
tufayli duduqlanib qolishi mumkin. Katta yoshdagi insonlarda ham ish joyidagi
bosim, omma oldida nutq so‘zlash qo‘rquvi duduqlanishni keltirib chiqarishi
mumkin.Tez gapirish odati va nutqning noto‘g‘ri shakllanishiga sabab bo’lib qoladi.
Ba’zi bolalar juda tez gapirishga harakat qiladi, lekin ularning nutq a’zolari hali
bunday tezlikka moslashmagan bo‘ladi. Fikrlarini tez ifodalashga urinish natijasida
so‘zlarni takrorlash, pauza qilish yoki harflarni cho‘zib aytish odati paydo bo‘lishi
mumkin.
Duduqlanishga yana bir sabablardan biri bolalikdagi psixologik travmalar
Qattiq qo‘rqish, kuchli shovqin, hayvon hujumi yoki kutilmagan voqea duduqlanishni
keltirib chiqarishi mumkin.
Bolalar oilada yoki bog‘chada qattiq urishilgan yoki
kamsitilgan bo‘lsa, nutqida muammolar yuzaga kelishi ehtimoli ortadi.
Noto‘g‘ri
tarbiya va atrof-muhit omillari ham duduqlanishga sabab bo’lishi mumkin. Ota-onalar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
177
boladan yoshiga nisbatan juda baland talablar qo‘ysa, bola stress ostida nutqida
muammolar paydo bo‘lishi mumkin.
Bola atrofida duduqlanuvchi odam bo‘lsa, u ham
xuddi shu uslubda gapirishga o‘rganib qolishi mumkin.
Duduqlanish sabablari
turlicha bo‘lishi mumkin va har bir insonda bu muammo har xil omillarga bog‘liq
holda rivojlanadi. Ba’zida bu vaqtinchalik bo‘lib, o‘z-o‘zidan yo‘qoladi, ba’zan esa
maxsus davolash talab qilinadi. Muhimi, duduqlanishni keltirib chiqargan asosiy
sababni aniqlash va unga mos ravishda yondashish hisoblanadi.
Duduqlanishni davolash usullari qanday?
Duduqlanishni davolash ko‘p qirrali yondashuvni talab qiladi. Ushbu
yondashuvlar boladagi duduqlanishni kamaytirib ravon gapirishga o’rgatadi.
1. Logopedik mashg‘ulotlar. Logoped bilan muntazam mashg‘ulotlar
duduqlanishni kamaytirishda asosiy rol o‘ynaydi. Bunday mashg‘ulotlar
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Artikulyatsion mashqlar – nutq apparatini rivojlantirish
va tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi. Sekin va ritmli gapirish
mashqlari – so‘zlarni shoshmasdan, o‘z-o‘zini nazorat qilish bilan talaffuz qilish
o‘rganiladi. Dialogik nutqni rivojlantirish – muloqot paytida o‘z fikrlarini erkin ifoda
etish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
2. Psixologik yondashuvlar. Duduqlanish faqat jismoniy emas, balki
psixologik omillar bilan ham bog‘liq bo‘lgani uchun, quyidagi yondashuvlar muhim
hisoblanadi: O‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish – shaxsiy rivojlanish mashg‘ulotlari,
motivatsion treninglar va o‘ziga nisbatan ijobiy fikrlash orqali nutqdagi to‘siqlarni
yengish. Stressni kamaytirish – meditatsiya, nafas olish texnikalari va relaksatsiya
mashqlari orqali ortiqcha hayajon va tashvish hissini kamaytirish. Emotsional
qo‘llab-quvvatlash – oilaviy va jamiyatning tushunishi va yordam ko‘rsatishi muhim.
3. Nafas olish mashqlari. To‘g‘ri nafas olish nutqning tabiiy va ritmli
bo‘lishiga yordam beradi.
4. Musiqaterapiya va san’at terapiyasi. Musiqa va san’at terapiyasi
duduqlanish bilan bog‘liq nutq muammolarini yengishda yordam beradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
178
5. Tibbiy yondashuv. Ba’zi hollarda, duduqlanishni davolash uchun tibbiy
yondashuv ham talab etiladi. Nevrolog yoki psixiatr maslahatlari – agar duduqlanish
jiddiy nevrologik yoki psixologik muammolar bilan bog‘liq bo‘lsa, mutaxassis
yordam berishi mumkin.
Duduqlanish – bu faqat nutq muammosi emas, balki insonning psixologik
holati va ijtimoiy hayotiga ham ta’sir qiluvchi murakkab jarayon. Ushbu holat turli
sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin va uni yengish uchun individual yondashuv
talab etiladi. Duduqlanishdan xalos bo‘lish mumkinmi? Ha, lekin bu sabr va izchillik
talab qiladigan jarayon. Logopedik mashg‘ulotlar, psixologik yondashuvlar, nafas
olish texnikalari va ijodiy terapiyalar orqali nutq ravonligini yaxshilash mumkin.
Ba’zi hollarda tibbiy yondashuv ham yordam berishi mumkin. Muhimi – har bir inson
o‘ziga mos usulni topishi va unga amal qilishi lozim. Duduqlangan insonlar o‘zlariga
bo‘lgan ishonchni oshirish uchun avvalo o‘z muammosini qabul qilishi va
bosqichma-bosqich uni yengishga harakat qilishi kerak. Oila, do‘stlar va jamiyatning
qo‘llab-quvvatlashi bu jarayonda juda muhimdir. Jamiyat esa duduqlanish bilan
yashayotgan insonlarga mehribon va tushunish bilan yondashishi lozim. Ularning
so‘zini bo‘lmaslik, sabr bilan tinglash va ularni kamchilik sifatida qabul qilmaslik –
bu muammoni yengishda katta yordam beradi. Muhimi, har bir inson o‘z ovoziga
ishonishi va nutqdagi qiyinchiliklardan cho‘chimay, o‘z hayotini faol va mazmunli
davom ettirishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Logopediya M.Ayupova Toshkent 2019.y
2.
Logopediya M.Ayupova,L. Mo’minova Toshkent 1993.y
3.
Nevrapotologiya Majidov Toshkent 1986.y
4.
avitsenna.uz sayti