Authors

  • Xoliyorova Ch.D

Author Biography

  • Xoliyorova Ch.D

    Erkin tadqiqotchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94974

Keywords:

Neyrolingvistika tilshunoslik psixolingvistika fonetika fonologiya morfologiya sintaksis. neurolinguistics linguistics psycholinguistics phonetics phonology morphology syntactics.

Abstract

Neyrolingvistika zamonaviy tilshunoslikning bir sohasi hisoblanib, uning tarixi, ahamiyati va vazifalari haqida olimlarning fikriga tayangan holda o’rganish olib borildi. Ushbu yangi soha o’z o’rnida tilshunoslikdagi qaysi sohalar bilan chambarchas bog’liq ekanligi ko’rib chiqildi va izoh berildi.Neurolinguistics is considered a field of modern linguistics and its history, peculiarities and tasks have been studied based on the opinions of scientists who worked on this matter. The fields in linguistics which are closely connected with this new field are learned.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_Март –2025

89

NEYROLINGVISTIKA FANINING TILSHUNOSLIKDAGI BOSHQA

FANLAR BILAN ALOQASI

Erkin tadqiqotchi:

Xoliyorova Ch.D

Annotatsiya:

Neyrolingvistika zamonaviy tilshunoslikning bir sohasi

hisoblanib, uning tarixi, ahamiyati va vazifalari haqida olimlarning fikriga tayangan

holda o’rganish olib borildi. Ushbu yangi soha o’z o’rnida tilshunoslikdagi qaysi

sohalar bilan chambarchas bog’liq ekanligi ko’rib chiqildi va izoh berildi.

Annotation:

Neurolinguistics is considered a field of modern linguistics and

its history, peculiarities and tasks have been studied based on the opinions of

scientists who worked on this matter. The fields in linguistics which are closely

connected with this new field are learned.

Kalit so’zlar:

Neyrolingvistika, tilshunoslik, psixolingvistika, fonetika,

fonologiya, morfologiya, sintaksis.

Key words:

neurolinguistics, linguistics, psycholinguistics, phonetics,

phonology, morphology, syntactics.

Neyrolingvistika nutq bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar; nutqni ishlab chiqarish

va uni idrok etish mexanizmlarini boshqaradigan asab tizimlarining ishlash

jarayonlarini o’rganuvchi tilshunoslikning zamonaviy sohasidir. Ushbu soha

nevrologiya, tilshunoslik, psixologiya va kognitiv fanlar bilan chambarchas bog’liq.

Inson nutqining paydo bo’lishini va uning aynan nimani nazarda tutishini, maqsadini

amaliy tajribalarini ilmiy nazariy asoslarini o’rganib chiqish aynan shu fanlar

kesimida tahlil qilinadi.

Neyrolingvistikaning tarixiga nazar soladigan bo’lsak, u 20-asrda paydo bolgan

bo’lishiga qaramay, ancha qadimiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Hattoki,

neyrolingvistik terminlarga yozilgan sharhlar ham antik davrga borib taqaladi.

“Neyrolingvistika” atamasi 1940-yillarning oxiri va 1950 yillarda paydo bo’lgan, bu

fandagi muommolar va ularning kelib chiqish sabablari esa qadimgi davrdan mavjud


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_Март –2025

90

bo’lgan. Edit Kruell Trager, Anri Xekan va Aleksandr Luriya kabi olimlar bu fanning

yuzaga kelishining asosiy sababchilari sifatida qaraladi. Xususan, Luriyaning 1976-

yilda chop etilgan “Neyrolingvistikaning asosiy muammolari” nomli kitobida

“neyrolingvistika” atamasi ilk bor qo‘llanilgan deb e’tirof etiladi. Shuningdek, Garri

Uitaker

1970-yillarda

Amerika Qo‘shma Shtatlarida neyrolingvistikani

ommalashishisha sababchi bo’ldi va u “Brain and Language” (“Miya va til”) jurnalini

1974-yilda chop eta boshlagan. Bu ma’lumotlarga tayangan holda aytish mumkinki,

neyrolingvistikaga 20-asrning 70-yillarida zamonaviy fan sifatida tan olingan. Shuni

alohida takidlab o’tish joizki,

neyro, lingvistik

va

dasturlash

kabi uch komponentni

o’z ichiga olgan “neyrolingvistik dasturlash” amerikalik tilshunos va dasturchi Jon

Grinder444[2:184]va psixolog Richard Bandler tomonidan ishlab chiqildi. U inson

faoliyati jihatlarining nevrologik, lingvistik va operatsion-algoritmik jihatdan o‘zaro

bog‘liqlik va ekvivalentliligini o‘zaro ta’sirni o‘rganishga yo‘naltirilgan soha.

Bugungi kunga kelib bu fandagi muommolar olimlar tomonidan qiziqish bilan

o’rganilmoqda va uning sabab va yechimlari amaliyotga tadbiq etilgan holda ilmiy

nazariy asoslari ishlab chiqilmoqda.

Zamonaviy tilshunoslikning bu sohasini chuqurroq o’rganishda tadqiqotchilar

turli xil tajribalar va ularga asoslangan bir qator nazariyalar shuningdek teoremalarni

yaratishmoqda. Fanning asosiy maqsadi ya’ni nutqni ishlab chiqarish va bu

jarayondagi o’zgarishlarni tadqiq etishdan kelib chiqib takidlash mumkinki,

neyrolingvistikada asosan ko’p ishlar psixolingvistika va tilshunoslikdagi

modellardan iborat bo’ladi. Umuman olganda, neyrolingvistika avvalo

psixolingvistika sohasi bilan chambarchas bog’liq va tilning aynan kognitiv

mexanizmlarini o’rganishda u psixologiyaning an’anaviy experimental usullarini

qo’llaydi. Neyrolingvistika va psixolingvistika nazariyalari ilmiy jihatdan bir birini

to’ldiradi[3:56], ya’ni, psixolingvistika orqali nazariyalarni o’rganadigan bo’lsak,

neyrolingvistika orqali uni amaliyot jarayonini kuzatishimiz mumkin. Masalan, inson

ma’lum bir muddat nutqini yo’qotib qo’yishi neyrolingvistik jarayon sifatida qaralsa,

uning nima sababdan (qattiq qo’rquv yoki hayajondan) kelib chiqqan sababini

psixolingvistika nazariyalari orqali o’rganib chiqish mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_Март –2025

91

Neyrolingvistika o’z nomidan kelib chiqib tilshunoslik bilan ham uzviy bog’liq

ekanligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Inson nutqida kechayotgan jarayon bir vaqtning

o’zida tilshunoslik, nevrologiya va psixologiya sohalarini qamrab oladi.

Umuman olganda, tilning tuzilishini va til ma’lumotlari qanday tashkil

etilishini aniqlashtirish uchun nazariy tilshunoslar modellar taklif qilishadi,

psixologlar til ma’lumotlarining ongda qanday qayta ishlanishini oydinlashtirish

ustida ishlashsa, nevrologlar esa biologik tuzilmalar (populatsiyalar va tarmoqlar)

qanday ekanligini aniqlash uchun miya faoliyatini tahlil qiladilar.

Shuningdek, neyrolingvistika tilshunoslikning asosiy va kichik sohalari

bilan ham bog’liqligini ko’rishimiz mumkin:

1.

Fonetika

- tilshunoslikning nutq tovushlarini o’rganadigan bo’limi

hisoblanib, neyrolingvistika sohasi bilan birgalikda miyada nutq tovushlarini akustik

signal va fon shovqinidan qanday ajratib olishni o’rganadi.

2.

Fonologiya

- tilshunoslikda tovushlarni tilda qanday paydo bo’lishini

o’rgansa, neyrolingvistika sohasi bilan muayyan tilning fonologik tizimi miyyada

qanday ifodalanayotganini tadqiq etadi.

3.

Morfologiya

- tilshunoslikning so’z turkumlari va ularning ishlatilish

o’rinlarini o’rganuvchi soha bo’lib, u neyrolingvistika sohasida miyada so’zlarni

qanday saqlash va ularni nutqda o’z vaqtida va o’rnida ishlatilishini o’rganadi.

4.

Sintaksis

-tilshunoslikning

so’z birikmalari va gap qurilishini

o’rganadigan bo’limi hisoblanib, neyrolingvistika sohasi bilan birgalikda miya

qanday qilib so’zlarni tarkibiy qismlarga va jumlalarga birlashtirishi, jumlalarni

birlashtirishda strukturaviy va semantik ma’lumotlar qanday foydalanilishini ko’rib

chiqadi.

Yuqorida keltirilgan misollarda neyrolingvistika fani tilshunoslik sohasidagi

ba’zi bo’limlar bilan kesishgani va nima sababdan bu sohalarga aloqadorligini

tushunish qiyin emas. Yani inson nutqidan chiqayotgan har bir tovush, so’z va gaplar

miyyada avtomatik tarzda tartibga solinadi va tinglovchilarga aniq maqsad bilan yetib

boradi. Agar bu jarayonda miyyadagi tilga bog’liq biror bir nerv tizimida


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_Март –2025

92

shikastlanish yuzaga kelgan bo’lsa, unda neyrolingvistik muommo yani so’zlar yoki

gaplar buzilishi kuzatilishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

Белянин, В. П. (2000). Основы психолингвистической диагностики.

М.:Тривола

2.

Гриндер Д. Вводный курс НЛП тренинга. М.: Флинта, 2000.

3.

Mulligan, K. (Ed.). (2012). Mind, meaning and metaphysics: the philosophy

and theory of language of Anton Marty (Vol.3). Springer Science & Business Media.