Authors

  • Avazov Jamshid
  • Avliyoqulov Adham Alisherovich

Author Biographies

  • Avazov Jamshid

    Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti

    3-kurs talabasi

  • Avliyoqulov Adham Alisherovich

    Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti

    Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94979

Keywords:

IT Sun’iy intellect data science bashoratli model ma’lumotlar vizualizatsiyasi psixologiya kiberxavfsizlik va h.k

Abstract

Mazkur maqolada sun’iy intellekt haqida ma’lumotlar, sun’iy intellektning yuridik sohadagi ahamiyati ko’rib chiqilgan holda huquqshunos faoliyatida samaradorlik omillari, soha rivojida sun’iy intellekt bilan bog’liq qilinishi lozim bo’lgan ishlar va uning ravnaqida olib borilayotgan chora-tadbirlar, huquqiy soha va yuridik tizimda amalga oshirilayotgan ishlarni har tomonlama hal qilishda va ularni rivoj topdirishda sun’iy intellektning o’rni va roli haqida so’z yuritilgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

58

YURIDIK TA’LIMDA VA HUQUQSHUNOS KASB FAOLIYATIDA

‘SUN’IY INTELLEKT”NING O’RNI VA AHAMIYATI

Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti

3-kurs talabasi Avazov Jamshid

Avliyoqulov Adham Alisherovich

Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti

Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi kafedrasi o’qituvchisi

Abstrakt: Mazkur maqolada sun’iy intellekt haqida ma’lumotlar, sun’iy

intellektning yuridik sohadagi ahamiyati ko’rib chiqilgan holda huquqshunos

faoliyatida samaradorlik omillari, soha rivojida sun’iy intellekt bilan bog’liq qilinishi

lozim bo’lgan ishlar va uning ravnaqida olib borilayotgan chora-tadbirlar, huquqiy

soha va yuridik tizimda amalga oshirilayotgan ishlarni har tomonlama hal qilishda

va ularni rivoj topdirishda sun’iy intellektning o’rni va roli haqida so’z yuritilgan

Kalit so’zlar: IT, Sun’iy intellect, data science, bashoratli model, ma’lumotlar

vizualizatsiyasi, psixologiya, kiberxavfsizlik va h.k

Hozirgi rivojlanayatgan dunyo taraqqiyotida “sun’iy intellekt”, “data science”

ya’ni “ma’lumotlar fani”ning o’rni beqiyos bo’lib, yirik hajmda ishlab chiqilgan

ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda ko’pgina sohalarning asosiy tarkibini tashkil

etadi. Glaballashayotgan dunyo taraqqiyotini zamonaviy texnologiyalarsiz, yangi

texnika, yuqori darajada takomillashgan innovatsiyalarsiz tasavvur qilish qiyin,

albatta. Buni davrning o’zi ham talab qilmoqda. IT sohasida ham “sun’iy intellekt”

mavzusi markaziy o’rinlardan joy olib, ko’plab marotaba omma tomonidan turli xil

muhokamalarga sabab bo’loyatganligi bejizga emas. Sifatli, qulay va barcha uchun

manfaatli ushbu yo’nalish ko’plab kompaniyalarni qiziqtirib qo’ydi va bundan ushbu

kompaniyalar sohada o’z taraqqiyot yo’lini qurdi. Kompaniyalar mijozlar talab va

ehtiyojlarini qondirish hamda o’z biznes g’oyalarini amalga oshirishda “sun’iy

intellekt”dan foydalanishni yo’lga qo’ya boshladilar.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

59

Bizga ma’lumki, sun’iy intellekt – yirik hajmdagi ma’lumotlarni qayta ko’rib

chiqish, qayta ishlash, tendensiya va naqshlarni aniqlash uchun data science,

statistika, matimatika va kampyuter fanlarini birlashtirgan fanlar majmuasi

hisoblanadi. U bashoratli modellar, ma’lumotlar vizualizatsiyasi hamda katta

hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini beradi.

Aynan ushbu jarayonlarning muvaffaqiyatli yurist karerasida o’rni katta

bo’lib, yuqori samaradorlikka erishishning poydevori desak mubolag’a bo’lmaydi.

Chunki huquqshunos uchun “tahlil qilish” ko’nikmasi asoslangan nutqni ijod etishda,

huquqiy muammolarni aniqlashda va ularni analiz qilishda hamda ularga huquqiy

yechim topishda, qonun loyihalarini tayyorlashda g’oyat katta ahamiyat kasb etadi.

Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom tamoyiliga hamohang ravishda huquq

to’g’risidagi yangi g’oyalarni ishlab chiqish, kuzatuv monitoringi, chuquq tahlil

orqali, ayblanuvchi, jabrlanuvchi hamda guvohning ko’rsatmalari yordamida

ziddiyatlarni ochish va bartaraf etish, sud versiyasini qurish, opponentlarning aniq

asoslanmagan fikrlarini rad etish, rasmiy hujjatlarni puxta va asoslangan tarzda

tuzishga yordam beradi. Mazkur ko’nikma va tamoyillarni, turli xil yondashuv va

usullarni amalda qo’llash orqali malakali kadrlar o’z kasbining mutaxassisiga

aylanishadi.

Bashoratli model – huquqshunos va yuristlarning optimal qarorlar qabul

qilishlari uchun subyektlar va obyektlarning kelajakda yuz berish ehtimoli mavjud

bo’lgan xatti harakat yoki holatni bashorat qilishga qaratilgan usul sinfidir. Bashoratli

modellar yordamida huquqshunoslar ma’lumotlar yig’ish usullaridan, qonunchilik

nazaryasini qo’llash usullaridan, statistik usullardan foydalanadi hamda kelajakdagi

voqealar haqida bashorat qilish uchun hozirgi va tarixiy faktlarni tahlil qiladi. Odatda,

modellar ma’lum bir shartlar to’plamiga oid bo’lgan potensial yoxud xavfni baholash,

yuzaga kelgan shartnoma va kelishuvlar bo’yicha qarorlar qabul qilish uchun ular

o’rtasidagi bir qator munosabatlarni qamrab olishga xizmat qiladi.

Ma’lumotlar vizualizatsiyasi – og’izaki va aqliy tasvirlarni vizual tasvirlarga

o’girish jarayoni hisoblanib, huquqshunos, yurist faoliyatining asosiy jabhalaridan

biri hisoblanadi. Chunki u g’oyalar va xotiralarni boshqarish, vujudga kelgan vaziyat


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

60

hamda holatlarni faol tasavvur qilish va tasvirlay olish ko’nikmalarini o’zida

mujassamlashtiradi. Ushbu yondashuvlar muvaffaqiyatli yurist va huquqshunos

faoliyati karerasida alohida ahamiyatga ega bo’lib, mijozlar bilan bo’lgan

munosabatlarda as qotadi. Inson psixologiyasini mukammal o’zlashtirish orqali

mijozlar bilan bo’lgan munosabatlarda ularni tushuna bilish, tinglash, ularning

muammo va masalalariga samarali yechim topish, paydo bo’lgan kamchiliklarni va

yuzaga kelgan nizolarni bartaraf etish mumkin. Ushbu psixologiyada vizualizatsiya

og’izaki hamda aqliy tasvirlarni vizual tasvirlarga aylantirish imkonini beradi.

Yuridik sohada sun’iy intellektning o‘rni va roli borgan sari kundan kunga

ortib bormoqda. Sun’iy intellekt yordamida murakkab bo‘lgan vazifalar, huquqiy

yordam va yuridik yechim talab qiladigan holatlar har tomonlama, ko‘p vaqt talab

etilmagan holda hal qilinmoqda. Bu, albatta, ijobiy natija, ammo shu bilan birgalikda

sun’iy intellektni tartibga solish muammolari ham mavjud.

Fikrimcha, har bir vaziyatga sun’iy intellekt tomonidan qonuniy yondashishni

amalga oshish ehtimoli mavjuddir, biroq tanganing ikkinchi tomoni ham bo’lgani

kabi shu kabi masalalarga ijobiy yechim topishda adolat yuzasidan ish yuritish ancha

murakkab va bu hal qilinishi lozim bo’lgan keyingi asosiy ishlardan biri. Nega

desangiz har qaysi demakratik davlatda, fuqarolik jamiyatida va farovon hayotda

inson qadri ulug’ va unga ko’rsatilayotgan ehtirom davlat siyosatining bir qismida

aka ettirilib, shaxs bilan bog’liq har qanday vaziyat va holatlarga adolat bilan

yondashish har doim ham maqsadga muvofiqdir.

Sun’iy intellekt huquqiy sohada yanada ravnaq topayotgan bo‘lsa-da,

yuridik tizim va qonunlar, sun’iy intellektni boshqarish, huquqiy muomala

madaniyatini shakllantirish hamda nizoli muammolarni hal etishga oid masalalarga

ijobiy yechim topishda olib borilayotgan chora-tadbirlarni izchillik bilan davom

ettirish muhimdir. Yuridik tizimda sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlash, huquqiy

muloqotlarni belgilash va siyosiy qonunlar hamda qororlar asosida tartibotlarni

rivojlantirish, xususan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonlarida ham

muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

61

Yuqoridagilarning barchasi yurist va huquqshunos faoliyati rivoji uchun faol

chora-tadbirlar ko’rish qobilyatini shakllantiribgina qolmasdan, ularni yanada oqilona

va adolatli qaror qabul qilishlari, kiberxavfsizlik amaliyotlarini samarali yo’lga

qo’yishlari, muvaffaqiyatli ish-tajriba operatsiyalarni loyihalashtirishlari va bu orqali

mijozlar ko’nglidan joy olib, ularga ijobiy ish natijalarini taqdim etishlari mumkin.

Yurist va huquqshunoslar uchun yirik hajmdagi ma’lumotlarni faximlash va tahlil

qilish qobilyati tarixda bo’lib o’tgan voqea-hodisalarni to’g’ri tushunish, anglab

yetish hamda ulardan ibratli xulosalar chiqarib, maqbul dalillarni asoslashda oldinga

siljish bo’yicha ko’pgina aniqlikka asoslangan isbot qilish vositalari tuhfa etadi. Ular

o’zlarining jamoaviy ishlarida va o’z mijozlari bilan o’rtasidagi vujudga kelgan

munosabatlarda ishonchga tayangan, shaffof bo’lgan, ma’lumotlarga asoslangan

qarorlar ishlab chiqishlari mumkin. Dastlabki ma’lumotlarni jamlash orqali

huquqshunoslar, yuristlar o’zlariga tegishli bo’lgan ishlarni qanchalik darajada

muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ketayotganligini aniqlash va yuqori

samaradorlikka erishish uchun ehtimoliy yechimlarni ishlab chiqishlari mumkin.

Xususan, ular bir nechta g’oyalarni sinovdan o’tkazish orqali, ularning kelajakda

ijobiy samara berish yoxud bermasliklarini aniqlash uchun ma’lumotlar jamlashlari

mumkin. Ushbu yondashuvlar orqali huquqshunoslar foyda keltirmaydigan xizmat,

xarajat va ishlar haqida bilib olishadi hamda ularni minimallashtirish jarayonlarini

rejalashtirish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Shuningdek, bu yo’l bilan ish

unumdorligini yuqori darajaga oshirish imkoniyati paydo bo’ladi. Sun’iy intellekt

huquqshunosga yirik hisobdagi ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga shart-sharoit

yaratadi, keyinchalik ular o’zlariga yo’rdam so’rab murojaat qilgan mijozlarining qay

yo’sinda harakat qilishidan tortib, qaysi ishda tiyilib turish, qaysi ishda sukut saqlash,

ish yakunining hal qiluv qarorlari manfaatli yoki manfaatsiz kechish ehtimolini

bashoratli modellardan foydalangan holda aniqlashlari mumkin. Albatta,

huquqshunoslar uchun “sun’iy intellekt”ning eng katta yordamlaridan biri

kiberxavfsizlik sohasini kuchaytirishga xizmat qilganligidadir. Ma’lumotlar fanlari

orqali huquqshunoslar katta hisobli ma’lumotlar ustidan nazorat o’rnatish

imkoniyatiga ega bo’ladi, bu esa tashqi tomondan bo’layotgan ta’sirni kuzatish,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

62

aniqlash, himoyalanish va ularga munosib javob qaytarishga imkon beradi. Jumladan,

moliyaviy huquq, kiberxavfsizlik huquqining yuqori malakali kadrlari firibgaralarni,

shubhali faoliyat bilan shug’ullanuvchi hakerlarni aniqlash uchun maqsadli

ma’lumotlarning yaxlitligi va izchilligini ko’rib chiqishlari mumkin. Shuningdek,

ular bundan g’ayriqonuniy harakatlarni aniqlash va kiberhujumlarning oldini olish

uchun ma’lumotlar to’plashda foydalanishadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini

jadal joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996-son

qarori asosida olib borilayotgan ishlar jumladan: sun’iy intellekt texnika va

texnologiyalari asosida innovatsion biznes modular yaratish, ish bajarish, xizmat

ko’rsatish tarmoqlari rivoji uchun maqbul va qulay ekotizmlar ishlab chiqish va ularni

ustuvor sohalarda izchillik va sinchkovlik bilan joriy etish, mazkur qaror ijrosini

ta’minlabgina qolmasdan, uni amaliyotga tatbiq etish yo’sinlarini yo’lga qo’yishda

ma’lum bir strategiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilmoqda. Mazkur Qarordan

ko'zlangan asosiy maqsad — “Raqamli O'zbekiston – 2030” Strategiyasiga muvofiq

sun'iy intellekt texnika va texnologiyalarini jadal ravishda joriy etish hamda ularni

mamlakatimizda keng qo'llash orqali amaliy tatbiq etish, raqamli ma'lumotlarning

yuqori sifatini va ulardan foydalanish imkoniyatini ta'minlash, ushbu sohada malakali

mutaxassis-kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir.

Mamlakatimiz Prezidentining 2024-yil 14-oktyabrdagi “Sun’iy intellekt

texnologiyalarini

2030-yilga

qadar

rivojlantirish

strategiyasini

tasdiqlash

to’g’risida”gi PQ-358-sonli qarori yana bir bor sun’iy intellektni mamlakatimiz

ijtimoiy hayotida joriy etishda va uni keng targ’ib qilishda dasturamal bo’lib xizmat

qildi. Xususan, mazkur qaror sun'iy intellektni qo'llashning ustuvor yo'nalishlari va

asosiy tamoyillarini hamda yaqin va uzoq istiqbolda mazkur sohani kompleks

shakllantirish uchun shart-sharoitlarni belgilovchi “sun'iy intellekt”ni rivojlantirish

konsepsiyasini ishlab chiqish, davlat boshqaruvi tizimida, ijtimoiy soha va iqtisodiyot

tarmoqlarida sun'iy intellekt texnologiyalarini yaratish va ulardan foydalanishda

yagona talablar, xavfsizlik va shaffoflikni, javobgarlikni belgilovchi normativ-

huquqiy bazani ishlab chiqish, aholi manfaatlari yo'lida davlat xizmatlarini ko'rsatish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

63

sohasi sifatini tizimlashtirishni va bir tarmoqda shakllantirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, o'z navbatida, ma'lumotlarni qayta ishga tushirishga davlat organlari

faoliyatining samaradorligini oshirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalaridan keng

foydalanish, foydali texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo'yicha amaliy va

fundamental

ilmiy

tadqiqotlarni

o'tkazish va ularni keying o’rinlarda

tijoratlashtirishni

rag'batlantiruvchi

sun'iy

intellekt

sohasida

innovatsion

ishlanmalarning mahalliy ekotizimini yaratishdek maqsad-vazifalar amalga

oshiriladi.

Ma'lumotlarni qayta shakllantirish yuridik bilimlarning, huquqiy ko’nikma va

malakalarning an'anaviy funksiyasini qayta ko'rib chiqishni taqazo qiladi, chunki u

birinchi navbatda bilimlarni vujudga keltirish uchun tashkiliy tuzilmalarni joriy etish

va belgilash tanlov manbai sifatida, shuningdek, huquqiy ta'lim va o'qitishni

ta'minlash uchun qonunlar va qarorlarni baholashdan va ishlab chiqishdan iborat.

Huquqiy ma'lumotlar ba’zasini tahlil qilish huquqiy malaka va ko’nikmalarni ikki yo'l

orqali amalga oshiradi: bir tarafdan u sud qarorlari uchun ma’lum bir natijani

oldindan bashorat qilish imkonini bersa, boshqa jihatdan sud qarorlarida huquqiy

izchillikni va shaffoflikni oshiradi. Shuningdek, davlatlarning inson huquqlarini

buzishining samarali oldini oladi va u shu bilan birga qoidalar yoki huquqiy

rejimlarning samaradorligini ko'rsatadi, bu jarayon normalarga umumiy muvofiqlik

holatlarini yaxshiroq tushunish uchun qiziqarli bo'lishi mumkin. Ushbu huquqiy

ma'lumotlar keyinchalik qonunlar va qarorlar ijodkorligini yaxshilash uchun sharoit

yaratishi tabiiy.

Xulosa qilib aytganda, “sun’iy intellekt” bizga ko’p kuch-g’ayrat va sijoat

talab qiladigan vazifalarni amalga oshirishga, ilgari imkoni bo’lmagan ko’plab

funksiya va ishlarni bajarishga yordam berdi. Masalan, ma’lumotlarni tahlil etish,

haker hujumlaridan himoyalanish va firibgarlikni aniqlash, tavsiyalar mexanizmini

yaratish, bashoratli modellardan foydalanish, qonunchilikni qo’llash sohasini

optimallashtirish va liberallashtirish hamda faoliyat doirasida qilinishi kerak bo’lgan

vazifalar jamlanmasini loyihalashtirishga xizmat qilishi shular jumlasidan. Boshqa

sohalarda bo’lgani kabi sun’iy intellektning yuridik sohada joriy etilishi yurist


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

64

karerasida muhim hisoblangan taym-menejmentdan kelib chiqqan holda ko’p vaqt

sarflashning oldini olish, amaldagi ishlar hajmini kamaytirish, ortiqcha

qog’ozbozlikka yo’l qo’ymaslik, xizmatlar unimdorligini hamda vazifalar

shaffofligini ta’minlashda o’rni beqiyosdir. Sun’iy intellektning eng foydali tarafi

jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi xodimlar uchun kiberxavfsizlik sohasida yaqqol

namoyon bo’ldiki, u tufayli dunyo hamjamiyati axborot tizimida ro’y berayotgan

kiberjinoyatning yangi usullarini tez fursatda aniqlash imkoniyati yuzaga keldi. Zero

bu, ertangi porloq kelajagimiz xavfsiz bo’lishining garovi va kafolatidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Mamlakatimiz Prezidentining 2024-yil 14-oktyabrdagi “Sun’iy intellekt

texnologiyalarini

2030-yilga

qadar

rivojlantirish

strategiyasini

tasdiqlash

to’g’risida”gi PQ-358-sonli qarori

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sun’iy intellekt

texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PQ-4996-son qarori

3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi “Raqamli texnologiyalar va sun’iy

intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi

475-son qarori

4. Strategy.uz “Suni’iy intellect texnologiyalari qaysi sohalarga tatbiq etilmoqda? –

https://strategy.uz

5. Yangi O’zbekiston “Sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlantiriladi – https://yuz.uz

6. Sciencebox.org “Yuridik ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish” –

https://sciencebox.uz