Authors

  • Turdaliyev Burxonali Abdumannonovich

Author Biography

  • Turdaliyev Burxonali Abdumannonovich

    Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

    Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi

    katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.95003

Keywords:

Vaziyat ruhiy holat reaksiya stress impuls xarakter barqaror qobilyat temperament.

Abstract

Maqolada Favqulodda vaziyat sharoitida odamlarning psixik holati, boshlang‘ich davrda odamlarning reaksiyalari o‘zini saqlash instinktiga asoslanganligi, bunday reaksiyalarning darajasi turlicha bo’lishi to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

241

AHOLINI FAVQULODDA VAZIYATLARDA HARAKAT QILISHGA

PSIXOLOGIK TAYYORLASH MEXANIZMI

Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi

katta o‘qituvchisi Turdaliyev Burxonali Abdumannonovich

Annatotsiya: Maqolada Favqulodda vaziyat sharoitida odamlarning psixik

holati, boshlang‘ich davrda odamlarning reaksiyalari o‘zini saqlash instinktiga

asoslanganligi, bunday reaksiyalarning darajasi turlicha bo’lishi to’g’risidagi

ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar: Vaziyat, ruhiy holat, reaksiya, stress, impuls, xarakter,

barqaror, qobilyat, temperament.

Favqulodda vaziyat sharoitida odamlarning psixik holati turli-tumandir.

Boshlang‘ich davrda odamlarning reaksiyalari o‘zini saqlash instinktiga asoslangan

bo‘ladi. Biroq bunday reaksiyalarning darajasi turlicha: mantiqsiz vahimali

harakatdan to maqsadga yo‘naltirilgan ongli harakatgacha.

Hayotda stress anchagina katta rol o‘ynaydi. U insonning yurish-turishiga,

uning ish qobiliyatiga, salomatligiga, atrofdagilar va oilasidagilar bilan o‘zaro

munosabatiga ta’sir ko‘rsatadi.

Stress har bir insonning hayotida mavjud, zero stress impulslari inson

hayotining barcha jabhalarida uchraydi. Stressli vaziyatlar uyda ham, ishda ham

uchraydi. Stress ko‘pgina kasalliklarning sababchisi hisoblanadi, inson salomatligiga

yetarlicha jiddiy shikast yetkazadi.

Stress insonga butun hayoti davomida hamrohlik qiladi. Inson umri davomida

stressli vaziyatlarni chetlab o‘tishi mumkin emas. Ammo har bir inson stressga

turlicha munosabat bildiradi. U tarbiya, xarakterning shaxsiy qirralari, temperament

(mijoz), genetik moyillik, qiyinchiliklar, xavf-xatar, sharoitning to‘satdan

murakkablashib ketishi va hatto ovqatlanishga, qiyinchiliklarga psixologik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

242

tayyorlikka bog‘liq bo‘ladi. Mana nima uchun kimdir stressga nisbatan barqaror

bo‘ladi, kimdadir stress ta’sirida gipertoniya, oshqozon yarasi yoki asab buzilishi kabi

kasalliklar yuzaga kelishi mumkin.

Ruhiy (psixologik) tayyorgarlik-bu odamlarda ruhan chidamlilikni

shakllantirish yoki quyilgan vazifani bajarish, xavfli vaziyatlarda fidokorona harakat

qilish qobiliyatini kuchaytirishdagi xislatlarini hosil qilish demakdir.

Ruhiy (psixologik) tayyorgarlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat;

Aholining turli toifalarida favqulodda vaziyatlarda xarakat qilish chog‘ida

yuqori ruhiy barqarorlikni ishlab chiqish.

Har bir fuqaroda favqulodda vaziyatlar yuz bergan damda jabrlanganlarga

yordamga kelishga shaylikni tarbiyalash.

Aholining sodir bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan barcha favqulodda vaziyatlarda

muhofazalanish malakasiga ega bo‘lishiga erishish.

Qutqaruvchilarda jablanuvchilarga ko‘maklashishga, ularni qutqarib olishga

doimiy shaylik, insonparvarlikni shakllantirish.

Rahbarlar tarkibida yuqori ruhiy sifatlarni shakllantirish va aholini

favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga shaylik va o‘ziga bo‘lgan ishonchini

tarbiyalash.

Faoliyat jarayonida organizmning tashqi ta’sirlarga reaksiyasi doimiy bo‘lib

qolmaydi. Organizm o‘zgarib borayotgan faoliyat sharoitlariga moslashishga harakat

qiladi. Bunda psixik zo‘riqish holati yuzaga keladi. Bu holatni kanadalik fiziolog

G.Selye (1936) stress deb nomlagan.

Stress

– hayvonot va inson organizmida turli noxush omillar (stressorlar)

ta’siriga javoban yuzaga keluvchi fiziologik himoya reaksiyalari majmuidir. Ingliz

tilidan tarjima qilinganda “stress” so‘zi “bosim, zo‘riqish, siqilish” ma’nolarini

anglatadi.

Zamonaviy talqinda stress ko‘p ma’noli tushuncha bo‘lib, to‘rttasi asosiy

hisoblanadi: stress - qo‘shimcha yuklama keltiradigan hodisa, stress – aniq bir

hodisaga nisbatan reaksiya (stressli kechinma), stress – qo‘zg‘atuvchi va unga bo‘lgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

243

reaksiya o‘rtasidagi oraliq jarayon, stress – individning atrof muhit bilan to‘qnashish

jarayoni.

Insonning stress holatiga tushish va stressor ta’siriga moslashish jarayoni

G.Selye fikricha 3 ta davrni bosib o‘tadi:

1. Xavotir davri.

Bu davrda organizm tahdid bilan uchrashuvga safarbar

qilinadi. Kurashish yoki chetlab o‘tishga sabab bo‘ladigan biologik reaksiyalar sodir

bo‘ladi. Aniq bir fiziologik o‘zgarishlar kuzatiladi: qonning quyulishi, qon

bosimining ortishi, jigarning kattalashishi va h.k.

2. Qarshilik ko‘rsatish davri.

Agarda tahdidning ta’siri davom etayotgan va

uni chetlab o‘tishning iloji bo‘lmasa, organizm unga qarshilik ko‘rsatishga yoki unga

moslashishga harakat qiladi. Fiziologik reaksiyalar me’yordan ortib ketadi. Shu

sababli tana boshqa noxush omillarga nisbatan zaif bo‘lib qoladi. Masalan, kasal

odamning noxushliklarga kuchli munosabat bildirishi. Oxir-oqibat, tana stressga

moslashadi va me’yoriy holatga qaytadi.

3. Agarda stress davom etayotgan bo‘lsa-yu, inson moslasha oladigan holatda

bo‘lmasa, organizmning resurslari tugab qoladi.

Tugash davri,

charchashga moyillik,

jismoniy muammolar kasalliklarga va hatto organizmning halok bo‘lishiga olib

keladi. Qisqa muddatli noxush omillar (mushaklarning zo‘riqish energiyasi ortishi,

og‘riq belgilariga yo‘l qo‘ymaslik, ovqat hazm qilishning to‘xtashi, qon bosimining

ko‘tarilishi)ga qarshilik ko‘rsatish imkonini beruvchi reaksiyalar, ta’sir uzoq davom

etganda zararli bo‘lib qoladi. Ushbu jarayonning sxemasi quyidagi ko‘rinishni oladi:

Stress aniq bir kritik darajaga yetmaguncha organizmga ijobiy ta’sir qiladi

(organizmni safarbar qiladi va yuzaga kelgan to‘siqlarni oshib o‘tishga undaydi). Bu

ko‘rsatkichdan oshib o‘tilgandan so‘ng organizmda gipersafarbarlik deb ataluvchi

jarayon rivojlanadi, u o‘zini-o‘zi boshqarish va faoliyat natijalarining pasayishini

keltirib chiqaradi. Shu sababli kritik ko‘rsatkichdan kuchli stress holatini ayrim

vaqtlarda distress deb ham ataladi.

Eustress

– ikki ma’noga ega tushuncha – “ijobiy hissiyotlar keltirib chiqargan

stress” va “organizmni safarbar etuvchi kuchsiz stress” demakdir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

244

Distress

– organizmning unga o‘ta noxush, “chegaradan chiqib ketgan” ta’sir

ko‘rsatilgan vaqtdagi patologik holati.

Distressning ikki turini ajratish mumkin: tormozlovchi va qo‘zg‘atuvchi.

Tormozlovchi tur

– harakatlarning sekinlashuvi va epsizligi bilan

tavsiflanadi. Inson avvalgi epchilligi bilan harakat qila olmaydi. Javob

reaksiyalarining tezligi pasayadi. Aqliy jarayon sustlashadi, tinch holatda ushbu

insonga xos bo‘lmagan xotira yomonlashuvi, hardamxayollik va boshqa salbiy

belgilar namoyon bo‘ladi.

Qo‘zg‘atuvchi tur

– giperfaollik, ko‘p gapirish, qo‘l va ovozning titrashi bilan

namoyon bo‘ladi. Masalan, operatorlar ko‘p sonli, ushbu holat talab qilmagan

harakatlarni amalga oshiradilar. Ular uskunalar holatini tekshiradilar, kiyimlarini

to‘g‘rilaydilar, qo‘llarini ishqalaydilar, atrofdagilar bilan muloqatda bo‘lganda jirtaki,

qo‘pol, tajang, arazchi bo‘lib qoladilar.

Distress belgilari:

bosh og‘rig‘i, xolsizlanish, biror bir ishni bajarishni

xohlamaslik, vaziyatning yaxshi tomonga o‘zgarishiga ishonchning yo‘qolishi, his-

xayajonli holat, tavakkal qilish istagi, shok holati bilan bog‘liq xotiraning qisman

yo‘qolishi, stress holatiga olib kelgan vaziyatni tahlil qilib o‘ylab ko‘rishni

xohlamaslik, o‘zgaruvchan kayfiyat, charchoq, lanjlik.

Stressning manbalari: jarohat yoki tang vaziyat, kundalik mayda-chuyda

nizolar, ixtiloflar, yoqimsiz kimsalar bilan janjal yoki muloqot, oldiga qo‘yilgan

maqsadlarga erishishda xalal berayotgan to‘siqlar, doimiy bosimni xis qilish,

ro‘yobga chiqmaydigan orzular yoki o‘ziga nisbatan haddan tashqari talabchanlik,

shovqin, bir xil, o‘zgarmaydigan (monoton) ish, biror bir nimaga erisholmagani

uchun doim o‘zidan yozg‘irish, hatto biror aybi bo‘lmasa ham har bir sodir bo‘lgan

noxushlikda o‘zini ayblash, diqqat-e’tiborni talab etadigan ish, moliyaviy

qiyinchiliklar, kuchli ijobiy hissiyotlar, odamlar, ayniqsa qarindoshlar bilan janjallar

(oiladagi janjallarni kuzatish ham stressga olib keladi), boshqa mamlakatga ko‘chib

o‘tish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

245

Xavotir

– xavf xatarni sezish, xavfsirash xolati. Odatda xavotirlanish noxush

oqibatlarga olib kelish mumkin bo‘lgan qandaydir bir voqeaning sodi bo‘lishi

kutilayotgan vaqtda nmayon bo‘ladi.

Qo‘rquv

- qandaydir tasavvurdagi yoki haqiqiy xavfdan qayg‘urish. U o‘zini

o‘zi saqlash instiktiga asoslangan, muhofaza hususiyatiga ega tomir urishi va nafas

olish chastotasiga, arterial bosim ko‘rsatgichlariga ta’sir qiladi. Qo‘rquvning

funksiyasi bo‘lajak xavfdan ogohlantirish, uni chetlab o‘tish yo‘llarini topishga

undashdir. Qo‘rquv turlari;

Cho‘chish

– shartsiz reflektorli “qo‘qqisdan qo‘rqish”.

Hadik

– aksincha, xavf-xatarni doimiy sezish bilan bog‘liq, sekin-astalik

bilan yuzaga keladi va uzoq davom etadi.

Dahshat

- qo‘rquvning eng kuchli darajasi va qo‘rquvning ong ustidan

g‘alabasi.

Vahima

– odamlar guruhini qamrab olgan qo‘rquv hissi. Uning biologik

mexanizmi refleksning faol-himoyalanish turidan iborat; u ham inson faoliyatiga

salbiy holda namoyon bo‘ladi. Bu holda qo‘rquv affekt kuchiga erishib, qochish, qotib

qolish, himoyalovchi agressiyaga undashi mumkin.

Halokat yoki tabiiy ofat zonasida qolgan mahalliy aholining ko‘proq

qiyinchilikka duch kelishi shubhasizdir. Olib borilgan tadqiqotlar natijalarining

guvohlik berishicha, bunday vaziyat yuzaga kelgan hududda yashovchi aholining 50-

75% da vahimali, 12-25% da esa shaytonlab qolish, vasvasaga tushish holati

aniqlangan. Ayrimlar kuchli qo‘zg‘alish holatida bo‘lib, telba-teskari harakatlarni

amalga oshirsalar, boshqalarida esa, aksincha, qotib qolish, tushkunlik, atrofda sodir

bo‘layotgan voqea-hodisalarga nisbatan befarqlik holatlari namoyon bo‘ladi.

Faqatgina 12-15 % odamlar, o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymay, murakkab vaziyatda qat’iy

va oqilona harakat qiladilar.

Stress yillar davomida saqlanib qolishi va insonning ahvoliga, hayotdan

qoniqishiga va mehnat faoliyati samaradorligiga negativ ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

To‘planib qolgan zo‘riqish, imkoniyat darajasidan chiqib ketar darajada ko‘p ishlash

keyinga surilgan oqibatlarga olib keladi. Ekstremal soha vakillari uchun uzoq davom


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

246

etgan stressogen vaziyat yoki o‘tkir stressning ehtimoliy oqibati – kasbiy yaroqsizlik

sindromining rivojlanishi, travmadan keyingi stress buzilishlari bo‘lishi mumkinю

Ma’naviy so‘zi «Kishining ichki dunyosiga oid» degan ma’noni

bildiradi. Bu ijtimoiy ongning bir shakli bo‘lib, odamlar yurish turishda,

muomalada amal qiladigan tamoyillar, me’yorlarning majmuidir. Bu

me’yorlar odamlarning bir-biriga va insoniy birlikning turli shakllari (oila,

mehnat jamoasi, millat, umuman jamiyat) ga muayyan munosabatlarning

ifodasidir.

Fuqaro muhofazasidagi ma’naviy tayyorgarlik-bilim oluvchilarda fuqaro

muhofazasiga oid vazifalarni bajarish mamlakat, xalq oldidagi burch ekaniga

ishonchni tarbiyalash, bu tinchlik va harbiy haraktlar vaqtlaridagi o‘z vazifalarini

vijdonan bajarishga, shunday vaziyatlardagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga o‘zini

tayyorlash

zarurligini

tushunish,

ruhiy

qiyinchiliklarga

chidash

ruhida

tarbiyalashdir.

Murakkab sharoitda istalgan kishining xayot uchun xavfli vazifani bajarishga

tayyor ekaniga ishonib ish tutib bo‘lmaydi. «Hech nimadan qo‘rkmaydigan» odam

bo‘lmaydi. Hamma gap sarosima hissini yengib o‘tish uchun, to‘g‘ri qarorga kelib,

xarakat qila boshlash uchun kerak bo‘ladigan vaqtda. Shoshilinch vaziyatga

tayyorgarlik ko‘rgan odamda bu anchagina tez bo‘ladi. Tayyorgarligi yo‘q qishida

esa xarakatsizlik, xovliqish uzoq vaqt saqlanib turadi-da psixika buzilishini

kuchaytirib yuboradi.

Odamning xayoti uchun xavfli sharoitda qo‘rqishini nazoratli va nazoratsiz

qo‘rqishga bo‘lish odat bo‘lib qolgan. Mutaxassislarning qayd etishlaricha

«qo‘rqishni nazorat qilayotgan bo‘lsang, demak duch kelishing mumkin

bo‘lgan holatlarni anglayotgan bo‘lasan-da, ularga duch kelmaslikka xarakat

kilasan. Bunday hollarda hamma vaqt iloj topasan. Nazoratsiz qo‘rquv esa-bu

vahimaning o‘zginasi».

Xavf-xatarga bir necha martalab duchor bo‘lgan taniqli sayyoh E.

Bishonning fikricha, xavfli sharoitda nazoratsiz qo‘rquv eng chiniqqan pahlavonni

«ayanchli bo‘shangga yoki eng rasvo hayvonga aylantirib ko‘yishi» mumkin. Va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

247

aksincha, bunday qo‘rquv bo‘lmasa, hatto «chalajon qiltiriq odam ham o‘zining

ma’naviy chidamli tufayli qaxramon bo‘lib ketishi mumkin».

Aholi ayrim guruhlarining xayot uchun xatarli vaziyatdagi faoliyati aloxida

odamning xatti-xarakatiga qarab belgilanadi. Shuning bilan birga favqulodda

vaziyatning oldini olish yoki bunday vaziyatni tugatish zimmasida bo‘lgan butun

boshliq jamoaning faoliyati guruhlar xatti-xarakatiga bog‘liqdir.

Odamlarning ruhiy chiniqqanligi vahimali kayfiyati rivojlanib ketishiga

tusqinlik qiladi. Dadillashib, bor irodasini to‘plab, sodir bo‘lgan vaziyatdan

chiqishning to‘g‘ri, maqsadbop yo‘lini topish imkoniyatini beradi. Aks holda

sarosima va vahima ustunlik qilib ketadi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasi tizimi o‘z kuchlari va

vositalarini birinchi galda tinchlik darida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishiga

muljallab tayyorlaydi. Ma’lumki, respublikamiz sayyoraning seysmik xavfli

zonasida joylashgan. Bu yerda zilzila kuchi 9 ballgacha yetadi, tog‘ oldi xududlarida

kuchki va o‘pirilish, vodiylarda suv toshqinlari tez-tez ro‘y berib turadi, ishlab

chiqarish avariyalari, boshqa xalokatlar ham sodir bo‘ladi.

Psixologik tayyorgarlikning shakllari, usullari va vositalari.

Favqulodda vaziyatlardagi xatti-xarakatlarga tayyorlash soxasida bir necha

misollar keltiramiz.

«Olovdan qo‘rqish»

ni yengish. Odam sakrab o‘ta oladigan kenglikda uzun

zovur qaziladi. Unga ishlatib bo‘lingan solyarka yoki boshqa yonadigan suyuqlik

to‘ldirilib, yoqib yuboriladi. Olov devor hosil bo‘lib, ta’lim olayotganlar muhofaza

kiyimi kiyib yoki muhofaza niqobida sakrab, shu olov devor ustidan o‘tadilar.

Bunda, har ehtimolga qarshi, olov devorining ikki tomonidan suv shlanglari

ushlagan odamlar turadilar.

«Balandlikdan qo‘rqish»ni yengish.

Xodalardan to‘rt qavatli uy maketi

quriladi. Balandlikda xoda ustida mashq qilinadi. Mashq qilayotganlar xavfsizligini

ta’minlash uchun ular beliga xavfsizlik kamarlari bog‘lab qo‘yiladi. Albatta, xoda

ustida yurayotganlarning tuyg‘ulari dastlab unchalik yoqimli bo‘lmaydi. Yoki ta’lim


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

248

oluvchilar baland minoraga chiqib, undan qutqarish arqoni yordamida pastga

tushadilar.

«Suvdan qo‘rqish»ni yengish.

Suvli tusiq ustiga uzunligi 100 m li tebranma

ko‘prik quriladi. Ta’lim oluvchilar shu ko‘prik ustidan yurib, suv tusiqdan o‘tadilar.

Balandlik.

Binoning kamida 5-qavatli derazasidan orqa bilan pastga tushish

uchun tashqariga chiqish. Yoki kamida 20 m balandlikda tor karnizdan yurib o‘tish.

Yoki shunday balandlikdagi temir beton to‘sinda harakat qilish.

Qorong‘ulik.

Qorong‘ida tekislikdagi oddiy labirintdan o‘tish. Yoki uch

o‘lchamli to‘siqli labirintdan o‘tish.

Yopiq fazo.

Ichki diametri 500 mm bo‘lgan to‘g‘ri quvur yoki xuddi

shunday diametrli 90-1200 burchak ostida ulangan quvur ichidan o‘tish.

Qattiq tovush.

Yo‘lakni bosib o‘tish davomida standart portlash paketlarini

portlatish.

Nafas olishni qiyinlashtirish.

Gaz bilan zaralangan maydonni AVX-2 yoki

“Dreger” apparatlarida tez ish bajargan holda ballonlarga havo kam qolganligi

to‘g‘risidagi ogohlantirish bilan bosib o‘tish.

Noxush yoqimsiz sezgilar.

Yo‘lakning qorong‘i qismida hayvonning xo‘l

terisiga tegib ketish va boshqalar.

Tayyorgarlikni bunday usulda olib borish odamlarda favqulodda vaziyat yuz

berganda esankirab qolmaslik, chidam va mardlik ko‘rsatish xissini shakllantiradi.

Mashg‘ulot va o‘quv mashqlarini sutkaning turli vaqtlarida, murakkab ob-

xavo sharoitida, zaharlanish zonalarida olib borib odamlarni kiyinchilik-larni yengib

o‘tishga o‘rgatish, ma’naviy-ruxiy hislatlarni shakllantirish mumkin.

Mashg‘ulot va o‘quv mashqlarini yuqori sur’atda, kechasi va kunduzi,

murakkab ob-xavo sharoitida, zaxarlanish zonalaridan o‘tib, vayrona uyumlarini

saranjomlab, yong‘inlarni o‘chirib va x.k o‘tkazish kerak. Faqat shunday yo‘l

bilangina qiyinchiliklarni yengib o‘tishga o‘rgatish, odamlarda zarur bo‘lgan

ma’naviy-ruhiy (psixologik) xislatlarni shakllantirish mumkin.

1984-yil martidagi gazli zilzilasi vaktida Kogondan kelgan sanitar

drujinachilari fidokorona xarakat qildilar. Biroq drujinachilarning ayrimlari qon oqib


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

249

turgan yaralarni, singan suyaklarni va boshqa jarohatlarni ko‘rib qo‘rqib ketgan

edilar. Bu sanitariya drujinalarining sardorlari to‘g‘ri qarorga keldilar-tegishli

organlar bilan kelishib, sandrujinachilarni navbatchilik qilish uchun tez yordam

tibbiy punktlariga yuboradilar. Bu qiyinchilik yaxshi natija berdi.

Demak, sandrujinachilarda kerakli hislatlarni hosil qilish uchun davolash

profilaktika muassasalardagi amaliy ishdan, travmatologiya instituti muassasalarida,

kasalxonalarda ishlashdan, sandrujinachilarning zavod tibbiy punktlarida va shahar

tibbiy tez yordam stansiyalarida navbatchilik qilishlaridan foydalanilgan joylarda

to‘g‘ri yo‘l tutadilar.

Ishlab chiqarishda band bo‘lmagan aholining psixologik tayyorgarligi

muammosi million-million kishilarga tegishli muammodir. Viloyatlar, shaxarlar va

tumanlar fuqaro muhofazasi boshliqlari, favqulodda vaziyatlar boshqarma va

bo‘limlari bu mavzuga ko‘proq e’tibor berishlari, ishlamayotgan aholini favqulodda

vaziyatlardan muhofaza qilishdagi psixologik chiniqtirishga yordam beradigan

tadbirlarga jalb qilishlari kerak. Bunday tadbirlarga birinchi galda kimyoviy xavfli

obyektlar yaqinida hamda toshqin, suv bosish va sel kelish xavfi, boshqa xatarlar bor

joylarda yashab turgan aholi jalb etilishi kerak.

Targ‘ibot.

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni targ‘ib etishdagi

asosiy vazifalar qanday, bunda targ‘ibot nimalardan iborat bo‘lishi kerak?

Birinchi vazifa.

Tinchlik davrida va harbiy harakatlar vaqtida, favqulodda

vaziyatlar sodir bo‘lishi mumkinligini va ular naqadar xavfli ekanini tushuntirish.

Ikkinchi vazifa.

Fuqaro muhofazasining roli ortib borayotganini,

favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish haqidagi davlat hujjatlarining mazmunini,

aholining fuqaro muhofazasiga oid huquqlari va vazifalarini tushuntirish.

Uchinchi vazifa.

Aholiga favqulodda vaziyatlarda harakat qilishni

o‘rgatishga hissa qo‘shish.

To‘rtinchi vazifa.

Fuqaro muhofazasi ilg‘or tajribasini keng targ‘ib qilish.

Beshinchi vazifa.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi tarixi va

an’analarini tizimli targ‘ib qilish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

250

Targ‘ibot xushyorlik oshirilishi kerakligini, oldini olish tadbirlari o‘tkazish

muhimligini, odamlarda yuksak ma’naviy-ruxiy fazilatlarni tarbiyalash zarurligini,

shuningdek beparvolik ishlab chikarish, ijtimoiy soxaga og‘ir shikast yetkazishi, eng

yomoni odamlar qurbon bo‘lishi mumkinligini eslatib turishi kerak.

Mulkchilik shakllaridan kat’iy nazar mehnat jamoalarida, turar joylarda ana

shu haqida gapirish, ularga favqulodda vaziyat sodir bo‘lgandagi xatti-xarakat

koidalarini tushuntirish kerak. Doimiy ravishda profilaktika tadbirlarini amalga

oshrib borish lozim. Masalan, Yaponiyada har yangi o‘quv yili maktablar va Oliy

o‘quv yurtlarda odamlarning zilzila bo‘lgandagi xatti-xarakatlari haqidagi

mashg‘ulotdan boshlanadi.

Targ‘ibotning qanday ahvoldaligi tabiiyki, birinchi galda barcha darajadagi

fuqaro muhofazasi boshliqlari zimmasida bo‘ladi. Fuqaro muhofazasi xodimlari

davlat va jamoat tashkilotlarini, ijodiy jamoalarni, turli fondlarni jalb qila olsalargina

targ‘ibotni yo‘lga qo‘yish shunchalik muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.

Fuqaro muhofazasini targ‘ib qilishning quyidagi shakllari mavjud:

Og‘zaki targ‘ibot.

Ommaviy axborot vositalari (matbuot, televideniye, radio).

Kino va videofilmlar.

Ko‘rgazmali vositalar. (plakat, stend, fotomantaj, vitrina va x.k)

Og‘zaki targ‘ibot eng ta’sirchan shakllardan biri hisoblanadi. Odamlar bilan

shaxsiy muloqotda bo‘lishga asoslanib, bunday targ‘ibot muayyan jamoa oldida

turgan fuqaro muhofazasi vazifalarini, ularni hal etish usullarini odamlarga

tushunarli dalil va misollarda tushuntirish, kamchilik va qiyinchiliklar, ularni yengib

o‘tish yo‘llari haqida ochiqdan ochiq fikr yuritish imkonini beradi.

Og‘zaki targ‘ibotda ma’ruza, suhbat, savol-javob kechalari, fuqaro

muhofazasi faxriylari va mutaxassislari bilan uchrashuvlardan foydalaniladi.

Targ‘ibot ishlayotgan ilmiy va texnik atamalar va tushunchalarni

tinglovchilar to‘g‘ri anglashini ta’minlaydigan qilib bayon etishi, fikrning

mantiqiyligi, tushuntirilayotgan qoidalarning turmush bilan chambarchas

bog‘liqligiga yorqin misollar keltirishi, statistika ma’lumotlariga tayanishi,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

251

nutqining jo‘shqin-ligi va hakazolar tarkibiy chiqishlarning ishonchliligini ta’minlab

beradi.

Og‘zaki chiqishning samaradorligini oshirishda mazmunning hal qiluvchi va

muhim yo‘nalishini ta’kidlash bilan bir qatorda, targ‘ibotchi nutqining tushunarli va

to‘g‘ri bo‘lishi kerakligini ham unutmaslik kerak. Tinglovchilar odatda sodda, jonli

tilda bayon etilgan ma’ruza, suhbatni idrok qilib oladilar.

Rahbarlar, mutaxassislarning o‘z jamoalari oldida fuqaro muhofazasi

mavzusida so‘zga chiqishlari alohida ahamiyatli ekanini qayd etmoq kerak. Ular

fuqaro muhofazasi tadbirlarini o‘tkazishda shaxsan namuna ko‘rsatishlari

lozimligini unutmasliklari lozim. Quyidagi axborotga e’tibor beraylik: «Mer ibrat

ko‘rsatdi. 2-aprelda San-Fransisko meri kabinetidagi baxaybat stol tagiga yashirinib,

jurnalistlarga intervyu berdi. Yomon xayollarga bormang. Negaki, o‘sha shtatda

zilzila ro‘y berishiga tayyor turish oyligi o‘tkazilayotgan bo‘lib, mer aholiga ibrat

ko‘rsatgan edi» (Pravda Vostok gazetasi, 1996-yil 9-aprel).

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish soxasi targ‘ibotida hozirgi vaqtda

ommani qamrab olishi va ularga uzluksiz ta’siri jihatidan eng ta’sirchan bo‘lgan

ommaviy axborot vositalaridan, televideniye va radiodan foydalanish-ning roli

kattadir. Fuqaro muhofazasidagi ishlar ahvoli, FVDT kuchlari va vositalarining

favqulodda vaziyatlarda xarakatlari haqida ommaviy axborot vositalari tezkor va

ishonchli axborot bilan ta’minlanib turishi kerak.

Fuqaro muhofazasi mavzusida kitoblar va risolalar nashr etishning va

ulardan tushuntirish ishlarida foydalanishning fuqaro muhofazasi targ‘iboti-dagi

axamiyati juda kattadir.

Ularni targ‘ib etish uchun kutubxonalarda kitobxonlik anjumanlari, kechalar

va boshqa tadbirlar o‘tkazilib turilishi lozim.

Endilikda fuqaro muhofazasi targ‘ibotini kino, videomateriallardan keng

foydalanmay turib tasavvur etish qiyin.

Ko‘rgazmali vositalardan foydalanib, fuqaro muhofazasini targ‘ib qilish

fuqaro muhofazasi o‘quv punktlari, kabinetlari, sinflar va burchaklarini jihozlashda,

turli stend, fotomantaj, vitrinalar tashkil etishda, shuningdek aholining favqulodda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

252

vaziyatlarda harakati bo‘yicha plakatlar chiqarishda o‘z ifodasini topmokda.

Ko‘rgazmali targ‘ibot beixtiyor odamlar e’tiborini tortishi bilan og‘zaki va bosma

vositalardan farq qiladi.

Ko‘rgazmali vositalarni idrok etishning birinchi bosqichi vaziyatga qiziqish

hisoblanadi. Ko‘rgazmali vositalar odamlar e’tiborini beixtiyor tortadigan qilib

tayyorlanishi kerak. Matn bilan rasmlar o‘rtasidagi nisbat to‘g‘ri belgilanishi katta

axamiyatga ega. Inson plakat bilan tanishishga o‘rta hisobda 6-10 soniya vaqt sarflar

ekan.

Ko‘rgazmali targ‘ibotda respublikamiz fuqaro muhofazasi tizimi haqida,

ishlab chiqarish avariyalari va tabiiy ofatlar, jamoa va yakka muhofaza vositalari,

qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar, o‘tkazilgan o‘quv mashqlari

haqida axborot bo‘lishi lozim.

XULOSA.

Yuqoridagi aytilganlardan shuni xulosa qilish mumkin,

Favqulodda vaziyatlar yuz berishi ehtimoli borligini va xavf darajasi

to’g’risida aholi o’rtasida tushuntirish ishlari olib borish kerak. Birok, bunda

odamlarni qo’rqitmaslik, balki bu xavfni unutmaslik, favqulodda vaziyatlar sodir

bo’lganda muhofazalanishga tayyor turishga da’vat etmoq kerak. Shunda

favqulodda vaziyatlar oqibatida yetadigan zararlar eng kam darajada bo’ladi

ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ:

1.

Ёрматов Ғ.Ё. ва бошқалар. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги.

Ўқувқўлланма. T.:2005.

2.

Йўлдошев Ў ва бошқалар. Меҳнатни мухофаза қилиш. -T.: 2005.

3.

Безопасность жизнедеятельности. Под.ред. Михайлова Л.А. – Минск,

2007. 301 с.

4.

Белов С.В. "Безопасностъ жизнедеятелъности". Высшая школа. -М.:

1999.

5.

“Ишлаб чиқаришдаги бахтсиз ҳодисалар ва касб касалликларидан

мажбурий давлат ижтимоий суғуртаси тўғрисида” ги қонун. Ўзбекистон

Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2008 й., 37-38-сон.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

253

6.

“Фуқаролар соғлиғини сақлаш тўғрисида”ги қонун. Ўзбекистон

Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами. –Т.: 2007 й., 40-сон.