MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
231
YOSHLAR O‘RTASIDA INTERNET TAHDIDLARINING
TARQALISHI, ULARNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA OLDINI
OLISH CHORA TADBIRLARI
Ilmiy rahbar: Polvanova Dilrabo Tagaymuratovna
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti katta o‘qituvchisi
Rasuljonov Bexruzbek Ravshanjon o‘g'li
O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti ikkinchi kurs talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi globallashuv davrida yoshlar
o‘rtasida Internet jahon axborot tarmog‘ida, keng tarqalayotgan internet tahdidlari,
jumladan, kiberbullingning tarqalish sabablari, shakllari, asoratlari haqida gap
boradi. Kiberbulling raqamli texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlar bilan makonda va
zamonda tengma-teng rivojlanishi natijasida ancha keng tarqalmoqda va
yoshlarning ruhiyatiga sezilarli salbiy ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Kiberbullingda
nishon qurbonning shaxsiy ma’lumotlariga qaratilib, ularni tarqatish yoki o‘zgacha
talqin qilish orqali tahqirlash, qo‘rqitish, tahdid qilish orqali amalga oshiriladi.
Ushbu maqola orqali hozirgi kunda ommaviy ravishda foydalanib kelinayotgan
ijtimoiy tarmoqlar hamda o‘yin platformalarida keng tarqalgan kiberbulling
shakllari va ularning oldini qanday olish mumkinligi haqida gap boradi.
Kalit so‘zlar. Kiberbulling, Internet jahon axborot tarmog‘i, ijtimoiy
tarmoqlar, raqamli texnologiylar, psixologik ta’sir, onlayn tahqirlash, qo‘rqitish,
tuhmat, shaxsiy ma’lumotlar, kiberxavfsizlik, globallashuv, huquqiy himoya, internet
madaniyati, raqamli etik qoidalar, “O‘lik moviy kit”.
Kirish.
Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan ijtimoiy
tarmoq platformalari odamlarning kundalik aloqasida muhim o‘rin egallash bilan
birgalikda turli xil salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqda. Yoshlar o‘rtasidagi
barcha kiberbulling shakllariga ijtimoiy tarmoq messenjerlari asosiy makon bo‘lib
xizmat qiladi va uning barcha shakllarining keng tarqalishiga sharoit yaratib beradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
232
Internetda bezorilik, yoki kiberbulling, qasddan haqorat qilish, haqorat qilish,
tahdid qilish, tuhmat qilish va zamonaviy aloqa vositalaridan foydalangan holda,
boshqalarga zarar yetkazuvchi maʼlumotlarni yetkazishdir. Bezorilik axborot
makonida axborot-kommunikatsiya vositalari orqali amalga oshiriladi. Xususan,
internetda elektron pochta orqali, lahzali xabar almashish dasturlarida, ijtimoiy
tarmoqlarda, forumlarda, shuningdek, video portallarda buzgʻunchi video materiallar
va xabarlarni joylashtirish orqali (odatda odobsiz soʻzlar bilan) yoki mobil telefon
orqali (masalan, SMS xabarlar yoki bezovta qiluvchi qoʻngʻiroqlar orqali).
Koʻpincha “troller”, “bezorilar” yoki „mobbers“ deb ataladigan bu
bezoriliklarning aybdorlari koʻpincha yashirin tarzda harakat qilishadi, shuning uchun
jabrlanuvchi zoʻravonlik harakatlarini kim amalga oshirayotganini bilmaydi, ya’ni
ular soxta yoki o‘zgalar nomiga ochilgan ochilgan akkauntlar ortidan harakat
qiladilar. [1]
Kiberbulling ifoda etilishi va ta’sir etish doirasiga ko‘ra bir qancha turlarga
bo‘linadi. Jumladan:
1. Haqorat va tahdidlar – Onlayn muhitda kimnidir doimiy ravishda haqorat
qilish yoki qo‘rqitish.
2. G‘iybat va mish-mish tarqatish – Odamning obro‘siga putur yetkazish
maqsadida yolg‘on yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatish.
3. Shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish – Kimningdir shaxsiy hayotiga oid
ma’lumotlarini ruxsatsiz tarqatish.
4. Soxta akkaunt va sahifalar yaratish – Boshqa odamning nomidan akkaunt
ochib, unga zarar yetkazish yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatish.
5. Zo‘ravonlikni tasvirlaydigan kontent tarqatish – Jabrlanuvchini
obro‘sizlantirish uchun uning surat yoki videolarini ruxsatsiz tarqatish.
6. Onlayn stalkerlik – Kimningdir harakatlarini internetda kuzatib, uni doimiy
ravishda bezovta qilish.
7. Trollizm– kimnidir ataylab asabiylashtirish yoki haqorat qilish maqsadida
provokatsion fikrlar yozish.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
233
8. Xakerlik – birovning akkauntiga buzib kirib, uni sharmanda qilish yoki
ma’lumotlarini o‘g‘irlash.
9. Klonlash – kimnidir nomidan soxta akkaunt ochib, u haqda noto‘g‘ri
taassurot yaratish.
Bugungi kunda ongga ta’sir etish, odamlarni manipulyatsiya qilish tobora
keng tarqalmoqda. Bunday holatlar ba’zan shunchaki zavq olish uchun amalga
oshirilsa, ba’zan esa moddiy manfaat ko‘zlanadi. Xususan, shaxsiy ma’lumotlarni
qo‘lga kiritish orqali pul undirish yoki ularni boshqa maqsadlarda o‘zlashtirish hollari
uchraydi. Bu kabi ishlarning ortida ko‘pincha yuqori bilim va tajribaga ega bo‘lgan
kompyuter mutaxassislari turadi. Ular tomonidan ishlab chiqilgan murakkab tizimlar
orqali ma’lumotlar maxfiy ravishda o‘g‘irlanadi va tahdid etuvchini oshkor etish
qiyinlashadi. Bunday holatlar nafaqat alohida shaxslarga, balki butun jamiyatga xavf
tug‘diradi. Shu sababli, axborot xavfsizligiga e’tibor berish, shaxsiy ma’lumotlarni
himoya qilish va raqamli tahdidlardan xabardor bo‘lish juda muhim.
So‘nggi paytlarda "kiberbulling" atamasi keng qo‘llanila boshladi. U
zo‘ravonlikning virtual shakli bo‘lib, elektron vositalar orqali tajovuzkor harakatlarni
amalga oshirishni anglatadi. Bu hodisa chet elda va Rossiyada tez tarqalib, shaxsni
anonim tarzda ta’qib qilish imkoniyatini beradi. Agar oldin tengdoshlar o‘rtasidagi
ta’qib haqiqiy hayotda ro‘y bersa, bugungi kunda u virtual olamga ko‘chmoqda.
“YouTube”da kaltaklash sahnalarini joylashtirish, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy
ma’lumotlarni oshkor qilish kabi usullar keng tarqalgan.
Kiberbullingning o‘ziga xos jihatlari mavjud: stalkerlarning anonimligi,
qurbonni doimiy ta’qib qilish imkoniyati, jabrlanuvchining qo‘rquv sababli
kattalardan yordam so‘rashga jur’at etmasligi. Internetda anonimlik mavjudligi esa
zo‘ravonlarni jazodan qochishga imkon beradi. Eng zaif guruh – o‘smirlar bo‘lib,
ko‘pincha ular ilgari ham real hayotda bezorilikka uchragan bo‘ladi. 11-16 yosh
oralig‘idagi bolalar mish-mishlar va haqoratlarga nisbatan sezgir bo‘lib, kiberbulling
ularning ruhiyatiga jiddiy zarar yetkazadi.
Ko‘pincha o‘qituvchilar va ota-onalar bu holatni kech sezishadi. Biroq, o‘z
vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar nizoni yumshatishga yordam beradi. Kiberbulling
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
234
turli usullar bilan sodir etiladi: maxsus haqoratli sahifalar yaratish, istehzoli
karikaturalar joylashtirish, shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish yoki qurbon nomidan
soxta e’lonlar berish. Ayniqsa, yoshlar orasida bu usul ommalashgan. Ularning
fotosurat va telefon raqamlari jinsiy xizmatlar e’loni sifatida tarqatiladi yoki ijtimoiy
tarmoqlarda haqorat va tahdidlar yog‘diriladi.
Bu muammoni hal qilish uchun ota-onalar farzandlari bilan muloqot qilishlari,
o‘qituvchilar esa o‘quvchilarning ruhiy holatini diqqat bilan kuzatishlari zarur.
Shuningdek, Internet xavfsizligiga e’tibor qaratish, zo‘ravonlikning oldini olish va
uni erta bosqichda aniqlash muhim hisoblanadi. [4]
Kiberbullingdan jabrlanish odatda shaxsda o‘ziga bo‘lgan ishonchning
yo‘qolishi, stress va kuchli depressiya holatlarini yuzaga keltiradi. Buning natijasida
jamiyatdan yakkalanib qolish, o‘zini izolatsiya qilish va eng yomoni shaxsiy
rivojlanishdan orqada qolish ayniqsa, maktab o‘quvchilarining dars mashg’ulotlarini
o‘zlashtirishdan to‘xtab qolishi kabi jarayonlar ko‘zga tashlanadi. Agar bu jarayon
o‘z vaqtida aniqlab, to‘xtatilmasa hali psixologik va ma’naviy jihatdan voyaga
yetmagan o‘smirlar orasida o‘z joniga qasd qilish xavf darajasi ortib borishi mumkin.
Yosh avlodni kiberbulling orqali zaralashda faqatgina ijtimoiy tarmoq
messenjerlaridan foydalanilmaydi: ular onlayn o‘yin ko‘rinishida ham uchrab qolishi
mumkin. Masalan: “O‘lik moviy kit” va “MoMo” o‘yinlari bunga yaqqol misol bo‘la
oladi. Xususan,
“Moviy kit” o‘yini
va uning xavfi haqida quyidagilar qayd etiladi:
“Moviy kit” o‘yini butun dunyo bo‘ylab o‘nlab o‘smirlar va bolalar
o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu xavfli o‘yin ota-onalarni jiddiy tashvishga solgan. “Moviy
kit” yoshlarni o‘ziga zarar yetkazishga va oxir-oqibat joniga qasd qilishga undaydi.
Hozirga qadar 150 ga yaqin bolalar ushbu o‘yin qurboni bo‘lgan. Yil
boshida “Blue Whale Challenge” nomi bilan tanilgan bu dahshatli tendensiya
Rossiyada boshlangan bo‘lib, tez orada boshqa mamlakatlarga ham tarqalgan.
O‘yinda ishtirokchilar “master” yoki “usta” deb ataluvchi shaxslar bilan ijtimoiy
tarmoqlar orqali bog‘lanadi. Dastlab, ularga 50 ta topshiriq beriladi. Boshlang‘ich
vazifalar oddiy ko‘ringan bo‘lsa-da, asta-sekin yosh ongni manipulyatsiya qilish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
235
boshlanadi. Oxirgi topshiriq esa o‘z joniga qasd qilish bo‘lib, aynan shu jihati bilan
o‘yin o‘ta xavfli hisoblanadi. [5]
“Momo Challenge” o‘yini
va uning xavfi haqida quyidagilar qayd etiladi:
bu ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali
tarqalgan uydirma va internet o‘yini. Ma’lum qilinishicha, bolalar va o‘smirlar Momo
ismli foydalanuvchi tomonidan zo‘ravonlik hujumlari, o‘z-o‘ziga zarar yetkazish,
boshqalarga zarar yetkazish va o‘z joniga qasd qilish kabi bir qator xavfli vazifalarni
bajarish uchun ta’qib qilingan.
2018-yil iyul oyida bu hodisa butun dunyo miqyosidagi tarqalganligi
haqidagi da’volarga qaramay, haqiqiy shikoyatlar soniga nisbatan kam bo‘lgan va
huquqni muhofaza qilish organlari bevosita ushbu o‘yin natijasida hech kimga zarar
yetkazilganligini tasdiqlay olmadilar.
“Momo Challenge” butun dunyoda vahima uyg‘otdi va hukumat hamda
bolalar xavfsizligi himoyachilarining shoshilinch ogohlantirishlariga sabab bo‘ldi.
Momoning xavotirli xabarlariga duch kelgan bolalar haqidagi xabarlar keng tarqaldi,
ota-onalar va tarbiyachilar orasida qo‘rquv kuchayishiga sabab bo‘ldi. [3]
Mutaxassislar ota-onalarga farzandlarining internetdagi harakatlarini diqqat
bilan kuzatishni maslahat bermoqda. Bunday xavfli o‘yinlar haqida xabardor bo‘lish
va yoshlarni ogoh qilish ularning hayotini saqlab qolishga yordam beradi. Nafaqat
o‘yinlar balki, kiberbulingning har qanday ko‘rinishidan himoyalanish uchun
jamiyatda ayniqsa yoshlar orqasida internet savodxonligini oshirish va bu chora-
tadbirlarga ota-onalardan tashqari malakali mutaxassislar va psixologlarni jalb etish
o‘rinli bo‘lar edi.
Mutaxassislar tomonidan yoshlar orasida kiberbullinglarning tarqalishiga
sabab bo‘luvchi omillar sifatida quyidagilar qayd etilgan. Jumladan:
1.
Ijtimoiy tarmoqlarning keng ommalashishi – Instagram, TikTok,
Facebook va boshqa platformalar yoshlar orasida juda mashhur bo‘lib, anonim yoki
yashirin tazyiq imkonini beradi.
2.
Nazoratning yetarli emasligi – ota-onalar va o‘qituvchilar internetdagi
xavflarni to‘liq nazorat qila olmasligi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
236
3.
Raqobat va bosim – maktab va universitet muhitida bosim, mashhurlik
uchun kurash va qabul qilinish istagi.
4.
Psixologik omillar – ba’zi yoshlar o‘zlarining o‘z-o‘ziga ishonchsizligi
yoki qasos olish istagi sababli kiberbulling bilan shug‘ullanishadi.
5.
Qonunlarning yetarli emasligi – ko‘pgina mamlakatlarda kiberbulling
bilan bog‘liq qonunchilik yetarli darajada rivojlanmagan va mavjudlari targ‘ib
etilmaydi.
Bu kabi omillar yoshlar orasida tuzatib bo‘lmas xatolarni keltirib chiqarishi
yoki eng daxshatlisi o‘z joniga qasd qilish holatlarini keltirib chiqaradi.
Kiberbulingga qarshi kurashish uchun xalqaro va mahalliy tashkilotlar tegishli chora-
tadbirlarni olib bormoqdalar. Jumladan, UNICEF – Kiberbulling va yoshlar haqidagi
hisobotlarida quyidagilar qayd etiladi.
O‘zbekistondagi bolalar va yoshlar aholining 55 foizini tashkil etishini
hisobga olgan holda, mamlakat hukumati yoshlarning ta’limi, rivojlanishi, ularni
qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash masalalarini davlatning asosiy ustuvor
yo‘nalishlari deb belgilaydi. Mamlakatda inson kapitalini rivojlantirishga katta
hajmdagi resurslar va kuchlar yo‘naltirilmoqda.
O‘smirlarga qiyinchiliklarni yengishda yordam berish uchun UNICEF
ko‘nikmalarini rivojlantirish va ishga joylashish dasturlarini taqdim etadi. Bunda eng
zaif qatlamlarga – chekka hududlardagi yoshlar, qizlar, nogironligi bo‘lgan yoshlar,
vaqtincha yashash joyidan ko‘chganlar va ishsizlarga alohida e’tibor qaratiladi.
Bundan tashqari, UNICEF yoshlarni o‘z jamiyatlarini rivojlantirish, iqlim
o‘zgarishi va boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishga jalb qilish uchun
platformalar yaratdi. So‘nggi uch yil davomida 27 900 dan ortiq yoshlar (13 243 dan
ortiq o‘g‘il va 14 683 qiz) quyidagi dasturlar orqali o‘zlarining ijtimoiy, ijtimoiy-
emotsional, tadbirkorlik, raqamli, STEM (fan, texnologiya, muhandislik, matematika)
va ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Jumladan:
UPSHIFT - yoshlarni ijtimoiy innovatsiyalar va ijtimoiy tadbirkorlikka
o‘rgatish dasturi.
Ushbu dastur 16 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va
yoshlarni qamrab oladi. Yoshlarni ijtimoiy va tadbirkorlik ko‘nikmalarini
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
237
rivojlantirish, o‘z jamoalari oldida turgan ijtimoiy muammolarga innovatsion
yechimlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlaydi. Haqiqiy
hayotiy tajriba beradigan ochiq, do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda amalga
oshirilayotgan mazkur dastur ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘smirlarga qaratilgan.
Qizlar, chekka qishloqlardagi yoshlar, nogironligi bo‘lgan yoshlar, internat
muassasalarining bitiruvchilari, shuningdek, o‘qimaydigan, ishlamaydigan va ta’lim
olmayotgan yoshlar shular jumlasiga kiradi.
“Skills4Girls” ta’lim dasturi.
Dastur chekka hududlardagi qizlar hamda
ko‘rish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan qizlarga kompyuter savodxonligi, dasturlash
hamda boshqa raqamli va ishga joylashish uchun zarur bo‘lgan boshqa ko‘nikmalarni
o‘rganishga yordam beradi.
STEM sohasidagi UniSat ta’lim dasturi.
UniSat ta’lim dasturi qizlarga
mo‘ljallangan bo‘lib, ularga dasturlash, muhandislik, ma'lumotlarni tahlil qilish
bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishga, nanosun'iy yo‘ldosh yaratish va uni
stratosferaga uchirish jarayoni orqali koinot va iqlim fanlari bo‘yicha bilimlarini
kengaytirishga yordam beradi. Dasturni tugatgandan so‘ng ko‘pchilik qizlar fan va
texnologiya sohasida o‘qishni yoki o‘z karyeralarini davom ettirmoqdalar.
Chatga asoslangan FunDoo raqamli platformasi.
FunDoo raqamli
platformasi yoshlarga, jumladan, ularning eng zaif qatlamlariga XXI asrning atrof-
muhit va bandlik ko‘nikmalarini interaktiv yoki mustaqil ravishda o‘rganish orqali
kelajakka tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi. [6]
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan raqamli texnologiyalarning
o‘smirlar ruhiy salomatligiga ta'siri bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra,
dunyodagi har o‘nta o‘smirdan biri ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter o‘yinlariga
qaramlik tufayli ruhiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ushbu tadqiqot 2022-yilda
Yevropa, Markaziy Osiyo va Kanadada yashovchi 11, 13 va 15 yoshli 280 mingga
yaqin bola va o‘smir ishtirokida o‘tkazilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra:
O‘smirlarning 11 foizida ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik belgilari
kuzatilgan, bu ko‘rsatkich qizlarda (13 foiz) o‘g'il bolalarga (9 foiz) nisbatan yuqori;
O‘smirlarning 36 foizi do‘stlari bilan muntazam onlayn muloqot qiladi;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
238
Taxminan 34 foizi har kuni raqamli o‘yinlar o‘ynaydi, 22 foizi esa bu
mashg'ulotga kuniga to‘rt soatdan ortiq vaqt sarflaydi;
O‘smirlarning 12 foizida o‘yinlarga nisbatan muammoli xulq-atvor
kuzatiladi, bu qizlarga qaraganda o‘g'il bolalar orasida ko‘proq uchraydi.
JSST ushbu raqamli qaramlik holatlari o‘smirlarning ruhiy salomatligiga
salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. Shu sababli, tashkilot
ota-onalar, o‘qituvchilar va sog'liqni saqlash mutaxassislarini bolalar va
o‘smirlarning raqamli texnologiyalardan foydalanishini nazorat qilishga va ularning
ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi. [7]
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi, Taʼlim vazirligi va Ichki ishlar
vazirligining kiberbulling boʻyicha maxsus hisobotlari haqida ochiq maʼlumot
topilmadi. Kiberjinoyatlar va kiberxavfsizlik boʻyicha quyidagi tadbirlar va
tashabbuslar amalga oshirilgan. Jumladan, Ichki ishlar vazirligi hisobotlariga ko‘ra
quyidagi tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan:
2022-yil may oyida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi
tomonidan Fargʻona shahri va boshqa viloyatlardagi maktablar va mahallalarda
“Internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish qoidalari” mavzusida targʻibot
tadbirlari oʻtkazilgan. Tadbirda kiberjinoyatlar, jumladan, kiberbullingning zararli
oqibatlari va ulardan himoyalanish choralari haqida maʼlumotlar berilgan.
2024-yil sentabr oyidan YUNISEF va Ichki ishlar vazirligining
Kiberxavfsizlik markazi bolalarni onlayn zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha
hamkorlikda bolalarni onlayn tahdidlardan himoya qilish va ularning xavfsizligini
taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdalar. [8]
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yoshlar o‘rtasida
axborot-psixologik
xavfsizlikni ta’minlash borasida quyidagilar amalga
oshirilayotgani Internet jahon axborot tarmog‘ida qayd etilgan. Jumladan:
2023-yil may oyida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida axborot
va kiberxavfsizlikni taʼminlash, shuningdek, konfidensial axborotlarni himoya qilish
yuzasidan seminarlar oʻtkazilgan. Seminarda xodimlarning axborot-psixologik
xavfsizligi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishga alohida eʼtibor qaratilgan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
239
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yoshlar o‘rtasida axborot-psixologik xavfsizlikni
ta’minlash borasida quyidagilar amalga oshirilayotgani Internet jahon axborot
tarmog‘ida qayd etilgan. Jumladan:
2023-yil iyul oyida “Kiberxavfsizlik klubi” aʼzolari Ozarbayjonda
tashkil etilgan “Yozgi kibermaktab-2023”da ishtirok etib, xalqaro kiberxavfsizlik
bellashuvida birinchi oʻrinni egallashdi. Ushbu muvaffaqiyat yoshlarning
kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va koʻnikmalarini namoyish etdi.
Shuningdek, YUNISEF tomonidan kiberbulling haqida oʻsmirlar uchun
“Kiberbulling haqida oʻsmirlar bilishni xohlagan 10ta narsa” nomli qoʻllanma
tayyorlangan boʻlib, unda kiberbullingning oldini olish va unga qarshi kurashish
usullari haqida maʼlumotlar berilgan. [9]
Xulosa.
Kiberbulling jamiyat rivoji uchun katta tahdid, chunki yurt kelajagi
bo‘lgan yosh avlodni bu kabi salbiy unsurlardan asramaslik, yoshlarning kelajakka
ishonch bilan qadam tashlashishini qiyinlashtirishi mumkin. Davlatimiz tomonidan
yoshlarni Internet jahon axborot tarmog‘idan kelayotgan tahdidlardan ogohlantirish
borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Biz yoshlar Internet jahon axborot
tarmog‘idan foydalanish madaniyatini rivojlantirishimiz zarur. Bu illatga qarshi
kurashish uchun eng avvalo har bir shaxs o‘zining raqamli olamdagi huquq va
majburiyatlarni anglashi, o‘zgalarnini huquqlari va shaxsini hurmat qilishi darkor.
Bundan tashqari har bir voyaga yetmagan bola Internet jahon axborot tarmog‘idan
foydalanuvchisiga aylanar ekan, uning uchun javobgar bo‘lgan shaxslar ya’ni,
ularning ota-onalari, ustozlar, ta’lim muassasasi psixologlari ma’suliyatni his qilgan
holda virtual muloqot qoidalarini o‘rgatib borishlari muhim. Davlat va nodavlat
tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari ham bu borada samarali
yechim bo‘lishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Tagaymuratovna, Polvanova Dilrabo. "CYBERBULLYING AS A SOCIO-
PSYCHOLOGICAL PROBLEM OF MODERNITY."
European Journal of
Research and Reflection in Educational Sciences Vol
7.12 (2019).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
240
2.
Polvanova, Dilrabo Tagaymuratovna. "EXTERNAL AND INTERNAL
FACTORS INFLUENCING THE INDIVIDUAL IN THE PREVENTION OF
CYBERBULLYING."
World of Scientific news in Science
2.6 (2024): 257-266.
3.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kiberbulling
4.
M.M. Murodov, E.A. Qoʻchqorov, O. Odilov, I.A. Jo‘ramirzayev: Ushbu
mualliflar "Bolalar va o‘smirlar orasida uchraydigan kiberbullying alomatlari"
mavzusida tadqiqot ishlarini olib borishgan.
5.
https://www.theonespy.com/uz/xavfli-moviy-kit
6.
UNICEF – Kiberbulling va yoshlar haqidagi
hisobotlari va amalga oshirgan islohotlari.
7.
https://zamin.uz/ Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan raqamli
texnologiyalarning o‘smirlar ruhiy salomatligiga ta'siri bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot
hisobotlari
8.
O‘zbekiston Respublikasi IIV ning kiberbullingga qarshi
kurashish uchun olib borgan targ’ibot ishlarining hisobotlari.
9.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda ta’lim vazirliklarining
kiberbullingga qarshi kurashishda olib borgan tashkiliy ishlari hisoboti.