MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
293
“MAYMUN YETAKLAGAN ODAM” HIKOYASI OBRAZLARI
TAHLILI
Yulduz Olimova
Xalqaro innovatsion universitet talabasi
Ilmiy rahbar: Nurali Murodillayev, XIU o‘qituvchisi
Annotatsiya: Nazar Eshonqul haqida adabiyotshunoslikda turlicha qarashlar
mavjudligi sir emas. Bu adibning shaxsiyati va o‘ziga xos tabiati bilan bog‘liq bo‘lsa
kerak. Ijodini kuzatsangiz, davr talablariga “moslashish”, unvon-u martabalar
ta’masida laganbardorlik kabi illatlar ko‘zga tashlanmaydi. Va eng muhimi, uning
qahramonlari ham aynan shu kayfiyatdagi kimsalardir. Muallif realizmda va
modernizmda ham kuchini sinab ko‘rdi, ikkalasida ham o‘quvchi ishonchini oqladi.
Kalit so‘zlar: komsomol, yolg‘izlik, bosmachi, surat, qadriyat, Pampeya.
Abstract: It is no secret that there are different opinions about Nazar
Eshanqul in literary studies. This is probably related to the writer's personality and
unique nature. If you observe his work, you won't notice vices such as "adaptation"
to the requirements of the time, and greed for titles and ranks. And most importantly,
his characters are also in this mood. The author tried his hand at both realism and
modernism, and earned the reader's trust in both.
Key words: Komsomol, loneliness, press, photo, value, Pampea.
Nazar Eshonqul o‘zbek adabiyotiga o‘zining o‘zgacha yo‘nalishi va o‘z olami
bilan kirib keldi. Uning asarlarini tushunish, o‘qish va tahlil qilish uchun hikoyadagi
har bir detalga, voqelikka hattoki qo‘shimchalarga ham boshqa rakursdan qarash
kerak. Har bir so‘z o‘zida sirli tilsimni va boshqa ma’noni olib yuradi.
“Maymun yetaklagan odam” Nazar Eshonqulning adabiyot oshnolari orasida
mashhur hikoyalaridan biridir. Asar sarlavhasiyoq odamni o‘yga to‘ldiradi. Odam
maymunni yetaklayaptimi yoki maymun odamnimi?! Har kim dunyoni o‘z qarichi
bilan o‘lchaydi deganlaridek, hikoya nomini ham har kim o‘zicha tahlil qiladi. Kimdir
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
294
odam maymunni yetaklayapti degan fikrda sobit tursa, yana kimdir buning aksini
aytadi. Asar boshida ta’riflangan chol obraziga to‘xtaladigan bo‘lsak, “sharti ketib,
parti qolgan” ya’ni hech nimasiz, yo‘qotadigan narsasi yo‘q, ruhsiz bir jasad kabi
ta’riflarni eshitamiz. Bu ruhsiz jasadning jahldor ma’budlarga o‘xshatilganligi ham
bejiz emasdi. Go‘yo u egnidagi elliginchi yillarning andozasida tikilgan ancha
salobatli kiteliga o‘xshab o‘z zamonasining eng zo‘ri edi, hozir esa eski o‘rindig‘i
kabi (“hayot chashmasining bir chetidagi unitilgan toshdek”) ko‘rimsiz buyumga
aylandi.
Asarni bizga hikoya qilib berayotgan talaba aslida o‘z hayot so‘qmog‘ini topa
olmagan sargardon kabi edi. Hayotning chigal va murakkab, tushunarsiz, jumboqli
yo‘lkalari bizni shu qadar ojizlashtiradiki, buning qanday bo‘lganini bilmay ham
qolamiz. Katta hayot o‘yinida yutqazib qo‘yganini sezgan chol atrofdagi odamlarga
adovat bilan tikilardi, buni ko‘rgan talabaning yuragi g‘ash tortib ko‘ngli behuzur
bo‘ladi, kayfiyati buziladi. Aslida salom-alikdan nariga o‘tmagan bu ikki dunyo
odamlarida qanday adovat bo‘lishi mumkin?! Balki, ikkisi ham bir-biriga qaraganda
o‘zini ko‘rgandir. Biri ko‘zlari porlab turgan, hali yuzida hayot barqib turgan
yoshlikni, biri osilgan qovoqlar orasidagi hayotning tun kabi vahimali va tund
nigohlarini o‘zida aks etgan yutqazgan odam qiyofasini ko‘rgandir.
Nazar Eshonqul hikoyalaridagi yana bir element diqqatimni tortdi. Ya’ni,
“badbo‘y hid”. Cholning avvalgi kasbi tufayli olingan hashamatli uyining har
burchagidan chirkin va badbo‘y hid kelardi. Yozuvchi bu hid “qor ostida qolib
qarovsizlikdan xazonlikka yuz tutgan gulzordan kelardi”, – degandi. Xuddi cholning
qachonlardir dengiz mavjlaridek bir-biriga bas qilib tug‘yon urgan nekbin tuyg‘ulari
yillar qirg‘og‘iga urilib yo‘qlikka yuz tutgani kabi.
Cholga ovqat olib kirgan yigitcha unga e’tiborsiz nazar tashlab, hafsalasizlik
bilan bo‘yoq bo‘lgan qo‘llari va ko‘kargan tishlariga termularkan negadir unda ya’na
jahldor ma’bud qiyofasini ko‘radi. U asabiy va ro‘dapo cholning rassom ekanligiga
ishonmasdi. Chol axlatni ko‘rsatgandek jirkanish bilan ko‘rsatgan suratlar oldiga
borar ekan, u chol haqida eshitganlarini xayolidan o‘tkazdi. Chol yigirmanchi
yillarda komsomol bo‘lgan, o‘ttizinchi yillarda yangi hayot uchun bosmachilarga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
295
qarshi kurashgan, mas’ul vazifalarda ishlab pensiyaga chiqqan. Cholni osmon-u
falaklarga ko‘targan yigirmanchi yillar shamoli uni ko‘p narsalardan mahrum qildi.
Oilaviy baxt, qadriyat, ishonch, sevgi, otalik va eng muhumi o‘zlikdan. U buni
o‘zining rasmlarida yaqqol tasvirlagan deyish to‘g‘ri bo‘lsa, 1926-yilda chizilgan
“Maymun yetaklagan odam” tasvirida o‘zida ishonch, qat’iyatli, matonatli, ruhan va
jismonan kuchli odam tasviri tushirilgan. Suratdagi bo‘yoqlar yorqin va aniq
tasvirlangan. Har bir insonning ichidag ikkita “yaxshi” va “yomon” meni uni har
qayoqqa yetaklaydi. Suratdagi ”men” maymun obrazida tasvirlangan va u maymunni
quyuq o‘rmondan yetaklab chiqardi. Unga solingan kishan ham tarang tortilgan xuddi
hozir uzilib ketadigandek. Vaziyat shu darajaga bordi – kishan uzildi.
U mansabga ko‘tarildi, ammo inkor etib ham muhokama etib ham
bo‘lmaydigan buyruqlar, kim uchundir yomon ishlar, ayolining xastalik tufayli vafot
etishi, yakka-yu yolg‘iz o‘g‘lining ichkilik va ayollarga bo‘lgan mayli va qamalishi
uning suratlarida aks etdi. So‘nggi o‘n yillikda tasvirlangan suratlar “Pampeyani
eslatardi, sirli maxluqlar, ma’suma qizlar, yalong‘och ayollar, to‘q ranglar va
tushunarsiz chizgilar hayotining tushunarsiz va ma’nosiz kechayotganidan dalolat
berardi.
Chol so‘nggi suratini chizar ekan unda hech nimaga qiziqish qolmagandi. U
hayotning rang-barang bo‘yoqlarini ko‘rmas, ancha yillar avval o‘zini o‘rab olgan
qobig‘idan chiqmasdi. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, u shu qobig‘i va yolg‘izlik
sari o‘z Tursoriyasi tomon yo‘l oldi. Undan “Maymun yetaklagan odam” so‘nggi
surati qoldi. Endi bu suratda uni ancha yillar avval tark etgan bo‘yoqlar ( tuyg‘ular)
odamning yuzidagi umidsizlik fonida qaytdi va maymun ularning barchasini
qorong‘u o‘rmon sari yetaklab ketdi. Bu surat aslida 40 yil ichida hayot tomonidan
inson qalbiga chizilgan edi. Chol esa uni shunchaki dokaga ko‘chirdi.
Xulosa qilib aytganda, asar syujetida ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji,
konflikt, kulminatsiya kabilar yaqqol o‘z ifodasini topgan. Choldagi maxfiylikning
ochila borishi, uning talaba yigit bilan bo‘lgan suhbatida ochiqlangan dunyoqarashi
va keltirgan fikrlari asar kulminatsiyasi bo‘la oladi. Asardagi cholning o‘limi, uning
umrining oxirida chizgan rasmi voqealarning butunlay tushunarli bo‘lishi, sirlilikning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
296
yo‘qolishiga xizmat qilgani uchun asarning yechimi hisoblanadi. Hikoyada keltirilgan
sarlavha , portret, peyzaj, detall, qistirma epizod kabilar asar kompozitsiyasini
yaxlitlovchi muhim omil vazifasini bajargan. Ayniqsa, cholning uyining tasviri
chizilgan holatlar hikoyadagi o‘zgacha kayfiyat, undagi kirlik, qoralikni ta’kidlashga
xizmat qilganini ko‘rishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. A.Norbekova “Nazar Eshonqul hikoyalari uslubi. “Maymun yetaklagan odam”
hikoyasi misolida” ilmiy maqola.
2. A.Ulug‘ov “Adabiyotshunoslik nazariyasi” darslik Toshkent – 2017.
3. Dilmurod Quronov “Adabiyotshunoslikka kirish” Akademik nashr Toshkent 2018
4. Nazar Eshonqul “Maymun yetaklagan odam” Toshkent “Yangi asr avlodi” – 2004.
4. Nazar Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi tahlili” ilmiy maqola.