Authors

  • Marjona Nabiyeva
  • Nurali Murodillayev

Author Biographies

  • Marjona Nabiyeva

    Xalqaro innovatsion universitet talabasi

  • Nurali Murodillayev

    XIU o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94998

Keywords:

Tush va haqiqat she’riyat ona siymosi sadoqat orzu Dream and reality poetry mother figure loyalty dream.

Abstract

Abdulla Oripovning “Onajon” she’ri insoniy tuyg‘ularning eng beg‘ubor shakllaridan biri bo‘lmish ona mehri, uning yo‘qligidan kelib chiqadigan chuqur iztirob va farzandlik mehri bilan yo‘g‘rilgan. Ushbu asar shoir ijodining eng ezgu va yurakka yaqin namunalardan biri bo‘lib, unda inson hayotining eng yuksak qadriyatlari haqida mulohaza yuritiladi.

Abdulla Oripov's poem "Mother" is composed of one of the most innocent forms of human feelings, mother's love, deep suffering and filial love caused by her absence. This work is one of the most beautiful and close to the heart examples of the poet's work, which reflects on the highest values ​​of human life.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

282

ABDULLA ORIPOV SHE‘RIYATIDA ONA TIMSOLI ( “ONAJON”

SHE’RI MISOLIDA)

Marjona Nabiyeva

Xalqaro innovatsion universitet talabasi

Ilmiy rahbar: Nurali Murodillayev, XIU o‘qituvchisi

Annotatsiya: Abdulla Oripovning “Onajon” she’ri insoniy tuyg‘ularning eng

beg‘ubor shakllaridan biri bo‘lmish ona mehri, uning yo‘qligidan kelib chiqadigan

chuqur iztirob va farzandlik mehri bilan yo‘g‘rilgan. Ushbu asar shoir ijodining eng

ezgu va yurakka yaqin namunalardan biri bo‘lib, unda inson hayotining eng yuksak

qadriyatlari haqida mulohaza yuritiladi.

Kalit so‘zlar: Tush va haqiqat, she’riyat, ona siymosi, sadoqat, orzu.

Abstract: Abdulla Oripov's poem "Mother" is composed of one of the most

innocent forms of human feelings, mother's love, deep suffering and filial love caused

by her absence. This work is one of the most beautiful and close to the heart examples

of the poet's work, which reflects on the highest values of human life.

Key words: Dream and reality, poetry, mother figure, loyalty, dream.

Abdulla Oripov XX asr o‘zbek she’riyatining zabardast vakillaridan biri

hisoblanadi. Ona haqida she’rlar va umuman ona obrazi shoir ijodidagi ayol

obrazining yanada jozibadorligini mukammallashtiradi va bu timsolni oliy

maqomlarga olib chiqadi. Shoirning “Onamga xat”, “Onajon”, “Ona”, “Alisherning

onasi”, “Onamni eslab” singari she’rlarida ona timsolining orqali gavdalantirilishi har

bir insonning qalbiga chuqur yetib boradi. Masalan, bunga misol qilib shoirning

“Onajon” she’rini olishimiz mumkin. Bu she’r shoirning mumtoz asarlari sarasiga

kiradi.

Abdulla Oripovning ushbu she’ri ona siymosi, uning beqiyos mehri,

fidokorligi va farzand hayotidagi o‘rnini yuksak darajada aks ettiradi. Shoir onasining

vafotidan keyingi iztiroblarini yurakdan his qiladi, uning tushlariga kirib, o‘z yoniga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

283

chaqirishi, mehr bilan bag‘riga tortishi tasvirlanadi. Bu faqat shoirning shaxsiy

kechinmalari emas, balki har bir insonning boshidan o‘tadigan ona yo‘qotish iztirobi,

ruhiy bo‘shliq va armondir.

Shoir onaning qadr-qimmati, uning shafqati va fidokorligini yuksak

baholaydi. Ayniqsa, onaning vafotidan oldin ham farzandining baxti haqida

qayg‘urgani, uning kelajagini o‘ylagani, o‘zining o‘limidan-da ortiq farzandining

hayotini ustun qo‘ygani chuqur falsafiy ma’noga ega. She’r shoir uchun ona siymosi

nafaqat hayotda, balki o‘limdan keyin ham muqaddas ekanini ko‘rsatadi.

She’r uch qismdan iborat bo‘lib, har biri ona va farzand o‘rtasidagi rishtalarni

turlicha yoritadi. Onaning tushlarga kirishi, ona mehri va ayriliq iztirobi aks etgan

birinchi qismda shoir tushlarida onasini ko‘radi. U o‘zini tush va haqiqat o‘rtasida

azobda his qiladi. Onasi unga oq mato tutgan holda uni chaqiradi, bu esa o‘lim va ona

mehri o‘rtasidagi nozik bog‘liqlikni anglatadi. Ona mehr bilan bolalikni eslatadi,

beshik va allani yodga soladi. Lekin birdaniga tush dahshatga aylanadi – shoirga

onaning yo‘qligi ayon bo‘ladi va u uyg‘onib ketadi.

“Qo‘llarida oq elpig‘ich”

– oq mato hayot va o‘lim o‘rtasidagi ramziy

belgidir.

“Yotar payting bo‘ldi-ku, der, Kela qol, der, bolajon”

satrida esa ona

farzandiga tinchlanishini aytadi, lekin aslida bu uning o‘lim sari chorlayotganidan

darakdir.

Onaning fidokorligi va oxirgi vasiyati bilan boshlanuvchi ikkinchi qismda ona

umrining so‘nggi damlarida ham faqat farzandining kelajagini o‘ylaydi. U hatto

o‘zining o‘limidan ko‘ra farzandining to‘yini muhimroq deb biladi. Shoir onaning bu

fidokorligini yurakdan his qiladi va uning shafqati oldida ojizligini anglaydi. Ona o‘z

hayotidan kechib, farzandining kelajagini o‘ylashi orqali uning kelajak baxtiga ishora

qiladi:

“Sen otamga pul beribsan

Yostig‘imning ostidan

Aytibsanki onasizlik

Kelmasin hech uyiga

Sarf qilingiz, menga emas,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

284

Abdullaning to‘yiga”.

[A.Oripov, 2000:107]

“Yo‘qmidi hech o‘zga gaping, – Nola qilib so‘ylasang…”

– Shoirning o‘z

onasiga nolasimon murojaati, iztirobini yanada kuchaytiradi.

She’rning so‘nggi – uchinchi qismida shoir onasining so‘zlarini yodga oladi.

Onasi unga shoir bo‘lishni orzu qilganini aytgani, shoir esa o‘zini onasi istaganday

yuksak shoir bo‘lishga munosib deb bilmaydi. Uning iztiroblari faqat onani sog‘inish

bilan cheklanmay, balki unga munosib bo‘lish istagi bilan ham bog‘liq edi:

“Onajonim, senga bo‘lsin, Senga bo‘lsin...” – bu so‘zlar onaga bo‘lgan cheksiz

hurmat va mehrni aks ettiradi.

Bu she’r hayotning eng og‘riqli haqiqatlaridan birini – onani yo‘qotish

iztirobini yoritadi. Shoir inson hayotining o‘tkinchiligi, o‘limning mohiyati haqida

mulohaza yuritadi.

Xulosa qilib aytganda, Abdulla Oripovning “Onajon” she’ri inson qalbining

eng chuqur tuyg‘ularini aks ettiruvchi, ona mehri va farzand iztirobi haqida yozilgan

eng samimiy she’rlardan biridir. Shoir o‘z kechinmalarini oddiy shaxsiy dard sifatida

emas, balki butun insoniyatga xos ona va farzand o‘rtasidagi ilohiy bog‘liqlik sifatida

ifodalagan. She’r o‘qigan odamga ona qadri, uning mehribonligi va fidokorligi haqida

chuqur fikr yuritishga undaydi. Bu she’r faqat bir shoirning ijodi emas, balki har bir

kishining yuragidagi eng nozik tuyg‘ularni aks ettiradigan umrboqiy ona siymosini

ulug‘lovchi yuksak falsafiy asardir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Oripov A. “Tanlangan asarlar” – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti. 2000

2. Maqsuda Ergasheva “Abdulla Oripov she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari”

maqolasi. Ziyo.net.uz

3. Quronov D. “Adabiyotshunoslikka kirish”. – Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq

merosi nashriyoti. 2019