MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
285
RUS SHE’RIYATIDA SHARQ MOTIVLARI (SERGEY YESENIN
SHE’RIYATI MISOLIDA)
Nafosat Xaydarova
Xalqaro innovatsion universitet talabasi
Ilmiy rahbar: Nurali Murodillayev, XIU o‘qituvchisi
Annotatsiya: Yesenin – fojiaviy shoir emas. Uning she’rlari – hayot
madhiyalaridir. Madh etilgan hayot oldindan aytib bo‘lmaydigan, afsuslarga limmo-
lim, mashaqqatli bo‘lishiga qaramay, go‘zalligini saqlab qolgan. Bu bezori va
janjalkash, abadiy bolakay va buyuk donishmand madhidir. Ushbu maqolada shoir
she’riyatida uchrovchi sharq motivlari xususida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar : “Fors taronalari”, ostona, pariruxsor, parizod, ona yurt.
Abstract: Yesenin is not a tragic poet. His poems are hymns of life. The
praised life has preserved its beauty despite being unpredictable, full of regrets, and
difficult. It is the hymn of the bully and the brawler, the eternal child and the great
sage. This article talks about the oriental motifs found in the poet's poetry.
Key words: "Persian songs", astana, parirukhsar, parizad, motherland.
Buyuk Rus shoiri hisoblanmish Sergey Yesenin 1895-yil 3-oktyabrda
Rossiyaning qadim tarixiga ega Ryazan guberniyasiga qarashli Konstantinova
qishlogʻida oddiy dehqon oilasida dunyoga keldi. Hozirgi kunga kelib bu qishloqqa
Sergey Yesenin nomi berilgan. Sergeyning bolaligi oilasi davrasida emas, balki onasi
tomonidan qarindoshlarining qoʻlida o‘tdi. Bunga sabab Sergeyning otasi kambagʻal
oddiy dehqon boʻlib, bolalar tarbiyasiga vaqt ajratolmas edi. Onasi esa oʻqimishli,
aqlli, ishbilarmon ayol boʻlgan. Shuning uchun ham Sergey bobosining oilasida
tarbiya topdi.
Boʻlajak shoir besh yoshdan boshlab oʻqishni oʻrganadi, toʻqqiz yoshidan esa
xalq qoʻshiqlariga oʻxshatib sheʼrlar yoza boshlaydi. Sergeyda bu qobiliyatni
uygʻotgan uning buvisi boʻladi. Buvisi chaqqon ziyrak va oʻqimishli ayol boʻlgani
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
286
uchun koʻplab sheʼrlar va qoʻshiqlarni nabiralariga aytib berardi. Shundan boʻlsa
kerak Sergey ham xalq qoʻshiqlariga oʻxshatib sheʼrlar yoza boshladi. Yosh shoir
qishloq muallimlari tayyorlaydigan maktabni tugatib Moskvaga bordi. U yerda ogʻir
mehnat qildi. Oʻz ustida ishlash maqsadida adabiy-musiqiy toʻgarakka qatnasha
boshladi. 19 yoshida sheʼrlari jurnallarda bosilib chiqa boshladi va u tez oradi katta
shoirlar va xalqning nazariga tushdi. 20 yoshida Petrogradga kelib mashhur rus shoiri
Aleksandr Blok bilan tanishdi.
1916-yilda S.A.Yeseninning “Radunitsa” deb nomlangan birinchi sheʼriy
toʻplami chop etildi. 1918–1921- yillarda shoir dunyo boʻylab safar qildi. 1922–1923-
yillari esa Yesenin taniqli Amerikalik raqqosa Aysedora Dunkan bilan tanishdi. U
bilan birga Yevropa mamlakatlarida sayohat qilishdi. Germaniya, Fransiya,
Belgiya,Italiya mamlakatlarini aylandi va toʻrt oy davomida AQSHda yashadi.
Yesenin ijodini toʻxtatmay sheʼrlar va dostonlar yozishdan toʻxtamadi. Uning
“Moskva mayxonalari”, “Shoʻro Rusi”, “Zamin dargʻasi”, “Singlimga xat”, “Onamga
xat”, va “Anna Snegina” , “Qora odam” dostonlari kabi ijod qildi. Yesenin sheʼriyat
olamida ijodning maqsadini asarning mazmuniga mos kelishi shart boʻlmagan
obrazlarni oʻylab topishda deb fikrlovchilar guruhida boʻlgan.
1924–1925-yillarida Yesenin Oʻrta Osiyo va Kavkazorti sayohatida boʻlgan.
Yesenin qisqa muddat boʻlsa-da, Toshkent va Samarqand shaharlarida ijodiy faoliyat
olib bordi. Yeseninning sayohati davomida bu yerda yashab Sharq odamlarining
hayot tarzidan sharqona ruhni his etib, shunchalik zavqlandiki, shoir “Fors taronalari”
deb nomlangan sheʼrlar turkumini yaratdi. Yesenin forsiy tildagi mumtoz sheʼriyati
bilan yaqindan tanishishni xohladi. Shoir Eronga borishga intildi. Afsuski, o‘sha
paytda Rossiya va Eron munosabatlari yaxshi emas edi. Shunga qaramasdan, Yesenin
u yerga borishni hukumatdan talab qiladi. Uni Bokuga yaqin qishloqlaridan biriga
yuborishadi. Bir muddat shoir bu yerda yashab Sharqona hisni oʻzida his qiladi va
sheʼr yozishga kirishib ketadi. “Fors taronalari” sheʼrlar turkumi yaraladi. Sharq
sheʼriyatida Allohga ishqni majozan yorga qiyoslab kuylash kuchli boʻlganligi uchun
Yesenin ham oʻz sheʼrlarida Sharq goʻzaliga bagʻishlangan ishqiy sheʼrlar bitadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
287
Lekin shoirlar tilida bu Gʻarb kishisining Sharqqa boʻlgan joʻshqin mehr-muhabbatni
anglatardi.
Yesenin sheʼrlarining mohiyati shundaki, millati, dini , irqidan qatʼiy nazar bu
sheʼrlarni oʻqigan kishining qalbida iliq tuygʻu, zavq, mehr va ezgulikka yetaklovchi
tuygʻular bor edi.
Sheʼriyatni sevuvchi insonlarda hech qachon qarazli oʻylar boʻlmaydi degan
gaplar rost. Yeseninning aksariyat sheʼrlarini Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov
maromiga yetkazib tarjima qilgan. “Fors taronalari” ham shular jumlasidan.
Xurosonda bir darvoza bor,
Ostonasi gulga koʻmilgan.
Unda yashar bir pari ruxsor,
Xurosonda bir darvoza bor.
Hayhot, uni ocholmadim man,
Qoʻllarimda kuch ham yetarli,
Sochlarimdan oltin rang olgan.
Asir etdi meni ul pari,
Qoʻlda garchi kuchim yetarli.
Ul eshikni ocholmadim man.
Mardligim ne ishq maydonida,
Ayting, kimga qilay sharhi gʻam.
Sevmas boʻlsa Shahi jonidan,
Ul eshikni ocholmas boʻlsam,
Mardligim ne ishq maydonida.
Yana tushdi Rus sari yoʻlim,
Eron sendan kutgummi hali,
Nahot seni boz koʻrmas boʻldim.
Ona yurtga mehrim tufayli,
Yana tushdi Rus sari yoʻlim.
Xayr endi xayr parizod,
Darbozangni ocholmasam-da,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
288
Shirin gʻaming birla umrbod,
Kuylab oʻtay seni oʻlkamda,
Xayr, endi xayr, parizod.
Bu sheʼrni shoir forsiy sheʼriyat taʼsirida va buyuk qalam egalari boʻlgan
yurtini koʻrishni istab, unga intilib shu kayfiyatda yozgan. Bu sheʼrda rus shoiriga
Xurosonga borish nasib qilmaganligi yaqqol maʼlum edi. ( Xurosonning bir qismi
hozirgi Eronga tegishli). Shunday boʻlsa-da, shoir oʻzini Eronda yurgandek tasavvur
qilgan.
Sheʼr har biri besh misradan tashkil topgan va besh banddan iborat. Birinchi
bandida lirik qahramon Xurosondagi bu darvozaning ostonasi gulga koʻmilgani
ichkarida bir pariruxsor yashashi, ammo uni ocholmay armonda ekanini taʼkidlaydi.
Aslida esa u darvozani ochishga kuchi yetishini hatto “sochlaridan oltinrang
olgan…”ligini, yaʼni uning sochlari sariq ul pari uni asir etganligini va oʻzini yo‘qotib
quyganligini aytadi. Birinchi bandida
“Xurosonda bir darvoza bor”
misrasi ikki bor
birinchi va toʻrtinchi satrda ham takrorlangan. Ikkinchi bandida
“Qoʻllarimda kuch
ham yetarli”
misrasi
“Qoʻlda garchi kuchim yetarli”
tarzida toʻrtinchi satrda qayta
qoʻllangan. Shunday qilib, bu soʻzlar takrorlash usulida bandlarning boshi va oxirida
foydalangan.
“Mardligim ne ishq maydonida?”
Bu bandda eʼtibor bergan boʻlsangiz,
lirik qahramonning shoir goʻzal Shahi ismli yorini ham qoʻshib quygan. Shu tarzda
misralar va bandlarga bir xil tarzda amal qilinadi, yaʼni sheʼriy qoidalar boʻyicha.
“Yana tushdi Rus sari yoʻlim…”
Bu bandda lirik qahramon goʻzal sevgilisini
koʻrolmay, kutilmaganda qahramonning oʻz yurtiga boʻlgan muhabbatini qarama-
qarshi qoʻyadi. Ona yurtga boʻlgan muhabbati tufayli yoriga uni endi qayta
koʻrolmasligini aytadi. Oxirgi bandida lirik qahramon yorini koʻrolmay, u bilan
xayoliy tarzda xayrlashadi va darvozasini ocholmay, yorini koʻrolmay
xayrlasholmasa ham oʻz vatanida umrbod goʻzal haqida kuylab oʻtishini ta’kidlaydi:
“Xayr endi xayr parizod”
Ikkinchi bandida shoirning shunday misrasi mavjud:
“Sochlarimdan oltin
rang olgan”
Bu satrni nega bunday degani shundaki, u oʻzining qaysi millat vakili
ekanligini kitobxonga eslatib oʻtgan. Shuni takidlash kerakki, bu usulning oʻzi ham
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
289
Sharq mumtoz sheʼriyatiga taqlidning bir koʻrinishi hisoblanadi. Sheʼrda keltirilgan
soʻzlarga eʼtibor bersak. Unda Ostona, pariruxsor, parizod, soʻzlaridan shoir mahorat
bilan foydalangan. Bu sheʼrning yana bir hayratlanarli joyi shundaki sheʼrda
qofiyadan ham zoʻr foydalanilgan va biror bir misrada qofiyasi buzilmagan. Shunday
qilib shoir oʻz sheʼrlarida Rus hayotini va Sharqona mavzularda ham mohirlik bilan
qalam tebratgan.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Sergey Yesenin oʻz davrining buyuk Rus
shoirlaridan bir boʻlgan. Rus shoirlari ichida Aleksandr Pushkindan keyingi oʻrinda
turuvchi desak, adashmagan boʻlamiz. Sergey Yesenin 30 yil umr koʻrgan boʻlsa-da,
kelajak avlod uchun uning sheʼrlari bir umrlik ijod mahsuli hosoblanadi. Adabiyot
ahli orasida shoirlarning hayot yoʻllari juda ajoyib. Chunki koʻplab shoirlar
qishloqlarda tugʻilib, shaharlarda olamdan oʻtishadi. Sergey Aleksandrovich
Yeseninda ham xuddi shunday. Umri davomida koʻplab mamlakatlarning
osmonoʻpar binolari boʻlgan shaharlarida boʻlmasin, shoirning qalbida oʻz yurti va
ruhan oʻz qishlogʻida yurgandek his qilardi. Buni shoirning yozgan sheʼrlaridan
bilsak boʻladi. Ona yurti va ona xalqiga boʻlgan yuksak muhabbati sheʼrlarida
bevosita Ryazan oʻlkasiga mehri orqali aks etganini koʻrishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. A.L. Kazakov. Yesenin qanday yashagan. // Moskva, Badiiy adabiyot, 1991.
2. I. Erenburg. Yeseninning o'limi // Moskva, Badiiy adabiyot, 1990.
3. I. Listsov. S. Yeseninning o'ldirilishi. // Moskva, Yosh gvardiya 1990.
4. E.M. Xlystakov. Noma'lum S. Yesenin. // Moskva, Badiiy adabiyot, 1990.
5. S.A. Yesenin asarlari. // Moskva, Badiiy adabiyot, 1988.