Surunkali obstruktiv bronxitni zamonaviy tekshirish usullari

CC BY f
28
3
2
Поделиться
Мирсагатова, Д., & Джаббарова, А. (2022). Surunkali obstruktiv bronxitni zamonaviy tekshirish usullari. Современная медицина глазами молодых ученых, 1(1), 28. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/medicine-eyes-young-scientists/article/view/22576
Д Мирсагатова, Ташкентский педиатрический медицинский институт

Факультет медицинской педагогики и лечения, 301 группа

А Джаббарова, Ташкентский педиатрический медицинский институт

Ilmiy rahbar: assistent, Ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ kafedrasi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Surunkali obstruktiv bronxit butun jahonda aholi kasallanishi va o’limining asosiy sabablaridan biri hisoblanib, muhim tibbiy muammodir. Chunki o’tkir bronxitdan farqli ravishda surunkali obstruktiv bronxit ikki yildan kam bo’lmagan muddatda yilda uch oy davomida uzoq davom etadigan nam yo’tal, doimiy kuchayib boruvchi hansirash, jismo niy zoriqishga chidamlilikning pasayishi bilan kechib, yomon oqibatga olib kelishi mumkin. Aholining turli qatlamlari orasida nafas a’zolari kasalliklari orasida o’tkir bronxit 20-30% ni tashkil etsa, surunkali bronxit 70-80%ni, nafas tizimi kasalliklari bo’yicha nogironlikning 50% ni tashkil etadi. Shundan oddiy surunkali bronxit katta yoshli aholi orasida 7.3-21.8% ni, surunkali obstruktib bronxit 62.7-58.2% ni tashkil qilib, 50 59yoshli erkaklar va 40- 49yoshli ayollar orasida ko’proq uchraydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib surunkali obstruktiv bronxitni vaqtida aniqlab, davolash va oldini olish maqsadida zamonaviy tekshirish usullaridan foydalanish muhimdir.


background image

28

SURUNKALI OBSTRUKTIV BRONXITNI ZAMONAVIY

TEKSHIRISH USULLARI

Mirsagatova D.X., Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti, 301-guruh

Ilmiy rahbar: assistent Djabbarova A.M

ToshPTI, Ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ kafedrasi

Dolzarbligi.

Surunkali obstruktiv bronxit butun jahonda aholi kasallanishi va o’limining

asosiy sabablaridan biri hisoblanib, muhim tibbiy muammodir. Chunki o’tkir bronxitdan farqli
ravishda surunkali obstruktiv bronxit ikki yildan kam bo’lmagan muddatda yilda uch oy
davomida uzoq davom etadigan nam yo’tal, doimiy kuchayib boruvchi hansirash, jismo niy
zoriqishga chidamlilikning pasayishi bilan kechib, yomon oqibatga olib kelishi mumkin.
Aholining turli qatlamlari orasida nafas a’zolari kasalliklari orasida o’tkir bronxit 20-30% ni
tashkil etsa, surunkali bronxit 70-80%ni, nafas tizimi kasalliklari bo’yicha nogironlikning 50%
ni tashkil etadi. Shundan oddiy surunkali bronxit katta yoshli aholi orasida 7.3-21.8% ni,
surunkali obstruktib bronxit 62.7-58.2% ni tashkil qilib, 50-59yoshli erkaklar va 40- 49yoshli
ayollar orasida ko’proq uchraydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib surunkali obstruktiv bronxitni
vaqtida aniqlab, davolash va oldini olish maqsadida zamonaviy tekshirish usullaridan
foydalanish muhimdir.

Maqsad.

Hozirgi vaqtda ko’payib borayotgan o’pkaning surunkali obstruktiv kasalligini

o’z vaqtida tashxislash va o’pka yuragi kabi og’ir asoratlarning oldini olishda zamonaviy
tekshirish usullarining ahamiyatini ko’rsatish.

Qo’llanilgan usullar va natijalar.

Surunkali obstruktiv bronxitni aniqlashda hozirgi zamon

tibbiyotida bemorlarda turli zamonaviy tekshirish usullari qollanilmoqda. Bulardan
bronxoskopiya yordamida bronxlar shilliq qavati bevosita ko’riladi, undan aralashma
mikrobiologik, sitologik tekshiriladi. Unda asosan yallig’lanish jarayoni qo’zg’atuvchilari
aniqlanadi,o’pka rakiga shubha bo’lganda bronxlar shilliq qavatidan biopsiya
olinadi.Bronxiolitik sinamalar obstruksiyaning bor yoki yo’qligini, shuningdek, qaysi darajada
qaytar yoki qaytmasligini aniqlash, kasallikni oqibatini baholash va dorilarni individual tanlash
maqsadida amalga oshiriladi. Pikflumetriya yordamida nafas chiqarishning tezligi aniqlanib,
unga asosan bronxial obstruksiyaning kunlik o’zgarishi, uning o’tkazuvchanligi, davo
samaradorligi baholanadi. Bu usul boshqa usullardan oddiy va tez bajarish imkoniyati
mavjudligi bilan ajralib turadi. Ko’krak qafasi rentgenografiyasida diafragma gumbazining
pastga tushishi hamda tekislanishi, harakati chegaralanganligi, o’pka shishi va emfizema
belgilari, o’pka raki, sil suyuqlik yeg’ilish holatlari, mavjudligi, og’ir kechishida o’pka arterial
gipertenziyasi, ildizining kengayishi , surunkali o’pkali yurak bilan o’ng qorincha gipertrofiyasi
va boshqa asoratlari aniqlanadi. Ko’krak qafasi a’zolari kompyuter tomografiyasida bronxoektaz
va uning joylashgan joyini erta aniqlash imkonini yaratadi. Surunkali obstruktiv bronxit
klinikasini beruvchi boshqa kasalliklarni xususan, o’pka raki, alveolit, sil kabilarni inkor qilish
maqsadida qo’llaniladi. Shuningdek, EKG, ExoKG, umimiy qon tahlillari va balg’am tahlillari
orqali surunkali obstruktiv bronxitga tashxis qoyish mumkin.

Xulosa.

Surunkali obstruktiv bronxit butun organizmga salbiy ta’sir qilishi mumkin. To’g’ri

qilingan tashxis va samarali davolash kursi kasallikni bartaraf etish imkonini beradi. Bunga esa
zamonaviy tekshirish usullari orqali tez va oson erishish mumkin. Yuqoridagilardan shuni xulosa
qilib aytish mumkinki, tibbiyotda zamonaviy tekshirish usullari hozirgi zamon talabidir. Bu
usullar orqali kasallikni o’z vaqtida tashxislash va oldini olish imkoniyati mavjuddir.

А

dabiyotlar ro'yxati:

1.

Абдурахманова

,

Ф

.

Р

.,

К

.

Ш

.

Салихова

, and

Н

.

Д

.

Ишниязова

. "

ЗНАЧИМОСТЬ

ОПРЕДЕЛЕНИЯ С-РЕАКТИВНОГО БЕЛКА И ЦИТОКИНОВ У НОВОРОЖДЕННЫХ С
ВРОЖДЕННОЙ ПНЕВМОНИЕЙ

."

Российский вестник перинатологии и педиатрии

66.4

(2021): 278-278.

Библиографические ссылки

Абдурахманова, Ф. Р., К. Ш. Салихова, and Н. Д. Ишниязова. "ЗНАЧИМОСТЬ ОПРЕДЕЛЕНИЯ С-РЕАКТИВНОГО БЕЛКА И ЦИТОКИНОВ У НОВОРОЖДЕННЫХ С ВРОЖДЕННОЙ ПНЕВМОНИЕЙ." Российский вестник перинатологии и педиатрии 66.4 (2021): 278-278.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов