Tabiatning shifobaxsh mo’jizasi

CC BY f
72
0
1
Поделиться
Махмудова, Д., & Хамрокулова, М. (2022). Tabiatning shifobaxsh mo’jizasi. Современная медицина глазами молодых ученых, 1(1), 72. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/medicine-eyes-young-scientists/article/view/22613
Д Махмудова, Ташкентский педиатрический медицинский институт

I факультет педиатрии и народной медицины, педиатрическое отделение, 109 группа

М Хамрокулова, Ташкентский педиатрический медицинский институт

Научный руководитель: старший преподаватель кафедры узбекского языка и литературы

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Tibbiyotda dorivor o‘simliklar, dorivor moddalarning o‘rni nihoyatda katta. Hozirgi davrda ko‘plab kimyoviy dori vositalari ishlab chiqilgan. Lekin ularning davolash bilan bir qatorda salbiy ta’siri ham kuzatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida davolovchi xususiyatga ega tabiiy vositalarga bo’lgan talabni oshirmoqda .Kimyovi y usullar bilan olib bo‘lmaydigan biologik faol moddalar faqat o‘simliklar tarkibida uchrashi buning yaqqol dalilidir. Keksalar va surunkali kasalliklarga chalingan insonlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal ko‘rishi, ularning mutloq zararsizligi va foydasi ilmiy tadqiqotlarga investitsiya hajmining va xalqaro bozordagi tabiiy dorivor mahsulotlarga bo’lgan talabning keskin ortishiga sabab bo’ldi.


background image

72

TABIATNING SHIFOBAXSH MO’JIZASI

Maxmudova D.Z., I Pediatriya va xalq tabobati fakulteti, pediatriya

yo‘nalishi 109-guruh

Ilmiy rahbar: katta o‘qituvchi Xamroqulova M.R.

ToshPTI,O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi

Mavzuning dolzarbligi:

Tibbiyotda dorivor o‘simliklar, dorivor moddalarning o‘rni nihoyatda

katta. Hozirgi davrda ko‘plab kimyoviy dori vositalari ishlab chiqilgan. Lekin ularning davolash bilan
bir qatorda salbiy ta’siri ham kuzatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida davolovchi xususiyatga ega tabiiy
vositalarga bo’lgan talabni oshirmoqda .Kimyovi y usullar bilan olib bo‘lmaydigan biologik faol
moddalar faqat o‘simliklar tarkibida uchrashi buning yaqqol dalilidir. Keksalar va surunkali
kasalliklarga chalingan insonlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal ko‘rishi,
ularning mutloq zararsizligi va foydasi ilmiy tadqiqotlarga investitsiya hajmining va xalqaro bozordagi
tabiiy dorivor mahsulotlarga bo’lgan talabning keskin ortishiga sabab bo’ldi.

Bugungi kunda sintetik kimyoda yuz minglab turli xil dorilarning yaratilishi kimyoviy sintezning

naqadar rivojlanganligini ko’rsatib bermoqda. Lekin bir necha asrlardan buyon foydalaninb
kelinayotgan ming dardga davo asal ham bu dorilardan qolishmasligi isbotlangan. Asal Gippokrat
davridan buyon odamzotning eng yaxshi ko’rgan dori vositalaridan biridir bu noyob mahsulotning
foydali jihatlarini nafaqat xalq tabobati, balki ilmiy tibbiyot ham tasdiqlaydi.

Tadqiqotning maqsadi:

Tabiiy dorivor vositalarni o‘rganishdan asosiy maqsad inson

organizmida kechadigan turli xildagi kasalliklarga samarali davo toppish va ularni nafaqat dori vositasi
shaklida , balki tabiiy holida ham foydali ekanligini tushuntirib bera olishdir. Asal o’zida ko‘p
miqdorda aminokislota, ferment, vitamin, mikroelementlarni jamlagan. Undagi aminokislotalar
organizmda suyak to’qimasining asosiy kompanenti bo’lgan Ca ni samarali o’zlashtirishga yordam
beradi, qandli diabet kasalligini davolashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Asalni muntazam ravishda iste’mol
qilish qon bosimini me’yorlshtiradi, xolesterin miqdorini pasaytiradi va tomirlarda tromb hosil
bo’lishini bartaraf etishga yordam beradi. Ming dardga davo asal ko’z bilan bog’liq muammolarni
davolashda, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida, ich ketishida, kosmetalogiyada va yo‘talga qarshi samarali
vosita sifatida keng qo‘llaniladi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda asalning shifobaxsh
xususiyatlaridan unumli foydalanish va xalq tabobati tajribalaridan an’anaviy tibbiyotning kelgusi
yutuqlari uchun foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Olingan natijalar:

Antioksidantlarga boy bo‘lgan asal antibakterial , antifungal, antidepressant,

antikonsulvant ta’sirlarga ega. Ular markaziy asab tizimi faoliyatini me’yorga keltiradi, xotirani
kuchaytiradi va diqqatni yaxshilaydi. Asal hazm qilishni normallashtirishga yordam beradigan
fermentlarni o‘z ichiga oladi. Uch choy qoshiq asalni kunlik iste’mol qilish, tanani vitaminlar bilan
boyitibgina qolmay kuch va quvvat manbai ham bo’ladi. Asal immun tizimini kuchaytirib organizmni
mustahkamlaydi, uni infeksiyalarga qarshi samarali kurashishiga ko’maklashadi. Asal yong’oqlar,
quritilgan mevalar, donlar va tvorog bilan birgalikda qabul qilinsa ayniqsa foydali
hisoblanadi.Gullardan olingan asaldan foydalanish organizmda saraton hujayralarining ko’payishini
oldini oladi va teri, bachadon bo’yni, jigar, prostata, sut bezlari saratoni, buyraklar va qovuq saratoniga
qarshi yaxshi profilaktik chora hisoblanadi.

Xulosa.

Tabiiy shifobaxsh mahsulotlar hayotimizning asosini tashkil qiladi. Kimyoviy yo’l bilan

olingan dori vositalari qanchalik ko‘p hayotimizga kirib kelmasin, baribir tabiiy dori vositalari biz
uchun eng foydali va eng samaralisi bo‘lib qolaveradi. Kimyo fani yutuqlari qanchalik rivojlanmasin,
labaratoriya va kimyoviy sintez tobora ravnaq topmasin, ming dardga davo, tabiatning shifobaxsh
mo‘jizasi bo’lmish asal insoniyat uchun hali ko’p xizmat qiladi.

А

dabiyotlar ro'yxati:

1.

Гулямов

,

Саидало Саидкамалович

, et al. "

Морфологические изменения в мышечной

ткани при различной степени контрактуры

." Science for Education Today 1 (23) (2015):

64-71.

Библиографические ссылки

Гулямов, Саидало Саидкамалович, et al. "Морфологические изменения в мышечной ткани при различной степени контрактуры." Science for Education Today 1 (23) (2015): 64-71.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов