Авторы

  • Aziza Hayitova
    Termiz davlat universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti Amaliy filologiya yoʻnalishi 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.101174

Ключевые слова:

Milliy korpus mualliflik korpus interfeys madaniyat.

Аннотация

Ushbu maqolada mualliflik korpus tuzishning amaliy ahamiyati haqida nazariy ma'lumotlar berilgan. Maqolada mualliflik korpusida Sh. Xolmirzayev asarlarini joylashtirishning  yutuqlari hamda yozuvchi ijodiy merosidan keng foydalanish imkoniyatini ta`minlash maqsad qilib qolingan.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

168

MUALLIFLIK KORPUSIDA SH.XOLMIRZAYEV ASARLARI

Hayitova Aziza Baxtiyor qizi

Termiz davlat universiteti

Oʻzbek filologiyasi fakulteti

Amaliy filologiya yoʻnalishi 3-kurs talabasi

azizahayitova@gmail.com

Tel:.+998 .93.163.72 .04

https://doi.org/10.5281/zenodo.15584073

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mualliflik korpus tuzishning amaliy

ahamiyati haqida nazariy ma'lumotlar berilgan. Maqolada mualliflik korpusida
Sh. Xolmirzayev asarlarini joylashtirishning yutuqlari hamda yozuvchi ijodiy
merosidan keng foydalanish imkoniyatini ta`minlash maqsad qilib qolingan.

Kalit so`zlar:

Milliy korpus, mualliflik korpus, interfeys, madaniyat.

Abstract.

This article provides theoretical information on the practical

significance of copyright corps. In the article, ND in the authorship's corps. The
achievements of the placement of Khokimirzayev's works opportunities to
ensure the opportunity to use the writer's creative heritage.

Keywords:

National Corps, Author's Corps, Interface, Culture.

Аннотация.

Эта статья содержит теоретическую информацию о

практической значимости корпуса авторских прав. В статье, ND в корпусе
авторства. Достижения размещения возможностей работ Хокимирзаева
для обеспечения возможности использовать творческое наследие
писателя.

Ключевые слова:

Национальный корпус, авторский корпус,

интерфейс, культура.

Shiddat bilan rivojlanib boryotgan bugungi kunda qo`lyozma manbalar

o`rnini ularning elektron versiyalarini ishlab chiqish davr talabiga aylandi.
Dunyodagi barcha sohalarda keskin o‘sish, fan-texnikada inqilob yuzaga keldi.
Shu o‘rinda, yer yuzidagi barcha tabiiy tillarning yo‘qolib ketish xavfini bartaraf
etish uchun ularning korpuslarini yaratish g`oyalari ilgari surilgan. Tabiiy tillar
yo`qolsa, o`rnini sun'iy tillar egallashi mumkin. Shuning uchun ham har davlat
o‘z ona tilini saqlab qolish uchun milliy korpusini tuzish harakatlarning ilk
qadamlari boshlandi. Korpus yaratishning eng birinchi bosqichlaridan biri
Panini bo‘lib, u Sanskrit tilining korpusini yaratgan. Shuningdek, korpusning fan
sifatida shakllanishi 20-asrning 50-yillariga to‘g‘ri keladi . 1969-yilda
Amerikaning birinchi bo‘lib, Broun korpusi yaratilgan va bu korpus o‘zida 1,5
milliard so‘zni tashkil qilgan keyinchalik boshqa davlatlar ham o‘z tilining
korpuslarini yaratishga kirishgan. Mualliflik korpusi ma`lum bir shaxsning ijodi


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

169

va hayoti haqida ma`limotlar bazasi bo`lib, u foydalanuvchilarga qulaylik
yaratadi. Turli tahlillar orqali ijodkor shaxsiyatini, ya`ni xarakterini, so`z qo`llash
uslubini o`rgana olamiz. Shuningdek, ijodkor merosini saqlab qolish, korpusdan
foydalanuvchilar sonini oshirish, milliy tilning subkorpusiga aylantirish,
madaniyatni ko`rsatib berishda katta ahamiyat kasb etadi. Mualliflik korpusi
tuzishda ikki manbaga asoslanish mumkin:

1. Har bir muallifning nashr etilgan mukammal asarlari to‘plami.
2. Internet tarmog‘idagi elektron fayllar .
Mualliflik korpusshunosligining asosiy vazifasi nima va mualliflik

korpuslaridan foydalanish sababi

– muayyan ijodkor shaxsini o‘rganish; – adib uslubini tadqiq etish; –

muayyan shoir ijodini lingvopoetik tahlil qilish; – ijodkorning so‘z qo‘llash
imkoniyati va mahoratini tadqiq etish; – mualliflik lug‘atlarini yaratish; –
mualliflik iboralarini jamlash; – MKdagi ijodkor shaxsi va uslubini namoyon
etuvchi parametrlar orqali anonim asarlar muallifini topish;

– mualliflik parafraza, parema, hikmatlarini jamlash; tasviriy ifodalarning

qoʻllanilish koʻlamini ijodkor kontekstidan aniqlash mumkin boʻladi. Mualliflik
korpusshunosligida muayyan muallif korpusini yaratish, uning bazasini
shakllantirish maqsadida ushbu vazifalar bajariladi . Mualliflik korpusining
amaliy ahamiyati milliy til korpusining subkorpusi sifatida kiritilishi, tilning
boyligini ko`rsatish, ijodkor ijodini lingvistik tahlil qilish, uni saqlab qolish,
foydalanuvchilar auditoriyasini kengaytirish, xalq madaniyatini ko`rsatish kabi
masalalarni o`z ichiga oladi. Sh. Xolmirzayev mualliflik korpusini yaratish
masalasi dolzarb bo`lib, bugungi kunda qo`lyozma materiallarning ahamiyati
kamayib boryotganligi sababli, ya`ni foydalanuvchilarga elektron holatda
qulayligi, lingvistik tahlillarni va yozuvchi haqida batafsil ma`lumot bazasiga
ehtiyoj sezilganligi bois mualliflik korpusini yaratish muhimdir. Sh.Xolmirzayev
MKisini yaratishda dastlabki, o`rinda uning interfeysini yaratish, uning
loyihasini shakllantirish kerak. Ochiq sayt bo`lib, unda ism familiyasi, ilmiy
darajasi kabi bandini to`ldirish kerak bo`ladi. Bu foydalanuvchilarning qaysi
darajadagi shaxslardan foydalanishni ko`rsatadi. Yangiliklar bandida ijodkor
uchun qilingan ilmiy, amaliy ishlar ko`rsatilib boriladi va yil hisobiga kiruvchilar
soni statistikasi foizi bilan ko`rinadi. Bu adib ijodiga qiziqishlar haqida ma`lumot
beradi. Korpusning qidiruv qismi bo`lib, unga so`z yozilsa qaysi asarida qaysi
o`rinda kelganligi, nechi marta qo`llanganligi haqida chastotasi ko`rsatiladi.
Shuningdek, korpusda mavjud ma`lumotlarni topib beradi. Til qismida 5 ta tilda
(o`zbek, ingliz, turk, rus, koreys tillari) tarjima imkoniyatini yaratish loyihasi


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

170

amalga oshirilishi til vakillarining adib hayoti va ijodi haqida o‘rfan7shga imkon
beradi. Sh. Xolmirzayev MK interfeys loyihasi yozuvchining MK haqida
ma`lumot, yozuvchi hayotidan videolar, fayllarni yuklab olish, yangiliklar
bandlari interfeysda ko`rinadi. Hayot yo`li, ijodi haqida ma`lumot, asarlaridan
video, audio variantlar, yozuvchi ijodiga bag`ishlangan ilmiy ishlar
(dissertatsiyalar, maqolalar, tezislar kabilar), Sj. Xolmirzayev bog`i (ma`lumot,
video, rasmlar jamlanmasi). Asosan, ushbu tahlil yuqorida keltirilgan kanal va
guruhda amalga oshirilib, keyin korpusga kiritiladi. Yozuvchi ijodini o`rganish
orqali stipendiya, ko`krak nishoni bilan taqdirlanish kabi ma`lumotlar
yo`riqnomasi haqida ma`lumot bandi mavjud. Yozuvchi asarlari, unga
bag`ishlangan ilmiy ishlarni yiklab olish qismi ham mavjud. Interfeysda savollar
va takliflar bandi ham mavjud bo`lib, undan foydalanuvchilar o`z fikr-
mulohazalarini ham berishi mumkin. Bu korpusning mukammal xizmat
ko`rsatishiga yordam beradi. Mualliflar qismi ham mavjud bo`lib, unda yozuvchi
MK yaratuvchilari haqida ma`lumot berilgan. Ushbu korpusning yaratilishi
yozuvchi ijodini chuqur o`rganishga hamda subkorpus sifatida shakllantirishga
xizmat qiladi. O`zbek tilining boyligini, o`zbek xalqining madaniyati kabilarni
ko`rsatib beradi, asosan, Boysun xalqining turmush tarzi, xarakteri,
mentalitetini, shevasi kabi jihatlarini o`rganishga yordam beradi.

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, Sh. Xolmirzayev MK yaratish ijodkorning

ijodiy ishini keyingi avlodlarga yetkazish, Boysun xalqi madaniyatini asarlarida
namoyon qilish, yozuvchi xarakterini, so`z qo`llash mahoratini, o`zbek milliy
korpusi uchun subkorpus yaratish, o`zbek tilining betakror o`rinlarini ko`rsatish,
foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratish, lingvistik tahlil jarayoni mavjudligi
lingvist tadqiqotchilar uchun qulaylik yaratadi va shu kabi bir qancha foydali
qirralarni kashf qilishga xizmat qiladi. Asarlarini tahlil qilish jarayoni faol guruh
va kanallarda amalga oshirilishi o`quvchilar va talabalar bo`sh vaqtini mazmunli
o`tkazish uchun hamda bahs-munozaralar orqali asar mohiyatini tushunish,
yozuvchi g`oyasini anglash, xulosa chiqarish uchun yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. M. Abjalova “Korpus lingvistikasi” Toshkent 2022
2. V.Zaxarov, B.Mengliyev, Sh.Xamroyeva “Korpus lingvistikasi” Toshkent-2021
3. Хамроева Ш. Ўзбек тили муаллифлик корпусини тузишнинг лингвистик
асослари - Бухоро 2018 83 б.

Библиографические ссылки

M. Abjalova “Korpus lingvistikasi” Toshkent 2022

V.Zaxarov, B.Mengliyev, Sh.Xamroyeva “Korpus lingvistikasi” Toshkent-2021

Хамроева Ш. Ўзбек тили муаллифлик корпусини тузишнинг лингвистик асослари - Бухоро 2018 83 б.