Авторы

  • Usmonbek Otabayev
    Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti Intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi mutaxassisligi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.105968

Ключевые слова:

kompyuter dasturi mualliflik huquqi intellektual mulk interfeys patent huquqi tijorat siri algoritm Bern konvensiyasi TRIPS bitimi dastur kodi funksional yechim dasturiy mahsulot xizmat dasturi muallif huquqi ijodiy asar dastur interfeysi huquqiy maqom kod himoyasi nou-xau milliy qonunchilik shaxsiy huquq mulkiy huquq litsenziya shartnomasi ifoda va g‘oya xizmat vazifasi dasturchi huquqi texnik g‘oya dastur tasnifi xalqaro huquq dastur himoyasi.

Аннотация

Mazkur maqolada kompyuter dasturlarining intellektual mulk obyekti sifatidagi huquqiy maqomi va ularni himoya qilish prinsiplari tahlil qilingan. Muallif dasturlarni adabiy asar sifatida mualliflik huquqi bilan himoya qilish zarurligini xalqaro va milliy qonunchilik asosida asoslab bergan. Shuningdek, patent huquqi va tijorat siri kabi muqobil himoya usullari, interfeys va algoritmlarning huquqiy holati, shaxsiy va mulkiy huquqlar, hududiylik va muddatlilik prinsiplari yoritilgan. Maqolada amaliy muammolar bilan bir qatorda nazariy bahslar ham ko‘rib chiqilgan hamda zamonaviy yondashuvlar ilgari surilgan.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

35

KOMPYUTER DASTURLARINING INTELLEKTUAL MULK

OBYEKTLARI SIFATIDAGI KLASSIFIKATSIYASI VA HUQUQIY

HIMOYANING UMUMIY PRINSIPLARI

Usmonbek Otabayev

usmonbekotaboyev1109@gmail.com

Toshkent davlat yuridik universiteti

Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti

Intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi

mutaxassisligi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15636709

Annotatsiya.

Mazkur maqolada kompyuter dasturlarining intellektual

mulk obyekti sifatidagi huquqiy maqomi va ularni himoya qilish prinsiplari tahlil
qilingan. Muallif dasturlarni adabiy asar sifatida mualliflik huquqi bilan himoya
qilish zarurligini xalqaro va milliy qonunchilik asosida asoslab bergan.
Shuningdek, patent huquqi va tijorat siri kabi muqobil himoya usullari, interfeys
va algoritmlarning huquqiy holati, shaxsiy va mulkiy huquqlar, hududiylik va
muddatlilik prinsiplari yoritilgan. Maqolada amaliy muammolar bilan bir
qatorda nazariy bahslar ham ko‘rib chiqilgan hamda zamonaviy yondashuvlar
ilgari surilgan.

Kalit so’zlar:

kompyuter dasturi, mualliflik huquqi, intellektual mulk,

interfeys, patent huquqi, tijorat siri, algoritm, Bern konvensiyasi, TRIPS bitimi,
dastur kodi, funksional yechim, dasturiy mahsulot, xizmat dasturi, muallif
huquqi, ijodiy asar, dastur interfeysi, huquqiy maqom, kod himoyasi, nou-xau,
milliy qonunchilik, shaxsiy huquq, mulkiy huquq, litsenziya shartnomasi, ifoda
va g‘oya, xizmat vazifasi, dasturchi huquqi, texnik g‘oya, dastur tasnifi, xalqaro
huquq, dastur himoyasi.

Kompyuter dasturlari zamonaviy intellektual mulk huquqining muhim

obyektlaridan biriga aylangan. XX asr oxiri va XXI asr boshlarida axborot
texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida dasturlar deyarli barcha
sohalarda qo‘llanilmoqda va ularsiz ko‘plab texnologik jarayonlarni tasavvur
etib bo‘lmaydi. Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, kompyuter dasturlari intellektual
mulk obyektlari orasida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan nisbatan “yosh”
obyekt hisoblanadi. Ya’ni, ular fuqarolik huquqida an’anaviy asarlar qatoriga
nisbatan kechroq paydo bo‘lgan va faqat axborot texnologiyalari davriga kelib
alohida huquqiy maqomga ega bo‘lgan. Shunga qaramay, bugungi kunda
dasturiy ta’minot mahsulotlari katta iqtisodiy ahamiyat kasb etib, nafaqat biznes
muhitida, balki davlat boshqaruvi, raqamli iqtisodiyot va kundalik hayotda ham
beqiyos rol o‘ynamoqda.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

36

Zamonaviy jamiyatda kompyuter dasturlari texnologik taraqqiyotning

ajralmas qismi sifatida tobora keng ahamiyat kasb etmoqda. Bu dasturlar turli
sohalarda – iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ta’lim, mudofaa, xizmat ko‘rsatish va
boshqa yo‘nalishlarda faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bunday dasturiy vositalar mualliflarining ijodiy mehnati mahsuli sifatida e’tirof
etilishi, ularga nisbatan huquqiy himoya vositalarini takomillashtirish zaruratini
yuzaga keltiradi. Kompyuter dasturlarining huquqiy maqomini aniqlash, ularni
himoya qilish shakllari va mexanizmlarini ishlab chiqish bugungi kunda global
darajadagi dolzarb masalaga aylangan.

Kompyuter dasturlarini intellektual mulk sifatida huquqiy himoya qilish –

raqamli davrda innovatsion taraqqiyot va iqtisodiy yuksalishning muhim
omillaridan biridir. O‘zbekiston bu borada mustahkam qonunchilik asoslarini
yaratganiga qaramay, amaliyotda yechimini kutayotgan masalalar mavjud.
Intellektual mulk muhofazasi kuchayishi esa, shubhasiz, milliy IT-industriya
rivojini rag‘batlantiradi, xorijiy investitsiyalar uchun qulay innovatsion muhitni
shakllantiradi.

Asosiy qism

Intellektual mulk obyektlarining tasnifi nuqtai nazaridan, kompyuter

dasturlarining huquqiy tabiati ilmiy adabiyotlarda turlicha yondashuvlarga
sabab bo‘lgan. Umuman olganda, intellektual mulk obyektlari odatda ikki katta
turkumga bo‘linadi: mualliflik huquqi obyektlari (adabiyot, san’at va ilmiy
asarlar) va sanoat mulki obyektlari (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi,
tovar belgisi va h.k.). An’anaviy yondashuvga ko‘ra, kompyuter dasturlari
mualliflik huquqi obyektlari toifasiga kiritiladi. Jumladan, xalqaro me’yoriy
hujjatlardan biri bo‘lmish Butunjahon intellektual mulk tashkiloti homiyligida
tuzilgan 1994-yilgi TRIPS Bitimining 10-moddasida kompyuter dasturlari
adabiy asar sifatida mualliflik huquqi bilan himoya qilinishi shartligi qat’iy
belgilangan. Ya’ni, dasturiy ta’minotning manba kodi ham, bajariladigan
(obyekt) kodi ham Bern konvensiyasiga muvofiq adabiy asar sifatida qaraladi va
ularga nisbatan aynan adabiy asarlar uchun nazarda tutilgan huquqiy muhofaza
rejimi tatbiq etiladi.

Xuddi shu prinsip milliy qonunchiliklarda ham aks etgan. Masalan,

O‘zbekiston Respublikasida 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Elektron
hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining
huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonun 3-moddasida kompyuter dasturlari va
ma’lumotlar bazalari mualliflik huquqi obyektlari ekanligi mustahkamlab
qo‘yilgan. Ya’ni “Kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazalari ushbu Qonun


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

37

orqali mualliflik huquqi obyektlari jumlasiga kiradi” deb ko‘rsatilgan. Ushbu
qonunga muvofiq, har qanday kompyuter dasturi ijodiy mehnat mahsuli sifatida
yaratilgan bo‘lsa, uning obyektiv shaklda ifodalangan kodi mualliflik huquqi
bilan himoya qilinadi. Qonunda ochiq-oydin aytilishicha, dasturlar har qanday
tilda yozilgan dastlabki matn (manba kod) yoki mashina kodidagi obyekt matni
ko‘rinishida bo‘lishidan qat’i nazar, mualliflik huquqi asosi sifatida qabul
qilinadi. Shu tariqa, O‘zbekiston va ko‘plab boshqa davlatlar qonunchiligida
kompyuter dasturi “adabiy asar” turkumiga mansub mulkiy huquq obyekti
sifatida e’tirof etilgan.

Biroq, kompyuter dasturlarining bunday huquqiy tasnifi (ya’ni ularni

adabiy asar deb talqin qilish) ayrim ilmiy qarashlarda muhokamalarga sabab
bo‘lgan. Olimlar dasturlar odatiy badiiy yoki adabiy asarlardan anchayin farq
qilishini ta’kidlashadi. Xususan, rossiyalik olima A.P. Losevaning fikricha,
kompyuter dasturi “noan’anaviy mualliflik huquqi obyekti” bo‘lib, uning
mazmun-mohiyati texnik va funksional xarakterga egaligi bilan ajralib turadi.
Adabiy asarlarda (masalan, biror hikoya yoki romanda) ijodiy g‘oya asar
syujetida va badiiy ifodasida namoyon bo‘lsa, dasturiy mahsulotda
dasturchining ijodiy mehnati ko‘p hollarda bevosita ko‘zlangan amaliy vazifaga
bo‘ysungan bo‘ladi. Ya’ni, dasturchi ko‘pincha estetik obraz yaratishdan ko‘ra,
muayyan texnik masalani hal etishga yo‘naltirilgan kod yozadi. Shu bois
dasturlarni mualliflik huquqi asari deb atash shartli tusga ega ekanini qayd
etuvchi yondashuvlar mavjud. Ba’zi yuristlar fikricha, kompyuter dasturi ikki
“tabiat”ga ega: bir tomondan, u ijodiy asar (kod matni muallifning original
ifodasidir), boshqa tomondan u funktsional yechimlar majmui bo‘lib, algoritmik
mazmun va texnik g‘oyani o‘z ichiga oladi.

Shunday ikki xil xususiyat tufayli dasturlarni huquqiy jihatdan qaysi toifaga

mansub ekani borasida ilmiy adabiyotda turli qarashlar mavjud. Asosiy oqim,
yuqorida ta’kidlanganidek, dasturlarni mualliflik huquqi bilan muhofaza qilish
lozimligini e’tirof etsa, ayrim mutaxassislar dasturlar uchun patent-huquqiy
muhofaza yoki sui generis (o‘ziga xos) muhofaza rejimini qo‘llash g‘oyasini ham
ilgari surganlar. Masalan, dasturiy ta’minotning ayrim tarkibiy qismlari –
foydalanuvchi interfeysi (dastur grafik interfeysi) – ustidan mualliflik huquqini
tatbiq etish qanchalik o‘rinli ekani bo‘yicha bahslar mavjud. Q.M. Mehmonov va
boshqa bir qator o‘zbekistonlik olimlar tadqiqotlarida interfeys ham dasturiy
mahsulotning ajralmas qismi bo‘lib, u yozilgan kod orqali namoyon bo‘lishini
ta’kidlaydi. Ular interfeysni dastur bilan birga yagona mualliflik obyekti sifatida
ko‘rib, alohida himoya qilmaslik kerak, deb hisoblashadi. Boshqa bir guruh


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

38

tadqiqotchilar esa, aksincha, dastur interfeysi dizayni va tuzilmasini mualliflik
huquqi bilan emas, balki sanoat mulkiga oid vositalar yoki maxsus (“sui
generis”) qonunchilik vositalari orqali himoya qilish maqsadga muvofiq, degan
fikrni bildirgan. Xususan, ukrainalik olim B. Semenyutenko interfeysni himoya
qilish uchun hozirgi qo‘llanilmayotgan maxsus huquqiy rejimlar yoki sui generis
qoidalari kerakligini ta’kidlaydi. Bu qarashlar shuni ko‘rsatadiki, kompyuter
dasturining turli elementlarini huquqiy tasniflash masalasi (ularning mualliflik
obyekti doirasida yoki undan tashqarida ko‘rilishi) dolzarb ilmiy muammo
sifatida e’tirof etilgan.

Umuman olganda, bugungi kunga kelib xalqaro hamjamiyat va aksariyat

milliy qonunchiliklarda kompyuter dasturlari asosan mualliflik huquqi bilan
himoya qilinadigan ijodiy asarlar sifatida tan olinadi. Misol uchun, O‘zbekiston
Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunida
ham kompyuter dasturlari adabiy asarlar qatorida mualliflik huquqi obyekti
sifatida tilga olingan. Shu bilan birga, dasturiy mahsulotlarning yuqorida bayon
etilgan o‘ziga xos jihatlari ularning huquqiy muhofazasiga nisbatan maxsus
yondashuv va prinsiplarga ehtiyoj tug‘diradi.

Intellektual mulk huquqini tartibga soluvchi umumiy prinsiplardan kelib

chiqib, kompyuter dasturlarining himoyasi ham boshqa ijodiy asarlar singari bir
qator tamoyillarga asoslanadi. Avvalo, kompyuter dasturi – ijodiy faoliyat
mahsuli ekani tan olinadi. Bu degani, muallif (dasturchi) tomonidan yozilgan
dastur kodi ijodiy asar sifatida qaraladi va unga nisbatan mualliflik huquqi
avtomatik tarzda vujudga keladi. Mualliflik huquqining umumiy qoidasiga
muvofiq, dastur yaratilishi bilan muallif unga bo‘lgan huquqlarga ega bo‘ladi –
buning uchun hech qanday ro‘yxatdan o‘tkazish, maxsus patent olish yoki
boshqa rasmiyatchilik talab etilmaydi. Masalan, mualliflik huquqi bo‘yicha
adabiyotlarda dasturchi har bir yozgan dasturiga nisbatan o‘zi yozgan zahotiyoq
mualliflik huquqiga ega bo‘lishi, buning uchun alohida ariza topshirish yoki
davlat organidan ruxsat olish shart emasligi alohida qayd etiladi. Bu prinsip
Bern konvensiyasining 5-moddasida mustahkamlangan “rasmiyatchiliklarsiz
himoya” qoidasiga ham mos hisoblanadi va bunda ijodiy asar yaratilishi bilan
avtomatik ravishda muhofaza huquqi vujudga keladi.

Mualliflik huquqi doirasida dasturga nisbatan muallifning mutlaq huquqi

vujudga keladi. Ya’ni, dastur muallifi (yoki huquq egasi) uni o‘z xohishiga ko‘ra
har qanday shaklda va usulda foydalanish huquqini qo‘lga kiritadi. Boshqa
shaxslar dasturdan muallif ruxsatisiz foydalanishi taqiqlanadi – bu intellektual
mulk obyektlarining mutlaq huquqiy xarakteridadir. Muallif o‘z dasturini


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

39

ko‘paytirish (nusxa olish), tarqatish, ijro etish (masalan, dasturdan
jamoatchilikka foydalanish uchun vosita sifatida xizmat qilish) kabi huquqlarga
ega bo‘ladi. Ushbu mulkiy huquqlarni muallif boshqa shaxslarga shartnoma
asosida berishi (litsenziyalashi) yoki butunlay o‘tkazishi mumkin. Dasturlarni
tarqatishda amaliyotda litsenziya shartnomalari tuziladi – bunda muallif (yoki
egasi) foydalanuvchiga dasturdan ma’lum shartlar asosida foydalanish huquqini
beradi.

Intellektual mulk obyektlariga xos xususiyatlar kompyuter dasturlariga

nisbatan ham tatbiq etiladi. Fuqarolik huquqi nazariyasida intellektual mulk
obyektlari moddiy buyumlardan farq qiluvchi bir qator xususiyatlarga ega ekani
ta’kidlanadi. Jumladan: a) ko‘p hollarda ular moddiy shaklda mavjud emas, balki
g‘oya, bilim, axborot shaklida namoyon bo‘ladi; b) bunday obyektga oddiy
moddiy mulkdek egalik qilib bo‘lmaydi, ya’ni bir vaqtda cheksiz doirada bir
nechta shaxslar undan foydalana olishi mumkin; v) intellektual mulk huquqi
obyekti doimiy emas – u muddati cheklangan huquqiy muhofaza doirasidadir.
Darhaqiqat, odatdagi mulk huquqi (masalan, jismoniy buyumlarga egalik)
muddatsiz bo‘lsa-da, mualliflik huquqi va umuman intellektual mulk huquqi
obyektlari qonunda belgilangan muayyan muddat davomida himoya qilinadi.
O‘zbekiston qonunchiligida ham mualliflik huquqi muddati muallif umrining
oxirigacha va vafotidan keyin 50 yil bilan cheklangan. Shu muddat o‘tishi bilan
dastur jamoa mulkiga (public domain) aylanishi, ya’ni uni istalgan shaxs muallif
nomini ko‘rsatgan holda erkin foydalanishi mumkin bo‘ladi. g) Shuningdek,
intellektual mulk obyektlari, jumladan dasturlar ustidan mulkiy da’volarni
(masalan, vindikatsiya da’vosini) qo‘llab bo‘lmaydi, chunki ular moddiy buyum
emas. ye) Intellektual mulk obyektlariga nisbatan hududiylik prinsipi amal qiladi
– ya’ni huquq faqat muayyan hududda o‘z kuchini ko‘rsatadi. Masalan, biror
dastur mualliflik huquqi O‘zbekistonda himoya qilinsa, bu huquq faqat
O‘zbekiston hududida ta’minlanadi; boshqa davlatlarda himoya milliy
qonunchilik va xalqaro bitimlar asosida alohida ta’minlanmog‘i lozim bo‘ladi.
Shu bois dastur yaratuvchilari o‘z asarlarini xalqaro miqyosda himoya qilish
uchun Bern konvensiyasi va mualliflik huquqiga oid boshqa shartnomalarga
tayanadi.

Muallifning shaxsiy huquqlari ham kompyuter dasturlariga nisbatan

saqlanadi. Odatda, intellektual mulk obyektlarining mualliflarida mulkiy
huquqlar bilan bir qatorda shaxsiy (nomulkiy) huquqlar mavjud bo‘ladi. Dastur
muallifi ham o‘zining muallif ekanligini tan oldirish (mualliflikni e’tirof ettirish)
huquqiga, dasturga nom berish huquqiga va o‘z asarini buzib ko‘rsatilishiga


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

40

qarshi chiqish kabi shaxsiy huquqlarga ega. Bu huquqlar odatda
begonalashtirilmaydi va muddatsiz muhofaza qilinadi – hatto dastur jamoat
mulkiga o‘tganidan keyin ham mualliflik va nom huquqi saqlanadi.

Kompyuter dasturlarini huquqiy himoya qilishda yana bir muhim tamoyil –

“g‘oya va ifoda” (idea-expression) farqlanishi qoidasidir. Mualliflik huquqi faqat
asarning ifoda shaklini himoya qiladi, lekin uning ortidagi g‘oyalar, usullar,
algoritmlar, kashfiyotlar himoya doirasiga kirmaydi. Bu prinsip kompyuter
dasturlari uchun ayniqsa dolzarb: qonunchilikda dastur kodi muhofaza qilinishi,
ammo dastur ishlashiga asos bo‘lgan ilmiy-texnik g‘oyalar, algoritmik yechimlar,
matematik tamoyillar mualliflik huquqi bilan to‘sib bo‘lmasligi qayd etilgan.
O‘zbekiston yuqorida zikr etilgan 1994-yilgi qonunida aniq belgilanishicha,
kompyuter dasturi yoki ma’lumotlar bazasining yaratilishiga asos bo‘lgan
g‘oyalar, tamoyillar, algoritmlar, kashfiyotlar, matematik tushunchalar mualliflik
huquqi obyekti hisoblanmaydi. Xususan, dastur interfeysi yoki algoritmik
tuzilmasi g‘oyasi, dasturlash tili yoki matematik usullar – bular muhofaza
qilinmaydigan qismlardir. Bu qoida mualliflik huquqining fundamental
tamoyillaridan biri bo‘lib, uning maqsadi – ijtimoiy taraqqiyot uchun muhim
bo‘lgan g‘oyalar erkin almashinuvini saqlash, faqat ularning aniq va original
ifodalanishigina mualliflik himoyasiga olishdir. Shu bois, biror dastur kodini
boshqa mustaqil dasturchi g‘oyadan foydalangan holda, lekin mutlaqo mustaqil
tarzda yozsa, u asl mualliflik huquqini buzmagan hisoblanadi – zero faqat nusxa
ko‘chirish (ko‘chirib olish) huquqbuzarlikka olib keladi, g‘oyani qo‘llash esa
taqiqlanmaydi.

Kompyuter dasturlarining huquqiy muhofazasida ularga xos bo‘lgan yana

bir jihat – patent-huquqiy muhofaza cheklanganligi. Umumiy qoida bo‘yicha,
dasturlar patentlanmaydi, chunki ularni patentlash algoritm yoki matematik
usulni patentlashga teng keladi, bu esa ko‘plab mamlakatlarda taqiqlangan.
Masalan, AQSh Oliy sudi

1972-yildagi Gottschalk v. Benson ishida kompyuter dasturini (aniqrog‘i,

algoritmik usulni) patentlash mumkin emasligi haqida qaror chiqargan – sud
dasturiy algoritmni patentlash “matematik formulani patentlash bilan barobar”
ekanini ta’kidladi. Bu qaror natijasida nafaqat AQShda, balki boshqa ko‘plab
yurisdiktsiyalarda ham sof dasturlarni patentlashdan tiyilish kuzatildi. Albatta,
ayrim davlatlar yoki mintaqaviy patent tizimlarida dasturiy ixtirolarga patent
berish imkoniyati cheklangan tarzda mavjud (masalan, Yevropa patent tizimida
“kompyuter-amlashgan ixtiro” konsepsiyasi orqali dastur apparat bilan bog‘liq
texnik yechimning qismi bo‘lsa, patent berilishi mumkin). Ammo keng ma’noda,


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

41

dasturiy ta’minotning o‘zi patent obyekti emas, uning huquqiy himoyasi asosan
mualliflik huquqi orqali ta’minlanadi. Shunga ko‘ra, dastur kodini himoya qilish
uchun mualliflik huquqi tez va qulay vosita hisoblanadi – chunki patent olish
ko‘p vaqt va resurs talab qilsa, mualliflik huquqi avtomatik vujudga kelib,
nisbatan oson tatbiq etiladi.

Boshqa tomondan, kompyuter dasturlarini tijorat siri (nou-xau) rejimida

ham muhofaza qilish mumkin. Agar dastur kodi oshkor etilmasa va maxfiy
saqlansa, muallif (yoki egasi) tijorat siri to‘g‘risidagi qonunlar himoyasidan
foydalanishi mumkin. Ko‘plab dastur ishlab chiquvchilar manba kodini sir tutib,
foydalanuvchilarga faqat obyekt kod (ijro fayllari) shaklida dastur yetkazib,
aynan shunday himoyani qo‘llaydi. Bunday holatda, dastur kodi uchinchi shaxs
tomonidan ruxsatsiz qo‘lga kiritilib oshkor etilsa, bu nou-xau huquqining
buzilishi sifatida baholanadi. Biroq, agar dastur bozorda erkin tarqatilsa, uning
kodi (hech bo‘lmasa, tarjima qilingan obyekt kodi) keng ommaga ma’lum bo‘ladi,
va u holda mualliflik huquqi asosiy himoya chorasiga aylanadi. Shu sababli,
mualliflik huquqi kompyuter dasturlarini muhofaza qilishning eng asosiy va
universal shaklidir; patent va tijorat siri esa qo‘shimcha yoki muqobil himoya
shakllari sifatida ayrim sharoitlarda qo‘llanishi mumkin.

Kompyuter dasturlarini huquqiy himoyalashning yana bir amaliy jihati –

mualliflik huquqi egasini aniqlash va huquqlarni boshqarishdir. Umumiy qoida
bo‘yicha dastur muallifi uni yaratgan jismoniy shaxs (yoki shaxslar guruhi)
hisoblanadi. Biroq ko‘p hollarda dasturlar jamoa bo‘lib yoki mehnat shartnomasi
asosida yaratiladi. Shu sababli qonunchilikda dastur yaratuvchisi va huquq
egasining o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi maxsus qoidalar mavjud.
Masalan, Yevropa Ittifoqining 1991-yil 14-mayda qabul qilingan “Kompyuter
dasturlarining

huquqiy

himoyasi

to‘g‘risida”gi

maxsus

Direktivasi

(91/250/YeEC) hamda qator davlatlar (jumladan, O‘zbekiston) qonunchiligida
xodim tomonidan xizmat vazifasini bajarish tartibida yaratilgan dastur bo‘yicha
barcha mulkiy huquqlar ish beruvchiga o‘tishi belgilangan (agar mehnat yoki
buyurtma shartnomasida boshqacha shart ko‘zda tutilmagan bo‘lsa). Ya’ni, agar
dasturchi korxona yoki muassasa topshirig‘i bilan dastur yozgan bo‘lsa, ushbu
dasturga nisbatan mualliflik huquqining mulkiy qismi avtomatik ravishda ish
beruvchiga tegishli bo‘ladi. Bu qoida dasturlar sohasidagi korxona manfaatlarini
himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, intellektual mehnat natijasidan tijorat
maqsadlarida foydalanishni yengillashtiradi. Albatta, bunday holatda ham
mualliflikning shaxsiy huquqlari (dastur muallifi sifatida nomi qayd etilishi va


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

42

h.k.) dasturchi-shaxsda saqlanib qoladi, faqat mulkiy daromad olish huquqi ish
beruvchiga o‘tadi.

Xulosa

Yuqoridagi prinsiplardan ko‘rinadiki, kompyuter dasturlarini muhofaza

qilish tizimi asosan mualliflik huquqining umumiy qoidalariga tayanadi, shu
bilan birga ushbu obyektning o‘ziga xosligidan kelib chiqadigan ayrim maxsus
qoidalarni ham o‘z ichiga oladi. Dasturlar ijod mahsuli sifatida e’tirof etilib,
ularga mualliflik huquqining to‘liq spektri tatbiq etiladi: muallifning shaxsiy
huquqlaridan tortib mulkiy huquqlarigacha. Ular avtomatik himoya ostida bo‘lib,
hududiy va muddati chegaralangan xarakterga ega tarzda muhofaza qilinadi.
Dasturlar mualliflik huquqi bilan himoyalanarkan, ayni vaqtda funksional-texnik
g‘oyalarning erkinligi prinsipi ta’minlanadi – kodning ifodasigina himoyalanib,
algoritmik yechimlar ochiq qoladi. Qo‘shimcha ravishda, dasturlarni patent yoki
nou-xau orqali muhofaza qilish imkoniyati cheklangan tarzda mavjud bo‘lsa-da,
amaliy jihatdan mualliflik huquqi ularni himoyalashning eng samarali va keng
qo‘llaniladigan vositasi bo‘lib qolmoqda.

Xulosa qilib aytganda, kompyuter dasturlarini huquqiy muhofaza qilishning

asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 1) dastur mualliflik huquqi obyekti
sifatida himoyalanadi (ijodiy asar deb e’tirof etiladi); 2) huquq avtomatik tarzda
vujudga keladi va muallifga butun dunyo miqyosida e’tirof etiladi (xalqaro
konvensiyalar orqali); 3) himoya muallifga eksklyuziv (mutlaq) huquqlarni
beradi va har qanday ruxsatsiz foydalanishni taqiqlaydi; 4) himoya muddati
cheklangan bo‘lib, muddat tugagach asar jamoat mulkiga o‘tadi; 5) huquqiy
himoya faqat asarning ifoda shakliga taalluqli bo‘lib, uning ostidagi g‘oyalarni
qamrab olmaydi; 6) xizmat vazifasini bajarish davomida yaratilgan dasturlar
bo‘yicha mulkiy huquqlar maxsus tartibda ish beruvchiga o‘tishi mumkin; 7)
dasturlarni muhofaza qilishda zaruratga ko‘ra patent huquqi va tijorat siri kabi
institutlar bilan uyg‘unlikda qo‘llanilishi mumkin, lekin asosiy himoya usuli
mualliflik huquqi hisoblanadi.