Авторы

  • Feruza Rahmonova
    ADPI talabalari
  • Oʻgʻiloy Oʻrinboyeva
    ADPI talabalari
  • Marjona Oxunova
    ADPI talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.108878

Ключевые слова:

taʼlim tizimi xalqaro baholash funksional savodxonlik PISA Oʻzbekiston

Аннотация

Ushbu maqolada Oʻzbekiston taʼlim tizimining hozirgi holati, undagi islohotlar va xalqaro baholash dasturlari (PISA, PIRLS, TIMSS) natijalari tahlil qilinadi. Mazkur tahlil orqali oʻquvchilarning funksional savodxonlik darajasi, taʼlim sifati va rivojlanish yoʻnalishlari aniqlanadi. Shuningdek, xalqaro reytinglarda Oʻzbekistonning oʻrni ham koʻrib chiqiladi va kelgusida taʼlimni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

167

OʻZBEKISTON TA'LIM TIZIMI VA XALQARO BAHOLASH

NATIJALARI TAHLILI

Rahmonova Feruza Shoyatbek qizi

Oʻrinboyeva Oʻgʻiloy Avazbek qizi

Oxunova Marjona Hojiakbar qizi

ADPI talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.15704419

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Oʻzbekiston taʼlim tizimining hozirgi holati,

undagi islohotlar va xalqaro baholash dasturlari (PISA, PIRLS, TIMSS) natijalari
tahlil qilinadi. Mazkur tahlil orqali oʻquvchilarning funksional savodxonlik
darajasi, taʼlim sifati va rivojlanish yoʻnalishlari aniqlanadi. Shuningdek, xalqaro
reytinglarda Oʻzbekistonning oʻrni ham koʻrib chiqiladi va kelgusida taʼlimni
takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Kalit so‘zlar:

taʼlim tizimi, xalqaro baholash, funksional savodxonlik, PISA,

Oʻzbekiston

Аннотация:

В статье рассматривается текущее состояние системы

образования Узбекистана, реформы в этой сфере и анализируются
результаты международных оценочных исследований (PISA, PIRLS, TIMSS).
Анализ позволяет определить уровень функциональной грамотности
учащихся, качество образования и направления его развития. Также
обсуждается место Узбекистана в международных рейтингах и
предлагаются рекомендации по совершенствованию образования.

Ключевые слова

: система образования, международная оценка,

функциональная грамотность, PISA, Узбекистан

Annotation:

This article analyzes the current state of Uzbekistan’s

education system, recent reforms, and the outcomes of international assessment
programs such as PISA, PIRLS, and TIMSS. Through this analysis, the level of
students’ functional literacy, the quality of education, and future development
priorities are identified. The article also discusses Uzbekistan’s position in global
rankings and offers recommendations for improving the education system.

Keywords:

education system, international assessment, functional literacy,

PISA, Uzbekistan

Taʼlim – har bir jamiyat taraqqiyotining poydevori boʻlib, inson kapitalini

shakllantirishda, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda va innovatsion
yondashuvlarni joriy etishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. XXI asrda bilim,
malaka va kompetensiyalarning doimiy yangilanib borishi sharoitida taʼlim sifati
global miqyosda eng dolzarb masalalardan biriga aylangan. Shu boisdan,
aksariyat

davlatlar

oʻz

taʼlim

tizimini

zamon

talablari

asosida


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

168

takomillashtirishga, xalqaro baholash tizimlari orqali natijadorlikni tahlil
qilishga eʼtibor qaratmoqda. Oʻzbekistonda ham mustaqillik yillaridan boshlab
taʼlim sohasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, soʻnggi
yillarda boshlangan sifat oʻzgarishlari, milliy oʻquv dasturlarini xalqaro
standartlarga moslashtirish, innovatsion texnologiyalarni taʼlim jarayoniga joriy
etish kabi harakatlar taʼlim tizimining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat
qilmoqda. Biroq, taʼlim sifatini obʼyektiv baholash va muammoli jihatlarni
aniqlash uchun faqat ichki koʻrsatkichlar emas, balki xalqaro baholash tizimlari
(PISA, PIRLS, TIMSS) natijalari asosida ham chuqur tahlil oʻtkazish zarur.
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimi maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim,
oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim bosqichlaridan iborat boʻlib, milliy
rivojlanish strategiyasining ajralmas tarkibiy qismi sanaladi. Soʻnggi yillarda
Prezident tashabbusi bilan qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun, “Ilm-fan
va innovatsiyani rivojlantirish strategiyasi” hamda “2022–2026 yillarga
moʻljallangan rivojlanish strategiyasi”da taʼlim sifatini oshirish, ustuvor
yoʻnalish sifatida belgilangan. Maktabgacha taʼlim qamrovining kengaytirilishi,
11 yillik umumiy taʼlimga qaytish, yangi avlod darsliklari va STEM
yondashuvining tatbiqi – bular taʼlim islohotlarining muhim bosqichlaridir.
Bugungi kunda oʻquvchilarning taʼlim sifati va funksional savodxonligini
baholashda PISA (Programme for International Student Assessment), PIRLS
(Progress in International Reading Literacy Study) va TIMSS (Trends in
International Mathematics and Science Study) kabi xalqaro dasturlar muhim
o‘rin tutadi. Ular nafaqat bilim darajasini, balki o‘quvchilarning hayotiy
vaziyatda mustaqil fikrlash, muammo yechish va amaliy bilimlarni qo‘llay olish
qobiliyatini ham o‘lchaydi. Bu esa taʼlim jarayonini natijadorlik asosida
baholashga imkon beradi. Oʻzbekistonning xalqaro baholash natijalaridagi
ishtiroki: Oʻzbekiston ilk bor 2018 yilda PISA dasturiga tayyorgarlik ishlarini
boshladi va 2022 yilda toʻlaqonli ishtirok etdi. Natijalarga koʻra, oʻzbek
oʻquvchilari matematika, o‘qish savodxonligi va tabiiy fanlar boʻyicha
koʻrsatkichlarda OECD davlatlariga nisbatan pastroq natijalarni qayd etdi.
Jumladan, funksional savodxonlik darajasi yetarli emasligi, ayniqsa murakkab
matnlarni tushunishda va real muammolarga yechim topishda qiyinchiliklar
mavjudligi kuzatildi. TIMSS va PIRLS natijalari ham shunga yaqin holatni
ko‘rsatdi. Matematika va tabiiy fanlar boʻyicha baʼzi hududiy farqlar, shuningdek,
shaharlik va qishloq o‘quvchilari o‘rtasidagi bilim nomutanosibligi aniqlandi. Bu
natijalar taʼlim tizimidagi muammolarni aniq ko‘rsatib beradi va ularni hal etish
zaruratini ochib beradi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

169

Xalqaro baholash natijalari asosida aniqlangan muammolar: PISA va boshqa

baholashlar asosida quyidagi muammolar aniqlangan:

O‘qituvchilar malakasining yetarli emasligi – zamonaviy metodikalardan

foydalana olmaslik;

O‘quvchilarning amaliy bilimlardan ko‘ra yodlashga asoslangan o‘qitish

usullariga duch kelayotgani;

Darsliklar va o‘quv-metodik materiallarning interaktiv va mantiqiy

fikrlashga yo‘naltirilmaganligi;

Taʼlim infratuzilmasidagi nomutanosibliklar – qishloq joylarda zamonaviy

laboratoriyalar, texnika va resurslarning yetishmasligi: Oilaviy va ijtimoiy
muhitning o‘quvchilarning bilim olishiga ta’siri. Islohotlar va tavsiyalar:
Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarda
islohotlarni davom ettirish maqsadga muvofiq:

O‘qituvchilar malakasini oshirish va sertifikatlashtirish tizimini

kuchaytirish;

O‘quv dasturlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida qayta ko‘rib

chiqish;

Darsliklarni amaliy mashg‘ulotlar, mantiqiy savollar va real hayotiy

vazifalar bilan boyitish;

Zamonaviy o‘quv texnologiyalarini, shu jumladan raqamli vositalarni keng

tatbiq etish;

Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan zaif hududlarga alohida e’tibor qaratish taʼlim

sohasini ustuvor yoʻnalish sifatida belgilab, tizimdagi muammolarni bartaraf
etish va xalqaro standartlarga moslashtirish uchun bir qator islohotlarni boshlab
yubordi. Jumladan: Taʼlim dasturlarini yangilash: Maktab o‘quv dasturlari
bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga moslashtirilmoqda. Matematika, tabiiy
fanlar va ona tili kabi asosiy fanlarda kompetensiyaviy yondashuv joriy
etilmoqda. Raqamlashtirish jarayonlari: Elektron darsliklar, videodarslar,
raqamli platformalar (Masalan: “Bilimlar bellashuvi”, “edu.uz”) orqali
o‘qituvchilarga va o‘quvchilarga qo‘shimcha bilim olish imkoniyati yaratilmoqda.
Xalqaro hamkorlik: BMT, YUNESKO, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼlim loyihalari amalga oshirilmoqda. Bu
loyihalar doirasida o‘qituvchilarning malakasi oshirilmoqda, zamonaviy uslub va
texnologiyalar joriy etilmoqda. Iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash:
Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar orqali
yuqori intellektual salohiyatga ega o‘quvchilar bilan alohida ishlash tizimi yo‘lga
qo‘yilmoqda.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

170

Xalqaro baholash natijalari Oʻzbekistonda taʼlimda ijtimoiy-iqtisodiy

tengsizlik mavjudligini ko‘rsatmoqda. Qishloq joylardagi o‘quvchilarning
shahardagi tengdoshlariga nisbatan pastroq natijalar qayd etayotganining asosiy
sabablari quyidagilar: O‘qituvchilar yetishmasligi va ularning malakasining
pastligi; Maktablarda laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasining yetarli
emasligi; Taʼlimga boʻlgan ota-onalarning eʼtibor darajasi va madaniy kapital
farqlari. Shu nuqtai nazardan, taʼlimda inklyuzivlik – yaʼni har bir o‘quvchining
imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish imkonini beruvchi sharoitlar yaratish
— muhim ahamiyat kasb etadi. Imkoniyati cheklangan bolalar, qizlar, kam
taʼminlangan oilalardagi o‘quvchilar uchun qo‘shimcha yordam tizimi, grantlar,
individual yondashuv asosida o‘qitish mexanizmlari ishlab chiqilmoqda. PISA va
boshqa xalqaro baholash natijalari Oʻzbekistonga taʼlim strategiyasini ilmiy
asosda shakllantirish uchun zarur tahliliy manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu
baholashlar orqali:

Taʼlimdagi zaif bo‘g‘inlar aniqlanadi;
O‘qitish jarayonida qanday o‘zgarishlar kiritish kerakligi ma’lum bo‘ladi;
Fanlar kesimida eng muhim ko‘nikmalar (tanqidiy fikrlash, mantiqiy tahlil,

muammo yechish) darajasi o‘lchanadi;

Global reytinglarda Oʻzbekistonning pozitsiyasi aniqlanadi. Demak, xalqaro

baholash natijalarini chuqur tahlil qilish va ulardan tegishli xulosa chiqarish
orqali mamlakat taʼlim tizimi yanada puxta asosda rivojlanishi mumkin. Buning
uchun taʼlim siyosatida qat’iy izchillik, barqaror investitsiyalar va ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash zarurdir. Oʻzbekistonning xalqaro baholashlardagi ishtiroki
nafaqat mavjud taʼlim holatini baholash, balki uzoq muddatli strategik qarorlar
qabul qilishda asos boʻlib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, 2022 yilda PISA dasturida
toʻlaqonli ishtirok etish orqali mamlakat taʼlim tizimidagi koʻp yillik muammolar
aniqlashtirildi va ularni bartaraf etish uchun ilmiy asoslangan takliflar ishlab
chiqildi. Amaliy ahamiyat: Siyosiy darajada qarorlar qabul qilishga turtki beradi:
Xalqaro natijalar asosida taʼlimga investitsiya jalb qilish, byudjet mablagʻlarini
taqsimlashda ustuvorliklarni belgilash imkoniyati yaratiladi. Hududiy farqlarni
aniqlash: Respublika bo‘yicha maktablar o‘rtasidagi natija tafovutlari asosida
hududiy taʼlim siyosati ishlab chiqiladi. Pedagogik yondashuvlarni yangilashga
asos bo‘ladi: Natijalar o‘qituvchilarning metodikasini takomillashtirish, faol va
muammo asosida o‘qitish usullarini keng joriy qilish zarurligini ko‘rsatdi.
Kelajak istiqbollari: PISA 2025 va keyingi baholashlarga tayyorgarlik: PISA 2022
natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish, 2025 yilgi baholashda
ijobiy oʻsishga erishish uchun kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

171

Milliy baholash tizimining mustahkamlanishi: Har yili ichki milliy baholash
(milliy PISA, milliy TIMSS) oʻtkazilib, oʻz ichki indikatorlarimiz bo‘yicha ham
dinamikani nazorat qilish zarur. Kadrlar salohiyatini oshirish: Yangi pedagoglar
avlodini tayyorlash, mavjud o‘qituvchilarning malakasini xalqaro standartlar
asosida doimiy oshirib borish ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi. Raqamli taʼlim
muhitini kengaytirish: Elektron platformalar, sunʼiy intellekt asosida o‘qitish va
shaxsiylashtirilgan taʼlim yechimlari orqali o‘quvchilarni rivojlantirish yo‘lga
qo‘yiladi.

Oʻzbekistonda taʼlim tizimini takomillashtirish soʻnggi yillarda davlat

siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan. Maktabgacha,
umumiy oʻrta va oliy taʼlim bosqichlarida bosqichma-bosqich amalga
oshirilayotgan islohotlar, o‘quv dasturlarining yangilanishi, innovatsion
texnologiyalarni joriy etish orqali taʼlim sifati oshirilmoqda. Biroq taʼlimda
erishilayotgan o‘sishlar real natijalar bilan birga xalqaro baholash tizimlari
orqali chuqur tahlil qilinmog‘i lozim. Xalqaro baholash dasturlari – xususan
PISA, PIRLS va TIMSS natijalari Oʻzbekiston taʼlim tizimidagi mavjud holatni
ob’ektiv ko‘rsatib berdi. Bu baholashlar nafaqat o‘quvchilarning bilim darajasini,
balki ularning mustaqil fikrlashi, real hayotiy muammolarga yondashuvi,
savodxonlik va raqamli ko‘nikmalar darajasini aniqlash imkonini berdi.
Baholash

natijalari

asosida

aniqlangan

muammolar

quyidagilardir:

o‘qituvchilarning zamonaviy metodikaga tayangan malakasi yetarli emasligi,
o‘quvchilarda amaliy fikrlash va funksional savodxonlik darajasining pastligi,
hududlar o‘rtasidagi tengsizlik, metodik materiallar va texnik ta’minot
yetishmovchiligi. Ushbu omillar PISA-2022 natijalarida ham aniq aks etgan. Shu
bilan birga, taʼlim tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar – masalan, o‘quv dasturlarini
kompetensiyaviy yondashuv asosida yangilash, raqamli taʼlim muhitini
rivojlantirish, Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan va inklyuziv taʼlim
muassasalarining tashkil etilishi — zamonaviy va raqobatbardosh avlodni
tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Kelib chiqib aytish mumkinki, xalqaro baholash
natijalariga tayanib, Oʻzbekiston quyidagi strategik choralarni kuchaytirishi
lozim:
o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash;
fanlar kesimida tanqidiy fikrlash, tahliliy savodxonlik, muammo yechish
ko‘nikmalarini shakllantirish;
pedagogik ta’limda xalqaro metodika va texnologiyalarni integratsiyalash;
hududlar kesimidagi taʼlimdagi tafovutlarni bartaraf etish;
baholash tizimini xalqaro standartlarga yaqinlashtirish;


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

172

har yillik ichki va xalqaro baholashlarga tayyorgarlikni tizimli ravishda tashkil
etish. Umuman olganda, taʼlim sifatini oshirishda xalqaro baholashlar – bu
nafaqat koʻrsatkich, balki strategik yoʻl xaritasi vazifasini oʻtaydi. PISA kabi
dasturlar orqali Oʻzbekiston oʻzining global miqyosdagi taʼlim salohiyatini
baholashi, kamchiliklarini bartaraf etishi va taʼlimda barqaror taraqqiyotga
erishishi mumkin

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga moʻljallangan
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” – Toshkent, 2022.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi. (2023). Milliy taʼlim dasturi va
baholash mezonlari – T.: O‘zbekiston Respublikasi XTV matbuot xizmati.
3. OECD (2023). PISA 2022 Results (Volume I): What Students Know and Can Do.
OECD Publishing, Paris.
4. International Association for the Evaluation of Educational Achievement
(IEA). TIMSS 2019 International Results in Mathematics and Science.
5. IEA. PIRLS 2021 International Results in Reading Literacy.
6. YUNESKO. (2022). Global Education Monitoring Report: Inclusion and
Education – Paris.
7. Rasulov B., Yo‘ldoshev M. (2021). Zamonaviy taʼlim va baholash tizimlari –
Toshkent: O‘zbekiston pedagogika nashriyoti.
8. Gʻulomov A. (2023). “Xalqaro baholashlar va milliy taʼlim sifati o‘rtasidagi
bogʻliqlik” // Taʼlim va Taraqqiyot ilmiy jurnali. – 2023, №2.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” – Toshkent, 2022.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi. (2023). Milliy taʼlim dasturi va baholash mezonlari – T.: O‘zbekiston Respublikasi XTV matbuot xizmati.

OECD (2023). PISA 2022 Results (Volume I): What Students Know and Can Do. OECD Publishing, Paris.

International Association for the Evaluation of Educational Achievement (IEA). TIMSS 2019 International Results in Mathematics and Science.

IEA. PIRLS 2021 International Results in Reading Literacy.

YUNESKO. (2022). Global Education Monitoring Report: Inclusion and Education – Paris.

Rasulov B., Yo‘ldoshev M. (2021). Zamonaviy taʼlim va baholash tizimlari – Toshkent: O‘zbekiston pedagogika nashriyoti.

Gʻulomov A. (2023). “Xalqaro baholashlar va milliy taʼlim sifati o‘rtasidagi bogʻliqlik” // Taʼlim va Taraqqiyot ilmiy jurnali. – 2023, №2.