MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
51
BURHONUDDIN MARG‘INONIYNING ILMIY MEROSI - “AL-HIDOYA”
ASARI
Ganiyev Eldorbek Abduraxmonovich
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar
universiteti yuridik byuro yuriskonsulti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15747247
Annotatsiya.
Ushbu maqolada “Al-Hidoya” asarining yaratilishi va
mazmun-mohiyati va huquqiy tadqiqot ishlarida o‘rganishdagi ahamiyati hamda
asarning o‘ziga xos jihatlari yoritilgan.
Аннотация.
В данной статье освещены создание и содержание труда
«Аль-Хидоя», его значение в правовых исследовательских работах, а также
уникальные особенности этого произведения.
Annotation.
This article highlights the creation and content of the work Al-
Hidāyah, its significance in legal research, and the unique features of this work.
Kalit so‘zlar:
inson huquqlari, himoya, erkinlik, adolat, javobgarlik.
Ключевые слова:
права человека, свобода, справедливость,
ответственность.
Keywords:
human rights, protection, freedom, justice, responsibility.
Burhoniddin Marg‘inoniyning “Al-Hidoya” asari o‘sha zamonlarda musulmonlar
duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan oilaviy va ijtimoiy
munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va
mas’uliyatlariga taalluqli juda ko‘p murakkab muammolarni huquqiy nuqtai
nazaridan hal etib berdi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, sharqning buyuk
huquqshunoslaridan biri Burhoniddin Marg‘inoniy XII asrdayoq o‘zining “Al-
Hidoya” asarida har bir insonning haq-huquqini saqlash zarurligi to‘g‘risida
muhim g‘oyani ilgari surgan edi. Ana shu muqaddas qadriyatlar bugun ham o‘z
dolzarbligini yo‘qotmagan va kun tartibiga hamohangdir
1
.
Burhoniddin Marg‘inoniyning “Al-Hidoya” asarini tadqiq etgan va nashrga
tayyorlagan olimlar A.Saidov, A.Jo‘zjoniy ta’kidlaganidek, “mana necha asrlardan
beri Hanafiy faqihlari orasida Burhoniddin Marg‘inoniyning bu asari katta shon-
shuhratga ega bo‘lib kelmoqda. “Hidoya” mumtoz tadqiqot sifatida har bir
qozining birinchi yordamchisi, shariatning qiyin masalalarini va huquqiy
masalalarni hal etishda rahbar qo‘llanma bo‘lgan”. Shu nuqtai nazardan aytish
mumkinki, Marg‘inoniyning “Hidoya” asari qator asrlar davomida musulmon
1
Инсон ҳуқуқлари бўйича Осиё форуми, 22.11.2018 й. (https://president.uz/uz/lists/view/2152)
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
52
mamlakatlarida muayyan darajada fiqh ilmining qomusi ham bo‘lib xizmat
qilgan
2
.
Burhonuddin Marg‘inoniy taxminan, 1165 yilda Bag‘dodga kelganida
Quduriyning «Muxtasarul quduriy» asarini tasavvuridagi fiqhga oid yozilgan
asarlar ichida eng munosib manba ekani va u asar o‘ziga juda manzur bo‘lganini
ta’kidlaydi.
3
Natijada u dastlab, Muhammad Shayboniyning «Al-Jomi’us-sag‘ir»
va Quduriyning «Muxtasarul quduriy» asarlari asosida «Bidoyatul-mubtadi»
asarini yozadi. Muallif keyinchalik ushbu asariga «Kifoyatul muntahi» nomli
sharh yozdi. Lekin ushbu yozgan sharhini hajm jihatidan katta bo‘lib ketgani
sababidan o‘qilmay qolmasin, foydali manba bo‘lsin degan maqsad qiladi.
Shundan so‘ng Burhonuddin Marg‘inoniy «Bidoyatul mubtadi» asariga avvalgi
«Kifoyatul muntahi» sharhiga nisbatan qisqa, zamondosh faqihlar tomonidan
ishlab chiqilgan va barcha sohalarda hanafiy fiqhini o‘zida mujassam qilgan asari
«Hidoya»ni yozishga ki- rishdi. Muallif ushbu «al-Hidoya» asarini o‘n uch yil
davomida, ro‘zador holatida ixlos va ilmga muhabbat bilan yozdi. U kishini
ushbu ixlosi keyinchilik «Hidoya»ni to hozirgi kunimizga qadar ilm ahlining e’ti-
boridan tushmagan mo‘tabar manba o‘laroq yetib kelishiga sabab bo‘ldi.
Burhonuddin Marg‘inoniy ushbu «Hidoya» asarini hijriy 573 (milodiy 1177) yil
zulqa’da oyining 4-kuni yozib tugatgan
4
.
“Hidoya” asari Yevropaning eng qadimgi universitetlaridan Fransiyaning
Sarbon, Angliyaning Oksford universiteti, AQShning Zaytuna oliygohi va
musulmon olamining eng qadimiy va nufuzli universitetlaridan al-Azhar,
Afg‘oniston Islom universiteti, Hindiston Aligarh muslim universiteti, Devband
dorul-ulumi, Pokiston Karachi Xalqaro islom universiteti va boshqa musulmon
mamlakatlari oliy o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlariga kiritilgan. Bu mashhur
kitob qonun tuzish tizimini rivojlantirish uchun asosiy manbalar sifatida
qo‘llanib kelinmoqda
5
.
Burhonuddin Marg‘inoniy yozgan to‘rt jildlik «al-Hidoya» kitobi, hanafiy
mazhabi bo‘yicha, eng muhim va mukammal huquqiy manba sifatida 57 ta kitob,
165 ta bob, 152 ta fasldan tarkib topgan bo‘lib, meros huquqidan tashqari, furu’
al-fiqhning barcha sohalarini qamrab olgan. Burhonuddin Marg‘inoniy meros
huquqini o‘z kitobiga kirgizmaganining sababi, Abu Hanifa rahmatullohi alayh
meros muammolarini bir mustaqil fan sifatida fiqh ilmidan ajratib, uni «faroiz
ilmi» deb atagani sabablidir.
2
Т.Қурбонов, Бурҳониддин Марғиноний - ислом ҳуқуқшунослигининг улкан намояндаси. (http://gulobodtongi.uz/jamiyat/buroniddin-
maroinoniy-islom-uushunosligining-ulkan-namoyandasi)
3
Соид Бектош, «Таҳқиқ ал-Ҳидоя», Мадина ал-Мунаввара: Дор ас-сирож, 2019.- Ж.1. - Б.7.
4
Ҳидоя (шарҳ бидоятул мубтади). Бурҳониддин Марғилоний. -Т.: “Hilol-Nashr”, 2022. – 896, 1-jild 11-12-b.
5
И.Бекмирзаев “Ҳидоя” асарининг юзага келиши ва унинг турли тиллардаги таржималари (https://www.doi.org/10.37547/ejar-v03-i02-p4-168)
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
53
«Hidoya»ning arabcha matni 4 jilddan iborat bo‘lib, uning har bir jildi
shariat nuqtai nazaridan ibodat va ijtimoiy hayotdagi turli xil muammolarning
shar’iy-huquqiy yechimiga bag‘ishlangan.
Birinchi jildi 5 kitobdan iborat bo‘lib, tahorat va amaliy ibodatlar namoz,
ro‘za, zakot va haj masalalariga bag‘ishlangan. Bu jild 47 ta bob va 37 ta fasldan
iborat.
Ikkinchi jildga nikoh, emizish huquqi, taloq qilish, qullarni ozod qilish, topib
olingan bolalarning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar,
bedarak yo‘qolganlar va yo‘qolgan buyumlar, sherikchilik shartlari, vaqf huquqi
kabi masalalar kiri- tilgan. Bu jild 60 ta bob, 36 ta fasldan tashkil topgan.
Uchinchi jild 14 ta kitobni o‘zi ichiga oladi. Bular: savdo-sotiq, sarroflik
(ya’ni pul ayrboshlash) masalalari, kafolat, havola (ya’ni qarzni birovga
o‘tkazish), qozilarning vazifalari, guvohlik berish, berilgan guvohlikdan qaytish,
vakolat, da’vo, iqror bo‘lish, sulh, mu- zoraba (ya’ni bir ishga pul tikish orqali
sherik bo‘lish), vadi’a (ya’ni pulni saqlashga berish), qarz berish, sovg‘a, ijara,
muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat),
majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo‘lgan qullar va bosqinchilik xususidagi
masalalar o‘rin olgan. Bu jildda 36 ta bob, 37 ta fasl bor.
To‘rtinchi jildda esa, shafe’lik huquqi (ya’ni imtiyozli huquq asosida sotib
olish), merosni taqsimlash, dehqonchilik hamda bog‘dorchilikka doir
shartnomalar, qurbonlikka so‘yiladigan jonliqlar, qurbonlik qilish shartlari,
shariatga zid keladigan narsalar haqida, tashlandiq yerlarni o‘zlashtirish
xususida, taqiqlangan ichimliklar, ovchilik, ga- rovga berish va olish, jinoyatlar,
xun haqi to‘lash, vasiyat kabi huquqiy masalalar yoritilgan. Bu jild 23 ta bob, 38
ta fasldan iborat
6
.
Aytish joizki, Burhoniddin Marg‘inoniyning “Al-Hidoya” asari o‘zbek va
musulmon huquqshunosligi tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asarlardan
biridir. Bu asar, asosan, islom huquqi, shariat qonunlari va ularning amaliyotiga
oid masalalarni yoritadi.
Asar turli huquqiy mavzularni qamrab oladi, jumladan, inson huquqlari,
fuqarolik, jinoyat, oilaviy, mehnat huquqi kabi sohalarga oid masalalar ko‘rib
chiqiladi. Inson qadr qiymati, ta’lim olish, fikr va so‘z erkinligi, e’tiqod erkinligi,
mulk muhofazasini ta’minlash choralari ushbu asarda turli uslublarda bayon
etiladi.
Ta’kidlash lozimki, Burhoniddin Marg‘inoniyning “Al-Hidoya” asarini keng
qamrovli o‘rganishda 2022-yilda ustoz olimlarning mehnati va ilmiy faoliyatlari
6
Ҳидоя (шарҳ бидоятул мубтади). Бурҳониддин Марғилоний. -Т.: “Hilol-Nashr”, 2022. – 896, 1-jild 23-24-b.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
54
natijasida 2022-yilda chop etilgan “Hidoya” (sharh bidoyatul mubtadi) asari juda
ahamiyatlidir. Barcha o‘quvichlar va tadqiqotchilar nomidan Burhoniddin
Marg‘inoniyning “Al-Hidoya” asarini o‘rganib, biz yosh avlod uchun tushunarli
tilda yetkzishga xizmat qilgan ustozlarga minnatdorchilik bildiramiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Ҳидоя (шарҳ бидоятул мубтади). Бурҳониддин Марғилоний. -Т.:
“Hilol-Nashr” Т.: 2022.
2.
Хидоя. Комментарии мусулманского права. Отв. ред. и авт. вступ.
стати и комментарий А.Саидов. Ташкент: Ўзбекистон, 1994.
3.
Мўминов
А.
Мовароуннаҳр
уламолари:
ҳанафийлар
//
Шарқшунослик. №9 /1999.
4.
Тошқулов. Ж., Юсупова Н., Бекмирзаев И., Сарсенбоев О., Масаидов С.
Ислом ҳуқуқшунослиги. Ўқув қўлланма. – Т.; Тошкент ислом университети
нашриёт матбаа бирлашмаси, 2014.
5.
З.Муқимов. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. Т. “Адолат” 2003
6.
Ўзбекистон Фанлар академияси Абу Райҳон Беруний номидаги
Шарқшунослик институти қўлёзмалар фондида №.Р.9445 рақам остида
сақланаётган «Виқоят арривоя» қоълёзма нусхаси. Б.1.
7.
Юсупова Н.Ж., Жузжоний А.Ш. Бурҳониддин Маргʻиноний: Ҳаёти ва
илмий мероси. – Т.: Академия, 2007.
8.
Наврўзова Г. Ал-Марғиноний ва Баҳовуддин Нақшбанд таълимоти.
// Ҳидоят. 2000.
9.
Маҳмуд Ҳасаний. Ал-Марғинонийнинг «Ҳидоя» асари ва унга ёзилган
шарҳлар. Тошкент: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 2000.
10.
И.Бекмирзаев “Ҳидоя” асарининг юзага келиши ва унинг турли
тиллардаги таржималари (ҳттпс://www.дои.орг/10.37547/ежар-в03-и02-
п4-168)
11.
Т.Қурбонов, Бурҳониддин Марғиноний - ислом ҳуқуқшунослигининг
улкан
намояндаси.
(ҳттп://гулободтонги.уз/жамият/бурониддин-
мароиноний-ислом-уушунослигининг-улкан-намояндаси)