Авторы

  • Madina Jo‘rayeva
    Namangan texnika unversiteti “Yengil sanoat mahsulotlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi doktoranti
  • Nargiza Nabidjonova
    Namangan To‘qimachilik sanoati instituti “Yengil sanoat mahsulotlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi t.f.d., professor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.113171

Ключевые слова:

bolalar kiyimi maxsus model ergonomika xavfsizlik funksional dizayn gigiyena harakat erkinligi.

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tavsiya qilinayotgan maxsus kiyim modellarining funksional, gigiyenik va estetik xususiyatlari o‘rganiladi. Bolalarning harakatlanish erkinligi, xavfsizligi va qulayligini ta’minlaydigan model yechimlari tahlil qilinadi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

198

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR MAXSUS KIYIMLARI UCHUN

TAVSIYA QILINAYOTGAN MODELLAR TAHLILI

Jo‘rayeva Madina Anasbek qizi

Namangan texnika unversiteti “Yengil sanoat mahsulotlarini konstruksiyalash va

texnologiyasi” kafedrasi doktoranti Tel: +998 90 6989592 E-mail:

madinaxanim1992@gmail.com

Nabidjonova Nargiza Nasimjanovna

Namangan To‘qimachilik sanoati instituti “Yengil sanoat mahsulotlarini

konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi t.f.d., professor Tel: +998 93

6710114 E-mail: nargiza_nabidjanova

https://doi.org/10.5281/zenodo.15721983

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tavsiya

qilinayotgan maxsus kiyim modellarining funksional, gigiyenik va estetik
xususiyatlari o‘rganiladi. Bolalarning harakatlanish erkinligi, xavfsizligi va
qulayligini ta’minlaydigan model yechimlari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

bolalar kiyimi, maxsus model, ergonomika, xavfsizlik,

funksional dizayn, gigiyena, harakat erkinligi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar organizmi faol rivojlanishda bo‘lgani

sababli, ular uchun mo‘ljallangan kiyimlarda nafaqat estetik go‘zallik, balki
qulaylik, xavfsizlik va harakat erkinligi muhim o‘rin tutadi. Maxsus model
yechimlar bolalarning kundalik faoliyatini yengillashtirish, iqlimga mos himoya,
gigiyenik talablarga javob berish kabi vazifalarni bajarishi lozim.

Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi bolalar uchun maxsus kiyim yaratish

bo'yicha ilmiy tadqiqotlar odatda kiyim dizayni, ergonomika, xavfsizlik, gigiena,
va bolalar psixologiyasiga oid tadqiqotlarni o'z ichiga oladi

Dr. Susan M. Johnson va Dr. Sandra M. Wallace kabi olimlar kiyim

dizaynida ergonomikani va bolalar uchun moslashuvchanlikni o'rganishadi. Dr.
Katherine R. Harris kabi olimlar bolalarning psixologik holatiga kiyimning ta'siri
haqida tadqiqotlar olib borgan. Dr. Karen L. Stout va Dr. Alice Thompson kabi
olimlar bolalar kiyimlarining gigiena va sog'liqni saqlash aspektlarini
o'rganishadi. Dr. Jane H. Parker va Dr. Emma Johnson kabi olimlar maktabgacha
ta'lim muassasasida bolalar kiyimlarini madaniy va ijtimoiy talablarga
moslashtirish bo'yicha tadqiqotlar olib borgan. Dr. Maria Lopez va Dr. Jessica
Green kabi olimlar ekologik va atrof-muhitni asrash talablarini inobatga olgan
holda bolalar kiyimlarini loyihalashga qaratilgan tadqiqotlar olib boradi. Dr.
Robert E. Miller va Dr. Linda B. Schmidt kabi olimlar kiyimlarning xavfsizlik
jihatlarini o'rganganlar.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

199

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tavsiya qilinayotgan maxsus kiyim

modellarida bir necha asosiy talablarga e’tibor qaratiladi:

Ergonomik shakl – kiyim bolalarning tana tuzilishiga mos, harakatlanishda

to‘siq bo‘lmaydigan bo‘lishi kerak.
Furnituralarning joylashuvi – fermuar, tugma va boshqalar bolaga zarar
yetkazmaydigan joyda joylashgan bo‘lishi zarur.

Matoning yengilligi – modellar yengil va nafas oluvchi matolardan tikilgan

bo‘lishi bolalarning harakatiga moslashuvchanlik beradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tavsiya qilish mumkin model turlari:
a) Ergonomik kombinezonlar – harakatlanish erkinligini ta’minlaydi, bel

va tizza joylari cho‘ziluvchan detallar bilan to‘ldirilgan.

b) Transformatsiyalanuvchi kostyumlar – ob-havo sharoitiga qarab

qismlari ajraladigan, masalan, yenglari olinadigan kurtkalar yoki shim-
kombinezonlar.

c) Himoyalovchi qoplamali kiyimlar – ayniqsa ochiq havoda ko‘p vaqt

o‘tkazadigan bolalar uchun suv o‘tkazmaydigan va shamolga chidamli modellar.

d) Gigiyenik ichki kiyimlar bilan integratsiyalangan modellar – terlashni

kamaytiruvchi, havo o‘tkazuvchanlikni oshiruvchi ichki qatlamlar mavjud
bo‘lgan kiyimlar.

Bolalar kiyimlarida yorqin ranglar, hayvoncha yoki ertak qahramonlari

shaklidagi detallar bolalar psixologiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga,
dekorativ elementlar (masalan, tugmalar, tasmalarning) mahkamligi, xavfsizligi
va yutib yuborish xavfini oldini oluvchi dizaynga ega bo‘lishi zarur.










1-rasm. Model-1

Tavsiya qilinayotgan model namunasi tavsifi


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

200

Quyidagi model namunasi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab

chiqilgan bo‘lib, uning asosiy funksional va estetik xususiyatlari quyidagilardan
iborat:

Model tuzilishi: Kiyim bir xil rangdagi futbolka va tizzagacha bo‘lgan

shimdan iborat bo‘lib, ustiga kengaytirilgan old himoya plashchasi (fartuk
shaklida) biriktirilgan

Matolar: Paxtali va sintetik aralash matodan tayyorlangan bo‘lib, yengil,

gigiyenik va havo o‘tkazuvchan xususiyatlarga ega.

Ranglar: Qizil binafsha rang tanlangan bo‘lib, bolaning faol kayfiyatini aks

ettiradi va yorqinlik orqali bolalar e’tiborini jalb qiladi.

Dekorativ element: Old qismida hayvoncha surati joylashtirilgan. Bu rasm

bolaning fantaziyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ergonomik qulaylik: Model bo‘sh qirqimda tikilgan bo‘lib, bolaning erkin

harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaydi. Yelka va tizzalarda ortiqcha bosim yoki
cheklov yo‘q.

Xavfsizlik: Tugma yoki fermuarlar mavjud emas, bu esa bolalar uchun

xavfsiz yechim hisoblanadi.
















2-rasm. Model-2.



background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

201

Xulosa

Tavsiya qilinayotgan modellar bolalarning sog‘lom rivojlanishiga mos,

gigiyenik, ergonomik va estetik jihatdan mukammal bo‘lishi kerak. Shuningdek,
model yechimlari nafaqat amaliy, balki bolaning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadigan tarzda ishlab chiqilishi zarur. Bolalar maxsus kiyimi loyihasini
yaratishdan maqsad bolalarni doimiy kiyimlarini ekspulotatsiyaga chidamligini
va yaroqlilik muddatni uzaytirishdan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Содиқова Maxsus kiyimlarni loyihalashda qo‘llaniladigan materiallarning
fizik-mexanik ko‘rsatkichlari taxlili “Tikuv-trikotaj sanoatida innovatsion
texnologiyalar va ishlab chiqarishdagi muammo, tahlil va sohani rivojlanish
istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy -amaliy konfrensiya. Namangan 2022. 7
8-oktabr.
2. Abbasova.N.G, Axmedov, B.B,Mahkamova.Sh.M, Ochilov.T.A. Yengil sanoat
mahsulotlari materialshunosligi (1-qism) “Yengil sanoat mahsulotlari
texnologiyasi yo‘nalishi bakalavrlari va magistrlari uchun T-2005 y
3. Очилов Т. ва бошқ. “Тўқимачилик материалларини синаш” Т, 2005.
4. М. Ризаметова Ф. Содиқова Maxsus kiyimlarni tikishda qo‘llaniladigan
maxsus materiallarning mexanik xossalari taxlili “Fan va ishlab chiqarish
integratsiyalashuvi sharoitida to‘qimachilik va yengil sanoatdagi muammolar va
ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman.
5.Abdullayev Qumri Madjidovna. Tikuvchilik buyumlarini loyihalash va
modellashtirish asoslari. Toshkent-2006
6.M.Juraeva. N.Nabijanova. Maktabgacha ta’lim muassasidagi bolalar maxsus
kiyimlari dizayn loyihasini takomilashtirish”
7.S.L.Georgiyevna. Maxsus kiyimlar dizaynini nazariy va uslubiy model-
konsepsiyasi tizimda loyihalashni boshlang’ich tadqiqot tuzilmasini
shakllantirish. Avtorefarat
8. SLIB.UZ
9.Arxiv.uz

Библиографические ссылки

Содиқова Maxsus kiyimlarni loyihalashda qo‘llaniladigan materiallarning fizik-mexanik ko‘rsatkichlari taxlili “Tikuv-trikotaj sanoatida innovatsion texnologiyalar va ishlab chiqarishdagi muammo, tahlil va sohani rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy -amaliy konfrensiya. Namangan 2022. 7 8-oktabr.

Abbasova.N.G, Axmedov, B.B,Mahkamova.Sh.M, Ochilov.T.A. Yengil sanoat mahsulotlari materialshunosligi (1-qism) “Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi yo‘nalishi bakalavrlari va magistrlari uchun T-2005 y

Очилов Т. ва бошқ. “Тўқимачилик материалларини синаш” Т, 2005.

М. Ризаметова Ф. Содиқова Maxsus kiyimlarni tikishda qo‘llaniladigan maxsus materiallarning mexanik xossalari taxlili “Fan va ishlab chiqarish integratsiyalashuvi sharoitida to‘qimachilik va yengil sanoatdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman.

Abdullayev Qumri Madjidovna. Tikuvchilik buyumlarini loyihalash va modellashtirish asoslari. Toshkent-2006

M.Juraeva. N.Nabijanova. Maktabgacha ta’lim muassasidagi bolalar maxsus kiyimlari dizayn loyihasini takomilashtirish”

S.L.Georgiyevna. Maxsus kiyimlar dizaynini nazariy va uslubiy model-konsepsiyasi tizimda loyihalashni boshlang’ich tadqiqot tuzilmasini shakllantirish. Avtorefarat

SLIB.UZ

Arxiv.uz