Авторы

  • Dilshod Nasulloyev
    O’zbekiston jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti Xalqaro munosabatlar ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.134804

Ключевые слова:

Rossiya harbiy aralashuvi Suriya mojarosi AQSh-Rossiya muzokaralari Bashar al-Asad IShID BMT rezolyutsiyalari Rossiya-Turkiya ziddiyatlari kurdlar masalasi Xitoy-Germaniya munosabatlari Shinjon Tayvan mojarosi Turkiya-Yevropa Ittifoqi aloqalari geosiyosiy qarama-qarshiliklar xalqaro diplomatiya.

Аннотация

Maqolada 2015-yilda Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi boshlanganidan so‘ng yuzaga kelgan geosiyosiy o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Rossiyaning harbiy harakatlari AQSh bilan munosabatlarni muayyan darajada iliqlashtirib, BMT Xavfsizlik Kengashining 2254-sonli rezolyutsiyasi doirasida Suriyada tinchlik va siyosiy barqarorlikka erishish bo‘yicha muzokaralarga turtki bo‘ldi. Rossiya Bashar al-Asad rejimini mustahkamlash bilan birga, IShID va “Jabhat an-Nusra” kabi terroristik guruhlarning kuchayishini jilovladi. Biroq bu jarayon Rossiya va Turkiya munosabatlarining keskinlashuviga olib keldi, ayniqsa kurdlar masalasi bu ziddiyatni kuchaytirdi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

67

XXI ASR JAHON SIYOSATI – GEOSIYOSIY TENDENSIYALARNING

KUCHAYISHI

Nasulloyev Dilshod Zuhridinnovich

O’zbekiston jahon tillari universiteti

Xalqaro jurnalistika fakulteti

Xalqaro munosabatlar ta’lim yo’nalishi

2-kurs talabasi

Tel:+998918329212

Email: nasulayevdilshod@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16917023

Annotatsiya

Maqolada 2015-yilda Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi

boshlanganidan so‘ng yuzaga kelgan geosiyosiy o‘zgarishlar tahlil qilinadi.
Rossiyaning harbiy harakatlari AQSh bilan munosabatlarni muayyan darajada
iliqlashtirib, BMT Xavfsizlik Kengashining 2254-sonli rezolyutsiyasi doirasida
Suriyada tinchlik va siyosiy barqarorlikka erishish bo‘yicha muzokaralarga
turtki bo‘ldi. Rossiya Bashar al-Asad rejimini mustahkamlash bilan birga, IShID
va “Jabhat an-Nusra” kabi terroristik guruhlarning kuchayishini jilovladi. Biroq
bu jarayon Rossiya va Turkiya munosabatlarining keskinlashuviga olib keldi,
ayniqsa kurdlar masalasi bu ziddiyatni kuchaytirdi. Shuningdek, maqolada Xitoy
va Germaniya o‘rtasidagi tarixiy diplomatik aloqalar, ularning taraqqiyoti,
iqtisodiy va siyosiy hamkorlik yo‘nalishlari tahlil qilinadi. XXR va Germaniya
o‘rtasidagi munosabatlar ijobiy yo‘nalishda rivojlangan bo‘lsa-da, 2019-yildan
boshlab uyg‘urlar, koronavirus va Tayvan masalasi sababli qarama-qarshiliklar
yuzaga keldi. Oxirgi qismda Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar
tahlil qilinib, Turkiyaning mintaqaviy siyosiy-iqtisodiy mavqei, migratsiya
jarayonlaridagi roli, va tarixiy omillar bu aloqalarning murakkab tabiatini
belgilab berayotgani ta’kidlanadi. Maqola global siyosatdagi o‘zaro manfaatlar,
qarama-qarshiliklar va diplomatik muvozanatni chuqur tahlil qilgan.

Kalit so’zlar:

Rossiya harbiy aralashuvi, Suriya mojarosi, AQSh-Rossiya

muzokaralari, Bashar al-Asad, IShID, BMT rezolyutsiyalari, Rossiya-Turkiya
ziddiyatlari, kurdlar masalasi, Xitoy-Germaniya munosabatlari, Shinjon, Tayvan
mojarosi, Turkiya-Yevropa Ittifoqi aloqalari, geosiyosiy qarama-qarshiliklar,
xalqaro diplomatiya.
So‘nggi yillarda global siyosiy maydonda yuz berayotgan keskin o‘zgarishlar,
ayniqsa, Yaqin Sharq va Osiyo-Yevropa mintaqalaridagi geosiyosiy jarayonlar
xalqaro aloqalar tizimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu jarayonlarda
Rossiyaning Suriyadagi harbiy faoliyati, Turkiyaning mintaqadagi strategik


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

68

pozitsiyasi, shuningdek, Germaniya va Xitoy kabi yirik davlatlar o‘rtasidagi
siyosiy-iqtisodiy munosabatlar alohida o‘rin egallaydi. Jumladan, 2015–2016-
yillar davomida Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar faollashib, Suriyadagi
siyosiy yechimlarni izlash jarayoniga turtki berdi. Shu bilan birga, Rossiyaning
harbiy aralashuvi nafaqat Bashar al-Asad rejimini mustahkamladi, balki
mintaqadagi jihodchi guruhlarning faolligini kamaytirishga xizmat qildi. Mazkur
vaziyat, ayniqsa, Turkiya uchun sezilarli siyosiy va xavfsizlik tahdidlarini yuzaga
keltirdi. Rossiya va Turkiya o‘rtasida Suriyadagi kurdlar masalasi bo‘yicha
keskin ziddiyatlar vujudga kelib, ikki tomonlama munosabatlar murakkab tus
oldi. Turkiya, o‘z navbatida, G‘arb bilan aloqalarini mustahkamlashga intilar
ekan, shu bilan birga Rossiya bilan ham muvozanatli siyosat olib borishga
harakat qilmoqda. Boshqa tomondan, Xitoy va Germaniya o‘rtasidagi diplomatik
aloqalar ham o‘ziga xos tarixiy va siyosiy dinamikaga ega. XIX asr oxiridan
bugungi kungacha rivojlanib kelayotgan bu munosabatlar bugun yirik iqtisodiy
va siyosiy manfaatlarga asoslanmoqda. Shunga qaramay, inson huquqlari,
Tayvan va Shinjon masalalari bo‘yicha qarama-qarshi pozitsiyalar ikki davlat
o‘rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, Turkiyaning Yevropa
Ittifoqi bilan munosabatlari ham geosiyosiy muvozanatni shakllantiruvchi asosiy
omillardan biridir. Turkiya Yevropa davlatlari uchun muhim strategik sherik
sifatida qaralmoqda: u energiya tranziti, xavfsizlik, migratsiya nazorati va
iqtisodiy hamkorlik masalalarida o‘z o‘rniga ega.

Ushbu maqolada Rossiyaning Suriyadagi harbiy aralashuvi, Rossiya-

Turkiya munosabatlarining murakkab jihatlari, Xitoy va Germaniya o‘rtasidagi
diplomatik aloqalarning tarixiy rivoji va zamonaviy bosqichlari, shuningdek,
Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi strategik hamkorlik yoritiladi. Har bir
bo‘limda muhim tarixiy faktlar, xalqaro siyosiy dinamikalar va davlatlararo
manfaatlar o‘zaro taqqoslab tahlil qilinadi.

Asosiy qism

Ukrainadagi Rossiyaning harbiy operatsiyasi boshlangach, bir necha oy

ichida Rossiya, AQSh va G‘arb davlatlari o‘rtasida munosabatlarda biroz iliqlik
paydo bo‘ldi. Bu holatning sababi sifatida Rossiyaning Suriyadagi ta’sirining
kuchayishi va ushbu muammoni diplomatik aloqalarsiz hal etishning
imkonsizligi ko‘rsatildi. Shu bilan birga, Rossiyaning Suriyadagi harbiy faoliyati
Vashingtonni jiddiy harakatga undadi va ularni uzoq vaqt davom etayotgan
Suriya va Iroqdagi muammolarni hal qilishga jalb qildi. Bu jarayon faqat IShIDga
qarshi kurashni kuchaytiribgina qolmay, balki siyosiy yechimlarni izlashga ham
turtki bo‘ldi. Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar BMT Xavfsizlik


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

69

Kengashining Suriyada tinchlik va siyosiy barqarorlikni ta’minlash hamda
Jeneva muzokaralarining birinchi bosqichini tashkil etuvchi 2254-son
rezolyutsiyasining qabul qilinishida muhim rol o‘ynadi. 2016 yil fevral oxirida
e’lon qilingan tinchlik holatining asosiy sababi sifatida AQSh va Rossiya
prezidentlari o‘rtasidagi muloqot ko‘rsatildi.

2016 yil 15 martdan boshlab Rossiyaning asosiy qo‘shinlari Suriyadan

chiqarildi, ammo bunda Rossiya bir qator yutuqlarga erishdi. Birinchidan,
Rossiyaning harbiy aralashuvi Suriyadagi kuchlar balansini o‘zgartirib, Bashar
al-Asad rejimining nafaqat saqlanib qolishini, balki hududlarini kengaytirishini
ta’minladi. Ikkinchidan, Suriyadagi turli jihodchi terroristik guruhlar, jumladan
IShID va “Jabhat an-Nusra”ning kuchayishini oldini oldi. Uchinchidan, “Mo‘’tadil
muxolifat” va hukumat o‘rtasida 2015 yil 27 fevralda Jenevada otishmalarni
to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Biroq, ko‘p millatli va murakkab
fuqarolar urushida BMTning aralashuvi boshqa yirik natijalar keltirishi qiyin edi.
2016 yil boshiga kelib, Suriyada bombardimon qilinadigan nishonlar deyarli
qolmagan edi. Rossiya havo hujumlari esa Suriyaning quruqlikdagi harbiy
harakatlarini tubdan o‘zgartira olmadi. Bu holat muammoning faqat siyosiy yo‘l
bilan hal etilishi zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi. Lekin, umumiy ma’noda,
Rossiyaning Suriyadagi harbiy harakatlari natijasida Bashar al-Asad rejimi o‘z
mavqeini mustahkamladi va nazorati ostidagi hududlarni kengaytira oldi. Shu
bilan birga, Rossiyaning faol harbiy aralashuvi IShID va “Jabhat an-Nusra” kabi
terroristik guruhlarning kuchini kamaytirishga xizmat qildi. Bu harakatlar
nafaqat harbiy sohada, balki siyosiy jarayonda ham o‘z aksini topdi: Rossiya va
AQSh o‘rtasidagi muzokaralar faollashib, Suriyada siyosiy yechim izlashga turtki
bo‘ldi. Suriyadagi “mo‘tadil muxolifat” va hukumat o‘rtasida otishmalarni
to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlar yuzaga keldi, shuningdek, BMT tomonidan
tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlashga doir rezolyutsiyalar qabul qilindi. Shu
bilan birga, Rossiyaning harbiy harakatlari Turkiya bilan munosabatlarning
murakkablashishiga olib keldi, chunki ularning Suriyadagi manfaatlari
to‘qnashdi va bu ikki davlat o‘rtasida siyosiy va harbiy ziddiyatlarni kuchaytirdi.

Rossiya va Turkiya munosabatlaridagi murakkabliklar

2015 yil oxirida Rossiya va Turkiya o‘rtasida katta inqiroz yuzaga keldi.

Moskvaning Suriyaga aralashuvi Turkiyaning mintaqadagi siyosiy rejasini buzdi,
ayniqsa, Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdoganning siyosiy va diniy kuchlari
bilan to‘qnash kuchaydi. Rossiya nafaqat Bashar al-Asad rejimini
mustahkamladi, balki nazorati ostidagi hududlarni kengaytirdi, bu esa
Turkiyaning strategik manfaatlariga zid bo‘ldi. Suriyaning shimolidagi kurd


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

70

guruhlari bilan hamkorlik qilib, Turkiyaning qo‘llab-quvvatlayotgan jangarilarini
chetlatdi. Rossiyaning havo hujumlari Turkiyaga noqonuniy neft tranzitini
to‘xtatishga yordam berdi, shuningdek, “Su-24” rus samolyoti urib tushirilgach,
Suriya osmonini Turkiyaga yopish imkonini berdi. Turkiya uchun Suriyadagi
kelajakdagi siyosiy tuzum qanday bo‘lishi qiziq emas, chunki hozirgi vaziyat
Anqaraga qattiq mos kelmaydi. Shunga qaramay, Erdogan Rossiyaning
Suriyadagi harbiy harakatlarini o‘z ichki islomchi va millatchi guruhlarini
birlashtirish uchun ishlatmoqda.

1- rasm. Sochi shahri. V.Putin va R.T.Erdo‘g‘an uchrashuvi

Rossiya-Turkiya munosabatlaridagi eng katta muammolardan biri Suriyadagi
kurdlar masalasidir. Turkiya ularni terrorchi deb biladi va ularning
pozitsiyalarini yo‘q qilishni talab qiladi. Turkiya hatto Suriya shimolidagi
kurdlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bombardimon qilishni boshladi. Rossiya esa AQSh
bilan birgalikda kurd guruhlarini IShIDga qarshi kurashda va siyosiy
jarayonlarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo yordam cheklangan —
faqat rasmiy NPO ochishga ruxsat berish va yengil qurollar yetkazib berish
darajasida amalga oshirilmoqda. Anqaraning Suriyadagi yo‘li AQSh va Rossiya
munosabatlarini yanada murakkablashtirdi. Suriya-Turkiya chegarasidagi
mojaro holatni muvozanatdan chiqarishi va Turkiyaning to‘liq harbiy
aralashuviga olib kelishi mumkin edi. Bu holat AQShni diplomatik harakatlarni
kuchaytirishga, NATOni Suriyadagi Rossiyaga qarshi chiqmaslikka, shuningdek,
Turkiyaning kurd muammosini chetlab o‘tish yo‘llarini izlashga majbur qildi.
Agar AQSh va NATO Turkiyaning Suriyadagi siyosatini ma’lum chegarada


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

71

nazorat qilsa, Rossiya Damashqni tinchlikka majburlab, jihodchi guruhlarni aniq
belgilashda yumshoqlik ko‘rsatdi. Bu esa o‘z navbatida AQSh va Rossiya
o‘rtasidagi kelishuvlarga, xalqaro qo‘llab-quvvatlash guruhining roziligiga va
BMT Xavfsizlik Kengashining 2268-son rezolyutsiyasi asosida tinchlik bitimiga
erishishda muhim rol o‘ynadi.

1

Germaniya va Xitoy munosabatlari

Xitoy va Germaniya o‘rtasidagi rasmiy diplomatik aloqalar 1861-yilda

boshlangan, bu Prussiya va Sin sulolasi o‘rtasida Eulenburg ekspeditsiyasi
doirasida Xitoy-Germaniya shartnomasining imzolanishi bilan bog‘liq. O‘n yil
o‘tgach, Germaniya imperiyasi tashkil topgach, u Prussiya davrida Xitoy bilan
tuzilgan kelishuvlarni meros qilib oldi. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida
Xitoy-Germaniya munosabatlari ko‘pincha murakkablashdi, chunki Germaniya
Xitoyda

o‘z

ta’sir

doirasini

kengaytirishda

boshqa

Yevropa

mustamlakachilarining uslublarini taqlid qilardi. 1914-yilda Germaniya Xitoyda
bir nechta imtiyozli hududlarni boshqarardi, jumladan Yantay, Sindao portlari
va eng muhimlaridan biri — Jiaozjou koʻrfazi ijaraga olingan hududlar qatoriga
kirdi. Germaniya Sakkiz Millat Alyansining a’zosi sifatida Ixetuan qo‘zg‘olonini
bostirishda ishtirok etgan. Birinchi jahon urushidan keyin Germaniya Xitoydagi
barcha ustunliklarini yo‘qotdi. Shunga qaramay, Xitoy bilan aloqalar asta-sekin
yaxshilana boshladi, ayniqsa nemis harbiy maslahatchilari Gomindang
hukumatining Milliy inqilobiy armiyasiga yordam bergan paytda. Biroq 1930-
yillarda Adolf Gitlerning Yaponiya bilan ittifoq tuzishi munosabatlarni
o‘zgartirdi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Germaniya ikki davlatga bo‘lindi:
G‘arbiy Germaniya — liberal va demokratik, va Sharqiy Germaniya —
kommunistik davlat. Sovuq urush davrida G‘arbiy Germaniya Qo‘shma Shtatlar
bilan ittifoqchilik qilib, kommunizmga qarshi blokda turdi, shu bilan Xitoy Xalq
Respublikasiga (XXR) nisbatan qarama-qarshilik yuzaga keldi. Sharqiy
Germaniya esa Sovet Ittifoqi orqali XXR bilan yaqin hamkorlik o‘rnatdi.
Germaniya qayta birlashgach, ikki davlat — Germaniya va Xitoy o‘rtasidagi
munosabatlar sekin-asta yaxshilana bordi va bugungi kunda ham davom
etmoqda.
Bugungi kunga kelib Xitoy va Germaniya o‘rtasidagi diplomatik aloqalar
yuqori darajada tez-tez amalga oshiriladigan rasmiy tashriflar tufayli barqaror
tarzda rivojlanmoqd. 1993—1998-yillar davomida ikki mamlakat rahbarlari

1

Çavuşoğlu, M. “Turkey’s Active Foreign Policy in a Changing World.” Turkish Policy Quarterly, 2015. — Vol. 13,

No. 2


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

72

jami 52 marta yuzma-yuz uchrashdi. Germaniya hududiga tashrif buyurgan
Xitoy yetakchilari qatorida Xitoy Kommunistik Partiyasining sobiq Bosh kotibi
Jiang Zemin, Butunxitoy xalq vakillari kengashi (XDP) Doimiy qo‘mitasi sobiq
raisi Siao Shi hamda Xitoy sobiq Bosh vaziri va NPC doimiy kengashi raisi Li
Peng bor edi. Shu bilan birga, Germaniyaga kelgan Xitoy delegatsiyalarini
Germaniya prezidenti Roman Gersog, kansler Helmut Kol, tashqi ishlar vaziri
Klaus Kinkel va davlat vaziri Lyudjer Volmer qabul qilgan. Xususan, kansler
Helmut Kol 1993 va 1995-yillarda ikki marta Xitoyga tashrif buyurgan. 1998-yil
oktabrida yangi hukumat shakllangach, kansler Gerxard Shröder uch marta
Xitoyga tashrif qildi. Shuningdek, Germaniyaning birin-ketin bosh vazir
o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Yoshka Fisher, mudofaa vaziri Rudolf Sharping
hamda iqtisod va texnologiyalar vaziri Verner Myuller Xitoyga rasmiy tashriflar
amalga oshirdi. Germaniya tomoni Xitoy Bosh vaziri Chju Rongji, tashqi ishlar
vaziri Tang Jiaxuan, Davlat maslahatchisi Vu Yi va Kommunistik Partiyaning
Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zolari Vey Tszyansin va Xu Szintaoni kutib
olishdi. 1998-yildan keyin ham ikki tomonlama aloqalar sezilarli darajada
yaxshilandi. Masalan, 2003-yilda Iroqning ishg‘ol qilinishiga qarshi Pekin va
Berlin ham kuchli qarshilik ko‘rsatdi. 2006-yilda Germaniya — Yevropa
Ittifoqining eng yirik iqtisodiyoti va eng ko‘p aholiga ega davlat sifatida — va
Xitoy o‘zaro siyosiy, iqtisodiy hamda Xitoy-Yevropa Ittifoqi strategik
hamkorliklarini yanada mustahkamladi. Shuningdek, 2011-yilda Liviyada yuz
bergan fuqarolar urushida Germaniya va Xitoy harbiy aralashuvga qarshi
ekanliklarini bildirdi. Xitoy Bosh vaziri Ven Jiabaoning Germaniyaga tashrifi
oldidan Xitoy hukumati Yevropadagi davlatlar uchun birinchi edi. Bu tashrif ikki
tomonlama aloqalarning eksklyuziv mexanizmi bo‘lgan birinchi Xitoy-
Germaniya hukumatlararo maslahatlashat uchun zami yaratdi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

73

2- rasm. Pekin shahri. Germaniya kansleri A.Merkel va XXR raisi Si Szinpin

2019-yil iyul oyida BMTga a’zo 22 davlat, jumladan Germaniya elchilari, Xitoy
hukumati tomonidan uyg‘urlarga va boshqa ozchiliklarga nisbatan inson
huquqlarining buzilishi hamda Shinjon hududidagi internirlash lagerlari haqida
bayonot berdi va Xitoy yetakchisi Si Szinpinni ushbu lagerlarni yopishga
chaqirdi. 2019-yil sentabr oyida Xitoyning Germaniyadagi elchisi Germaniya
tashqi ishlar vaziri va Gonkong faoli Joshua Vong bilan uchrashuvi Xitoy bilan
aloqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida ogohlantirdi. 2020-yil 22-aprelda
Germaniya Ichki ishlar vazirligi xitoylik diplomatlarning Germaniya rasmiylarini
Xitoyning koronavirusga qarshi kurashini ijobiy ko‘rsatishga chaqirganligi
haqida rasmiy xabar tarqatdi. Biroq Germaniya hukumati bunday talablarni
qabul qilmadi. 2020-yil dekabr oyida Germaniya BMT Xavfsizlik Kengashidagi
ikki yillik vakolat muddati tugashi munosabati bilan, Xitoy elchisi Geng Shuang
Germaniyadan ozod qilish so‘ralgan ikki nafar fuqaroga (Kanadalik Maykl Kovrig
va Maykl Spavor) munosabat bildirarkan, „Yurakdan xayrli bo‘lsin“ dedi. 2021-
yil oktabr oyida Global Times gazetasining tvitida „Tayvan masalasiga yakuniy
yechim“ haqidagi post nemis siyosatchisi Frank Myuller-Rozenritt tomonidan
Holokost davrida yahudiylarga qilingan „yakuniy yechim“ bilan qiyoslanib,
qattiq tanqid qilindi. 2021-yil dekabr oyida Litva bilan Xitoy o‘rtasidagi Tayvan
va inson huquqlari bo‘yicha diplomatik ziddiyat sababli Xitoy nemis
kompaniyalarini, jumladan Continental AG’ni Litva bilan savdoni to‘xtatishga
bosim o‘tkazdi. Bundesverband der Deutschen Industrie Litva mahsulotlariga
integratsiyalashgan ta’minot zanjirlarida import taqiqini kengaytirishni
„halokatli shaxsiy maqsad“ deb atadi

2

Turkiya va Yevropa Ittifoqi munosabatlari

Yevropa davlatlari Turkiyani bir nechta muhim jihatlarda alohida mavqega

ega mamlakat sifatida ko‘rmoqdalar. Avvalo, u mintaqadagi eng kuchli siyosiy-
iqtisodiy qudratga ega davlatlardan biri sanaladi. Shuningdek, energiya
resurslarining Yevropaga yetkazilishida muhim tranzit yo‘lagi bo‘lib xizmat
qilmoqda. Bundan tashqari, u Yevropaga yo‘l olgan migrantlarning katta qismini
o‘z hududida ushlab qoluvchi davlat vazifasini bajaradi. Shu bilan birga, ayrim

2

Global Times. “Tensions Rise Over Taiwan-Germany Remarks.” 2021.

https://www.globaltimes.cn


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

74

arab davlatlariga qarshi raqobatbardosh iqtisodiyotga ega mamlakat sifatida
ham ko‘zga tashlanadi. Turkiya BMT, NATO hamda YEXHT doirasida
o‘tkaziladigan tinchlikni saqlash operatsiyalarida faol qatnashib, xalqaro
maydonda muhim rol o‘ynamoqda. U Yevropada ishlab chiqarilgan mahsulotlar
uchun istiqbolli bozor ham sanaladi.

Tarixiy nuqtai nazardan olib qaralganda, Mustafo Kamol Otaturk vafotidan

so‘ng Turkiya tashqi siyosatida noaniqlik, beqarorlik va sustlik kuzatilgan.
Ayniqsa, 1960-1990-yillar oralig‘idagi davrda Turkiyaning Yevropa davlatlari
bilan aloqalari ko‘pincha qo‘shni mamlakatlar bilan mavjud ziddiyatlar fonida
rivojlangan. Shu yillarda Turkiya o‘z atrofidagi deyarli barcha qo‘shni davlatlar
bilan hududiy, siyosiy va iqtisodiy kelishmovchiliklarga ega edi. Tashqi
siyosatdagi muammolar yildan-yilga ortib borgan.

3

3- rasm Vilnyus shahri. Yevropa Kengashi raisi Sharl Mishel va

R.T.Erdo‘g‘an uchrashuvi

Turkiyaning taniqli siyosiy arboblaridan biri — sobiq Bosh vazir Ahmet

Dovuto‘g‘lining fikricha, bu muammolarni bartaraf etish maqsadida mamlakat
"Strategik chuqurlik" tamoyiliga asoslangan tashqi siyosat konsepsiyasini ishlab

3

Dovutoğlu, A. “Stratejik Derinlik: Türkiye’nin Uluslararası Konumu.” İstanbul: Küre Yayınları, 2001.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

75

chiqqan va bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etgan. Ushbu konsepsiyada
G‘arbga qaratilgan siyosiy e’tibor muvozanatli tarzda Sharq davlatlariga
yo‘naltirilmoqda. Yondashuv yangicha diplomatik vositalarni, xususan xorijdagi
turk diasporasining kuchidan foydalanish kabi uslublarni ham o‘z ichiga oladi.
Konsepsiya doirasida Turkiya o‘zini xalqaro ziddiyatlarda vositachi sifatida
taklif etayotganini ham kuzatish mumkin. Bu jumladan, Tog‘li Qorabog‘, Kipr,
Iroq, Suriya, Falastin-Isroil mojarolari kabi uzoq yillardan beri hal etilmay
kelayotgan masalarga taalluqlidir. Hozirgi kunda Turkiya tashqi siyosati G‘arb va
Sharq davlatlari bilan alohida yo‘nalishlarda yuritilmoqda. Mamlakat o‘zining
geosiyosiy va strategik manfaatlaridan kelib chiqib, AQSh, Germaniya, Fransiya,
Italiya, Rossiya va Xitoy bilan muvozanatga asoslangan aloqalarni yo‘lga
qo‘yishga intilmoqda. Ayniqsa, Rossiya bilan bo‘lgan munosabatlar tarixan
murakkab bo‘lib, bu ikki davlat o‘rtasida asrlar davomida ko‘plab urushlar bo‘lib
o‘tgan. Shuning uchun ham bu munosabatlar ko‘p hollarda beqaror va
o‘zgaruvchan bo‘lib kelgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. European External Action Service (EEAS). “EU-Turkey Relations: A
Complicated Partnership.” 2021. https://www.eeas.europa.eu
2. Dovutoğlu, A. “Stratejik Derinlik: Türkiye’nin Uluslararası Konumu.” İstanbul:
Küre Yayınları, 2001.
3. Chavushoğlu, M. “Turkey’s Active 1. Баринов, А. И. Сирия в стратегических
интересах России и США // Международная жизнь. — 2016. B. 45–59.
4. Chavushoğlu, M. “Turkey’s Active Foreign Policy in a Changing World.”
Turkish Policy Quarterly, 2015. — B- 13
5. Trenin, D. “What is Russia up to in the Middle Objectives and Results.” Valdai
Discussion Club, 2016. https://valdaiclub.comEast?” Polity Press, 2018.
6. Ershen, E. Turkey's Foreign Policy Toward Syria: A Balance Between Strategic
Depth and Regional Crisis. Turkish Studies, 2016. B. 387–406.
7. Гусейнов, В. “Россия и Турция: конкуренция и сотрудничество в
Сирии” .Восток (Oriens). — 2017. B. 5–15.
8. “UN Security Council Resolution 2254 on Syria.” United Nations Security
Council, 18 December 2015.
https://www.un.org/press/en/2015/sc12171.doc.htm
9. Kardash, Shaban. “Turkey’s Middle East Policy from Zero Problems to
Strategic Depth.” ORSAM Report , 2015.. Federal Foreign Office of Germany.
“Germany–China Relations.” https://www.auswaertiges-amt.de
10. Zhao, S. “China’s Diplomacy and Its European Partners: A Study on China–
Germany Relations.” Journal of Contemporary China, 2020. B. 507–522.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

76

11. Bundeszentrale fur politische Bildung (BPB). “Deutsch-chinesische
Beziehungen: zwischen Wirtschaft und Werten.” https://www.bpb.de
12. Foreign Policy in a Changing World.” Turkish Policy Quarterly, 2015. B -13

Библиографические ссылки

European External Action Service (EEAS). “EU-Turkey Relations: A Complicated Partnership.” 2021. https://www.eeas.europa.eu

Dovutoğlu, A. “Stratejik Derinlik: Türkiye’nin Uluslararası Konumu.” İstanbul: Küre Yayınları, 2001.

Chavushoğlu, M. “Turkey’s Active 1. Баринов, А. И. Сирия в стратегических интересах России и США // Международная жизнь. — 2016. B. 45–59.

Chavushoğlu, M. “Turkey’s Active Foreign Policy in a Changing World.” Turkish Policy Quarterly, 2015. — B- 13

Trenin, D. “What is Russia up to in the Middle Objectives and Results.” Valdai Discussion Club, 2016. https://valdaiclub.comEast?” Polity Press, 2018.

Ershen, E. Turkey's Foreign Policy Toward Syria: A Balance Between Strategic Depth and Regional Crisis. Turkish Studies, 2016. B. 387–406.

Гусейнов, В. “Россия и Турция: конкуренция и сотрудничество в Сирии” .Восток (Oriens). — 2017. B. 5–15.

“UN Security Council Resolution 2254 on Syria.” United Nations Security Council, 18 December 2015.

Kardash, Shaban. “Turkey’s Middle East Policy from Zero Problems to Strategic Depth.” ORSAM Report , 2015.. Federal Foreign Office of Germany. “Germany–China Relations.” https://www.auswaertiges-amt.de

Zhao, S. “China’s Diplomacy and Its European Partners: A Study on China–Germany Relations.” Journal of Contemporary China, 2020. B. 507–522.

Bundeszentrale fur politische Bildung (BPB). “Deutsch-chinesische Beziehungen: zwischen Wirtschaft und Werten.” https://www.bpb.de

Foreign Policy in a Changing World.” Turkish Policy Quarterly, 2015. B -13