Авторы

  • Mexriddin Xazratоv
    Tоshkent davlat yuridik universiteti mustaqil tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.135568

Аннотация

Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u yangi biznes imkoniyatlarini yaratish, risklarni boshqarish va foyda olish maqsadida resurslarni boshqarish va ijro etishni o‘z ichiga oladi. Tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy o‘sish, yangiliklar kiritish va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga xizmat qiladi. Tadbirkorlik faoliyati dastlab shaxsiy savdo-sotiq, qo‘shma korxonalar tashkil qilish va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan. Ammo tarix davomida, iqtisodiyotning rivojlanishi bilan bu tushuncha kengayib, ilgari ilgari samarali ishlamagan yoki joriy bo‘lmagan sohalarda yangi imkoniyatlar va startaplar yaratish faoliyatini ham o‘z ichiga oldi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

126

TADBIRKORLIK VA RAQAMLI XIZMATLAR TUSHUNCHASI

Xazratоv Mexriddin Faxriddin о‘g‘li

h.mex@mail.ru

Tоshkent davlat yuridik universiteti mustaqil tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16977801

Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u

yangi biznes imkoniyatlarini yaratish, risklarni boshqarish va foyda olish
maqsadida resurslarni boshqarish va ijro etishni o‘z ichiga oladi. Tadbirkorlikni
rivojlantirish iqtisodiy o‘sish, yangiliklar kiritish va jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy holatini yaxshilashga xizmat qiladi. Tadbirkorlik faoliyati dastlab
shaxsiy savdo-sotiq, qo‘shma korxonalar tashkil qilish va ishlab chiqarish bilan
bog‘liq bo‘lgan. Ammo tarix davomida, iqtisodiyotning rivojlanishi bilan bu
tushuncha kengayib, ilgari ilgari samarali ishlamagan yoki joriy bo‘lmagan
sohalarda yangi imkoniyatlar va startaplar yaratish faoliyatini ham o‘z ichiga
oldi

1

.

Tadbirkorlik tushunchasi fransuz tilidagi “entrepreneur”, “entrepreneur

activity” so‘zidan olingan bo‘lib, “yo‘lga qo‘yuvchi” yoki “tashabbuskor” degan
ma’noni anglatadi. Bu tushuncha asosan iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi,
riskni qabul qilib, o‘z mulkiy javobgarligi asosida foyda olishni maqsad qilgan
shaxslarni ifodalash uchun ishlatiladi

2

.

Tadbirkorlikning ilk ko‘rinishlari qadimgi tsivilizatsiyalar, jumladan,

Mesopotamiya, Misr, Xitoy va Hindiston hududlarida savdo va hunarmandchilik
shaklida namoyon bo‘lgan. Qadimgi dunyoda tadbirkorlar savdo karvonlari
orqali turli hududlarga mahsulotlarni olib borishgan va almashish orqali
daromad olishgan. Yangi davrga kelib, Bu davrda davlat tomonidan
tadbirkorlikni rag‘batlantirishning dastlabki shakllari kuzatiladi. Savdo-sotiq
orqali boylik to‘plashga katta e’tibor qaratilgan. Irland iqtisodchisi Cantillon
“entrepreneur” atamasini iqtisodiyotga kiritgan va tadbirkorni riskni qabul
qiluvchi shaxs sifatida tasvirlagan

3

.

Tadbirkorlik faoliyati XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida sanoat

inqilobi bilan yanada rivojlanib, yirik ishlab chiqarish, yangi texnologiyalar va
xalqaro bozorlar bilan bog‘langan global iqtisodiy tizimning asosini tashkil qildi.
Shu tariqa, tadbirkorlik nafaqat shaxsiy manfaatlar uchun, balki jamiyat va
iqtisodiyot uchun foyda keltiradigan faoliyatga aylangan. Keyinchalik,
zamonaviy davrda tadbirkorlik faoliyati ilg‘or texnologiyalarni joriy etish,
innovatsiyalarni yaratish va yangi biznes modellarini taklif qilish bilan
xarakterlanadi. Shunday qilib, tadbirkorlik faoliyati hozirgi kunda iqtisodiy


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

127

o‘sishni boshqarish va barqaror rivojlanishni ta’minlashga katta hissa
qo‘shmoqda.

A.H.Koulning fikriga ko‘ra, tadbirkorlik iqtisodiy tovarlar va xizmatlarni

ishlab chiqaradigan yoki tarqatadigan foyda olishga yo‘naltirilgan biznes
bo‘linmasini tashkil etish va boshqarish uchun shaxslar yoki guruhlarning
maqsadli faoliyatini o‘z ichiga oladi

4

.

Mats Alvessonning “The Business Concept as a Symbol” deb nomlangan

yondashuvi biznes g‘oyalarining va tashkilotlarning qanday qilib ko‘pincha
ramziy ma’noga ega ekanligini tushuntiradi. Bu qarash biznes dunyosidagi
tashqi ko‘rinish va imidjning qanday qilib amaliy mazmundan ustun bo‘lishi
mumkinligini o‘rganadi. Alvessonning fikricha, ko‘plab biznes tushunchalari
(strategiyalar,

qadriyatlar,

innovatsiya)

amaliy

natijalardan

ko‘ra,

tashkilotlarning jamiyatda qanday ko‘rinishini aks ettirish uchun ishlatiladi. Ular
ramziy qiymatga ega bo‘lib, kompaniyaning haqiqiy faoliyatini emas, balki tashqi
dunyodagi obro‘sini namoyish etishga mo‘ljallangan

5

.

Mustaqillikka erishilgach, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish

boshlangan. Davlat tomonidan xususiy mulkchilikni rivojlantirishga katta e'tibor
qaratilib, davlat mulkini xususiylashtirish dasturlari amalga oshirildi.

2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari

to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonun tadbirkorlarning huquqlarini
himoya qilishni kuchaytirgan muhim hujjatlardan biri hisoblanadi.

So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik
salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini
yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash bo‘yicha keng
ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, bugungi
kunda mazkur sohani jadallik bilan rivojlantirish, tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash, ularning safini yanada kengaytirish va rag‘batlantirishbo‘yicha keng
ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti.

Jumladan, 2024-yil 1-iyul holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan

korxonalar va tashkilotlarning soni fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari
455,6 mingtani tashkil etdi, ulardan 387,1 mingtasi kichik korxona va
mikrofirmalar. Shuningdek, ushbu davrga 709,6 mingta korxona ro‘yxatdan
o‘tib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,2 % ni tashkil etdi

6

.

Raqamli xizmatlar — bu internet va boshqa raqamli texnologiyalar orqali

taqdim etiladigan xizmatlardir. Ular texnologik innovatsiyalarni va elektron


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

128

tizimlarni rivojlantirish orqali iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatni samarali
boshqarish imkonini beradi. Raqamli xizmatlar to‘plami har xil shakllarda
mavjud bo‘lib, ular biror xizmat yoki mahsulotni onlayn tarzda taklif qilishni
anglatadi. Masalan, internet savdosi, elektron tijorat, mobil ilovalar, bulutli
hisoblash va boshqa raqamli platformalar shu kabi xizmatlarning namunalaridir.

Bizningcha, raqamli xizmatlarning rivojlanishi internetning keng tarqalishi

va texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq. Birinchi navbatda, raqamli xizmatlar
internetga ulanish imkoniyatlari kengaygan va mobil texnologiyalar rivojlangan
davrda yuzaga keldi. Bu sohada internet tijoratining rivojlanishi, mobil ilovalar
va elektron xizmatlar, shuningdek, ma’lumotlarni saqlash va uzatishning yangi
texnologiyalari rivojlanishning boshlang‘ich nuqtalari hisoblanadi. O‘sha
paytlarda, internet xizmatlari faqatgina ma’lumot olish va almashish uchun
ishlatilgan bo‘lsa, bugungi kunda raqamli xizmatlar to‘liq iqtisodiy va ijtimoiy
jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Raqamli iqtisodiyot, tadbirkorlik faoliyati va
raqamli xizmatlar bo‘yicha so‘nggi o‘zgarishlar yirik onlayn platformalar va
xizmatlarni rivojlantirishga imkon yaratgan holda rivojlnaib bormoqda.

Xulosa qilib aytganda, tadbirkorlik va raqamli xizmatlar zamonaviy

iqtisodiy taraqqiyotning ajralmas va o‘zaro bog‘liq yo‘nalishlariga aylangan.
Tadbirkorlik faoliyati tarixiy taraqqiyot jarayonida an’anaviy savdo va ishlab
chiqarishdan tortib to innovatsion startaplar va global texnologik kompaniyalar
darajasiga yetdi. O‘z navbatida, raqamli xizmatlarning jadal rivojlanishi
tadbirkorlikka yangi imkoniyatlar ochib, biznes modellarini tubdan
o‘zgartirmoqda. Internet va raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi
natijasida xizmatlar sohasi tobora raqamlashtirilmoqda, bu esa nafaqat iqtisodiy
samaradorlikni oshirishga, balki ijtimoiy-iqtisodiy tenglikni ta’minlashga ham
xizmat qilmoqda. O‘zbekistonda bu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar va
davlat siyosati tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, raqamli xizmatlar
infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan
bo‘lib, bu holat mamlakatning raqamli iqtisodiyot sari dadil qadamlar bilan
ildam borayotganidan dalolat beradi. Shu bois, tadbirkorlik va raqamli xizmatlar
integratsiyasi zamonaviy jamiyat va iqtisodiyotning asosiy ustunlaridan biri
sifatida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1) Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish asoslari: o‘quv qo‘llanma / S.Salayev.
M.Gulmanov, D.Saidov, J.Atayev, B.Tadjiyev. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. - Т.: «Tafakkur Bo‘stoni», 2014. -288 b.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

129

2) Tadbirkorlik asoslari: kasb ta’limi (iqtisodiyot) yo‘nalishi talabalari uchun
o‘quv qo‘l. H. R. Hamroyev; O‘zbekiston Respublikasi oliy va о‘rta maxsus
ta’limvazirligi. - Т.: Yangi nashr, 2010. - 360 b.
3) https://www.britannica.com/money/Richard-Cantillon
4) 1. Arthur Cole, “An Approach to the Study of Entrepreneurship,” Journal of
EconomicHistory, Vol. 6 (1946, Supplement), reprinted in Frederic C. Lane and
Jelle C. Riesmersm
5)https://www.tandfonline.com/doi/pdf/10.1080/00208825.1998.11656741
6) O‘zbekiston Respublikasidagi korxona va tashkilotlar demografiyasi bo‘yicha
ma’lumot./ https://stat.uz/img/press-reliz-01_07_2024-uzb_p75404.pdf

Библиографические ссылки

Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish asoslari: o‘quv qo‘llanma / S.Salayev. M.Gulmanov, D.Saidov, J.Atayev, B.Tadjiyev. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. - Т.: «Tafakkur Bo‘stoni», 2014. -288 b.

Tadbirkorlik asoslari: kasb ta’limi (iqtisodiyot) yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘l. H. R. Hamroyev; O‘zbekiston Respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’limvazirligi. - Т.: Yangi nashr, 2010. - 360 b.

Arthur Cole, “An Approach to the Study of Entrepreneurship,” Journal of EconomicHistory, Vol. 6 (1946, Supplement), reprinted in Frederic C. Lane and Jelle C. Riesmersm

O‘zbekiston Respublikasidagi korxona va tashkilotlar demografiyasi bo‘yicha ma’lumot./ https://stat.uz/img/press-reliz-01_07_2024-uzb_p75404.pdf