Авторы

  • Muhammadusmon Odashev
    Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.52633

Ключевые слова:

Sugʻorish yumshoq bugʻdoy chidamli zang kasalligi xosildorlik nazorat.

Аннотация

Bugʻdoy hosildorligini oshirishda kalta poyalilikni aniqlash boʻyicha dunyoda olib borilgan tadqiqotlar natijasida bir qator, jumladan quyidagi ilmiy natijalar olingan: eksperimental mutagenez usulida yumshoq bugʻdoyning eng yaxshi navlari ishtirokida kalta boʻyli, mustahkam poyali yotib qolishga chidamli tizmalar olingan (CIMMYT, Mexico).


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

117

TAJRIBADA OʻRGANILGAN YUMSHOQ BUGʻDOYNING NAV VA

NA’MUNALARINING QIMMATLI BELGI XUSUSIYATLARI

Odashev Muhammadusmon Ulug‘bek o‘g‘li

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12067255

Аnnotatsiya.

Bugʻdoy hosildorligini oshirishda kalta poyalilikni aniqlash

boʻyicha dunyoda olib borilgan tadqiqotlar natijasida bir qator, jumladan
quyidagi ilmiy natijalar olingan: eksperimental mutagenez usulida yumshoq
bugʻdoyning eng yaxshi navlari ishtirokida kalta boʻyli, mustahkam poyali yotib
qolishga chidamli tizmalar olingan (CIMMYT, Mexico).

Kalit soʻzlar.

Sugʻorish, yumshoq bugʻdoy, chidamli,zang kasalligi,

xosildorlik, nazorat.

Аннотация.

В селях повышения урожайности пшенисы в мире

проводилис

ряд

научных

исследований

по

связанных

с

короткостебелностю, в том числе: методом эксперименталного мутагенеза
с участием короткостебелных сортов мягкой пшенисы получены
устойчивые к полеганию линии (CИММЙТ, Мексика).

Ключевые слова.

Oрошение, мягкая пшенисы, устойчивост,

ржавчинные заболевания, урожайност, стандарт.

Аbstract.

In order to increase the productivity of wheat in the world, a

number of scientific studies related to short-stemmedness were carried out,
including: lodging-resistant lines were obtained by experimental mutagenesis
with the participation of short-stemmed soft wheat varieties (CIMMYT, Mexico).

Keywords.

Irrigation, wheat production, stability, rust diseases, yield,

standard.

Kirish. Dunyo aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga va sanoatni hom

ashyoga boʻlgan talabini qondirish qishloq xoʻjaligining oldida turgan asosiy
vazifa. BMT maʼlumoticha jahon boʻyicha umumiy don yetishtirish 2 mld 450
ming tonna atrofida boʻlib, shundan 2 mlrd 194 tonnasi donli ekinlar (bugʻdoy,
javdar, arpa, suli, tritikale, sholi, makkajoʻxori, joʻxori, tariq, marjumak), 256 mln
tonnasi dukkakli don ekinlari ulushiga toʻgʻri keladi.

Tadqiqot usullari. Dala va laboratoriya tajribalari umumqabul qilingan

uslublari asosida oʻrganildi, kuzatish, hisoblash va tahlillar Butunrossiya
Oʻsimlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti (1984), «Dala tajribalarini oʻtkazish
uslublari» (OʻzPITI, 2007), bugʻdoy nav namunalarini morfologik va biometrik
koʻrsatkichlari boʻyicha baholash «Mejdunarodnыy klassifikator SEV roda
Triticum L.» xalqaro klassifikatorining (L., 1984) bugʻdoyning Triticum avlodi
boʻyicha ishlab chiqilgan uslubda, zang kasalliklariga dala sharoitida


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

118

chidamlilikni baholash Modified Cobb shkalasi yordamida foizda (0-100%
Peterson va boshqalar, 1988), issiqlikka chidamlilik N.Kojushko (1982) uslubi
asosida, biometrik tahlillar qishloq xoʻjalik ekinlari navlarini sinash Davlat nav
sinash komissiyasining uslubi (1985; 1989), Don va dukkakli ekinlar ilmiy-
tadqiqot instituti Gʻallaorol ilmiy-tajriba stansiyasi tomonidan tavsiya etilgan
(2004) uslubiy qoʻllanmalar asosida olib borildi. Ilk bor qimmatli seleksion
belgilarga ega boʻlgan nav namunalar Andijon va Namangan viloyatining
sugʻoriladigan yerlar sharoitida oʻrganilib, qimmatli xoʻjalik belgilariga tashqi
muhit noqulay omillariga (sovuqqa, qurgʻoqchilikka, issiqlikka, kasalliklarga va
yotib qolishga) chidamli boʻlgan namunalar boshlangʻich manba sifatida tanlab
olingan hamda seleksiya jarayoniga tadbiq etilgan.

Olingan natijalar. Ilmiy-tadqiqot ishida yumshoq bugʻdoyning yangi nav

namunalari oʻsuv davri davomiyligi boʻyicha sugʻoriladigan maydonlarda ekib
kelinayotgan oʻrtapishar "Kroshka" navi bilan taqqoslab oʻrganildi. Tajribada
asosiy koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda, birinchi navbatda navning
ertapisharligiga, ikkinchidan don hosildorligiga, uchinchidan oʻsimlik boʻyi, yotib
qolish va kasalliklarga chidamliligi xususiyati, ayniqsa yogʻingarchilik kam
yillarida ham qurgʻoqchilikka chidamli boʻlgan formalar hamda don sifati yuqori
boʻlgan nav va namunalar oʻrganildi va guruhlarga ajratildi.Oʻsuv davri
davomiyligi boʻyicha nazorat "Kroshka"navi bilan taqqoslab oʻrganilgan 76 ta
yangi yumshoq bugʻdoy nav namunalarining 20 tasi (26,5%) nazorat navdan
ertapishar nav namunalar. 34 ta (44 %) nazorat nav bilan bir vaqtda pishadigan
oʻrtapishar nav namunalari. 22 ta (28,5 %) nazorat navdan kechpishar nav
namunalari ekanligi olib borilgan tajribalar davomida kuzatildi .

Tadqiqotlar davomida oʻrtapishar nav hisoblangan nazorat "Kroshka"

navining unib chiqish-pishish davri oʻrtacha 229-kun, boshoqlash-pishish davri
qisqa boʻlgan quyidagi S60/60, S 195/02,S 60/45 S 96/ 03,S 47/97,S196/03
tizmalarda oʻsuv davri 216-218 kunni, oʻrtapishar tizmalarda 229--232 kunni, (S
95/01, S 196/03), kechpishar tizmalarda 240 kun (S47/97) boʻlganligi kuzatildi.
Maʼlumki, sugʻoriladigan hududlarda ekiladigan koʻpgina navlar yotib qoladi,
natijada hosildorlik kamayib, kasallik tarqalishi natijasida don sifati
buziladi..Shuning uchun kalta poyali navlarni ahamiyati sugʻoriladigan
dehqonchilik sharoiti uchun katta ahamiyatlidir.

Yumshoq bugʻdoy tizmalarida oʻsuv davri davomiyligi
№ Tizmalar nomi

O‘suv davri (kun)

Boshoqlash
(muddati)

To‘liq
pishish

O‘simlik
bo‘yi

Sariq zang
kasalligi


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

119

(muddati) (sm)

bilan
zararlanishi
(%)

1 Kartoshka

-

nazorat

6/05

5/06

91,1

40

2 S60/60

5/05

7/06

100,5

6

3 S195/02

6/05

6/06

99,12

0

4 S196/03

7/05

7/06

89,5

11

5 S10/23

7/05

7/06

100,3

11

6 S60/85

4/05

8/06

98,13

11

7 V5/90

8/05

5/06

93,5

6

8 V6/77

9/05

5/06

101,1

11

9 V8/89

8/05

3/06

97,56

6

10 S85/01

5/05

4/06

99,6

7

Sx%

2,5

4,2

2,9

EKF

5.6

13,1

3,8

11


Tajribada oʻrgangan tizmalar orasida oʻsimlik poyasi balandligi 87,4 sm

dan 110 sm gacha boʻlib, quyidagi tizmalar S195/02, S196/ 03, S74/63 S 60/45
kalta poyali oʻsimliklar guruhiga mansub ekanligi aniqlandi. Kasalliklarga
chidamliligi yuqori boʻlgan quyidagi tizmalar tanlab olindi. S 60/60,S 195/02,S
95/01, S47/97,S 74/63. Ekinning hosildorligi uning mahsuldorligi va tup
qalinligi bilan ifodalanadi. Demak, mahsuldorlik nav hosildorligini belgilovchi
ikki asosiy koʻrsatkichlardan biridir. Seleksiya jarayonida tanlab olingan
oʻsimliklar faqat mahsuldorlik boʻyicha baholanadi. Boshoqli don ekinlarning
mahsuldorligi mahsuldor poyalar soni, boshoqdagi don soni, 1000 ta donning
vazni kabi koʻrsatkichlar bilan belgilanadi.Oʻrganilgan tizmalarda mahsuldor
poya soni 3,6 donadan 4,7 donagacha boʻlib, yuqori koʻrsatkich S196/03(4,7),
S196/03 (4,6), S60/60 (4,3) tizmalaridan olingan.

Hosilning yuqori boʻlishida boshoqdagi don soni va vazni muhim

koʻrsatkich boʻlib, may oyining oxiri va iyun oyi boshlaridagi haroratning keskin
koʻtarilishi boshoqdagi don soniga katta salbiy taʼsir koʻrsatadi.Tajribamizda
bitta boshoqdagi donlar soni 46,2 donadan 60,1 donagacha boʻlib, yuqori
koʻrsatkich S 96/03, S 195/02, S 74/63 tizmalaridan olindi. 1000 dona don vazni
oʻrganilgan namunalarda 39,4 grammdan 46,1 grammgacha boʻlib, S 60/60, S
60/45 va S 196/03 tizmalari 1000 ta don vazni boʻyicha oʻrganilgan navlardan
ustun ekanligi aniqlandi. Hosildorlik boʻyicha olingan maʼlumotlar shuni


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

120

koʻrsatadiki, oʻrganilgan nav va tizmalaridan olingan don hosildorligi 550 g/m2
dan 837 g/m2 gacha boʻlib, eng yuqori hosil S 95/01 (837 g/m2 ), S 196/03
(770 g/m2 ), S 195/02 (730 g/m2 ) tizmalaridan olinib, standart Kroshka
navlariga nisbatan 237 – 170 g/m2 farq kuzatildi.Bu tizmalarni koʻpaytirib yangi
serhosil navlarni yaratish va dastlabki material ham sifatida qoʻllanishni tavsiya
etamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-fevraldagi OʻRQ-521-sonli
«Urugʻchilik toʻgʻrisida»gi. Toshkent.- B 25-30.
2.«Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida» gi qonun. Toshkent 1996-yil.
3.Abduraximov M,.Bobomirzaev P.,Xalilova L. Sugʻoriladigan yerlarda kuzgi
bugʻdoy va takroriy ekinlarni uygʻunlashgan yetishtirish texnologiyasi //
Tavsiyanoma; «. Samarqand2018. –B. 24.
4.Abdukarimov D.T.Dala ekinlari xususiy seleksiyasi.Toshkent .2010 –B.
5.Joʻraev M., Xoldorov A. Lalmikorlikda yumshoq bugʻdoy seleksiyasi boʻyicha
olib borilgan tadqiqot natijalari. “Agro ilm”jurnali (Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi
jurnali ilmiy ilovasi). 2013 .№ 1.21–B.22.
6.Ziyadullaev Z.F, Abduazimov A.M. Turli ob-havo sharoitlarida bahorgi
yumshoq bugʻdoy navlari hosildorligi. Oʻzbekistonning janubiy hududlarida
boshoqli

don

ekinlari

seleksiyasi,

urugʻchiligi

va

yetishtirish

agrotexnologiyalarining holati va rivojlantirish istiqbollari .14-15 may Qarshi–
2018.-b. 34

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-fevraldagi OʻRQ-521-sonli «Urugʻchilik toʻgʻrisida»gi. Toshkent.- B 25-30.

«Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida» gi qonun. Toshkent 1996-yil.

Abduraximov M,.Bobomirzaev P.,Xalilova L. Sugʻoriladigan yerlarda kuzgi bugʻdoy va takroriy ekinlarni uygʻunlashgan yetishtirish texnologiyasi // Tavsiyanoma; «. Samarqand2018. –B. 24.

Abdukarimov D.T.Dala ekinlari xususiy seleksiyasi.Toshkent .2010 –B.

Joʻraev M., Xoldorov A. Lalmikorlikda yumshoq bugʻdoy seleksiyasi boʻyicha olib borilgan tadqiqot natijalari. “Agro ilm”jurnali (Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi jurnali ilmiy ilovasi). 2013 .№ 1.21–B.22.

Ziyadullaev Z.F, Abduazimov A.M. Turli ob-havo sharoitlarida bahorgi yumshoq bugʻdoy navlari hosildorligi. Oʻzbekistonning janubiy hududlarida boshoqli don ekinlari seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalarining holati va rivojlantirish istiqbollari .14-15 may Qarshi– 2018.-b. 34