MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
91
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINING
RIVOJLANISHIDA BILISH JARAYONLARINI BOG`LIQLIGI
Alimova Kamola Xayrulla qizi
Nizomiy nomidagi TDPU Logopediya
kafedra o’qituvchisi
Turdiyeva Kamola Zohid qizi
Logopediya yo’nalishi 302 guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11656741
Annotatsiya:
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq nusonlarining
namoyon bo’lishi va bilish jarayonlaridagi tafakkur operatsiyalarining bog’liqligi
Аннотация:
Проявление речевых моделей у детей дошкольного
возраста и связь мыслительных операций в познавательных процессах
Annotation:
The manifestation of speech patterns in preschool children
and the relationship of mental operations in cognitive processes
Tayanch so`zlar va tushunchalar:
nutq, tafakkur, sezgi, Vernike, Broko,
analiz, sintez.
Ключевые слова и понятия:
речь, мышление, интуиция, Вернике,
Брока, анализ, синтез.
Key words and concepts:
speech, thinking, intuition, Wernicke, Broca,
analysis, synthesis.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev
tomonidan mamlakatimizni har taraflama rivojlantirish bo‘yicha bir qator
xujjatlar qabul qilindi va amalda qo‘llanilib kelmoqda. Shuningdek,
Prezidentimiz tomonidan yoshlarga e’tiborni kuchaytirish,yosh avlodni
madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot
texnologiyalaridan to`g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar
o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo’yicha uzluksiz ishlar olib borilmoqda.
Shuni ta’kidlash lozimki, maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-
tarbiya oluvchi har bir bolani zamon talabi asosida har tomonlama shakllangan
shaxs bo‘lib, jamiyat ishlarida faol qatnashishga nutqning to‘g‘ri va to‘liq
rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega. Nutq, faqatgina insonga xos noyob
iste’dod bo‘lib, u yoki bu til orqali ong jarayonlari bilan bog‘liq muloqotni
ta’minlaydi. Nutq funksiyasining miyadagi uyushishi XIX asrning o‘rtalaridan
boshlab klinitsistlarning, neyrofiziologlarning va psixologlarning har tomonlama
o‘rganadigan fani bo‘lib qoldi. Nutq mexanizmi to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotlar
P.Broko (1861), K.Vernike (1873) ning ishlarida paydo bo‘ldi. Nutq faoliyatini
ta’minlovchi po‘stloq zonasining turli qismlarini bundan keyingi o‘rganishlar
(Brok markazining) bosh miya chap yarim sharining (o‘ng tomon uchun) orqa
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
92
qismidagi peshonaning burma-burma bo‘lib turgan joylarining motor
funksiyalarini oldi olindi (lokalizatsiya qilindi), sensor tarafi esa – (Vernike
markazi) chakka chap qismining burma-burma bo‘lib turgan joylarining oldi
olinishi (lokalizatsiya qilinishi) mumkin. A.R.Luriyaning “neyropsixologiya
asoslari” da nutqni tashkil etish funksiyalari har tomonlama yoritilgan (1971).
Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bollarda barcha bilish jarayonlarining buzilganligini
ko‘rish tabiiy. Ko‘pchilik olimlar nutq buzilishlarida tafakkurning holatini
o‘rganishgan. Noverbal aklning idrok xolatiga ko‘ra (O.N. Usanova , T.N.
Sinyakova 1982) ONRli bolalarni uch guruxga bulish mumkin:
- nutqi me’yordan bir muncha farklanadigan bolalar; bunda akl idrok uziga
xosligi nuqiy qiyinchiliklarga bog`lik emas. Mualliflar ma’lumotiga kura , bu
gurux barcha ONRli bolalar-ning 9% ini tashkil qiladi – me’yorga tugri keladi
(27%);
- me’yorning quyi chegarasiga to`g`ri keladi, birok noturgunligi bilan
tavsiflanadi (muayyan paytlarida ular me’yordan quyi aql-idrok xolatini
ko`rsatish mumkin). Biz foizga ko`ra eng ko`p sonli gurux (63%) .
Yoshiga yarasha bo`lgan fikrlash jarayonlarini rivojlantirish uchun to`la
darajada asosga ega bo`lib, bolalar idrok, ko`rgazmali tasavvurli fikrlash
rivojlanishi orqada qoladi, taxlil, sintez, solishtirish, tasniflash, ortiqcha
tushunchani chiqarib tashlash va o`xshashlik bo`yicha xulosa qilishni qiyinchilik
bilan egallaydi.
Genetik psixologiya maktabini asoschisi bo`lgan J. Piote muloqotni
o`rganishga katta xissa qo`shgan. U nutqiy rivojlanish muloqot orqali amalga
oshadi va bunda dialogning tashqi dunyo bilan interorizatsiyasi sodir buladi deb
xisoblangan.
Maktabgacha yoshdagi davr - bu bolaning og‘zaki nutqni faol egallashi,
nutqning barcha jihatlari fonemik, leksik, grammatik shakllanishi va
rivojlanish davri xisoblanadi. Bu davrda bolalar nutqining rivojlanishi bir
necha yosh davrlarida ro‘y beradi. Eng muxim davr - bu bolaning bir yoshdan
to‘rt yoshgacha bo‘lgan davr bo‘lib, bola tilning asosiy qonunlarini o‘rganadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning o‘z vaqtida va to‘liq shakllanishi -
bolaning normal rivojlanishi va kelajakda uning maktabda muvaffaqiyatli
o‘qishi uchun zarur shartlardan biridir. Maktab va maktabgacha tarbiya
muassasalarida ta’lim-tarbiya oluvchi har bir bolani zamon talabi asosida har
tomonlama shakllangan shaxs bo‘lib, jamiyat ishlarida faol qatnashishiga
nutqning to‘g‘ri va to‘liq rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega. Nutq rivojlanishi
jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, tafakkur qobiliyatlari shakllanadi.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
93
So‘zning ahamiyati o‘z-o‘zidan umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu munosabat
bilan o‘zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon qiladi.
Bolaning ruhiy rivojlanishi jarayonida murakkab, sifat jihatdan yangi birlik
nutqiy tafakkur, nutqiy fikrlash faoliyati paydo bo‘ladi.
U yoki bu darajadagi nutq buzilishlari bolaning barcha ruhiy
rivojlanishlariga salbiy ta’sir etadi, uning faoliyatida, yurish turishida aks etadi.
Og‘ir nutqiy buzilishlar aqliy rivojlanishiga, ayniqsa, bilish faoliyati oliy
darajalarining shakllanishiga ta’sir etishi mumkin. Bu nutq va tafakkurning
chambarchas bog‘liqligi, ijtimoiy, jumladan nutqiy aloqalarning cheklanganligi
bilan bog‘lanagandir. Bu jarayonda bolaning atrof-muhitni tafakkur etishi
amalga oshadi.
Nutq buzilishi, nutqiy muomalaning cheklanganligi bola shaxsining
shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, aslida bo‘lmagan ruhiy buzilishlarni
hissiy-irodaviy sohaning o‘ziga xos xususiyatlari keltirib chiqarishi, uning
xarakteridagi salbiy fazilatlarning rivojlanishi uchun yo‘l ochib berishi mumkin.
Homilaning bachadonda rivojlanishi davrida, tug‘ish paytida, hamda bola
hayotining birinchi yillarida miyaga turli xil zararli ta’sirlar nutq patologiyasiga
olib kelishi mumkin.
Nutq kamchiligining tuzilishi va darajasi ko‘pincha miya shikastlanishining
og‘irlik darajasiga va uni oldini olishga bog‘liq bo‘ladi, bu faktorlar esa o‘z
navbatida miyaga vaqtning patogen ta’siriga bog‘liq. Embriogenezning ilk
davrida asab hujayralari jadallik bilan ajralishi paytida bachadondagi
homilaning 3-4-oyligida og‘ir miya shikastlanishi paydo bo‘ladi. (N.S.Jukova,
E.M.Mastyukova, T.B.Filicheva, 1990).Miyaning rivojlanmaganligi va nutqning
og‘ir buzilishlariga olib keluvchi sabablar orasida infeksiyalar va homiladorlik
davrida onaning zaharlanishi, toksikozlar, tug‘ish davridagi shikastlanish,
asfiksiya, ona va homila qonining rezus-faktor bo‘yicha zidligi (rezus-konflikt)
yoki qonning guruhga aloqadorligi, markaziy asab tizimining kasalligi
(neyroinfeksiyalar- meningitlar, ensefalitlar, meningoensefalitlar) va bola
hayotining birinchi yillarida miyaning jarohatlanishi tez-tez kuzatilishidir.
V.A.Kovshikov, Yu.A.Elkin (1979), sensor alaliyali bolalarning tafakkurini tadqiq
qilar ekan, bir nechta tushunchalarni chegaralab qo‘ydilar: bilim – borliqni
bilishda o‘tgan zamon tajribasi natijalarida shakllangan majmu’aviy to‘plam
(obrazlar, tasavvurlar, tushuncha), qaysiki, fikrlash operatsiyalari uchun manba
bo‘lib xizmat qiladi; psixik faoliyatning o‘z-o‘zini tashkil qilishi – bilish faoliyatini
va uni boshqarishni faollashtirishga qaratilgan yaxlitlik bo‘lib, tafakkur
jarayonini o`qishi va muammoli vaziyatlarni hal qilib berishi uchun kerakli
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
94
sharoit yaratib beradi; shaxsiy tafakkur - muammoli vaziyatlarni hal qilishga
yo‘naltirilgan jarayon. Nutq esa bolaning bilish jarayonlariga o’z tasirini
o’tkazmay qolmaydi. Tafakkur – inson tomonidan uning sezgi organlariga
bevosita ta’sir etib turuvchi tevarak-atrofdagi predmet va hodisalarni aks
ettirish jarayonidir. Biroq tafakkur jarayonini yuzaga kelishi uchun sezgi
organlariga bitta predmetni ta’sir qilishi etarli emas. Ko‘zda (yoki boshqa
retseptorda) nervning qo‘zg‘alishi yuzaga kelib, nerv tugunlari orqali miyaga
borib. Belgilangan po‘stloq uchidagi “xis qiluvchi tana qismi”da qo‘zg‘alish
jarayonini chaqirib (I.M.Sechenov) yoki analizator (I.P.Pavlov) orqali rang,
tovush va boshqa qo‘zg‘atuvchilarni qabul qilishga ixtisoslashgan maxsus miya
markazlariga yetib boradi. Tafakkur qilinayotgan predmet obrazi nafaqat
analizator vazifasi bilan, balki inson bosh miya po‘stlog‘idagi qo‘zg‘alish va
tomozlanishning murakkab jarayonlari bilan ham ta’minlangan. Tafakkur
qilinayotgan predmet obrazining yuzaga kelishi bir-biriga qarama-qarshi, shu
bilan birga, yagona bo‘lgan nerv jarayonlari harakatiga asoslanadi, ya’ni
harakatdagi qo‘zg‘atuvchilarning nozik farqlanishi va ko‘pgina nerv
hujayralarida hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishlarni qo‘shilish yo‘li bilan birlashishidir.
Nutq kamchiligiga ega bolalar bilan olib boriladigan logopedik ish qancha erta
boshlansa, shuncha samarali yutuqlarga erishish mumkin. Logopedik jarayon
orqali bilish jarayonlarini rivojlantirish ham muhim masalalardan biridir.
Quyida siz bilan tafakkur jarayonlarini rivojlantirishga qaratilgan o`yinlarga
to`xtalib o`tamiz.
Bolalar tafakkurini rivojlantirishda quyidagi o‘yinlarni tavsiya etamiz:
Birinchi o‘yin: "Topib ko‘rchi".
O‘yinning maqsadi:
Tafakkur va nutqni rivojlantirish.
O‘yinning borishi:
Bolalar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh bolalari
ikkinchi guruhdan sir tutib ma’lum bir predmetni o‘ylab topadi. Ikkinchi
guruhdagi bolalar savol berib ushbu predmet nimaligini topishlari kerak. Bu
savollarga birinchi guruh bolalari "ha" yoki "yo‘q" deb javob beradi. Birinchi
guruh bolalari saf bo‘lib turishadi. Ularning ro‘parasida turgan ikkinchi guruh
bolalaridan biri: "Uning joni bormi?" deb savol beradi. Birinchi guruhning
birinchi a’zosi "ha" yoki "yo‘q" deb javob beradi. Undan so‘ng, ikkinchi
guruhning ikkinchi a’zosi: "Men uni ko‘rganmanmi?" deb savol beradi. Birinchi
guruhning ikkinchi a’zosi: "ha" va h.k. O‘yin shu tarzda davom etadi. Predmet
topilgandan keyin guruhlar o‘z o‘rinlarini almashtirishadi.
O‘yin jarayoniga taalluqli izohlar:
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
95
1.
Bolalarga sintez va klassifikatsiya operatsiyalariga doir "Uning joni
bormi (yoki u jonsizmi)?", "U uyda bormi?", "U ko‘chadagi narsami?", "U
hayvonmi?", "U odammi?" va h.k. kabi savollar beriladi.
2.
Agar predmet 8-10 daqiqa ichida topilmasa, bolalar zerikib
qolmasliklari uchun uning nomini aytish maqsadga muvofiqdir.
3.
Birinchi guruh bolalariga barchaga ma’lum predmetlar nomini aytish
tavsiya etiladi.
Ikkinchi o‘yin : "Qarama- qarshiliklar".
O‘yinning maqsadi:
Tafakkur va nutqni rivojlantirish.
O‘yinning borishi:
Boshlovchi bolalar guruhiga bitta rasm ko‘rsatadi.
O‘sha rasmdagi predmetning mazmunan aksini anglatuvchi predmet nomini
aytish o‘yinning asosiy maqsadidir.
Masalan, boshlovchi piyolani ko‘rsatdi deylik. Bolalar "dasturxon"
deyishlari mumkin (piyola qobariq, dasturxon esa yassi), "suv" (suv - suyuq,
piyola esa - qattiq) va shu tarzda davom ettirish mumkin.
Har bir bola navbatma-navbat o‘z javobini taklif etadi va albatta, nima
uchun aynan shu narsani tanlaganini isbotlab beradi.
Uchinchi o‘yin: "Juft rasmlar".
O‘yinning maqsadi:
Tafakkur operatsiyalariga taalluqli analiz va sintez
jarayonlarini rivojlantirish.
O‘yinning borishi:
Bolalar lotosidagi terma rasmlardan foydalaniladi.
Bolalar ikki guruhga bo‘linadi. Har bir bola to‘rttadan rasm oladi. Birinchi
guruhdagi bolalar navbatma-navbat o‘zlaridagi rasmlarda tasvirlangan narsani
so‘z bilan ifodalab berishga urinadilar. Boshqa bolalar rasm mazmunini
o‘zlaricha talqin qilib, o‘sha bolaning rasmiga monand deb hisoblagan rasmlarini
ko‘rsatishadi. Agar javob to‘g‘ri bo‘lsa, ikkala rasm ham bir chetga olib qo‘yiladi.
(Masalan, umumiy qutiga). Agar noto‘g‘ri bo‘lsa, birinchi bola o‘zidagi rasmni
qaytadan batafsilroq tasvirlab beradi.
Birinchi guruhdagi barcha bolalar o‘z rasmlarini tasvirlab berishganidan
so‘ng, rollar almashinadi. Endi ikkinchi guruhdagi bolalar ham navbatma-navbat
o‘z rasmlarini tasvirlashga kirishadi. Birinchi guruhdagi bolalar esa, ularni
topishadi.
Har bir bola ega bo‘lgan to‘rt rasmga muvofiq to‘rt marta rollar almashinuvi
amalga oshiriladi.
To’rtinchi o‘yin: "Ortiqcha o‘yinchoq".
O‘yinning maqsadi:
Analiz, sintez, klassifikatsiyalash kabi tafakkur
operatsiyalarini rivojlantirish.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
96
O‘yinning borishi:
Bolalar o‘zlari bilan bittadan o‘yinchoq olib kelishadi.
Guruh bolalari ikkita guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh 2-3 daqiqaga xonadan
chiqadi. Ikkinchi guruh keltirilgan o‘yinchoqlardan ikkitasi bir sinfdan bo‘lishi
kerak, uchinchisi esa boshqa sinfdan.
Masalan:
qo‘g‘irchoq, quyoncha va koptok bir joyga qo‘yiladi. Birinchi
guruh xonaga kiradi va maslahatlashadi, ortiqcha o‘yinchoqni oladi, aynan mos
kelmaganiga ular rad javobini oladi.
Masalan:
bu ortiqcha o‘yinchoq koptok bo‘lsa u jonsiz, qo‘g‘irchoq va
quyoncha jonli. Agar bolalar uchta o‘yinchoqni jonlantirsa o‘yinchoqlar 4-5 taga
etadi, lekin 7 tadan kam bo‘lmagan o‘yinchoq bo‘lishi kerak. Agar bu
o‘yinchoqlar suratli lotoga almashtirilsa, bu o‘yin "Ortiqcha suratlar" deyiladi.
Xulosa qilib aytganda tafakkurning murakkab operatsiyalarining rivojlanishi
nutqning o`zaro rivojlanishiga aloqadorligini ko`rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1.
Ayupova M.Yu. Logopediya. Darslik. T.: O‘zbekiston Faylasuflari milliy
jamiyati, 2007.
2.
L.R.Muminova, Sh.M.Amirsaidova, Z.N.Mamarajabova, M.U.Xamidova,
D.B.Yakubjanova, Z.M.Djalolova, N.Z.Abidova Maxsus psixologiya. O’zb
faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti 2013
3.
D.A.Nurkeldiyeva, M.Yu.Ayupova, Z.M.Axmedova “Barmoqlar mashqi va
logopedik o’yinlar” Toshkent 2007