Авторы

  • Telman Boltayev
    "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi Kredit qarzdorliklari bilan ishlash bo‘limi bosh yuriskonsulti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.65924

Ключевые слова:

Iqtisodiyot kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tartibga solish daromad tashkiliy iqtisodiy mexanizm yalpi ichki maxsulot bozor iqtisodiyoti.

Аннотация

Ushbu maqolada ishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bugungi rivojlanayotgan zamonda qanchalik muhum ekanligi haqida so‘z boradi. Kichik biznes va tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solinishi tadbirkorlik faoliyatiga qaydarajada ahamiyatli ekanligiga oid birqancha xorij adabiyotlari ustida tahlil o‘tkazildi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

57

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI IQTISODIYOTDA

TUTGAN O‘RNI

Boltayev Telman Ibrohimovich

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi Kredit

qarzdorliklari bilan ishlash bo‘limi bosh yuriskonsulti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14844438

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ishida kichik biznes va xususiy

tadbirkorlikni rivojlantirish bugungi rivojlanayotgan zamonda qanchalik
muhum ekanligi haqida so‘z boradi. Kichik biznes va tadbirkorlikni davlat
tomonidan tartibga solinishi tadbirkorlik faoliyatiga qaydarajada ahamiyatli
ekanligiga oid birqancha xorij adabiyotlari ustida tahlil o‘tkazildi.

Kalit soʻzlar:

Iqtisodiyot, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, tartibga

solish, daromad, tashkiliy iqtisodiy mexanizm, yalpi ichki maxsulot, bozor
iqtisodiyoti.

O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning

asosiy maqsadlaridan biri kichik biznesni ustuvor darajada rivojlantirishdan
iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun bosqichma-bosqich iqtisodiy
islohotlar o'tkazilib kelinmoqda, kichik biznesning rolini oshirish uchun yirik
institutsional asoslar yaratildi. Kichik biznes faoliyatini tashkil etish, erkin
faoliyat yuritishini kafolatlovchi huquqiy-me'yoriy hujjatlar, kichik biznesga
ko'maklashuvchi bozor infratuzilmasi shakllantirildi. Natijada bugungi kunga
kelib, kichik biznes sub'ektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha
jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishda, iste'mol tovarlari,
qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda, servis
xizmatlari ko'rsatish va turizm kabi sohalarda faoliyat ko'rsatmoqdalar.

2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot

strategiyasining 29-maqsadiga ko'ra, tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va
doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy
sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini
60 foizga yetkazish belgilangan. Muhim vazifalar sifatida hududlarda 200 ta
yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini
rivojlantirish, sharoiti og'ir bo'lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish
uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda tadbirkorlikni qo'llab-
quvvatlash, ishsizlik va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha mavjud tuzilmalar
faoliyatini takomillashtirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va
xususiy sektorga keng yo'l ochish, iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor
tamoyillarini joriy etishni kengaytirish kabilar alohida belgilab qo'yilgan.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

58

ASOSIY QISM

Mamlakatimiz hududlarida kambag'allikni qisqartirish va aholi bandligini

oshirish, o'zini-o'zi band qilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada
rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirish bo'yicha to'plangan tajribalar

shuni ko'rsatadiki, korxonalarning raqobatdoshlik darajasini oshirish ularning
o'z faoliyatlari davomida kengayib, yiriklashib borishini taqozo etadi. Lekin,
kichik biznes sub'ektlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash maqsadida
belgilangan imtiyoz va yengiliklarga ega bo'lish imkonini beruvchi
korxonalarning miqdoriy chegaralari ayrim hollarda ushbu jarayonlarga
to'sqinlik qilishi mumkin. O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasining yuksalishi, kichik biznes sub'ektlari uchun
yaratilgan qulay shart-sharoitlar natijasida iqtisodiy salohiyati ortgan ko'plab
korxonalar mazkur imtiyozlardan foydalanishni davom ettirish maqsadida o'z
xodimlari sonini belgilangan miqdoriy chegara doirasida saqlab qolishga
harakat qilmoqdalar. Bu esa, ularning yiriklashish jarayoniga to'sqinlik
qilmoqda.

O'zbekiston Respublikasida kichik biznes sub'ektlari rivojlanishi

mustaqillikka erishilgan davrdan boshlab hozirgi kungacha ma'lum bosqichlarni
bosib o'tdi. Salkam 30 yil davomida kichik biznes sub'ektlari rivojlanishi
borasida bir qator me'yoriy hujjatlar, huquqiy asoslar yaratildi.

Kichik biznesning asosiy xususiyatlaridan biri mamlakatning iqtisodiy

rivojlanishi uchun zarur bo'ladigan asosiy ko'rsatkichlarni qisqa muddat ichida
ta'minlab berishi bilan ajralib turadi. Ya'ni kichik biznes mamlakat ichki
bozorida taqchil bo'lgan tovar va xizmatlar bilan to'ldiradigan, iqtisodiyotning
tarkibiy negizini belgilab beradigan eng muhim soha hisoblanadi. Shuningdek
mehnat resurslaridan samarali foydalanish uchun ish bilan bandligini va
daromadlarini oshirish hamda mulkdorlar sinfini shakllantirishda eng asosiy
omil va manba bo'lib xizmat qiladi. Umuman kichik biznesning iqtisodiy
rivojlanishdagi ahamiyati:

• mamlakat yalpi milliy mahsulotining tarkib va miqdor jihatdan

ko'payishini ta'minlaydi;

• mehnat resurslaridan samarali foydalanish uchun zamin yaratib beradi;
• aholining joriy daromadlari va jamg'armalarining oshishiga hamda

farovonlik darajasini ko'tarilishiga zamin yaratadi;

• sohaviy va mintaqaviy yakka hokimlikni bartaraf etishi;
• davlat byudjet mablag'larining bir me'yorda bo'lishini ta'minlaydi;


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

59

• tashqi iqtisodiy faoliyatda faol eshtirok etadi;
• resurslardan oqilona foydalanish;
• yangi texnika-texnologiya, asbob-uskunalarni ishlab chiqarishga joriy

etish va mehnat unumdorligini oshiradi.

Shuning uchun ham jahonning barcha mamlakatlarida kichik biznes milliy

iqtisodiyotining poydevori hisoblanadi. Bugungi kunda rivojlangan xorijiy
mamlakatlarda ham kichik korxonalarning soni ularda mavjud bo'lgan jami
korxonalarning 70-80 foizini tashkil etmoqda. Masalan, Yaponiya aholisining esa
71,7 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanmoqda.

Kichik biznes mamlakatning iqtisodiy salohiyatini ko‘tarishi, davlatning

muvaffaqiyatli rivojlanishi va gullab-yashnashining o‘lchovi bo‘lganligi uchun
O‘zbekistonda ham kichik biznesning rivojlanishini rag‘batlantirishga alohida
e’tibor qaratilgan. Respublikamizda kichik biznesni rivojlantirish bugungi
kunning asosiy ustivor vazifasidir. Kichik biznesga bo‘lgan e’tiborning iqtisodiy
sabablari:
• ichki bozorni mahalliy tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish;
• aholining harid qobiliyatini oshirish;
• mamlakatning eksport salohiyatini yuksaltirish;
• ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish;
• servis xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish;
• yirik korxonalarni butlovchi detallar va qismlar bilan ta’minlash;
• raqobat muhitini vujudga keltirish;
• mamlakat ichida kapitalning aylanuvchanligini ta’minlash kabilar.

Haqiqatdan ham kichik biznes sub’ektlari ichki bozorni mahalliy tovar va

xizmatlar bilan to‘ldirayotgan, yirik korxonalarni butlovchi detallar va qismlar
bilan ta’minlayotgan va mamlakat eksport salohiyatini oshirayotgan sohaga
aylanib bormoqda. Buni mamlakat eksport salohiyatidagi o‘rnini oshib
borayotganidan ham ko‘rish mumkin. Kichik biznesning tashqi iqtisodiy
faoliyatdagi o‘rni ham asta-sekin kengayib bormoqda.

Kichik biznesni rivojlantirishdan yana bir maqsad mamlakatning

ma’naviytarbiyaviy va madaniy ishlarini yuksaltirish. Chunki kichik biznes
ma’naviytarbiyaviy va madaniy sohalarni rivojlanishiga ham o‘z hissasini
qo‘shadi.

Respublikamizda kichik biznesni rivojlantirishning ma’naviy-tarbiyaviy va

madaniy sabablari:
• an’anaviy xalq amaliy san’ati va badiiy hunarmandchilikning tiklanishiga


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

60

ko‘maklashish;
• sport va sog‘lomlashtirish maskanlarini barpo etish;

• xususiy o‘quv muassasalarini ochish;

• obodonlashtirish, ko‘rkamlashtirish va ekologik tarbiyani yo‘lga qo‘yish;
• bolalar, o‘smirlar hamda yoshlar lagerlarini tashkil qilish.

Keyingi 3-4 yil ichida mamlakat iqtisodiyotida davlat ulushini qisqarishi,

erkin bozor mexanizmlarini amal qilishi natijasida kichik biznesning
rivojlanishida tub burilish bo‘ldi. Xususan, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi ham oshib bormoqda.
Ayniqsa, kichik va xususiy korxonalarning ishlab chiqarish tarmoqlaridagi
hissasi ortib bormoqda.

XULOSA

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkin, milliy iqtisodiyotida kichik va

xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish kambag’allikni qisqartirish, o’zini-
o’zi ish bilan bandligini ta’minlash, mahallalarda xizmat ko’rsatish sohalarini
rivojlantirish kabilarga erishishni ta’minlaydi. Mahaliy Institutlarning
samaradorligi rolini oshirish – tadbirkorlarga yangi korxona yaratish uchun eng
yaxshi imkoniyatlarni taqdim etishi, shuningdek, uning keyingi faoliyati va
rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishga inkoniyat beriishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022- 2026
yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi
PF-60-sonli Farmoni// www.lex.uz
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 yanvardagi
“Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperasiyasini
kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-99-
son Qarori// www.lex.uz
3. Maxmudova D. Davlat tomonidan kichik biznesni tartibga solish va qo‘llab
quvvatlashda xorij tajribasi. International scientific journal volume I issue7.
4. S. B. Sattorova. F. B. Shakirova Kichik biznes faoliyatini davlat tomonidan
qo‘llab quvvatlash nazariyasi. Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022- 2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF-60-sonli Farmoni// www.lex.uz

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 yanvardagi “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperasiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-99-son Qarori// www.lex.uz

Maxmudova D. Davlat tomonidan kichik biznesni tartibga solish va qo‘llab quvvatlashda xorij tajribasi. International scientific journal volume I issue7.

S. B. Sattorova. F. B. Shakirova Kichik biznes faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash nazariyasi. Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230