Авторы

  • Sayyora Turdaliyeva
    Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari
  • Abduvali Abduraxmonov
    Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.83594

Ключевые слова:

o‘zbek shevalari qiyosiy metod lahja izohli lug‘at fonetik leksik lakuna illustrativ misollar.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek shevalari asosida yozilgan lug‘atlarning o‘xshash va farqli tomonlari, ularning bugungi kundagi ahamiyati hamda lug‘atlarning boyishiga yordam beruvchi takliflar haqida yoritib o‘tilgan.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

22

O‘ZBEK SHEVALARI LUG‘ATLARINING QIYOSIY TAVSIFI

Turdaliyeva Sayyora Mamatali qizi

Abduraxmonov Abduvali Abdumalik o‘g‘li

Termiz davlat universiteti

O‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari

Gmail: abduraxmonovabduvali90@gmail.com

Tel: 91 910 03 01

https://doi.org/10.5281/zenodo.15332055

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek shevalari asosida yozilgan lug‘atlarning o‘xshash va

farqli tomonlari, ularning bugungi kundagi ahamiyati hamda lug‘atlarning
boyishiga yordam beruvchi takliflar haqida yoritib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

o‘zbek shevalari, qiyosiy metod, lahja, izohli lug‘at, fonetik,

leksik, lakuna, illustrativ misollar.

Abstract

This article discusses the similarities and differences of dictionaries based

on Uzbek dialects, their importance today, and suggestions for enriching
dictionaries.

Keywords:

Uzbek dialects, comparative method, dialect, explanatory

dictionary, phonetic, lexical, lacuna, illustrative examples.

Аннотация

В статье рассматриваются сходства и различия словарей,

составленных на основе узбекских диалектов, их значение сегодня и
предложения по обогащению словарей.

Ключевые слова:

узбекские диалекты, сравнительный метод,

диалект, толковый словарь, фонетический, лексический, лакуна,
иллюстративные примеры.

Tilga muhabbat har bir kishiga ona allasi kabi go‘daklik chog‘idan singib

boradi. O‘z ona tilisini asrash esa har bir shaxsning asosiy burchlaridan biridir.
Chunki ona tili millat ko‘zgusi. Ona tilisi va millatini asray olmagan xalq esa eng
qashshoq xalqqa aylanib qoladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng,
o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi tilimizning ravnaqi uchun asosiy
vazifani bajardi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil 20-oktyabrda “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til
siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-6084-son Farmoni
tilshunoslik sohasida yanada ko‘proq ilmiy va amaliy tadqiqot ishlarining olib
borilishiga turtki bo‘ldi. Shu tadqiqotlar ichida dialektologiya yo‘nalishiga
taalluqli ishlarni ham ko‘rishimiz mumkin.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

23

Jahon tilshunosligida dialektologiya yo‘nalishi fan sifatida Germaniyada

XVII asrning oxirlarida shakllangan. O‘zbek tilshunosligida ushbu sohaga oid
tadqiqotlar XX asr boshlarida boshlangan edi. Bu tadqiqotlar rus olimlari
E.D.Polivanov, K.K.Yudaxin va I.I.Zarubin kabi olimlar tomonidan olib borilgan.
Keyinchalik esa o‘zbek tilshunos olimlari T.Yo‘ldoshev, S.Ibragimov.
Q.Muhammadjonov, A.Ishayev, Sh.Abdurahmonov, F.Musayeva va boshqalar
o‘zbek shevalarining fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarini o‘rganib, o‘z
tadqiqotlarini olib borishgan. “ O‘zbek dialektologiyasi” o‘zbek shevalarini
o‘rganadigan fandir. Dialektologiya so‘zi “ grek “ tilidan olingan bo'lib, shevalar,
dialektlar va lahjalar to‘g‘risidagi bilim degan ma’noni bildiradi. O‘zbek
dialektologiyasi o‘zbek shevalarining fonetik, leksik va grammatik
xususiyatlarini, uning shakllanish va tarqalishi chegaralarini o‘rganadi. Shevalar
har bir milliy tilning asosini tashkil etadi hamda u milliy-ma'naviy qadriyatimiz
hisoblanadi. Sheva forscha “ ravish, tarz, yo‘sin “ degan ma’nolarni bildirib, fanda
biror tilning o‘ziga xos leksik, fonetik va grammatik xususiyatlari bilan farqlanib
turadigan kichik territoriyaga oid qismini anglatadi.

O‘zbek dialektologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida bir necha

lug‘atlar ham tuzilgan. Bulardan birinchisi 1971-yilda filologiya fanlari doktori
Sh.Abdurahmonov, filologiya fanlari kandidatlari A.Ishayev, Sh.Nosirov,
H.Uzoqov va kichik ilmiy xodim D.Abdurahmonovlar tomonidan tuzilgan “
O‘zbek xalq shevalari lug‘ati” dir. Lug‘atda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston
SSRning janubiy tumanlari, Qoraqalpog‘iston o‘zbeklarining uchta lahja
shevalariga oid materiallar mavjud. Bu kitobda eng ko‘p tadqiq etilgani
Samarqand, Xorazm, Namangan viloyatlariga xos bo‘lgan shevalardir. Lug‘atga
kiritilgan shevaga xos so‘zlarning asosan, leksik xususiyatlariga ko‘proq e’tibor
berilgan. Fonetik farqlanuvchi so‘zlar esa juda kam miqdorni tashkil etadi. Bu
lug‘atdagi so‘zlar krill yozuviga asoslangan eski transkripsiyada berilgan bo‘lib,
ularning har biriga illustrativ misollar hududlari bilan berib o‘tilgan.

Namuna:

абай

(Shimoliy Xorazm) пуписа “угроза, окрик”: мана абай

этмэ (Mang‘it).

Bundan tashqari, berilgan bosh so‘z bir necha ma’noni bildirsa, u vaqtda bu

ma’nolarning har biri 1,2,3 arab raqamlari bilan ko‘rsatilgan: йашулли
(Xorazm)

1.

Оксокол. 2. Раxбар.

Ushbu lug‘atda Jizzax va Navoiy viloyatlari shevasiga xos so‘zlardan

manbaga kiritilmagan. Bu hududlarni ham shevasini qo‘shimcha qilish kitobni


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

24

yanada qiymatini oshirgan bo‘lardi, menimcha. Kitobda bulardan tashqari,
quyidagi ma’lumotlarni ham olsangiz bo‘ladi:

1.

O‘zbek shevalari haqida umumiy ma’lumot.

2.

O‘zbek tilining dialektologik atlasini yaratish haqida qarashlar.

3.

O‘zbek lahjalarining o‘xshash va farqli jihatlari haqida.

4.

O‘zbek shevalaridagi qarindoshlik shevalari kabi mavzular

bilan tanishishingiz mumkin.

Shunday qilib, bu lug‘at barcha foydalanuvchilar uchun juda qulay va sifatli

tuzilgan manbalardan biriga aylangan desak, adashmaymiz. Shu bilan birga
boshqa dialektologiya yo‘nalishiga oid leksikografik tadqiqotlar uchun ham asos
vazifasini bajarib kelmoqda.

O‘zbek tilshunosligida dialektologik so‘zlar lug‘atining yana bittaga

ko‘payishiga o‘z hissasini qo‘shgan tadqiqotchilardan biri “ O‘zbek xalq so‘zlari “
nomi bilan 2022-yilda tuzilgan lug‘atning muallifi Feruza Musayevadir.
Olimaning bu kitobida kirish qismida olamning dialektal lisoniy manzarasi va
nominatsiya masalalari bilan bog‘liq ma’lumotlarni ko‘rishimiz mumkin. Bu
lug‘atdagi so‘zlar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida berilgan bo‘lib,
lekin transkripsiyada berilish holati uchramaydi. Lug‘at o‘z ichiga
O‘zbekistonning ko‘plab viloyatlariga xos shevalarni qamrab olgan. Bunda
asosan quyidagi mavzularga oid shevalarni ko‘proq uchratamiz:

1.

Kasb-hunar oid birliklar.

2.

Uy-ro‘zg‘or buyumlari.

3.

Ranglar.

4.

Hayvonlar.

5.

O‘simliklar.

6.

Cholg‘u asboblari.

7.

Kasallik turlari.

8.

Harakat-holat fe’llari.

9.

Kurash sport turi bilan bog‘liq.

10.

Milliy o‘yinlar.

11.

To‘y marosimlari kabi mavzular bilan bog‘liq shevaga xos

so‘zlar ko‘p qismini tashkil etadi.

“ O‘zbek xalq so‘zlari “ kitobida ham o‘g‘uz, qipchoq va qarluq lahjalaridagi

so‘zlarni bemalol ko‘rishimiz mumkin. Bunda so‘zlar izohi, asarlardagi
dialektizimlar bilan ifodalab berilgan. Masalan,

JO‘N I

(Jizzax) To‘g‘ri.

[To‘lg‘onoy:] Yursa, jo‘n yursin. Bo‘lmasa terisiga somon tiqib qo‘yish
qo‘limizdan keladi... (To‘ra Sulaymon, To‘lg‘onoy).


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

25

KUNDA

(Xorazm) Omoch. Tuproqni olgan joyiga tashlab akalarimga qarab

buyruq ohangida: – Ho‘kizlarni tayyorlanglar, kunda (omoch) bo‘yintiriqlarni
sozlanglar! – derdi. Ayrim hollarda: – Hali biroz bor, tobga kelmabdi, deb boshqa
yerga o‘tardi. (Matyoqub Qo‘shjonov, Dagish).

CHUVOQ

Quyosh nuri. U yer-bu yerda o‘zini chuvoqda toblab o‘tirgan qari-

qartanglar, qiy-chuv bilan o‘ynashayotgan bolakaylar ko‘zga tashlanadi.
(Luqmon Bo‘rixon, Sirli muallim). Chumolilar chuvoqda yo‘l olar qator-qator,
Shunday payt nimani ham tashiydilar iniga. (Bobomurod Erali, Hamal vasfi).
Isinib turardim yetim chuvoqda. Bir kuni bir qora ko‘rindi xira. (Salim Ashur,
O‘tinchi qiz).

Har bir tilda leksikografik tadqiqotlar borki, o‘sha tilning so‘z boyligini

ko‘rsatib turadi. Shuning uchun ham lug‘atchilikka katta e‘tibor qaratilishi lozim.
O‘zbek tilining so‘z boyligi xilma-xilligini asoslovchi lug‘atlardan biri bu
Zulxumor Xolmonova va Dilnoza Nasriyeva hammuallifligida tuzilgan “ O‘zbek
shevalaridagi lakunar birliklar lug‘ati “ nomli kitobdir. “ Lakuna “ lotin tili
asosidagi fransuzcha so‘z bo‘lib, “ bo‘shliq, chuqurlik, bo‘sh joy “ degan
ma’nolarni bildiradi. Lakuna – biror bir tilde ekvivalent tushunchaning
nomlanmasligi, so‘z shakliga ega bo‘lmasligi natijasida yuzaga keladi. Mazkur
lug‘at lakunalarga oid tadqiqotlar, sheva so‘zlari, lakunar birliklar lug‘ati uchun
material vazifasini o‘taydi.

Lug‘atdagi misollar yangi o‘zbek transkripsiyasida berilgan bo‘lib,

so‘zlarning qo‘llanish hududlari, so‘z izohi, illustrativ namunalar hamda ba’zi
so‘zlarning tasviri ham keltirilgan. Bularni quyidagi misollar orqali ko‘rsak
bo‘ladi.

GAVRON

(гаврон) xirmon yanchishda ho‘kizlarni haydash uchun

ishlatiladigan tayoq (Surxandaryo; X.M).

DASTAK

(дастак) - daraxtni kesganda uncha yo‘g‘on bo'lmagan

shoxlaridan kesib olingan 2-3 m. chamasidagi xoda (Qashqadaryo, Qamashi;
N.T).

Hozirgi kunda tilimizning so‘z boyligini ko‘rsatib turuvchi asosiy lug‘atimiz

bu “ O‘zbek tilining izohli lug‘atidir “. Ushbu manbada ham aynan shevaga xos
so‘zlarning berilish holatini ko‘rsak bo‘ladi. To‘g‘ri, nimaga adabiy tilga shevaga
xos so‘zlarni aralashtirish holati mavjud, degan savol tug‘ilishi mumkin. Lekin
aynan shevaga xos so‘zlar tilimizning ichki manba asosida boyishiga xizmat
qiluvchi birliklar hisoblanadi. Bundan tashqari, shevaga xos so‘zlardan badiiy
adabiyotda ham milliy koloritni aynan yoritib berish uchun ham keng qo‘llanishi


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

26

bunga yana bir asos vazifasini o‘taydi. Masalan,

Aytuvli 1

Hurmatli, qimmatli,

aziz. Aytuvli mehmon.

2

Dong chiqargan, nomdor. Yig‘inda Karim ponsodlardan tortib,

Toshkentning aytuvli odamlari bor edi. A.Qodiriy, O‘tkan kunlar.

Bu masala bo‘yicha Raimnazarova N. “ O‘zbek tilining izohli lug‘atlarida

shevaga oid so‘zlarning berilishi “ nomli dissertatsiya ishini 2023-yilda himoya
qilgan.

Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi kabi lug‘atlarning yaratilishi o‘zbek

tilining lug‘at boyligi oshishiga va shu bilan bir qatorda shevaga xos
so‘zlarimizning yo‘qolib ketish holatlarini oldini olish uchun ham yordam beradi.
Keying tadqiqotlarda yanada kengroq ko‘lamni qamrab olgan hamda ko‘plab
mavzularga oid shevalarni hududlararo tarqalishini ko‘rsatuvchi, o‘g‘uz,
qipchoq, qarluq lahjalarini fonetik, leksik, morfologik farqlarini aniq chegaralab
beruvchi, har bir soha vakillari uchun xos shevalarni mavzulashtirgan hamda
o‘zbek dialektologik atlasini yaratish kabi tadqiqotlar o‘z yechimini kutmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-

6084-son “ Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish vat il siyosatini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida “ gi Farmoni.
2.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent, 2006-2008, 5tomlik.

3.

O‘zbek tili shevalar lug‘ati. Toshkent, 1971.

4.

Musayeva F. O‘zbek xalq so‘zlari. Toshkent, 2022.

5.

Xolmonova Z., Nasriyeva D. O‘zbek shevalaridagi lakunar birliklar lug‘ati.

Toshkent, 2022.
6.

yicha Raimnazarova N. “ O‘zbek tilining izohli lug‘atlarida shevaga oid

so‘zlarning berilishi “. Termiz,2023.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son “ Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish vat il siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida “ gi Farmoni.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent, 2006-2008, 5tomlik.

O‘zbek tili shevalar lug‘ati. Toshkent, 1971.

Musayeva F. O‘zbek xalq so‘zlari. Toshkent, 2022.

Xolmonova Z., Nasriyeva D. O‘zbek shevalaridagi lakunar birliklar lug‘ati. Toshkent, 2022.

yicha Raimnazarova N. “ O‘zbek tilining izohli lug‘atlarida shevaga oid so‘zlarning berilishi “. Termiz,2023.