Авторы

  • Dilrabo Karimova
    Buxoro davlat texnika instituti (Buxoro muhandislik texnologiya instituti) 120-24 QX guruh talabalari
  • Shabbona Boboquliyeva
    Buxoro davlat texnika instituti (Buxoro muhandislik texnologiya instituti) 120-24 QX guruh talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.84835

Ключевые слова:

Banan bio-yelim kraxmal lignin selluloza ekologik material biologik parchalanish

Аннотация

Ushbu maqolada bananning po‘stlog‘i va go‘shtidan biologik parchalanadigan bio-yelim olishning kimyoviy asoslari, ishlab chiqarish texnologiyasi va amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

33

TABIIY BIO-YELIM ISHLAB CHIQISH TEXNOLOGIYASI

Karimova Dilrabo Rahimovna

Boboquliyeva Shabbona

Buxoro davlat texnika instituti (Buxoro muhandislik

texnologiya instituti)

120-24 QX guruh talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.15340406

Annotatsiya

Ushbu maqolada bananning po‘stlog‘i va go‘shtidan biologik

parchalanadigan bio-yelim olishning kimyoviy asoslari, ishlab chiqarish
texnologiyasi va amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar

Banan, bio-yelim, kraxmal, lignin, selluloza, ekologik material, biologik

parchalanish

Mazkur maqola banan mevasining yeyilmaydigan qismlaridan, xususan

po‘stlog‘i va mag’zidan foydalangan holda ekologik toza bio-yelim ishlab chiqish
imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida yozildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi –
chiqindi hisoblangan tabiiy resurslardan samarali foydalanib, biologik
parchalanadigan va inson salomatligiga zarar yetkazmaydigan yopishtiruvchi
modda yaratishdir.

Tabiiy bioyelim (biopolimerli elimlar) — bu biologik manbalardan

(masalan, kraxmal, sellyuloza, pektin, kazein, lignin va boshqalar) olinadigan,
parchalanadigan va ekologik xavfsiz elimlar bo‘lib, so‘nggi yillarda atrof-muhitni
muhofaza qilish maqsadida tobora ommalashib bormoqda. Tabiiy bioyelimning
ahamiyati shundaki u birinchidan ekologik xavfsiz, biologik parchalanadi:
Tabiatda qisqa vaqt ichida mikroorganizmlar yordamida parchalanib ketadi.
Zaharli chiqindi qoldirmaydi, plastmassa asosli elimlarga nisbatan atrof-muhitga
zarar yetkazmaydi. 2. Qayta tiklanadigan manbalardan olinadi. Neftdan
olinadigan sintetik elimlardan farqli ravishda, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yoki
chiqindilaridan olinadi (masalan, makkajo‘xori kraxmali, kartoshka, sut
oqsillari). 3.Tibbiyotda xavfsiz qo‘llaniladi. Plastik asosli yopishtiruvchi
moddalar ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Jarrohlikda, yara bog‘lovchi
vositalarda, bioaktiv qoplamalarda qo‘llanadigan bioyelimlar inson organizmiga
zarar yetkazmaydi. 4. Oziq-ovqat sanoatida foydali.Tabiiy bioyelimlar oziq-ovqat
mahsulotlarini qadoqlashda yoki oziq-ovqatga qo‘llaniladigan yopishtiruvchi
modda sifatida ishlatiladi.Masalan, pektin, jelatin, kraxmal asosli bioyelimlar
qandolat sanoatida keng qo‘llaniladi. Biorezorbsiyalanuvchi (organizmda
eriydigan) bo‘lishi tufayli ichki foydalanish uchun ham mos keladi.

5. Qog‘oz va


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

34

karton sanoatida qo‘llanilsa bo’ladi. Qog‘oz yopishtirish, ekologik o‘ramlar, ofis
va maktab elimlarida keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, bolalar uchun xavfsiz elim
sifatida talab yuqori. 6. Qishloq xo‘jaligida urug‘ qoplama, degradatsiyalanuvchi
plyonkalar, tabiiy mulchalash materiallari sifatida foydalidir. Ushbu maqola
banandan tabiiy bio-yelim olish va uni sanoatda qo‘llash imkoniyatlarini tahlil
qiladi.

Banan boy kimyoviy tarkibga ega bo’lib, mag’zidagi kraxmal (20–25%) –

suv bilan qizdirilganda yopishqoq massa hosil qiladi. 1–2% pektin bo’lib, bu
tabiiy polisaxarid qattiqlik va yopishqoqlikni oshiradi.Tarkibidagi fruktoza va
glyukoza – suv bilan aralashtirilganda yopishqoqlikni oshiradi.

Po‘stlog‘ida 6–12% lignin bo’lib,u bio-yelimning mexanik mustahkamligini

oshiradi, 30–50% selluloza esa tabiiy tolalar bilan birikib, yopishqoq tuzilmani
hosil qiladi, fenolik birikmalar – bio-yelimning chidamliligini oshiradi.

Bio-yelim tayyorlash uchun avval xomashyo tayyorlanadi. Buning uchun

bananning po‘stlog‘i va eti maydalanadi, suv yoki etanol eritmasida ekstraksiya
qilinadi. Filtratsiya va issiqlik bilan ishlov berilib,polisaxaridlar ajratiladi.
So’ngra Lignin va sellulozani mustahkamlovchi komponentlar qo‘shiladi.

Qotish bosqichida quritish va barqarorlashtirish jarayoni orqali bio-yelim

hosil qilinadi.

Xulosa qilib aytganda tabiiy bioyelimlar — kelajakda barqaror rivojlanish,

ekologik muvozanat va salomatlik uchun muhim yechimlardan biri bo‘lib, turli
sohalarda sintetik elimlarni bosqichma-bosqich almashtirish imkoniyatini
beradi.

Использованная литература:

1.

Muhiddinovna B. Z. Functions and forms of chemical experiment

//European science review. – 2020. – №. 1-2. – С. 48-50.
2.

Бердиева З. М., Ниязов Л. Н. Use of information and communication

technologies in teaching the subject of chemistry in higher education institutions
//Ученый XXI века. – 2016. – №. 5-2 (18). – С. 26-29.
3.

Бердиева З. М. Способы обучения учащихся решению химических

задач //Достижения науки и образования. – 2020. – №. 6 (60). – С. 4-8.
4.

Бердиева З. М. ЮҚОРИ ТАРКИБЛИ ТРАНС-РЕСВЕРАТРОЛ САҚЛАГАН

ҚОРА ТУТ ТАБИИЙ ХОМАШЁ СИФАТИДА //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 22.
– №. 2. – С. 8-12.
5.

Бердиева З. М., Мирзаева Ш. У. Экстракция масла цветков джиды

сверхкритической углекислотой //Интеграция современных научных
исследований в развитие общества. – 2016. – С. 181-183.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

35

6.

Мухаммадиева З. Б., Бердиева З. М. Пищевая безопасность СО2-

экстрактов из растительного сырья //Universum: химия и биология. –
2020. – №. 4 (70). – С. 8-
7.

Бердиева З. М., Жахонов Ж., Мирзаев А. АНАЛИЗ РАСТИТЕЛЬНОГО

ПОЛИФЕНОЛА //SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF
SCIENTIFIC RESEARCH. – 2023. – Т. 1. – №. 8. – С. 284-287.
8.

Мухамадиев Б. Т., Садикова М. И. Применение электромагнитного

поля низкой частоты (эмп нч) в производстве растительных ингредиентов
//Universum: химия и биология. – 2020. – №. 11-2 (77). – С. 34-36.
9.

Nargiza A. Development of an improved two-stage technology for fixing

moving soils and sands with the use of a mechano-chemical disperser
//Universum: технические науки. – 2022. – №. 11-8 (104). – С. 26-29.
10.

Адизова Н. З. Технологических решений по переработке и

утилизации нефтесодержащих отходов //Science and Education. – 2023. – Т.
4. – №. 4. – С. 618-622.

Библиографические ссылки

Muhiddinovna B. Z. Functions and forms of chemical experiment //European science review. – 2020. – №. 1-2. – С. 48-50.

Бердиева З. М., Ниязов Л. Н. Use of information and communication technologies in teaching the subject of chemistry in higher education institutions //Ученый XXI века. – 2016. – №. 5-2 (18). – С. 26-29.

Бердиева З. М. Способы обучения учащихся решению химических задач //Достижения науки и образования. – 2020. – №. 6 (60). – С. 4-8.

Бердиева З. М. ЮҚОРИ ТАРКИБЛИ ТРАНС-РЕСВЕРАТРОЛ САҚЛАГАН ҚОРА ТУТ ТАБИИЙ ХОМАШЁ СИФАТИДА //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 22. – №. 2. – С. 8-12.

Бердиева З. М., Мирзаева Ш. У. Экстракция масла цветков джиды сверхкритической углекислотой //Интеграция современных научных исследований в развитие общества. – 2016. – С. 181-183.

Мухаммадиева З. Б., Бердиева З. М. Пищевая безопасность СО2-экстрактов из растительного сырья //Universum: химия и биология. – 2020. – №. 4 (70). – С. 8-

Бердиева З. М., Жахонов Ж., Мирзаев А. АНАЛИЗ РАСТИТЕЛЬНОГО ПОЛИФЕНОЛА //SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH. – 2023. – Т. 1. – №. 8. – С. 284-287.

Мухамадиев Б. Т., Садикова М. И. Применение электромагнитного поля низкой частоты (эмп нч) в производстве растительных ингредиентов //Universum: химия и биология. – 2020. – №. 11-2 (77). – С. 34-36.

Nargiza A. Development of an improved two-stage technology for fixing moving soils and sands with the use of a mechano-chemical disperser //Universum: технические науки. – 2022. – №. 11-8 (104). – С. 26-29.

Адизова Н. З. Технологических решений по переработке и утилизации нефтесодержащих отходов //Science and Education. – 2023. – Т. 4. – №. 4. – С. 618-622.