MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
30
ZUBTURUM TARKIBIDAGI ASKORBIN KISLOTASI KIMYOVIY
ANALIZI
Ramazonov Akram Akmal oʻgʻli
BDTU 120-24 QX guruhi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15339978
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Katta zubturum ( Plantago major L.)
tarkibidagi foydali moddalar, shu jumladan askorbin kislotasi haqida umumiy
ma’lumot, geografik tarqalishi, mahsulot tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi va
analizi, qo’llaniladigan qismi hamda dorivor preparatlari haqida ma’lumot
berilgan.
Kalit so’zi:
Askorbin kislotasi, katta zubturum (Plantago Major L.) ,
Zubturumdoshlar- Plantaginaceae oilasi, plantoglutsid preparati, nastoyka, teri,
kuydurgi, nafas yo’li, me’da-ichak,
Askorbin kislotasi (vitamin C) tibbiyotda juda katta ahamiyatga ega, chunki
u organizmning ko‘plab biologik jarayonlarida faol ishtirok etadi. Askorbin
kislotasi kuchli antioksidant bo‘lib, erkin radikallarni zararsizlantiradi. Bu
xususiyati tufayli qarish jarayonini sekinlashtiradi, hujayralarni oksidlovchi
stressdan himoya qiladi. Askorbin kislotasi kollagen hosil bo‘lishi uchun zarur
kofaktor bo‘lib, terining sog‘lomligi va yaralarning tez bitishiga yordam beradi.
Immun hujayralar (leukotsitlar) faoliyatini kuchaytiradi. Virus va bakteriyalarga
qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi. Askorbin kislotasi ovqat tarkibidagi
temirning (Fe²⁺) organizmga yaxshi so‘rilishiga yordam beradi. Ayniqsa, temir
tanqisligi anemiyasini davolashda foydali. Kollagen sintezini rag‘batlantirganligi
sababli, askorbin kislotasi suyak to‘qimalari va tishlar uchun muhimdir.
Askorbin kislotasi qora smorodinada 300; Namatak (mevasida) va katta
zupturmda 300; Ukropda 135; Limonda 40; Karamda 30; Yangi kartoshkada
35; Ko‘k piyoz
60 mg/100 g bo’ladi.
Katta zubturum (Plantago Major L.) Zubturumdoshlar- Plantaginaceae
oilasiga mansub bo’lib, kalta va yog’on ildizpoyali, poyasiz ko’p yillik o’t o’simlik.
Yer ustki qismini ildizoldi barglari va 10-15 sm balandligdagi gul o’qi tashkil
qiladi. Barglari uzun, qanotli bargli, keng tuxumsimon yoki keng ellipissimon,
tekis qirrali, 3-9 ta yoysimon asosiy tomirli bo’ladi.Gul o’qi bitta yoki bir nechta.
Mayda, ko’rimsiz, to’rt bo’lakli gullari o’qi ichidagi boshoqsimon to’pgulga
joylashgan. Mevasi-tuxumsimon, ko’p urug’li ko’sakcha. Zubturum iyun-sentabr
oylarida gullaydi va mevasi yetiladi.
Kimyoviy tarkibi. O’simlikning yer ustki qismi tarkibida 0.1% efir moyi,
shilliq moddalar, saponinlar, aukubin glikozidi, C vitamini (300mg% gacha) va K
vitamini, 4.5-32.91 mg% karotin, flavonidlar (lyuteolin, apigenin, baykalalien va
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
31
ularning glikozidlari), organik kislotalar, oshlovchi va boshqalar) urug’ida
22%gacha yog’, 44%gacha shilliq va boshqa biologok faol moddalar
mavjud.Askorbin kislota — kristall modda; skorbutga qarshi vitamin.
Hayvonlarning buyrak usti bezlari, gipofizi va jigarida, ignabargli daraxtlar
yaproklarida, ayniqsa hoʻl meva va sabzavotlarda koʻp. Bu vitamin issiqqa
chidamsiz, yuqori temperaturada buziladi. Askorbin kislota organizmdagi
oksidlanish va qaytarilish jarayonlarida qatnashadi. Uning ovqatda yetishmasligi
qon tomirlarning shikastlanishi, qon oqishi bilan kechadigan lavsha (skorbut)
kasalligiga sabab boʻladi.
Katta zubturumning dorivorlik xususiyatlari. Katta zubturumning dorivor
preparatlaridan (damlamasi, yangi yig’ib olingan bargi yoki yer ustki qismining
konservatsiya qilingan shirasi, shirasidan tayyorlangan plantoglusit preparadi)
meda-ichak kasalliklari (gastrit, enterid, enterokolid), yog’on ichakning
yallig’lanishi, meda va o;n ikki barboq ichakning yara kasalligini davolashda
foydalaniladi. Bundan tashqari, meda shirasining kislotaligini kamayib ketgan
holda ham ishlatiladi. Bargi yoki yer ustki qismi shirasi bilan tuzalishi qiyin
bo’lgan kolit kasalligi va yaralar davolanadi.
Zubturum bargi yo’talga qarshi ishlatiladigan yig’malar- choylar tarkibiga
kiradi. Zubturum qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda keng
ishlatib kelingan o’simlik hisoblanadi. Uning bargi bilan Abu Ali ibn Sino o’z
vaqtida qiyin bitadigan yaralarni, shishlarni (xavfli shishlarni ham), ko’z
yallig’lanishi, jigar, buyrak va boshqa kasalliklarni davolagan hamda qon
to’xtatish uchun ishlatgan. Jigar va buyrak kasalliklarini hamda qon tupurishda
bemorga zubturum urug’ining qaynatmasini ichirgan.
Bargidan tayyorlangan damlamasi yoki quritilmagan barg shirasi xalq
tabobatida nafas yo’llari, ko’z, teri, bezgak, yo’g’on ichak yallig’lanishi va turli
yuqumli kasalliklarni hamda kuydirgini davolashda ishlatiladgan
Zubturum urug’idan tayyorlangan qaynatmasi yoki shakarga aralashtirib
qovurilgan urug’i bilan yo’tal, isitma va boshqa kasalliklar davolanadi.
Zubturumning yangi yig’ilgan bargini ezib teng miqdorda shakar aralashtiriladi
va issiq joyda 3 hafta saqlanadi. So’ng shu aralashmadan ajralib chiqqan
shiradan kuniga 3-4 choy qoshiqda o’pka va meda raki kasalligini davolash
uchun bemorga ishlatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
E.T.Berdiyev, E.T.Axmedov Tibbiy dorivor o’simliklar. Toshkent-2018
2.
H.X.Xolmatov O’.A.Ahmedov Farmakognoziya. Toshkent-2021
3.
Muhiddinovna B. Z. Functions and forms of chemical experiment
//European science review. – 2020. – №. 1-2. – С. 48-50.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
32
4.
Бердиева З. М., Ниязов Л. Н. Use of information and communication
technologies in teaching the subject of chemistry in higher education institutions
//Ученый XXI века. – 2016. – №. 5-2 (18). – С. 26-29.
5.
Бердиева З. М. Способы обучения учащихся решению химических
задач //Достижения науки и образования. – 2020. – №. 6 (60). – С. 4-8.
6.
Бердиева З. М. ЮҚОРИ ТАРКИБЛИ ТРАНС-РЕСВЕРАТРОЛ САҚЛАГАН
ҚОРА ТУТ ТАБИИЙ ХОМАШЁ СИФАТИДА //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 22.
– №. 2. – С. 8-12.
7.
Бердиева З. М., Мирзаева Ш. У. Экстракция масла цветков джиды
сверхкритической углекислотой //Интеграция современных научных
исследований в развитие общества. – 2016. – С. 181-183.
8.
Мухаммадиева З. Б., Бердиева З. М. Пищевая безопасность СО2-
экстрактов из растительного сырья //Universum: химия и биология. –
2020. – №. 4 (70). – С. 8-12.
9.
Бердиева З. М., Жахонов Ж., Мирзаев А. АНАЛИЗ РАСТИТЕЛЬНОГО
ПОЛИФЕНОЛА //SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF
SCIENTIFIC RESEARCH. – 2023. – Т. 1. – №. 8. – С. 284-287.
10.
Мухамадиев Б. Т., Садикова М. И. Применение электромагнитного
поля низкой частоты (эмп нч) в производстве растительных ингредиентов
//Universum: химия и биология. – 2020. – №. 11-2 (77). – С. 34-36.