MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
61
AXLOQ TUZATISH ISHLARI JAZOSINING AHAMIYATI VA UNI IJRO
ETILISHIDA PROBATSIYA XIZMATINING ROLI
Raimova Diyora
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15493422
Annotatsiya:
Mazkur tezisda axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoning
mazmun-mohiyati, uning huquqiy-meʼyoriy asoslari va amaliy qoʻllanish tartibi
tahlil qilindi. Ushbu jazo turining ahamiyati, jinoyat sodir etgan shaxsni
jamiyatdan ajratmagan holda mehnatga jalb qilish orqali uni tarbiyalash, qayta
ijtimoiylashtirish va reabilitatsiya qilishdagi oʻrni ochib berildi. Shuningdek,
Oʻzbekiston Respublikasi Probatsiya xizmati faoliyati doirasida ushbu jazoning
ijro etilishidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari ham tahlil
qilindi.
Kalit soʻzlar:
Axloq tuzatish ishlari, probatsiya xizmati, jinoyat, jazo,
reabilitatsiya.
Аннотация:
В данной тезисной работе рассмотрена сущность
наказания в виде исправительных работ, его правовые и нормативные
основы, а также практика применения. Раскрыто значение данного вида
наказания в процессе исправления, ресоциализации и реабилитации
осужденных посредством привлечения их к общественно полезному труду
без изоляции от общества. Кроме того, проанализированы существующие
проблемы исполнения этого наказания в рамках деятельности службы
пробации Республики Узбекистан и предложены пути их устранения.
Ключевые слова:
Исправительные работы, служба пробации,
преступление, наказание, реабилитация.
Abstract:
This thesis analyzes the essence of correctional labor as a form of
punishment, its legal and regulatory framework, and practical application. The
study highlights the importance of this type of punishment in rehabilitating and
socially reintegrating offenders by engaging them in socially beneficial labor
without isolating them from society. Additionally, the paper examines existing
challenges in the implementation of this punishment within the activities of the
Probation Service of the Republic of Uzbekistan and proposes solutions to
overcome these issues.
Keywords:
Correctional labor, probation service, crime, punishment,
rehabilitation.
Bugungi kunda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzar shaxslarni
jamiyatga qayta moslashtirishda jinoyatga nisbatan belgilangan jazolar muhim
oʻrin tutadi. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, “Jamiyatimizda korrupsiya,
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
62
turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi
kurashish, ularga yoʻl qoʻymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani
toʻgʻrisidagi qonun talablarini amalda taʼminlash boʻyicha qatʼiy choralar
koʻrishimiz zarur” . Ushbu jazolar orasida axloq tuzatish ishlari oʻzining
tarbiyaviy ahamiyati bilan ajralib turadi.
Axloq tuzatish ishlari jazosi – bu sud hukmiga koʻra, aybdor shaxsni oʻzining
asosiy ish joyida yoki davlat tomonidan belgilanadigan mehnat faoliyati
doirasida ishlashga majburan jalb qilishdan iborat boʻlgan, ish haqining
muayyan qismini davlat daromadiga ushlab qolgan holda amalga oshiriladigan
jazo turidir. Sud amaliyotida axloq tuzatish ishlari jazosi jinoyatchi shaxslarga
nisbatan koʻp qoʻllaniladigan jinoiy jazo turlaridan biridir. Axloq tuzatish ishlari
tariqasidagi jazo sudning hukmiga muvofiq, mahkumning oʻz ish joyida yoki
Probatsiya xizmati tomonidan belgilab berilgan boshqa joylarda oʻtaladi.
Mahkum doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan taqdirda hukmning ijrosi hukm
chiqarilgan joydagi Probatsiya xizmati zimmasiga yuklanadi.
Probatsiya xizmati mahkumni aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari
orqali yoʻllanma berish asosida ishga joylashtiradi. Normativ-huquqiy asos qilib,
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevraldagi "Ichki
ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha
qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarorini keltirish mumkin. Ushbu 84-
son qarorining 2-ilovasiga muvofiq, mahkumlarni ish bilan taʼminlash, ularning
oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan
kasblarga oʻrgatish, kasbga oʻrgatish vaqtida belgilangan tartibda subsidiya
berish, mahkumlar uchun boʻsh ish oʻrinları yarmarkasini tashkil etish, haq
toʻlanadigan jamoat va mavsumiy ishlarga jalb etish choralarini koʻrish aholi
bandligiga koʻmaklashish markazlarining vazifasi hisoblanadi.
Tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki, shunga qaramay, ushbu jazo turining
ijrosida ayrim muammolar mavjud:
- Mahkumlarni ish bilan taʼminlashdagi qiyinchiliklar;
- Ish beruvchilarning ushbu jazoni oʻtayotgan shaxslarni qabul qilishga
tayyor emasligi;
- Probatsiya xodimlari sonining yetishmasligi;
- Tashkilotlar bilan hamkorlikning sustligi;
- Jazo ijrosining yetarlicha monitoring qilinmasligi.
Xalqaro tajriba shuni koʻrsatadiki, axloq tuzatish ishlari jazosini samarali
amalga oshirish uchun maxsus nazorat organlari, ish beruvchilar bilan ijtimoiy
sheriklik tizimi, mahkumlar uchun kasbiy tayyorgarlik dasturlari va psixologik
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
63
yordam mexanizmlari zarur. Oʻzbekiston sharoitida ham bu tajribalarni
moslashtirish orqali ushbu jazo ijrosini yanada samarali amalga oshirish uchun
quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin:
- Ish beruvchilar bilan ijtimoiy sheriklik asosida maxsus dasturlar ishlab
chiqish;
- Probatsiya xizmatining moddiy-texnik bazasini kuchaytirish;
- Axloq tuzatish ishlari bilan bogʻliq sud amaliyotini tahlil qilish va metodik
tavsiyalar ishlab chiqish;
- Mahkumlarning ijtimoiy va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan
treninglar tashkil etish.
Xorijiy davlatlar jinoyat-ijroiya qonunchiligida axloq tuzatish ishlari
jazosining oʼtalishini nazorat qiluvchi organlar ham turlicha belgilanganligini
kuzatish mumkin. Masalan, Ozarbayjonda jazoning mahkum tomonidan oʻtalishi
- sud ijrochisi, Ukrainada axloq tuzatish ishlari jazosining nazorati - probatsiya
organi, Rossiya Federatsiyasi, Belarussiya, Armaniston, Qozogʼiston
Respublikalarida esa - jazoni ijro etish inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilishi
belgilab berilgan .
Xulosa qilib aytganda, mazkur jazo turi yengilroq toifadagi jinoyatlar uchun
qoʻllanilsada, u jinoyatchiga nisbatan ijtimoiy foydali mehnat orqali tarbiyaviy
taʼsir koʻrsatish, uni mehnat jamoasida nazorat qilish, shu orqali uning
ijtimoiylashuvini taʼminlashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2023.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi. – Toshkent: Adolat,
2023.
3. Ruziyev I. Xorijiy mamlakatlar jinoyat qonunchiligida axloq tuzatish ishlari
jazosining tartibga solinishi // Общество и инновации. 2021-T.2.-№ 3/5
4. Azizov Z. Probatsiya xizmati faoliyatida xalqaro tajriba va Oʻzbekiston
amaliyoti // Huquq va burch. – 2022. – №6. – B. 31–34.
5. Xojimatov T. Jazo turlari va ularni amalga oshirishning huquqiy mexanizmi //
Jamiyat va boshqaruv. – 2023. – №3. – B. 45–50.