Temir tanqisligi anemiyasi

К Абдиев, А Мадашева

Temir tanqisligi anemiyasi bilan kasallangan bemorlar har qanday mutaxassislikdagi shifokorga murojaat qilishi mumkin. Ushbu kasallikning sabablari har doim ham aniqlanmaydi va yetarli tarzda davolanmaydi. Kasallik tashxis jarayonida ham, davolash jarayonida ham zamonaviy yuqori tibbiy texnologiyalardan foydalanishni talab qiladi. Shu bilan birga, shifokorlar tashxis qo'yishda, qon tahlilini talqin qilishda, temir tanqisligi anemiyasini davolashning taktikasini tanlashda juda ko’p xatolarga yo'l qo'yishadi. Temir tanqisligi anemiyasiga tibbiy yordam, ushbu kasallikni keltirib chiqaradigan omillarning profilaktikasi hozirgi vaqtda aholi sog’ligini himoya qilishning dolzarb masalasi bo’lib qolmoqda. Aholiga tibbiy yordam ko’rsatishni yangi bosqichga ko’tarish, kasallikning profilaktikasi va erta tashxislash tizimini yanada rivojlantirish, sohaga ilg’or tashxis usullarini joriy etish va davolashda tibbiy xizmatlarining moddiy-texnik bazasi hamda kadrlar salohiyatini mustahkamlash boyicha mamlakatimizda qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Temir tanqisligi anemiyasining manifest shakli ulushi kasallikning
tarqalishining muhim darajasiga mos keladigan aholining 30 foizidan oshadi. Temir tanqisligi anemiyasi ekologik muammolar zonasi bo’lgan Janubiy Orol bo’yi mintaqalarida xavf guruhlarida sezilarli darajada keng tarqalgan.
Mazkur kitobda shifokor amaliyotida har kuni duch keladigan temir tanqisligi anemiyasi batafsil tavsiflangan. Kitobda temir metabolizmi va aniqlash usullari, gem sintezi, kasallikning qisqacha tarixi, tarqalishi, etiopatogenezi, yangi tasnifi, klinikasi, prelatent va latent temir tanqisligining tashxisi, temir tanqisligi anemiyasining manifest bosqichini asosli tashxislash, temirni qayta taqsimlanishi va temir bilan to’yingan anemiyalar bilan qiyosiy tashxisi, davolash, prognozi, ijtimoiy va individual profilaktikasi tavsiflangan. Shuningdek, homiladorlar temir tanqisligi anemiyasini bosqichlari boyicha tibbiyotning zamonaviy yutuqlari nuqtai nazaridan davolash, YUNICEFning O’zbekistonda ovqatlanish bo’yicha faoliyati, O’zbekistonda anemiyalarni kamaytirish borasida davlat tomonidan qilinaytgan ishlar haqida ma'lumotlar berilgan.

5

Просмотров

0

Загрузок

hh-index

0

Цитаты

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов