Authors

  • Aliyorova Sevara Bahrom qizi
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Tibbiyot fakulteti 1-kurs talabasi
  • Bekmirzayev Eshquvvat Roʼziboyevich
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Tibbiyot fakulteti 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mpttp.100374

Keywords:

eritrotsitlar leykotsitlar trombotsitlar gem globin metagemoglobin eritrotsitoz eritropeniya gemoliz normoxrom granulositlar agranulositlar eozinofillar bazofillar neytrofillar

Abstract

Ushbu maqolada qonning shaklli elementlari — eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar va ularning tarkibi hamda turlari haqida ma’lumot berilgan. Eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlarning vazifalari, fagositoz jarayoni hamda qon ivish mexanizmlari tahlil qilinadi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 05, Мая

99

https://universalpublishings.com

QONNING SHAKLLI ELEMENTLARI VA ULARNING

TARKIBI

Aliyorova Sevara Bahrom qizi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Tibbiyot fakulteti 1-kurs talabasi

Bekmirzayev Eshquvvat Roʼziboyevich

Email:

eshquvvatbekmirzaev@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada qonning shaklli elementlari —

eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar va ularning tarkibi hamda turlari haqida
ma’lumot berilgan. Eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlarning vazifalari,
fagositoz jarayoni hamda qon ivish mexanizmlari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar, gem, globin,

metagemoglobin, eritrotsitoz, eritropeniya, gemoliz, normoxrom, granulositlar,
agranulositlar, eozinofillar, bazofillar, neytrofillar

ФОРМЕННЫЕ ЭЛЕМЕНТЫ КРОВИ И ИХ СОСТАВ

Алиёрова Севара Бахромовна

Студентка 1 курса медицинского факультета Терmezского университета

экономики и сервиса

Бекмирзаев Эшкувват Рузибоевич

Email:

eshquvvatbekmirzaev@gmail.com

Аннотация.

В данной статье рассматриваются форменные

элементы крови — эритроциты, лейкоциты, тромбоциты, их состав и
разновидности. Анализируются функции эритроцитов, лейкоцитов и
тромбоцитов, процесс фагоцитоза и механизмы свертывания крови.

Ключевые слова:

эритроциты, лейкоциты, тромбоциты, гем, глобин,

метгемоглобин, эритроцитоз, эритропения, гемолиз, нормохромные,
гранулоциты, агранулоциты, эозинофилы, базофилы, нейтрофилы.


Qonning tarkibini sentrifuga yordamida aniqlash mumkin. Qonni

probirkaga solib aylantirilganda, undagi har bir zarrachaga markazdan qochma


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 05, Мая

100

https://universalpublishings.com

kuch ta’sir qiladi. Natijada probirkada joylashgan qon qatlamlarga ajraladi:
eritrotsitlar tubida, plazma yuqorisida, qolgan elementlar esa o‘rtada joylashadi.

Eritrotsitlar — ikki tomoni botiq ellips shaklidagi yadrosiz hujayralardir.

Ularning diametri 7–8 mkm, qalinligi 2,5–2,7 mkm ga teng. Erkaklarda 1 mm³
qonda 4,5–5 million, ayollarda esa 4–4,5 million dona eritrotsit mavjud. Har
sutkada o‘lgan eritrotsitlar o‘rniga taxminan 300 milliard yangi eritrotsit hosil
bo‘ladi. Eritrotsitlar hayoti 30 kundan 120 kungacha davom etadi. Ular qizil
ilikda yetiladi. Eritrotsitlarning asosiy qismini (85–90%) qonga rang beruvchi
gemoglobin tashkil etadi. 100 g qonda o‘rtacha 16,6–17 g gemoglobin bo‘ladi.
Eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin o‘pkadan kislorod biriktirib olib, uni
organizmning hujayra va to‘qimalariga yetkazib beradi.

Gemoglobin gem va oqsil — globin — qismlaridan tashkil topgan bo‘lib,

gem tarkibida temir (Fe) mavjud. Eritrotsitlar soni yoki ulardagi gemoglobin
miqdorining kamayib ketishi

kamqonlik

(anemiya) deb ataladi. Eritrotsitlar

muhim buffer vazifasini bajaradi va qonning reaksiya muhitini saqlab turishda
ishtirok etadi. Shuningdek, ular suv almashinuvi, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar
parchalanishidagi fermentativ jarayonlarda qatnashadi.

Eritrotsitlarning plazmatik pardasi Na⁺, K⁺ ionlari, ayniqsa O₂, CO₂, Cl⁻

va HCO₃⁻ uchun yuqori o‘tkazuvchanlikka ega. Ularning o‘lchami o‘zgaruvchan
bo‘lib, diametri 7,5–8,3 mkm, qalinligi — qavariq sohasida 2,1 mkm, botiq
joyida esa 1,1–1,2 mkm, yuzasi 145 mkm², hajmi esa 86 mkm³ ni tashkil etadi.

Og‘irligi 60 kg bo‘lgan odamda eritrotsitlarning umumiy miqdori

taxminan 25 trillionga teng. Eritrotsitlar sonining kamayishi

eritropeniya

, ortishi

esa

eritrotsitoz

deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi — tarkibida xromoproteid

— gemoglobinni saqlash va kislorod tashishdir.

Odam gemoglobinining molekulyar massasi 68 800 ga teng. Gemoglobin

oqsil (globin) va temir saqlovchi (gem) qismlardan iborat bo‘lib, har bir globin
molekulasiga 4 ta gem molekulasi to‘g‘ri keladi. Sog‘lom odamlarda gemoglobin
miqdori erkaklarda 130–160 g/l, ayollarda esa 120–165 g/l ni tashkil qiladi.
Gemoglobinning asosiy funksiyasi O₂ va CO₂ tashishdir. Shuningdek, u bufer
xususiyatga ega bo‘lib, ayrim zaharli moddalarni biriktira oladi.

Odam va hayvonlar gemoglobini tarkiban farqlanadi. Bu farq globin oqsil

qismining tuzilishiga bog‘liq. Gem esa barcha hayvonlarda bir xil tuzilishga ega


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 05, Мая

101

https://universalpublishings.com

bo‘lib, markazida kislorodni bog‘lay oladigan Fe²⁺ ioni tutgan porfirin molekulasi
mavjud.

Odam gemoglobinining oqsil qismi turlicha bo‘lib, bir necha

fraksiyalardan iborat: katta yoshli odamlarda asosiy qismi (95–98%) A (adultus
— katta yoshli) gemoglobin, 2–3% A₂, 1–2% esa fetal (fetus — homila) yoki F
gemoglobin fraksiyalaridan iborat bo‘ladi. A va A₂ gemoglobinlar barcha
eritrotsitlarda mavjud, F gemoglobin esa asosan homiladorlik davrida uchraydi.
Tug‘ilish vaqtida bolalar qonida F gemoglobinning miqdori 70–90% gacha
yetadi. F gemoglobin A gemoglobinga nisbatan kislorod bilan yuqori kimyoviy
yaqinlikka ega bo‘lgani sababli, homila to‘qimalarida gipoksiya holati
kuzatilmaydi.

Gemoglobinning kislorod bilan birikmasi

oksigemoglobin

, karbonat

angidrid bilan birikmasi esa

karbogemoglobin

deb ataladi.

Metgemoglobin

— bu

kuchli oksidlovchilar (ferrotsianid, bartolet tuzi, vodorod peroksidi va boshqalar)
ta’sirida gemoglobin tarkibidagi Fe²⁺ zaryadining Fe³⁺ ga aylanishi natijasida
hosil bo‘ladi. Natijada temir uch oksid hosil bo‘lib, u mustahkam tuzilishga ega
bo‘ladi va kislorodni to‘qimalarga yetkaza olmaydi, bu esa hayot uchun xavfli
holat hisoblanadi.

Eritrotsitlardagi gemoglobin miqdori

rang ko‘rsatkichi

yoki

Farb indeksi

(Fi, "farb" — rang, "index" — ko‘rsatkich) yordamida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich
eritrotsitning gemoglobin bilan to‘yinganlik darajasini bildiradi. Farb indeks —
bu gemoglobin va eritrotsitlar miqdorining foizdagi nisbati bo‘lib, bunda
gemoglobin miqdori 166,7 g/l, eritrotsitlar miqdori esa 5×10¹²/l deb qabul
qilinadi. Agar ikkala ko‘rsatkich 100% ga teng bo‘lsa, Fi = 1 deb hisoblanadi.

Normada Fi 0,75–1,1 oralig‘ida bo‘lib, bu holat

normoxromiya

deb

yuritiladi. Agar Fi 0,7 dan past bo‘lsa —

gipoxromiya

, 1,1 dan yuqori bo‘lsa —

giperxromiya

holati deb ataladi. Rang ko‘rsatkichini aniqlash klinikada

anemiyaning kelib chiqish sabablarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

Eritrotsitlar qobig‘ining yorilishi natijasida gemoglobinning plazmaga

chiqib ketishiga

gemoliz

deyiladi. Bunda plazma tiniq qizil rangga bo‘yaladi.

Gemolizning bir necha turlari mavjud:
Osmotik gemoliz – eritrotsitlar gipotonik eritmaga tushganda yuzaga

keladi. Sog‘lom odam eritrotsitlarining osmotik chidamlilik chegarasi NaCl ning


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 05, Мая

102

https://universalpublishings.com

0,42–0,48% eritmasiga to‘g‘ri keladi, to‘liq gemoliz esa 0,30–0,34% NaCl
eritmasida sodir bo‘ladi.

Kimyoviy gemoliz – eritrotsitlarning oqsil-lipid membranasi kimyoviy

moddalar (masalan, xloroform, efir, saponin) ta’sirida parchalanganda yuzaga
keladi.

Biologik gemoliz – ilonlar, hasharotlar yoki mikroorganizmlar zahari

ta’sirida yuzaga chiqadi.

Termik gemoliz – eritrotsitlar avval muzlatilib, keyin isitilganda

kuzatiladi.

Immun gemoliz – mos kelmagan qon quyilganda hosil bo‘ladigan immun

gemolizinlar ta’sirida yuzaga keladi.

Mexanik gemoliz – qonga mexanik ta’sir (masalan, qon saqlanayotgan

idish kuchli silkitilganda) natijasida eritrotsitlar qobig‘i yoriladi.

Eritrotsitlar organizmda quyidagi uch asosiy vazifani bajaradi:
Tashuvchi vazifa: eritrotsitlar O₂ va CO₂ ni, shuningdek, aminokislotalar,

polipeptidlar, oqsillar, uglevodlar, fermentlar, gormonlar, yog‘lar, xolesterin,
prostaglandinlar, leykotriyenlar, mikroelementlar va boshqa biologik faol
moddalarni tashiydi.

Himoyalovchi vazifa: eritrotsitlar immun reaksiyalarda, qon-tomir

gemostazida, qon ivishida va fibrinoliz jarayonlarida ishtirok etadi.

Boshqaruv vazifasi: eritrotsitlarda gemoglobinning mavjudligi tufayli

qonning pH darajasi, plazmadagi ionlar va suv muvozanati saqlanib turadi.
Kapillyarlarning arterial qismida eritrotsitlar suv va CO₂ ni to‘qimalarga beradi,
bu vaqtda ularning hajmi kichrayadi. Venoz qismida esa to‘qimalardan suv, CO₂
va almashinuv mahsulotlarini qabul qiladi va hajmi ortadi.

Eritrotsitlar shuningdek glyukozani va qon ivishiga qarshi modda —

geparinni tashiydi. Bu moddalarning konsentratsiyasi o‘zgarganda, eritrotsitlar
ularni o‘z ichiga olishi yoki plazmaga chiqarishi mumkin.

Eritrotsit tarkibida eritropoezni (yangi eritrotsitlar hosil bo‘lishini)

boshqaruvchi eritropoetik omil mavjud. Eritrotsitlar parchalanganda bu omil
suyak ko‘migiga o‘tadi va yangi eritrotsitlar sintezini faollashtiradi.

Eritrotsitlar parchalanganda gemoglobindan safro pigmenti hisoblangan

bilirubin hosil bo‘ladi, u keyinchalik jigar orqali organizmdan chiqariladi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 05, Мая

103

https://universalpublishings.com

Leykotsitlar yoki oq qon tanachalari organizmning himoya tizimida va

tiklanish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Ularning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:

Fagositoz (yot moddalarni yutib yo‘q qilish);
Antitanachalar (antitelolar) ishlab chiqarish orqali immun javobda

ishtirok etish;

Oqsil tabiatli toksinlarni parchalash va ularni organizmdan chiqarib

yuborish.

Leykotsitlar tuzilishi jihatidan eritrotsitlardan farq qiladi: ular yadroga

ega va faol amoebasimon harakat qilish qobiliyatiga ega. Ular qon tomirlari
ichida erkin harakatlanishi, to‘qimalarga kirib borishi va orqaga qaytishi
mumkin. Sog‘lom odamda 1 mkl qonda leykotsitlar soni 6000–8000 atrofida
bo‘ladi. Bu miqdor kun davomida o‘zgarib turadi: ertalab och qoringa nisbatan
kamroq, ovqatlangandan keyin, jismoniy faollik yoki kuchli hayajon vaqtida esa
ko‘payadi. Leykotsitlar sonining ortishi

leykositoz

, kamayishi esa

leykopeniya

deb ataladi. Leykotsitlar hajmi, yadrosi shakli, sitoplazma xususiyatlari va
funksiyalariga qarab turlicha bo‘ladi. Ularning diametri 6 dan 25 mikrongacha
bo‘lishi mumkin.

Leykotsitlar besh asosiy turga bo‘linadi:

Eozinofillar – 1–4%

Bazofillar – 0–0,5%

Neytrofillar – 60–70%

Limfotsitlar – 25–30%

Monotsitlar – 6–8%

Struktura va kelib chiqishiga ko‘ra, leykotsitlar ikki katta guruhga

ajratiladi:

Granulositlar (donali leykotsitlar): eozinofillar, bazofillar, neytrofillar –

bular suyak iligidagi mieloblastlardan rivojlanadi.

Agranulositlar (donasiz leykotsitlar): limfotsitlar va monotsitlar.
Limfotsitlar – leykotsitlarning eng kichigi bo‘lib, katta yumaloq yadro va

uni o‘rab olgan ingichka sitoplazma halqasiga ega. Ular immunitet
reaksiyalarida, xususan antitelolar sintezida muhim ahamiyatga ega.

Monotsitlar – eng yirik agranulositlar bo‘lib, loviyasimon yoki oval

shakldagi yadroga ega. Ularning sitoplazmasi limfotsitlarga nisbatan kamroq


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 05, Мая

104

https://universalpublishings.com

bazofildir, och ko‘k rangga ega bo‘lib, yadroga yaqin joyda azurofil (lizosomal)
granulalar mavjud.

Leykotsitlar suyak iligidagi o‘zak hujayralardan rivojlanadi va o‘rtacha

8–10 kun yashaydi. Ayrim kasalliklarda leykotsitlarning ma’lum turlari miqdor
jihatdan ortadi yoki kamayadi, bu esa diagnostik jihatdan muhim belgidir.

Leykotsitlarning asosiy funksiyasi — organizmni infeksiyalar, yot

moddalar va toksinlardan himoya qilish, ya’ni immunitetni ta’minlashdir.
Bundan tashqari, ular qon aylanishiga yordam beradi va qon tomiri
shikastlanganda qon ketishini to‘xtatishda ishtirok etadi.

Trombotsitlar (qon plastinkalari) suyakning ko‘mik qismida va taloqda

hosil bo‘ladi. Odam trombotsitlarining asosiy vazifasi qonning ivishini
ta’minlashdir. Ular soni kamayganda qonning ivish xossasi buziladi, bu esa
jarohatlanishda qon oqishini to‘xtatishni qiyinlashtiradi. Salgina urilish yoki
turtinish natijasida badanda ko‘karish (qon quyilishi) yuzaga kelishi mumkin,
hatto o‘z-o‘zidan burundan qon kelishi ham sodir bo‘ladi.

Trombotsitlar diametri 1-4 mikrometrni tashkil etadi va dumaloq

shakldagi plazmatik tuzilmalardir. Odam va sut emizuvchilarning qon
plastinkalari yadrosiz bo‘lib, shu sababli ko‘pchilik tadqiqotchilar trombotsitlarni
hujayrasiz tuzilmalar deb hisoblashadi. Odamning 1 mm

3

qonida 200–400 ming

trombosit mavjud bo‘lib, bu miqdor kun davomida o‘zgarib turadi. Periferik
qonda kunduzi trombotsitlar soni ko‘proq, kechasi esa kamroq bo‘ladi, bu
jismoniy mashqlar, mehnat va dam olish rejimiga bog‘liq. Masalan, og‘ir
jismoniy ishdan so‘ng odamning qon plastinkalari 3-5 baravar ko‘payadi.

Trombotsitlar 8 kun davomida yetishib oladi, va qon tomirlaridan chiqqan

qondagi trombotsitlar tezda parchalanib, 5-11 kunda yangilanadi. Ba’zi
ma’lumotlarga ko‘ra, ular 2-5 kun yashaydi. Odam uzoq vaqt davomida kam va
sifatsiz ovqatlansa, bir necha kun yoki hafta davomida og‘ir jismoniy mehnatdan
charchasa, surunkali kasalliklar mavjud bo‘lsa, trombotsitlarning soni kamayadi.
Bu holat organizmning nihoyatda kuchsizlanganligini ko‘rsatadi. Trombotsitlar
tarkibida serotonin moddasi mavjud bo‘lib, bu modda qon tomirlarini toraytirish
va qon ketgan vaqtda uning ivishini tezlashtirish xossasiga ega.

Xulosa.

Qonning shaklli elementlari — eritrotsitlar, leykotsitlar va

trombotsitlar organizm hayot faoliyatida muhim biologik vazifalarni bajaradi.
Eritrotsitlar asosan kislorod va karbonat angidrid tashishda, organizmda


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 05, Мая

105

https://universalpublishings.com

muvozanatni saqlashda va metabolik jarayonlarda qatnashadi. Leykotsitlar esa
organizmni yot moddalardan himoya qilish, immunitetni ta’minlash va
yallig‘lanish jarayonlarini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Trombotsitlar esa
qon ivishi va tomirlar yaxlitligini saqlashda ishtirok etadi. Ushbu elementlarning
miqdoriy va sifat jihatdan o‘zgarishi turli kasalliklarning rivojlanishiga olib
kelishi mumkin. Shuning uchun qon tarkibi va shaklli elementlarining o‘ziga xos
xususiyatlarini chuqur o‘rganish tibbiyot va biologiya fanlarida katta ahamiyatga
ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Q. Sodiqov, S. X. Aripova, G. A. SHaxmurova,

"Yosh fiziologiyasi va gigiyenesi"

,

T., 2009.

2.

O. T. Alyaviya, Sh. Q. Qodirov, A. N. Qodirov, Sh. H. Hamroqulov, E. H. Halilov,

"Normal fiziologiya"

, T., 2007.

3.

E. Nurittinov,

"Odam fiziologiyasi"

, T., 2005.

4.

Yu. A. A. Darinskogo va V. Ya. Apchela,

"Odam va hayvonlar fiziologiyasi"

, M.,

2011.

A.

G. Ahmedov, G. X. Ziyamuttdinova,

"Anatomiya, fiziologiya va patalogiya"

, T.,

2016.

5.

E. Ismailov, N. Mamatqulov, G. Xodjayev, Q. Norboyev,

"Biofizika va

radiobiologiya"

, T., 2018.

6.

Yunusov, M. M., & Zokirov, I. I., "Farg‘ona vodiysining ayrim dendrofil shiralari
(Homoptera, Aphidoidea) bioekologiyasi",

Academic research in educational

sciences

, 2(6), 1289-1299, 2021.

7.

Mirzakhalilovich, Y. M., Nabibullaevich, K. F., & Abdulazizovna, K. B.,
"Ecological-geographical distribution of aphids (homoptera aphidinea, aphididae)
in the Fergana valley", 2021.

References

Q. Sodiqov, S. X. Aripova, G. A. SHaxmurova, "Yosh fiziologiyasi va gigiyenesi", T., 2009.

O. T. Alyaviya, Sh. Q. Qodirov, A. N. Qodirov, Sh. H. Hamroqulov, E. H. Halilov, "Normal fiziologiya", T., 2007.

E. Nurittinov, "Odam fiziologiyasi", T., 2005.

Yu. A. A. Darinskogo va V. Ya. Apchela, "Odam va hayvonlar fiziologiyasi", M., 2011.

A. G. Ahmedov, G. X. Ziyamuttdinova, "Anatomiya, fiziologiya va patalogiya", T., 2016.

E. Ismailov, N. Mamatqulov, G. Xodjayev, Q. Norboyev, "Biofizika va radiobiologiya", T., 2018.

Yunusov, M. M., & Zokirov, I. I., "Farg‘ona vodiysining ayrim dendrofil shiralari (Homoptera, Aphidoidea) bioekologiyasi", Academic research in educational sciences, 2(6), 1289-1299, 2021.

Mirzakhalilovich, Y. M., Nabibullaevich, K. F., & Abdulazizovna, K. B., "Ecological-geographical distribution of aphids (homoptera aphidinea, aphididae) in the Fergana valley", 2021.