Authors

  • Dustova Gulzoda Komiljonovna
    Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
  • Achilova Manzura Ismoilovna,
    Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mpttp.100393

Keywords:

Metabolik sindrom ingichka ichak ichak so’rg’ichlari morfologik o’zgarishlari

Abstract

Ushbu maqolada tajriba hayvonlari ingichka ichagi devorining metabolic sindrom modelidagi morfologik o’zgarishlari bayon qilingan. Metabolik sindromning paydo bo’lishida ingichka ichak vorsinkalarining so’rish jarayoning kuchayishi, ichak devori qavatlaridagi morfologik o’zgarishlari patologik jarayonga xos hisoblanadi. Tadqiqotdan olingan ma’lumotlar shifokorlarga va ilmiy izlanuvchilar uchun kerakli ma’lumotlar bo’lishi mumkin.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 05, Мая

209

https://universalpublishings.com

METABOLIK SINDROM MODELIDA INGICHKA ICHAK

DEVORINING MORFOLOGIYASI

Dustova Gulzoda Komiljonovna

Samarqand davlat tibbiyot universiteti.

Achilova Manzura Ismoilovna,

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

SMALL INTESTINAL WALL MORPHOLOGY IN A METABOLIC

SYNDROME MODEL

Dustova Gulzoda Komiljonovna

Samarkand State Medical University.

Achilova Manzura Ismoilovna,

Siyob College of Public Health

named after Abu Ali ibn Sino teacher

Annatasiya:

Ushbu maqolada tajriba hayvonlari ingichka ichagi devorining

metabolic sindrom modelidagi morfologik o’zgarishlari bayon qilingan. Metabolik
sindromning paydo bo’lishida ingichka ichak vorsinkalarining so’rish jarayoning
kuchayishi, ichak devori qavatlaridagi morfologik o’zgarishlari patologik jarayonga
xos hisoblanadi. Tadqiqotdan olingan ma’lumotlar shifokorlarga va ilmiy izlanuvchilar
uchun kerakli ma’lumotlar bo’lishi mumkin.

Аннотация:

В статье описаны морфологические изменения в стенке

тонкого кишечника экспериментальных животных в модели метаболического
синдрома. При развитии метаболического синдрома для патологического
процесса характерны усиление всасывания ворсинок тонкого кишечника и
морфологические изменения в слоях кишечной стенки. Полученные в ходе
исследования данные могут быть полезны врачам и исследователям.

Abstract:

This article describes the morphological changes in the small intestine

wall of experimental animals in the metabolic syndrome model. In the development of
metabolic syndrome, increased absorption of the small intestinal villi and
morphological changes in the layers of the intestinal wall are characteristic of the
pathological process. The data obtained from the study may be useful for doctors and
researchers.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 05, Мая

210

https://universalpublishings.com

Kalit so’zlari:

Metabolik sindrom, ingichka ichak, ichak so’rg’ichlari,

morfologik o’zgarishlari

Ключевые слова:

Метаболический синдром, тонкий кишечник,

кишечные ворсинки, морфологические изменения.

Keywords:

Metabolic syndrome, small intestine, intestinal villi, morphological

changes

Kirish:

Evolyutsiya jarayonida barcha tirik organizmlar va odam oʻz hayot tarzi,

yashash muhiti, ozuqa turiga ega boʻlib, ozuqaning sifati va miqdori organizmda oʻziga
xos moslashish va oʻzgarishlarga olib keladi. Bunday murakkab jarayonlarda ovqat
hazm qilish tizimini a'zolari va uning boshqaruv tizimi muhim ahamiyatga ega.

Organizmda turli patologik jarayonlar: metabolik sindrom, semizlikning turli

darajasi, qandli diabet, yurak qon-tomir va boshqa kasalliklarning paydo boʻlishida
ozuqaning turi, sifati, miqdori toʻgʻri ovqatlanish va turmush tarzi eng muhim omillar
hisoblanadi. Bundan tashqari bugungi kunda ekologik toza mahsulotlar sogʻlom ozuqa
muammosi ham insonga oldidagi muhim masalalardan biri boʻlib qolmoqda.

Metabolik sindrom bu- viseral yogʻ toʻqimasining miqdori ortishi,

toʻqimalarning insulinga sezgirligi kamayishi, giperinsulinemiya, uglevodlar, lipidlar,
purin almashinuvining almashinuvining buzilishi va arterial gipertenziya bilan
xarakterlanadigan simptomlar yigʻindisidir.

Metabolik sindrom — bu bir nechta metabolik muammolarni o'z ichiga oladigan

holat bo'lib, u yurak-qon tomir kasalliklari, 2-toifa diabet va boshqa sog'liq
muammolarining rivojlanish xavfini oshiradi. Ushbu sindromning asosiy
komponentlari orasida qorin yog'ining ko'payishi, insulin rezistentligi, yuqori qon
bosimi va lipidlar darajasining o'zgarishi mavjud.

Ingichka ichak devori, oziq moddalarni hazm qilish va so'rish jarayonida muhim

rol o'ynaydi. Metabolik sindromda ichak devorining morfologiyasi va funksiyasi
o'zgarishi mumkin, bu esa ovqat hazm qilish va umumiy metabolizmga ta'sir ko'rsatadi.

Ushbu tadqiqotda, metabolik sindrom modelida ingichka ichak devorining

morfologiyasi va uning o'zgarishlari tahlil qilinadi. Bu o'zgarishlarning sabablari,
mexanizmlari va sog'liq uchun oqibatlari haqida ma'lumot beriladi.

Metabolik sindromni yanada yaxshi tushunish, uning davolash usullarini

takomillashtirish va sog'liqni saqlash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim
ahamiyatga ega.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 05, Мая

211

https://universalpublishings.com

Material va usullari:

Tadqiqot uchun 25 ta yetuk yoshdagi 8 haftalik erkak oq

zotsiz kalamushlar ichagi olindi. Metabolik sindrom modeli Birulina Yu.G va
boshqalar (2020) usulida yaratildi. Tajriba hayvonlari ozuqasi yog’lar va uglevodlar
bilan boyitilib 20 hafta davomida gipodinamiya holatida boqilib, metabolik
sindromning asosiy va yordamchi belgilari hosil bo’lguncha kuzatildi. Metabolik
sindrom modeli yaratilgan tajriba hayvonlari narkoz ostida qonsizlantirildi. Olingan
material 10% li neytral formalinda qotirildi. Parafin bloklaridan tayyorlangan paraffin
kesmalari gemotoksillin-eozin, Van-glzon usullarida bo’yalib, olingan ma’lumotlarga
statistik ishlov berildi.

Tadqiqot natijalari:

Evolyusiya jarayonida har bir organism o’z hayot tarsi va

ozuqa turiga ega. Ana shu ozuqaning turi, sifati, miqdori va hayot tarziga xos ravishda
ovqat hazm qilish a’zolari ham turli tuzilmaviy o’zgarishlar va moslashishlar hosil
qiladi. Biz o’rganayotgan tajriba hayvonlari (kalamushlar) ham o’z evolyusion
tarraqiyot pog’onasi, ozuqa turi, sifati va hayot tarziga mos ravishda ingichka ichagi
devori umumiy qonuniyatlar asosida tuzilgan va shunga mos vazifalarni bajaradi.
Kalamushlar ingichka ichagi devori ham barcha boshqa sut emizuvchi hayvonlarniki
kabi to’rt qavat: shilliq, shilliq osti, muskul va seroz qavatlardan iborat. Tajriba
hayvonlari ingichka ichagining o’ziga xos rel’yefi mavjud. Ushbu rel’yef shilliq
qavatidagi aylana burmalar, so’rg’ichlar va kriptalar hisobiga hosil bo’ladi. Bu
tuzilmalar ingichka ichakning so’rish maydonini bir-necha barobar oshiradi. Ingichka
ichak aylana burmalari shilliq qavatining mushak plastinkasi silliq muskul tolalari va
shilliq ostiqavatining siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimasi hisobiga hosil
bo’ladi. Kalamushlar ingichka ichagi shilliq qavati ichak bo’shlig’iga barmoqsimon
o’sib kirishi natijasida so’rg’ichlar hosil qiladi. Ingichka ichak devorida ushbu
so’rg’ichlar mikroskopning bitta ko’rish maydoniga o’rtacha 4.50±0.25 va balandligi
1.2±0.14 ga tshkil qildi. Ingichka ichak so’rg’ichlari tashqi tomondan bir qavatli
silindrsimon mikrovarsinkali (hoshiyali) epiteliy bilan qoplangan bo’lib, qalinligi
12.5±0.42ga teng. Hoshiyali epiteliy orasida qadohsimon va endokrin hujayralar ham
uchraydi. Ularning soni so’rg’ichlarning tubi va kriptalar tomon ortib borishi
kuzatiladi. Ingichka ichak so’rg’ichlari silindrsimon hoshiyali epiteliysi asosida bazal
membrana joylashgan. Bazal membrana tagida ingichka ichak shilliq qavatining siyrak
tanali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan iborat xususiy palastinkasi joylashgan.
Uning qalinligi 22.4±0.86 bo’lib, tarkibida kollogen tolalar, qon tomirlari, limfa
tomirlari va nerv tolalarini ko’rish mumkin. Tajriba hayvonlari ingichka ichagi shilliq


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 05, Мая

212

https://universalpublishings.com

qavati ichki yuzasi xususiy plastinkasiga botib kirishidan uning kriptalari paydo
bo’ladi. Bu kriptalar naysimon tuzilishga ega bo’lib, uning chiqaruv yo’li so’rg’ichlar
oralig’iga ochiladi. Kalamushlar ingichka ichagi shilliq qavati kriptalarining joylashish
zichligi mikroskopning bita ko’rish maydoniga o’rtacha 12.5±0.36 ga teng. Kriptalarda
ham xuddi so’rg’ichlar singari hoshiyali silindrsimon, ustunsimon asidofil donali,
qadahsimon va endokrin hujayralar uchraydi. Ingichka ichak shilliq qavatining xususiy
plastinkasi tarkibida ko’p miqdorda retikulyar va kollogen tolalarni ko’ramiz. Bundan
tashqari retikulyar va kollogen tolalar orasida retikulyar hujayralar, fibroblastlar,
limfositlar, eozinofillar va plazmositlarni ko’rish mumkin.

Kalamush ingichka ichagi shilliq qavati muskul plastinkasi ichki aylana va

tashqi bo’ylama yo’nalishga ega bo’lgan silliq muskul tolalaridan tashkil topgan.
Uning qalinligi 19.6±0.58ga teng.

Tajriba hayvonlari ingichka ichagi shilliq qavati xususiy plastinkasi tarkibida

limfoid to'qimachi yig’indisidan tashkil topgan salitar limfoid tugunchalar ham xam
uchraydi. Bu limfoid tugunchalarining o'lchami o'rtacha 1,4±0,26 ga teng. Ularning
o'rtacha joylashish zichligi 0,4±0,02ni tashkil etadi.

Tajriba hayvonlari ingichka ichagi devori shilliq qavatining umumiy qalinligini

o'rtacha 54,5±2,28ni tashkil qiladi Kalamushlar ingichka ichagi devori shilliq osti
qavati siyrak tolali shakllanmagan biriktruvchi to‘qimadan tuzilgan. Uning tarkibida
retikulyar, kollogen tolalar, fibroblast, to‘qima bazofillari, limfositlar eozinofillar,
plazmositlardan tashqari, turli o‘lchamdagi qon va limfa tomirlari, nerv tolalari va nerv
chigalini (Meysner) ko'rish mumkin. Shilliq osti qavatining umumiy qalinligi 17,6±1.8
mkm ni tashkil etadi. Tajriba hayvonlari ingichka ichagi devori mushkul qavati ichki
aylana va tashqi bo’ylama yo'nalishga ega bo'lgan silliq muskul tolalaridan tashkil
topgan. Aylana va bo‘ylama muskul tolalarining o'rtasida siyrak tolali biriktiruvchi
to‘qima joylashgan bo'lib, uning tarkibida yirik qon tomirlari, nerv tolalari va
(Averbax) nerv chigalini ham ko'rish mumkin. Muskul qavatining umumiy qalinligi
41.8±2.12 ga teng . Tajriba hayvonlari ingichka ichagi devori seroz qavati bir qavatli
yassi epiteley (mezoteliy) va muskul qavatiga birikib ketgan biriktiruvchi toʻqimali
qismlarni koʻramiz. Uning umumiy qalinligi 10,6±0,36ni tashkil qiladi.

Tajriba hayvonlari ingichka ichagi devorining umumiy qalinligi 114,954±6,74ga

teng boʻlib, 47,4% shilliq, 15,2%shillliq osti, 36,36% muskul va 0,94 % seroz
qavatlarini tashkil qiladi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 05, Мая

213

https://universalpublishings.com

Metabolik sindrom modeli yaratilgan tajriba hayvonlari ingichka ichagidan

tayyorlangan mikropreparatlarni mikroskop ostida kuzatganimizda, unda ham to’rtta
qavat: shilliq, shilliq osti, muskul va seroz qavatlar mavjudligini koʻramiz. Tajriba
hayvonlari ingichka ichagi ichki yuzasi rel’efida aylana bo’rmalari biroz
yoʻgʻonlashgan, soʻrgʻichlari esa nazorat hayvonlarinikiga nisbatan yaxshiroq
(uzunroq) rivojlangan va kriptalari qalinlashgan. Ushbu soʻrgʻichlari mikroskopning
birta koʻrish maydonida oʻrtacha 5,6±0,28 soʻrgʻichlarning balandligi esa
1,8±0,17gacha teng ekanligi aniqlandi.

Tajriba hayvonlari ingichka ichagi devori shilliq osti qavatining o’rtacha

qalinligi 18.8±1.85 tashkilqiladi, ya’ni nazorat hayvonlarinikiga nisbatan 0.12ga yoki
6.8%ga qalinlashganligini ko’ramiz. Tajriba hayvonlari ingichka ichagi devori shilliq
osti qavati tarkibidagi kapilyarlar tarmog’I nazorat hayvonlarinikiga nisbatan kamroq.
Shu sababli shilliq va shilliq osti qavatlarining qon bilan ta’minlanishida buzilishlar
yoki qon dimlanib qolish holati kuzatiladi. Bunday holat esa o’z navbatida yallig’lanish
belgilarini, ya’ni shish paydo bo’lishishi, limfosit va makrofaglarning to’qimalara’ro
migratsiyaga olib keladi.

Xulosa:

Xulosa qilib aytganda metabolik sindrom modeli yaratilgan tajriba

hayvonlari ingichka ichak devori qavatlarining qalinlashuvi ya’ni yallig’lanish, shish
va distrofik o’zgarishlarni kuzatish mumkin. Bu esa patologik jarayonga xos bo’lgan
morfologik o’zgarishlar deyish mumkin.

Adabiyotlar:

1.

Dustova G. K., Ismatullayeva R. B. ABU RAYHON BERUNIYNING

“SAYDANA” ASARINING XUSUSIYATLARI //Academic research in educational
sciences. – 2022. – №. 3. – С. 313-314.

2.

Дустова Г. К., Мустафаева З. У. ФАСТ-ФУД И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА

ЗДОРОВЬЕ //American Journal of Modern World Sciences. – 2024. – Т. 2. – №. 1. –
С. 54-63.

3.

Dustova G. K., O’rinboyev F. X. ISSUING MEDICAL INSURANCE FOR THE

PURPOSE OF EXTENDING THE LIFE OF THE POPULATION AND FURTHER
IMPROVING DISEASE PREVENTION MEASURES //Web of Medicine: Journal of
Medicine, Practice and Nursing. – 2024. – Т. 2. – №. 4. – С. 21-24.

4.

Dustova G., MUHOFAZA K. A. O. V. A. B. QILISH BORASIDA OLIB

BORILAYOTGAN ISHLAR //Евразийский журнал академических исследований.
– 2022. – Т. 2. – №. 12. – С. 743-746.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 05, Мая

214

https://universalpublishings.com

5.

Дустова Г. К. МОРФОЛОГИЯ СТЕНКИ ТОНКОЙ КИШКИ ПРИ

ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНОМ МЕТАБОЛИЧЕСКОМ СИНДРОМЕ И МЕТОДЫ ЕЕ
КОРРЕКЦИИ (ЛИТЕРАТУРНЫЙ ОБЗОР) //Multidisciplinary Journal of Science
and Technology. – 2025. – Т. 5. – №. 3. – С. 439-444.

6.

Дустова Г. К., Хаитова Ф. А. ОТБОР, ПОДГОТОВКА И УДЕРЖАНИЕ

КАДРОВ В МЕДИЦИНСКИХ УЧРЕЖДЕНИЯХ //Bulletin news in New Science
Society International Scientific Journal. – 2025. – Т. 2. – №. 2. – С. 159-166.

7.

Shomurotovna R. Y., Bakirovna F. S. PSYCHOSOMATICS: THE

CONNECTION BETWEEN MENTAL STATE AND PHYSICAL HEALTH
//Multidisciplinary Journal of Science and Technology. – 2025. – Т. 5. – №. 3. – С.
653-656.

8.

Shomurotovna R. Y., Zokir o’g’li A. A., Qahramonovna H. M. THE ROLE OF

TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE LIFE OF THE ELDERLY.(LITERATURE
REVIEW) //Multidisciplinary Journal of Science and Technology. – 2025. – Т. 5. – №.
3. – С. 435-438.

9.

Рузимуротова Ю. Ш., Маликова У. Р. ВЛИЯНИЕ ЗДОРОВОГО ПИТАНИЯ

НА ОРГАНИЗМ, ПРОФИЛАКТИКА ОЖИРЕНИЯ И ЗАБОЛЕВАНИЙ
//American Journal of Modern World Sciences. – 2024. – Т. 2. – №. 1. – С. 64-72.

10.

Ризаев Ж. А., Рузимуротова Ю. Ш., Тураева С. Т. Влияние социально-

гигиенических факторов труда и быта на здоровье медицинских сестер
//Scientific progress. – 2022. – Т. 3. – №. 1. – С. 922-926.

11.

Рузимуротова Ю., Амирова Л. ЗНАЧЕНИЕ ПСИХИЧЕСКОГО ЗДОРОВЬЯ У

ПОЖИЛЫХ ЛЮДЕЙ //Medicine, pedagogy and technology: theory and practice. –
2025. – Т. 3. – №. 3. – С. 195-206.

12.

Shomurotovna R. Y., PSYCHOSOMATICS B. F. S. THE CONNECTION

BETWEEN MENTAL STATE AND PHYSICAL HEALTH //Multidisciplinary
Journal of Science and Technology. – 2025. – Т. 5. – С. 3.

13.

Shomurotovna R. Y. Zokir o’g’li AA, Qahramonovna HM THE ROLE OF

TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE LIFE OF THE ELDERLY.(LITERATURE
REVIEW) //Multidisciplinary Journal of Science and Technology. – 2025. – Т. 5. – С.
3.

References

Dustova G. K., Ismatullayeva R. B. ABU RAYHON BERUNIYNING “SAYDANA” ASARINING XUSUSIYATLARI //Academic research in educational sciences. – 2022. – №. 3. – С. 313-314.

Дустова Г. К., Мустафаева З. У. ФАСТ-ФУД И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА ЗДОРОВЬЕ //American Journal of Modern World Sciences. – 2024. – Т. 2. – №. 1. – С. 54-63.

Dustova G. K., O’rinboyev F. X. ISSUING MEDICAL INSURANCE FOR THE PURPOSE OF EXTENDING THE LIFE OF THE POPULATION AND FURTHER IMPROVING DISEASE PREVENTION MEASURES //Web of Medicine: Journal of Medicine, Practice and Nursing. – 2024. – Т. 2. – №. 4. – С. 21-24.

Dustova G., MUHOFAZA K. A. O. V. A. B. QILISH BORASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR //Евразийский журнал академических исследований. – 2022. – Т. 2. – №. 12. – С. 743-746.

Дустова Г. К. МОРФОЛОГИЯ СТЕНКИ ТОНКОЙ КИШКИ ПРИ ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНОМ МЕТАБОЛИЧЕСКОМ СИНДРОМЕ И МЕТОДЫ ЕЕ КОРРЕКЦИИ (ЛИТЕРАТУРНЫЙ ОБЗОР) //Multidisciplinary Journal of Science and Technology. – 2025. – Т. 5. – №. 3. – С. 439-444.

Дустова Г. К., Хаитова Ф. А. ОТБОР, ПОДГОТОВКА И УДЕРЖАНИЕ КАДРОВ В МЕДИЦИНСКИХ УЧРЕЖДЕНИЯХ //Bulletin news in New Science Society International Scientific Journal. – 2025. – Т. 2. – №. 2. – С. 159-166.

Shomurotovna R. Y., Bakirovna F. S. PSYCHOSOMATICS: THE CONNECTION BETWEEN MENTAL STATE AND PHYSICAL HEALTH //Multidisciplinary Journal of Science and Technology. – 2025. – Т. 5. – №. 3. – С. 653-656.

Shomurotovna R. Y., Zokir o’g’li A. A., Qahramonovna H. M. THE ROLE OF TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE LIFE OF THE ELDERLY.(LITERATURE REVIEW) //Multidisciplinary Journal of Science and Technology. – 2025. – Т. 5. – №. 3. – С. 435-438.

Рузимуротова Ю. Ш., Маликова У. Р. ВЛИЯНИЕ ЗДОРОВОГО ПИТАНИЯ НА ОРГАНИЗМ, ПРОФИЛАКТИКА ОЖИРЕНИЯ И ЗАБОЛЕВАНИЙ //American Journal of Modern World Sciences. – 2024. – Т. 2. – №. 1. – С. 64-72.

Ризаев Ж. А., Рузимуротова Ю. Ш., Тураева С. Т. Влияние социально-гигиенических факторов труда и быта на здоровье медицинских сестер //Scientific progress. – 2022. – Т. 3. – №. 1. – С. 922-926.

Рузимуротова Ю., Амирова Л. ЗНАЧЕНИЕ ПСИХИЧЕСКОГО ЗДОРОВЬЯ У ПОЖИЛЫХ ЛЮДЕЙ //Medicine, pedagogy and technology: theory and practice. – 2025. – Т. 3. – №. 3. – С. 195-206.

Shomurotovna R. Y., PSYCHOSOMATICS B. F. S. THE CONNECTION BETWEEN MENTAL STATE AND PHYSICAL HEALTH //Multidisciplinary Journal of Science and Technology. – 2025. – Т. 5. – С. 3.

Shomurotovna R. Y. Zokir o’g’li AA, Qahramonovna HM THE ROLE OF TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE LIFE OF THE ELDERLY.(LITERATURE REVIEW) //Multidisciplinary Journal of Science and Technology. – 2025. – Т. 5. – С. 3.

Most read articles by the same author(s)