Authors

  • Rasulova Mavlyuda Azzamovna
    Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bosh o’qituvchisi
  • Raxmonova Sayyora Normuradovna
    Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bosh o’qituvchisi
  • Muxiddinov Xusniddin Muxiddinovich
    Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bosh o’qituvchisi
  • Usmonova Dilfuza Muhiddinjonovna
    Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bosh o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mpttp.111730

Keywords:

O‘tkir qon-tomir yetishmovchiligi (OQTY) kollaps hushdan ketish.

Abstract

O‘tkir qon-tomir yetishmovchiligi (OQTY) – bu organizmning qon aylanish tizimining yetarlicha faoliyat ko‘rsatmasligi natijasida yuzaga keladigan holat bo‘lib, bu esa to‘qimalarga kislorod yetkazib berishning pasayishi va organizmning umumiy holatining yomonlashishi bilan bog‘liq. Ushbu holat odamda hushdan ketish yoki kollaps (kolaps) kabi simptomlar keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu maqolada OQTY holatida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullari, sabab va belgilari, shuningdek, profilaktik choralar ko‘rib chiqiladi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 06, Июнь

169

https://universalpublishings.com

O‘TKIR QON-TOMIR YETISHMOVCHILIGIDA (HUSHDAN KETISH,

KOLLAPS) BIRINCHI TIBBIY YORDAM

Rasulova Mavlyuda Azzamovna.

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bosh o’qituvchisi

Raxmonova Sayyora Normuradovna

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bosh o’qituvchisi

Muxiddinov Xusniddin Muxiddinovich

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bosh o’qituvchisi

Usmonova Dilfuza Muhiddinjonovna

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bosh o’qituvchisi

Annotasiya.

O‘tkir qon-tomir yetishmovchiligi (OQTY) – bu organizmning qon

aylanish tizimining yetarlicha faoliyat ko‘rsatmasligi natijasida yuzaga keladigan holat
bo‘lib, bu esa to‘qimalarga kislorod yetkazib berishning pasayishi va organizmning
umumiy holatining yomonlashishi bilan bog‘liq. Ushbu holat odamda hushdan ketish
yoki kollaps (kolaps) kabi simptomlar keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu maqolada
OQTY holatida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullari, sabab va belgilari,
shuningdek, profilaktik choralar ko‘rib chiqiladi.

Kirish.

O‘tkir qon-tomir yetishmovchiligi (OQTY) zamonaviy jamiyatlarda eng

keng tarqalgan salomatlik muammolaridan biri hisoblanadi. Ularning orasida kollaps
va hushdan ketish eng ko’p va tez-tez uchraydigan holatlardir. Ushbu maqolada, o’tkir
qon-tomir yetishmovchiligi (OQTY)da birinchi yordam ko‘rsatish, ayniqsa kollaps va
hushdan ketishga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada birinchi yordamning samarali
tamoyillari, shuningdek, ushbu holatlarni aniqlash va davolashning asosiy
yondashuvlari muhokama qilinadi.

Kalit so’zlar: .

O‘tkir qon-tomir yetishmovchiligi (OQTY),kollaps, hushdan

ketish.

Materiallar va usullar:

Tadqiqotlar metodikasi:Zamonaviy ilmiy maqolalar,kasallik holatlari va

zamonaviy tadqiqot ishlari tahlil qilindi

.

O‘tkir qon-tomir yetishmovchiligi

(OQTY),kollaps, hushdan ketish. mavzusidagi so’ngi innovasion davo usullari
haqidagi oxirgi yillarda chop etilgan ilmiy manbalar o’rganildi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 06, Июнь

170

https://universalpublishings.com

Nazariy asos:

OQTY sabablari

OQTY bir qator sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin, jumladan:

1.

Qon yo‘qotish

- jarohatlar, ichak qon ketishlari, yoki operatsiyalar natijasida.

2.

Qon bosimining pasayishi

- giper yoki gipovolemiya, yurak yetishmovchiligi,

infeksiya (sepsis) kabi holatlar.

3.

Yurak ritmining buzilishi

- aritmiyalar, yurak to‘qimalarining ishemik kasalliklari.

4.

Qon tomirlarning kengayishi

- anaflaktik shok, sepsis yoki boshqa allergik

reaktsiyalar.

Belgilari

OQTY holatida quyidagi belgilar paydo bo‘lishi mumkin:

Hushdan ketish yoki hushning yo‘qolishi

Yengil yoki og‘ir qon bosimining pasayishi

Tez yurak urishi yoki yurak ritmining buzilishi

Terining rangsizlanishi yoki sovuq ter

Nafas olishning qiyinlashuvi

Qon tomirlarining torayishi yoki kengayishi

Kollaps

(lot. collapsus — behol, majolsiz) — toʻsatdan keskin roʻy beradigan qon

tomirlar yetishmovchiligi, kishi hayotini xavf ostida keltiradigan ogʻir holat; arterial
va venoz qonbosimining keskin kamayishi, markaziy nerv sistemasi faoliyatining
izdan chiqishi, moddalar almashinuvining buzilishi, qon tomirlar devori tonusining
toʻsatdan susayishi, harakatdagi qon miqdori (massasi)ning kamayishi bilan
ifodalanadi. Bosh miyadagi tomir harakatlanuvchi markaz faoliyatining susayishi
sababli, asosan, qorin boʻshligʻidagi aʼzolar tomirlari qonga toʻlib ketadi, ayni vaqtda
eng muhim hayotiy aʼzolar (miya, yurak, teri, muskullar)ga qon kam boradi. Birdaniga
koʻp qon yoʻqotish, shok, kislorod tanqisligi, infeksion va boshqa ayrim kasalliklar
(terlama, zotiljam, pankreatit va h.k.), zaharlanish, shikastlanish va boshqalarda roʻy
beradi, shunga koʻra, Kollapsning gemorragik, infeksion kardiogen, ortostatik,
pankreatik, toksik va boshqa turlari farq qilinadi. Belgilari: daqiqa ichida bemorning
toʻsatdan rangi oʻchib, badani koʻkaradi, sovuq ter bosadi, koʻzi ich-ichiga tushib,
qorachigʻi kengayadi, yuz qiyofasi oʻzgaradi, nafasi yuzaki boʻladi. Qon bosimi keskin


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 06, Июнь

171

https://universalpublishings.com

pa-sayib, tomir urishi butunlay sezilmay qolishi ham mumkin. Gavda temperaturasi
35° ga, baʼzan undan ham pastga toʻshadi. Bemor majolsiz, esi kirar-chiqar boʻlib
qoladi, ayrim hollarda hushdan ketadi. Kollapsda darhol bemor boshiga yostiq
qoʻymay yotqiziladi, oyogʻiga grelka qoʻyiladi, issiq choy ichiriladi, u yotgan uyga sof
havo kirib turadigan qilinadi. Davo tadbirlari Kollapsga sabab boʻlgan omillarni
bartaraf etishga qaratilgan boʻlishi lozim.

Hushsizlik

, hushdan ketish — miyaning qon bilan taʼminlanishi buzilishi natijasida

qisqa muddat roʻy beradigan holat. Ruhiy iztirob (qoʻrqish, hayajonlanish), ogʻriq
(buyrak, jigar ogʻrigʻi), ichak sanchigʻi, oftob urishi taʼsirida, baʼzida gorizontal
holatdan tik holatga oʻtganda va boshqalarda uchraydi. Koʻpincha oʻta toliqqan, och
qolgan, infeksion kasalliklar bilan ogʻrigan kishilarda kuzatiladi. Hushsizlik markaziy
nerv sistemasi yoki yurak faoliyati buzilganlik belgisi boʻlishi mumkin. Hushsizlik
oldidan bemorning boshi aylanadi, boʻshashadi, koʻzi tinadi, qulogʻi shangʻillaydi,
qoʻl-oyoqlari uvushadi; baʼzan Hushsizlik holati shu belgilar bilan oʻtib ketishi, bemor
hushini butunlay yoʻqotmasligi ham mumkin. Hushsizlikda bemorning nafas olishi
sustlashib, koʻz qorachigʻi torayadi, soʻng kengayadi va yorugʻlikdan taʼsirlanmaydi,
pulsi zaiflashadi, tanasini muzdek ter bosadi, rangi oqarib, toʻsatdan yiqiladi.
Hushsizlik bir necha soniyadan 1—2 daqiqagacha, baʼzan undan koʻproq davom etishi
mumkin. Yurak tomir sistemasida jiddiy oʻzgarishlar boʻlmasa, Hushsizlik tezda oʻtib
ketadi; bemorning es-hushi, rangi oʻziga kelib. pulsi va nafas olishi normallashgani
bilan bosh ogʻrigʻi, quvvatsizlik. horgʻinlik alomatlari anchagacha davom etib turadi.
Hushsizlikda bemorni hushiga keltirish uchun u yotgan xona sof havo bilan
shamollatiladi, siqib turadigan kiyimlari boʻshatiladi, bosh tomo-nini pastroq qilib
yotqiziladi; yuzi va koʻkragiga sovuq suv purkaladi yoki sochiq hoʻllab bosiladi;
nashatir spirti hidlatiladi va chakkasiga surtiladi (sirka yoki odekolon surtsa ham
boʻladi), oyogʻiga issiq grelka qoʻyiladi yoki dagʻalroq narsa bilan ishqalanadi. Bemor
hushiga kelgach issiq shirin choy yoki kofe ichiriladi.

Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish

OQTY holatida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish jarayoni quyidagi bosqichlardan

iborat:

1.

Avariya joyini baholash

: Shoshilinch yordam ko‘rsatishdan oldin atrof-muhitni

baholash va xavfsizligini ta'minlash lozim.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 06, Июнь

172

https://universalpublishings.com

2.

Hushdan ketgan bemorni tekshirish

: Bemorning hushini tekshirish, nafas olish va

yurak urishini baholash. Agar bemor hushdan ketgan bo‘lsa, uni to‘g‘ri pozitsiyada
(yonboshlab) yotqizish kerak.

3.

Shoshilinch yordam chaqirish

: 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib shoshilinch tibbiy

yordamni chaqirish.

4.

Nafas olishni ta'minlash

: Agar bemor nafas olmayotgan bo‘lsa, sun'iy nafas berish

(CPR) usulini qo‘llash lozim.

5.

Qon bosimini tiklash

: Agar qon yo‘qotilishi aniqlansa, qon bosimini tiklash uchun

bemorni yotqizish va oyoqlarini ko‘tarish tavsiya etiladi. Qon yo‘qotishining sababini
aniqlash va zarur bo‘lsa, qon tayyorlash yoki boshqa suyuqliklarni berish.

6.

O‘zgarishlarni kuzatish

: Bemorning holatini doimiy ravishda kuzatish va

o‘zgarishlarga tezkor javob berish.

Amaliy tadqiqotlar:

”O‘tkir qon-tomir yetishmovchiligi (OQTY)”da davo

muolajalari usullari o’rganildi.Kasalllik xavf omillarini aniqlash va davo
samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy tibbiyot texnologiyalarning
qo’llanilishi tahlil qilindi.

Natijalar:

Profilaktik choralar

OQTY holatlarining oldini olish uchun bir qator profilaktik choralar ko‘rish

mumkin:

Sog‘lom turmush tarzini yuritish, jismoniy faoliyatni oshirish.

Qon bosimini va yurak sog‘ligini muntazam ravishda tekshirish.

Qon yo‘qotishining oldini olish uchun jarohatlardan ehtiyot bo‘lish.

Allergik reaktsiyalarni aniqlash va ularga qarshi chora ko‘rish.

Munozara:

Zamonaviy davolash usullarining samaradorligi:Tadqiqot natijalari shuni

ko’rsatdiki “O’tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi(OYQTY”da o’z vaqtida
ko’rsatilgan tibbiy yordam va aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va
zamonaviy davo usullarini qo’llash ko’plab asoratlarni oldini olishga imkon beradi.



background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 06, Июнь

173

https://universalpublishings.com

Xulosa

O‘tkir qon-tomir yetishmovchiligi hayot uchun xavfli holatdir va tezkor yordam

ko‘rsatish zarur. OQTY belgilari va sabablari to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘lish,
shuningdek, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini egallash har bir inson
uchun muhimdir. Ushbu maqolada keltirilgan tavsiyalarni hisobga olish, OQTY
holatlarida yordam berishda samaradorlikni oshirishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1.Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti www

.moodle.sammi.uz

sayti.

2.A.K.Jamolov,B.N.Toshmamatov,N.J.Ro’ziyeva.M.A.Rasulova“Tez

tibbiy

yordam va favqulodda holatlar tibbiyoti” Toshkent-2024y ”Nurli qalblar”

3. O’.O. Oripov, Sh.N. Karimov “Umumiy xirurgiya” Toshkent-2008 “Yangi asr

avlodi”

4. A.M. Ubaydullayev “Nafas organlari kasalliklari” Toshkent-2000

5. Po‘latova Sh.A., Saidova X.X. “Kattalarda hamshiralik parvarishi” II qism,
Toshkent “Cho‘lpon” nashriyoti, 2014 yil.

References

Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti www.moodle.sammi.uz sayti.

A.K.Jamolov,B.N.Toshmamatov,N.J.Ro’ziyeva.M.A.Rasulova“Tez tibbiy yordam va favqulodda holatlar tibbiyoti” Toshkent-2024y ”Nurli qalblar”

O’.O. Oripov, Sh.N. Karimov “Umumiy xirurgiya” Toshkent-2008 “Yangi asr avlodi”

A.M. Ubaydullayev “Nafas organlari kasalliklari” Toshkent-2000

Po‘latova Sh.A., Saidova X.X. “Kattalarda hamshiralik parvarishi” II qism,

Toshkent “Cho‘lpon” nashriyoti, 2014 yil.

Most read articles by the same author(s)