Authors

  • Shomuratova Rohatlon O'ktamovna
    Urganch Ranch texnologiya universiteti .Tibbiyot fanlari kafedrasi Tibbiy biologiya ,umumiy genetika fani o'qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mpttp.128261

Keywords:

zaharli hayvonlar ilon zahari skorpion diagnostika tibbiyot neyrotoksin tahlil terapiya.farmakologiya dori vositalari biomolekula klinik tadqiqotlar.

Abstract

Ushbu maqolada zaharli hayvonlarning turlari, biologik xususiyatlari, zahar moddalarning tarkibi va eng muhimi ularning tibbiyotda qo‘llanilishi o‘rganiladi, shuningdek, ilmiy adabiyotlar asosida olib borilgan tahlillar va tadqiqot metodologiyasi bayon etiladi.Maqolada ilonlar, o‘rgimchaklar, skorpionlar, dengiz jonzotlari va qurbaqalar kabi turli zaharlik hayvonlarning zaharlari asosida ishlab chiqilgan dori vositalari, saraton terapiyasi, og‘riqni kamaytiruvchi vositalar va diagnostik metodlar tahlil qilinadi [1].


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 06, Июнь

187

https://universalpublishings.com

ZAHARLI HAYVONLAR VA ULARNING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI

Shomuratova Rohatlon O'ktamovna

Urganch Ranch texnologiya universiteti .Tibbiyot fanlari kafedrasi Tibbiy biologiya

,umumiy genetika fani o'qituvchisi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada zaharli hayvonlarning turlari, biologik xususiyatlari,

zahar moddalarning tarkibi va eng muhimi ularning tibbiyotda qo‘llanilishi o‘rganiladi,
shuningdek, ilmiy adabiyotlar asosida olib borilgan tahlillar va tadqiqot
metodologiyasi bayon etiladi.Maqolada ilonlar, o‘rgimchaklar, skorpionlar, dengiz
jonzotlari va qurbaqalar kabi turli zaharlik hayvonlarning zaharlari asosida ishlab
chiqilgan dori vositalari, saraton terapiyasi, og‘riqni kamaytiruvchi vositalar va
diagnostik metodlar tahlil qilinadi [1].

Zaharli hayvonlar tabiatda muhim ekologik rol o‘ynabgina qolmay, inson

salomatligi uchun katta farmakologik imkoniyatlar manbai hisoblanadi. Ularning
zahari kuchli toksik moddalardan iborat bo‘lib, zamonaviy tibbiyotda dori vositalarini
ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, maqolada statistik grafikalar asosida analizlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

zaharli hayvonlar, ilon zahari, skorpion, diagnostika, tibbiyot,

neyrotoksin, tahlil, terapiya.farmakologiya, dori vositalari, biomolekula, klinik
tadqiqotlar.

Аннотация.

В данной статье рассматриваются виды ядовитых животных, их

биологические особенности, состав ядовитых веществ и, что наиболее важно, их
применение в медицине. Также представлены аналитические данные и
исследовательская методология, основанные на научной литературе. В статье
проанализировано применение ядов змей, пауков, скорпионов, морских
обитателей и лягушек при создании лекарственных средств, терапии рака,
обезболивающих препаратов и диагностических методов.

Ядовитые животные играют не только важную экологическую роль, но и

являются ценным источником фармакологических возможностей для здоровья
человека. Их яд состоит из мощных токсичных веществ и имеет большое
значение в разработке современных медицинских препаратов.

Также в статье приведены анализы, основанные на статистических графиках.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 06, Июнь

188

https://universalpublishings.com

Ключевые слова:

ядовитые животные, змеиный яд, скорпион, диагностика,

медицина, нейротоксин, анализ, терапия, фармакология, лекарственные
средства, биомолекулы, клинические исследования.

Annotation.

This article explores the types of venomous animals, their biological

characteristics, the composition of their toxic substances, and most importantly, their
applications in medicine. It also presents analyses and research methodology based on
scientific literature. The article examines drugs developed from the venoms of snakes,
spiders, scorpions, marine creatures, and frogs, as well as their roles in cancer therapy,
pain relief, and diagnostic methods.

Venomous animals not only play an important ecological role, but also serve as a

valuable source of pharmacological potential for human health. Their venom contains
powerful toxic compounds and holds significant value in the development of modern
medical treatments.

Additionally, the article includes analyses supported by statistical graphics.

Keywords:

venomous animals, snake venom, scorpion, diagnostics, medicine,

neurotoxin, analysis, therapy, pharmacology, pharmaceuticals, biomolecules, clinical
research.

Kirish.

Zaharli hayvonlar — o‘zining himoya yoki ov qilish strategiyasi sifatida

toksik modda ishlab chiqaradigan biologik organizmlar hisoblanadi. Ular asosan tropik
va subtropik mintaqalarda uchraydi.

Tabiatda 150 000 dan ortiq zaharli hayvonlar turi

mavjud bo‘lib, ular orasida ilonlar, o‘rgimchaklar, skorpionlar, ayrim baliq turlari,
qurbaqalar va dengiz mollyuskalarining o‘rni alohida ahamiyatga ega[3].

Hayvon zaxarlari (zootoksinlar) — bu hayvonlar tomonidan himoya yoki hujum

qilish maqsadida ishlab chiqariladigan va biologik faol bo‘lgan zaharli moddalar
hisoblanadi. Ular asosan umurtqasiz hayvonlar va sudralib yuruvchilar tomonidan
ishlab chiqariladi hamda yuqori darajadagi biologik faollikka ega bo‘lib, turli hayotiy
tizimlarga ta’sir ko‘rsatadi. Kimyoviy tuzilishiga ko‘ra, zootoksinlar ikki asosiy
guruhga bo‘linadi.

Oqsil tabiatli zaxarlar – bu fermentlar, peptidlar yoki neyrotoksik va gemotoksik

ta’sirga ega bo‘lgan murakkab oqsilli birikmalardir. Ular hujayra membranasi, ion
kanallari yoki moddalar almashinuvi jarayonlariga ta’sir qilishi mumkin [2].

Nooqsil tabiatli zaxarlar – bular alkaloidlar, glikozidlar va biogen aminlar kabi

nisbatan oddiy kimyoviy tuzilishga ega moddalardir.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 06, Июнь

189

https://universalpublishings.com

Ilgari faqat xavfli deb hisoblangan bu hayvonlarning zahari zamonaviy tibbiyotda

dorilar, diagnostik vositalar va terapiya usullarini yaratishda muhim rol o‘ynamoqda
[6]. Shu bilan birga, bu zaharlar murakkab oqsillar, fermentlar va boshqa biologik faol
molekulalardan iborat bo‘lib, tibbiyotda og‘riqni kamaytiruvchi, qon bosimini
pasaytiruvchi, saraton hujayralariga qarshi va yurak faoliyatini tartibga soluvchi
preparatlar tayyorlashda foydalaniladi [4].

Oqsil tabiatli toksinlar: oqsil asosidagi zaxarlar o‘z tarkibida faollik ko‘rsatuvchi

asosiy oqsil moddalardan tashqari, bir qancha ikkilamchi oqsillar hamda organik va
noorganik birikmalarni ham saqlaydi. Ushbu barcha komponentlar birgalikda
zaharning fiziologik ta’sirini va uning toksik xususiyatini shakllantiradi. Shu sababli,
oqsil tabiatli zaharlar ko‘pincha ular ishlab chiqariladigan hayvon turlari asosida
tasniflanadi. Har bir zaharning umumiy tuzilmasi bilan bir qatorda, uning eng muhim
biologik faol qismlari ham alohida o‘rganiladi [5].

Ilon zaxarlari - ilon zaxarlari turli xil faol moddalardan tashkil topgan murakkab

aralashma bo‘lib, ularning tarkibida 4 asosiy komponentlar mavjud:

Fermentlar – barcha ilon zaxarlarida quyidagi fermentlar aniqlangan: gialuronidaza,

fosfolipaza A, nukleotidaza, fosfodiesteraza, dezoksiribonukleaza, ribonukleaza,
adenozintrifosfataza, nukleotidpirofosfataza, L-aminokislotalar oksidazasi va
ekzopetidaza.

Polipeptidlar – asosan neyrotoksinlar va gemotoksinlarga mansub bo‘lib, asab

tizimi va qon aylanish tizimiga ta’sir ko‘rsatadi [9].

Maxsus xususiyatlarga ega oqsillar – masalan, neyron o‘sish omili,

antikomplementar omil kabi biologik faol moddalardir.

Noorganik birikmalar – zaxarning umumiy toksik xususiyatiga hissa qo‘shadi.
Ta’sir ko‘rsatishiga qarab, ilon zaxarlari issiq qonli hayvonlarga nisbatan ikki asosiy

guruhga bo‘linadi:

1. Gemotoksinlar – qon tizimiga zarar yetkazadi.
2. Neyrotoksinlar – markaziy va periferik asab tizimiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ilon zaxarlarining asosiy komponentlari va ularning ta’siri.
Ilon zaxarlarining asosiy faol qismini oqsillar tashkil qiladi. Aynan shu oqsil

moddalar zaharning toksik xususiyatlarini belgilaydi. Ular turli miqdordagi (15 dan
100–108 gacha) aminokislotalardan tashkil topgan polipeptid zanjirlar bo‘lib, ko‘plab
disulfid ko‘priklariga ega. Ularning eng muhim biologik xususiyati — bu hujayra


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 06, Июнь

190

https://universalpublishings.com

biologik membranalariga ta’sir ko‘rsatishidir. Bunday ta’sir ko‘rsatuvchi oqsillar
membrana-faol polipeptidlar (MAP) deb ataladi [7].

Masalan:
Gadyuka (viper) zaxarida mavjud bo‘lgan viperotoksin asosan qon aylanish

tizimining (gemodinamik) buzilishiga olib keladi.

Gremuchaya ilon zaxaridan ajratib olingan krotoksin ham oqsil tabiatli toksin

hisoblanadi.

Kobra zaxarida esa kobrotoksin deb ataluvchi neyrotoksik oqsil mavjud bo‘lib, u

asab tizimiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Zaharda mavjud bo‘lgan fermentlar to‘qimalardan biogen faol moddalarni

(masalan, gistamin, bradikinin, endorfinlar va boshqalar) ajralib chiqishiga sabab
bo‘ladi. Bu esa arterial bosimning tushishi, qon tomirlar o‘tkazuvchanligining ortishi,
mikrotsirkulyatsiya buzilishi natijasida to‘qimalar trofikasining yomonlashuvi kabi
holatlarga olib keladi [8].

Ilon zaxarlarining tibbiyotdagi qo‘llanilishi.
Ilon zaxarlari tibbiy amaliyotda quyidagi kasalliklarni davolashda ishlatiladi:
-Epilepsiya (tutqanoq),
-Surunkali radikulit va ishiatik og‘riqlar,
-Revmatizm,
-Bronxial astma,
-Artrit, poliartrit, nevralgiya va miozitlar.
-Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
-Jigar va buyrakning og‘ir organik shikastlanishlari,
-O‘pka sil kasalligi,
-Miya va yurak qon aylanishining yetishmovchiligi.
Asalarilar zahari (apitoksin). Asalarilar zahari — apitoksin, o‘ziga xos hidga ega,

shaffof va rangsiz kolloid suyuqlik bo‘lib, asalga o‘xshash hid va achchiq, kuydiruvchi
ta’m bilan tavsiflanadi. Uning muhitga nisbatan reaksiyasi kislotali bo‘lib, murakkab
kimyoviy tarkibi tufayli inson organizmiga ko‘rsatadigan ta’siri ham turlicha bo‘ladi.

Apitoksin kislota va ishqorlar ta’siriga, hamda harorat o‘zgarishlariga nisbatan

yuqori barqarorlikka ega. 100 °C gacha qizdirish yoki muzlatish uning tarkibini
o‘zgartirmaydi. Ammo ichga qabul qilinganda, ovqat hazm qilish fermentlari ta’sirida
parchalanadi va biologik faolligini yo‘qotadi. Havoda tez quriydi, lekin quruq holda
yillar davomida faol holatini saqlab qoladi. U kuchli dezinfeksiyalovchi xususiyatga


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 06, Июнь

191

https://universalpublishings.com

ega: hatto 1:50 000 nisbatda suyultirilgan holatda ham u mikroorganizmlar mavjud
bo‘lmagan sterillikni saqlaydi.

Tibbiyotda qo‘llanilishi.
Asalarilar zahari katta dozalarda qo‘llanilganda organizmda og‘ir umumiy reaksiya,

shu jumladan anafilaktik shok va hatto o‘lim holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Biroq, ancha kichik, terapevtik dozalarda u juda foydali dorivor vosita sifatida
qo‘llaniladi.

Tarixan apitoksin tabobatda uzoq vaqt davomida qo‘llanilgan bo‘lsa-da, ilmiy

tibbiyotda unchalik keng foydalanilmagan. Buning asosiy sabablari —asalari
chaqishining og‘riqli bo‘lishi va dozalashdagi aniqlikning qiyinligi bo‘lgan. Hozirgi
vaqtda farmatsevtika sanoati in’ektsiya, surtma, inhalyatsiya va boshqa usullar orqali
qo‘llaniladigan tozalangan apitoksin preparatlarini ishlab chiqarmoqda. Shunga
qaramay, yangi ajratilgan (tirik asalari chaqishi orqali) apitoksinning ta’siri kuchliroq
deb hisoblanadi. Shu sababli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri asalarilar chaqishi bilan davolash
(apiterapiya) bugungi kunda keng qo‘llanilmoqda.

Shifobaxsh xususiyatlari. Apitoksinning terapevtik ta’siri quyidagi biologik faol

xususiyatlarga asoslangan:

-Yallig‘lanishga qarshi ta’sir,
-Og‘riqni kamaytiruvchi (analgetik) ta’sir,
-Desensibilizatsiya qiluvchi (allergik sezuvchanlikni pasaytiruvchi) xususiyat.


Tadqiqot metodologiyasi

1.Ilmiy

maqolalar

tahlili

2. Ma’lumotlar bazasi (PubMed, ScienceDirect) asosida umumlashtirish
3.

Farmakologik

ko‘rsatkichlar

va

solishtirma

jadval

4. Klinik dori vositalari bo‘yicha statistik tahlil


Tahlil va natijalar

Zaharli hayvonlar orasida eng ko‘p o‘rganilgani ilonlardir (3500 tur). Ular zahari

asab va qon tizimiga ta’sir qiladi. Skorpionlar (1500 tur) esa ion kanallarini
bloklaydigan moddalarga boy. Tahlillar natijasida ushbu hayvonlarning zaharlari asab
tizimi, qon bosimi, yurak va hatto saraton hujayralariga qarshi ijobiy ta’sir ko‘rsatishi
aniqlangan.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 06, Июнь

192

https://universalpublishings.com

Zaharli moddalardan tibbiyotda foydalanish yo‘nalishlari: og‘riqni kamaytirish (30%),
qon bosimini tushirish (25%), saraton terapiyasi (20%),

trombolitik

vositalar

(15%),

diagnostika

(10%).

1-rasm. Zaharlik hayvonlarining turlari va o‘rganilgan soni


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 06, Июнь

193

https://universalpublishings.com

2-rasm. Tibbiyotda zaharlardan foydalanish yo‘nalishlari foiz ko‘rinishida


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 06, Июнь

194

https://universalpublishings.com

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.

Ilmiy manbalarga ko‘ra, zaharli hayvonlar zaharlarining farmakologik xususiyatlari

o‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab chuqur o‘rganila boshlagan. Harvey (2020),
Chippaux (2017), Utkin (2015) va boshqa olimlarning izlanishlari asosida dori
vositalarining zaharlardan olinishi mumkinligi isbotlangan.

Tahlil va natijalar.

Quyidagi grafikalar orqali asosiy hayvon turlari va ularning dori vositalaridagi

ulushi ko‘rsatilgan.

Xulosa va takliflar.

Zaharlik hayvonlarning zaharida mavjud biologik faol

moddalardan foydalanish tibbiyotda katta imkoniyatlar ochmoqda. Bu hayvonlarning
zaharlari ilmiy jihatdan chuqur o‘rganilmoqda va ularning asosida samarali dori
vositalari yaratilmoqda. Ular yordamida qon bosimini tushiruvchi, og‘riqni
kamaytiruvchi, saratonni davolovchi va diagnostik vositalar ishlab chiqilmoqda.
Kelgusida bu soha bo‘yicha tibbiy-biologik ilmiy markazlar faoliyatini kuchaytirish,
zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish hamda mahalliy ilmiy salohiyatni oshirish
muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.Harvey, A.L. (2020). Toxins and Drug Discovery. Toxicon, 177, 68–74.
2. Chippaux, J.P. (2017). Snakebite envenomation turns again into a neglected

tropical

disease!

Journal

of

Venomous

Animals,

23(1),

5–9.

3. Utkin, Y.N. (2015). Animal venom studies: current benefits and future
developments.

Acta

Naturae,

7(2),

33–41.

4. Lewis, R.J., & Garcia, M.L. (2003). Therapeutic potential of venom peptides. Nature
Reviews

Drug

Discovery,

2(10),

790–802.

5. WHO (2019). Snakebite Envenoming: A Strategy for Prevention and Control.

6. King, G. F. (2011). Venoms to drugs: translating venom peptides into

therapeutics. Australian Biochemist.

7. Dutertre, S., et al. (2014). Conus venom peptide pharmacology. Pharmacological

Reviews.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 06, Июнь

195

https://universalpublishings.com

8. Escoubas, P., & King, G. F. (2009). Venomics as a drug discovery platform.

Expert Review of Proteomics.

9. Calvete, J. J. (2011). Proteomic tools against the neglected pathology of snake

bite envenoming. Expert Review of Proteomics.

References

Harvey, A.L. (2020). Toxins and Drug Discovery. Toxicon, 177, 68–74.

Chippaux, J.P. (2017). Snakebite envenomation turns again into a neglected tropical disease! Journal of Venomous Animals, 23(1), 5–9.

Utkin, Y.N. (2015). Animal venom studies: current benefits and future developments. Acta Naturae, 7(2), 33–41.

Lewis, R.J., & Garcia, M.L. (2003). Therapeutic potential of venom peptides. Nature Reviews Drug Discovery, 2(10), 790–802.

WHO (2019). Snakebite Envenoming: A Strategy for Prevention and Control.

King, G. F. (2011). Venoms to drugs: translating venom peptides into therapeutics. Australian Biochemist.

Dutertre, S., et al. (2014). Conus venom peptide pharmacology. Pharmacological Reviews.

Escoubas, P., & King, G. F. (2009). Venomics as a drug discovery platform. Expert Review of Proteomics.

Calvete, J. J. (2011). Proteomic tools against the neglected pathology of snake bite envenoming. Expert Review of Proteomics.