МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 7, 31 Июль
175
https://universalpublishings.com
PIRLS xalqaro tadqiqoti
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Boshlang'ich ta'lim fakulteti 4 bosqich talabasi
Pardaboyeva Nargiza
Annotatsiya:
ushbu maqolada PIRLS xalqaro tadqiqoti, uning maqsad va
vazifalari, har necha yilda o'tkazilishi, unda kimlar qatnashishi, qanday
muammolarni hal qilishi hamda davlatlar nima sababdan PIRLS tadqiqotida
qatnashishlari haqida ma'lumotlar berib o'tilgan.
Kalit so'zlar:
PIRLS xalqaro tadqiqoti, maqsad, vazifa, boshlang'ich sinf
o'quvchilari, xalqaro baholash dasturi, muammo, o'qish savodxonligi.
Kirish
Dunyo miqyosida IEA ( Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro
assotsiatsiyasi) tomonidan tashkil etilgan PIRLS tadqiqotlarida qatnashish uchun
tayyorgarlik olib borilmoqda. Yurtboshimiz tomonidan ham xalqaro tadqiqotlarda
o‘quvchilarimizning yuqori o‘rinlarni egallashlari uchun alohida e’tibor qaratilgan.
PIRLS xalqaro tadqiqoti nima?
PIRLS – boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasini baholash bo‘yicha xalqaro
tadqiqot dasturidir. PIRLS (inglizcha: Progress in International Reading Literacy
Study') — bu turli mamlakatlarda boshlangʻich sinfda tahsil oluvchi oʻquvchi
yoshlarning matnni oʻqish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro
baholash tizimidir.
PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib
tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni
xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda
ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim
etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 7, 31 Июль
176
https://universalpublishings.com
Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, o'qish savodxonligi jamiyat
tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini
tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no
hosil qila olish qobiliyatidir.
PIRLS xalqaro tadqiqoti necha yilda o'tkaziladi?
Tadqiqot davriy ravishda - har besh yilda bir marta o'tkaziladi va
hozirgacha besh marta: 2001, 2006, 2011, 2016 va 2021-yillarda o'tkazilgan.
PIRLS o'qish ta'limini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan
qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi.
Davlatlar PIRLS dan qanday maqsadlarda foydalanadilar?
global miqyosida ta'lim tizimi darajasidagi yutuqlarning tendensiyalarini
kuzatib borish;
yangi yoki qayta ko'rib chiqilgan ta'lim siyosatining ta'sirini kuzatib borish;
ta'limning zaif nuqtalarini belgilash va o'quv islohotini amalga oshirish;
PIRLS ma'lumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali o'qitish va o'qishni
takomillashtirish;
adolatlilikni kuzatish yoki qo'shimcha sinflarda o'quvchilarni baholash kabi
tegishli ishlarni olib borish;
o'qishni va o'qitishni o'rganish.
PIRLSning maqsadi nima?
PIRLS boshlang'ich sinf o'quvchilarining sinf va sinfdan tashqari
o'qishini baholashda ikkita keng qamrovli maqsadga, ya'ni “badiiy tajriba orttirish”,
“axborotni olish va undan foydalanish”ga qaratiladi. O'z navbatida, ushbu
maqsadlarning har biri to'rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular:
diqqatni jamlash va aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topish;
to'g'ridan-to'g'ri xulosalar chiqarish;
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 7, 31 Июль
177
https://universalpublishings.com
kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish;
g'oyalar va axborotni talqin qilish va uyg'unlashtirish.
Tadqiqot matnlari nechta so'zdan iborat?
Tadqiqotdagi matnlar murakkabligiga ko'ra, o'rtacha 500 dan 800 tagacha,
o'quvchilarning o'qish savodxonligi darajasi past bo'lgan mamlakatlar uchun 400–
500 ta, ePIRLSda esa, taxminan 1000 ta so'zdan iborat bo'ladi.
Matnning mazmuni 9-10 yoshdagi o'quvchilarga mos, ayrim madaniyatlarga
juda xos bo'lgan mavzulardan chetlashgan, shuningdek, qiziqarli hamda o'quvchiga
unchalik tanish bo'lmaydi.
Tadqiqotning har bir ishtirokchisiga matnlar va ular yuzasidan topshiriqlar
berilgan daftar beriladi. Har bir matnga 12-15 ta savol-topshiriqlar ilova qilinadi.
PIRLS xalqaro tadqiqotining asosiy vazifasi nima?
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish malakasini
takomillashtirishdan iboratdir. PIRLS tadqiqotlarida, asosan 4-sinf o‘quvchilari
ishtirok etadi. Bu tadqiqotlarga 4-sinf o‘quvchilarining tanlanishi shu bilan
e’tiborliki, aynan o‘qishning to‘rtinchi yilida o‘quvchilar o‘qishning yuqori
darajasiga ega bo‘lishi, ularning keyingi ta’limda bilimni egallash qobiliyatini
shakllantirish va shu orqali hozirgi zamonga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam
beradi. Tadqiqotlarda qo‘llaniladigan matnlarni turli joydagi maktab o‘qituvchilari
o‘quvchilarning bilimi va qiziqishlarini inobatga olgan holda tavsiya qilishadi.
Matnlar odatda, ulardan anglashilgan mazmunni turli usulda shakllantirish
yordamida, ularda aks etgan fikr-mulohazalarni qay tartibda tashkillashtirilgani va
taqdim etilganiga qarab farqlanadi. PIRLS tadqiqotlarida tavsiya etilgan matnlarni
o‘qish va matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish natijasida o‘quvchi
matndan anglashilgan ma’noni tez ilg‘ab oladigan, matn ustida mulohaza
yuritadigan, samarali o‘qish strategiyasidan xabardor va o‘qish ustida tafakkur
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 7, 31 Июль
178
https://universalpublishings.com
qiladigan shaxs sifatida gavdalanadi. PIRLS tadqiqoti uchun tavsiya etilgan matnlar
o‘quvchilarni ongli fikrlashga, o‘z fikrlarini kengaytirgan holda mushohada
yuritishga xizmat qiladi. Tadqiqot uchun tanlangan matn o‘quvchilar uchun unchalik
tanish bo‘lmasligi lozim. Har bir tanlangan matn o‘quvchilarning yosh doirasi
hamda fikrlash qamrovini hisobga olgan holda tanlanadi.
PIRLS tadqiqotlari qanday muammolarni hal qilishga qaratilgan?
- ta'lim
sohasidagi dunyo ustuvorliklarini aks ettiruvchi obyektiv o'lchovlar va vositalarni
ishlab chiqish;- mamlakat o'quv jarayonini tashkil etish samaradorligini qiyosiy
baholash;- tadqiqot natijalariga ta'sir ko'rsatgan kontekstual omillarni aniqlash;-
xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan dalillarga asoslangan ma'lumotlarga ega
bo'lish. O'qish savodxonligining asosi matnlar bilan to'liq ishlash uchun zarur
bo'gan o'qish qobiliyatlarini shakllantirishdir. Bu o'quvchi tomonidan kerakli
ma'lumotlarni topish va tarqatish, matnning ma'lum qismi bo'yicha xulosalar
chiqarish, asosiy belgilarning harakatlarini sharhlash, matn namunalari va matn
tuzilishini dastlabki tahlil qilish bilan tasdiqlash kabilardir. PIRLS tadqiqotida
O'zbekiston Respublikasining ishtirok etishi ta'lim sifatini oshirish, xalqaro
miqyosda mamlakat nufuzini mustahkamlash bilan birga, o'quvchilar bilimini
xalqaro talablar darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi.
Xulosa
o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, hozirgi paytda maktablarda tahsil
olayotgan o‘quvchilar kelgusida mamlakatimizning ertasi bugunidan-da porloq
bo‘lishini kafolatlovchi yoshlardir. Ularning o‘z qiziqishlarini inobatga olgan holda
to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish esa pedagoglarning vazifasidir. Har tomonlama bilimga
ega bo‘lgan, salohiyatli, innovatsion g‘oyalarga boy bo‘lgan pedagog esa har
qayerda o‘z qadr-qimmatiga ega. Xalqaro taqdqiqotlar talablariga javob beradigan
o‘quvchilarni tarbiyalash, ularga zamon talablariga mos kelguvchi bilimlarni
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 7, 31 Июль
179
https://universalpublishings.com
ulashish kelgusida o‘tkaziladigan tadqiqotlarda mamlakatimizning yuqori
o‘rinlardan joy olishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish
savodxonligini baholash (Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, metodistlar va soha
mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma). <<Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi Bosh tahririyati. Toshkent –2019.
2 https://www.uzreport.news/society/mamlakatimiz-oquvchilari-pirls-2021-
xalqaro-baholash-dasturida-ishtirok-etadi
3
https://cyberleninka.ru/article/n/pirls-tadqiqoti-uchun-topshiriqlar-
tayyorlash-va-ular-ustida-ishlash-texnologiyasi/viewer
