Authors

  • Shohista Ergasheva
    Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti Namangan filiali Tarix yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mpttp.36241

Keywords:

Capuya Nicolas Colosseum Lentul Batiat Amazon Achilla Brun Pera Ludi Tiberius

Abstract

This work briefly mentions gladiatorial Warriors, compiled from slaves who lived in Ancient Rome, their appearance, Development, their period of high point, female gladiators, emperors who became Gladiators, the place of Organization of gladiatorial battles, how many gladiators participated in battles, prices for battles.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

146

https://universalpublishings.com

Qadimgi Rimda gladiatorlar janggi tahriri

Ergasheva Shohista Faxriddin qizi

Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti Namangan filiali

Tarix yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

shohistaergasheva26@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur ishda Qadimgi Rimda yashagan qullardan tuzilgan

gladiator jangchilari, ularni paydo bo‘lishi, rivojlanishi, o‘zining yuqori nuqtasiga
chiqqan davri, ayol gladiatorlar, gladiator bo‘lgan imperatorlar, gladiatorlar
janglarini tashkil etilish joyi, janglarda nechta gladiator qatnashishi, janglarni
narxlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Kapuya, Nikolas, Kolizey, Lentul Batiat, Amazon, Axilla, Brun

Pera, Ludi, Tiberiy.

Аннотация:

В данной работе кратко рассмотрены бойцы-гладиаторы,

составленные из рабов, живших в Древнем Риме, их появление, развитие,
период, когда они достигли своего пика, женщины-гладиаторы, императоры-
гладиаторы, место организации гладиаторских боев, сколько гладиаторов
участвовало в боях, цены на бои.

Annotation:

This work briefly mentions gladiatorial Warriors, compiled from

slaves who lived in Ancient Rome, their appearance, Development, their period of
high point, female gladiators, emperors who became Gladiators, the place of
Organization of gladiatorial battles, how many gladiators participated in battles,
prices for battles.

Ключевые слова:

Капуя, Николас, Колизей, Лентул Батиат, Амазонка,

Ахилла, Брун пера, Людовик, Тиберий.

Keywords:

Capuya, Nicolas, Colosseum, Lentul Batiat, Amazon, Achilla,

Brun Pera, Ludi, Tiberius.

Gladiator (lot. gladius — „qilich“) Qadimgi Rimda tomoshabinlarni

zavqlantirish uchun boshqa bir gladiator, yirtqich hayvonlar yoki jinoyatchilar bilan


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

147

https://universalpublishings.com

oʻlguncha urushadigan jangchidir. Baʼzi gladiatorlar oʻz hayotlarini tahlikaga
qoʻyarak jangga qoʻshilardilar. Biroq gladiatorlarning aksariyatini qullar, asirlar va
jinoyatchilar tashkil etardi.

Qadimgi Rimliklarning sevimli tomoshalaridan biri gladiatorlar jangi bo‘lgan.

Aksariyat gladiatorlar qullar yoki jinoyatchilar bo‘lishgan. Ularga maxsus yopiq
maktablarda ta’lim berishar, so‘ngra tomoshabinlar ko‘nglini xushlash uchun bir-
birlari bilan olishishga majbur qilishar edi. Har bir gladiatorning hayot-mamoti
tomoshabinlar xohish-istagiga bog‘liq edi. Jang so‘ngida tomoshabinlar yengilgan
gladiatorning tirik qolish-qolmasligini hal qilishardi. Agar tomoshabinlarning
ko‘pchiligi o‘ng qo‘lining bosh barmog‘ini yuqoriga ko‘tarsa – yengilgan gladiator
tirik qolar, aksincha, pastga qaratishsa – u tomoshabinlar ko‘z o‘ngida o‘ldirilardi.
Janglar ulkan tosh stadionlar – amfi teatrlarda bo‘lib o‘tardi. 50 ming tomoshabin
sig‘adigan Kolizey eng katta amfi teatr hisoblangan[1]. Ba’zida gladiatorlar katta-
katta guruhlarga bo‘linib jang qilishgan, shunda sahna jang maydoniga o‘xshab
qolar edi: o‘ldirilgan, yaralangan va jon berayotgan gladiatorlar hammayoqda
ag‘anab yotardi. Yanada qiziqarliroq bo‘lishi uchun gladiatorlar janglari kuchi teng
raqiblar o‘rtasida o‘tkazilgan. Biri faqat qilich va qalqon bilan, boshqasi esa to‘r va
changak (uch ayrili nayza) bilan qurollangan. To‘r va changak bilan qurollangan
gladiator o‘zini hech narsa bilan himoya qila olmasa ham, u ra qibini to‘r bilan o‘rab
tashlashi va changak bilan o‘ldirishi mumkin edi. Gladiatorlarning yovvoyi
arslonlar, qoplonlar, darg‘azab ho‘kizlar bilan oli shuvlari ham o‘tkazilgan.
Gladiator yaxshi urushishdan xorij, Rim harb etiketini namoyish etishi kerak. Bu
bilan u olqish qozonadi. Baholash tomoshabinlarga bogʻliq. Bu yuqori ham boʻla
oladi, past ham.

Gladiator janglarining asl manbai bahslidir. Eramizdan avvalgi III asrda Pun

urushlari davrida, keyinroq Rim Imperiyasida siyosiy va ijtimoiy hayotning bir
naviga aylangan. Oʻyinning xalq tomonidan sevilishi oʻyinlarga yanada koʻp pul
xarjlanishiga olib keldi.

Oʻyin eng yuksak nuqtasiga eramizdan avvalgi I va eramizning II asrlari

orasida yetdi. Rim Imperiyasining boʻhroni davrida ham oʻyin oʻz ahamiyatini
saqlab qoldi. Xristian imperatorlari gladiator janglarini eramizning V asrida man
etishdi. Bundan soʻng gladiator oʻyinlari rasmiy oʻlaroq tashkil etilmaydi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

148

https://universalpublishings.com

Eramizdan avvalgi I asrda tarixchi Damashqlik Nikolas oʻyinning ildizi

etrusklardan kelganiga ishonardi. Bir avlod soʻngra Rim tarixchisi Livi ilk gladiator
marosimining Kampaniyanlar tarafidan e.a. 310-yilda Samnitlar ustidan gʻalabani
nishonlash uchun oʻtkazilganini yozgan. Eramizning VII asrida Seviliyalik Isidor
lanista (gladiatorlar rahbari) soʻzining etrusk tilida „jallod“ maʼnosini beradigan
soʻzdan kelishiga guvohlik berdi. Rim tarixchilari gladiator oʻyinlarining xorijdan
(katta ehtimol bilan etrusklardan) kelganini qayd etishgan.

Ammo butun dalillar kampaniyalik manbani tasdiqlaydi. Eng birinchi

gladiator maktabi (ludi) Kapuyada fuqaro Lentul Batiatning uyida joylashgan[2].
Kampaniyada yerlashgan qabr freskalarida dubulgʻa taqqan, nayzali va qalqonli
jangchilar tasvir etilgan. Bu freskalar bilan solishtirganda etrusk qabr freskalari past
saviyali va keyingi davrlarga oid.

Livi ilk Rim gladiator jangining Karfagenga qarshi boʻlgan I Pun urushida,

e.a. 264-yilda oʻtkazilganini qayd etgan. Qoramol bozorida Brut Peraning sharafiga
uchta gladiator jangi oʻtkazilgan.

Livining hisoblari erta Rim gladiator janglarining motam va qurbonlik

funksiyalarini bajarishini aytadi va soʻngra gladiator tomoshasidagi teatr
madaniyatini bunday qayd etadi: muhtasham koʻrinishli, yuksak saviyada
qurollangan va zirhlangan xoin varvarlar Rim temiri va azamati bilan idora etilar
edilar. Oddiy rimliklar saxovatli bir shaklda azamatli harbiy gʻanimatlarni ilohlarga
bagʻishlar edilar. Ularning ittifoqchilari boʻlgan kampaniyaliklar esa kechki ovqatda
istirohat etish uchun gladiatorlarni tomoshaga qoʻyar edilar. Baʼzi guruh va toifalar
ham oʻyunchilar qatoriga qoʻshilardi. Aksar gladiatorlar Rim dushmanlari kabi
qurollanib, zirhlanardilar. Gladiator uchun eng muvaffaqiyatli tanlov oliy shaklda
urushish va yoki oʻlish edi.

E.a. 216-yilda Mark Emili Lepidin sharafiga yigirma ikki juft gladiator bilan

Rim Forumi nomli yerda uch kunlik jang tashkil etildi. Oʻn yil soʻng afrikalik
Sispion otasi va amakisi uchun jang uyushtirdi. Navbatdagi qaydga olingan oʻyin
e.a. 183-yili Publi Lisini Krasin aza marosimida tashkil etilgan. Uch kun davom
etgan oʻyinda 120 gladiator ishtirok etgan, xalqqa tekin goʻsht ulashilgan. E.a. 105-
yilda konsullar varvar janglarining davlat tarafidan dastaklanishiga yoʻl ochishdi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

149

https://universalpublishings.com

Bundan keyin bu keng yoyildi. Ludi (davlat oʻyinlari) yuqori elita tarafidan
moliyalashtirilar va Yupiter kabi ilohlarga bagʻishlanar edi.

Oxirgi Respublikaning soʻnggi yillariga qadar gladiator oʻyinlari oʻziga ham

dastak topa bildi. Gladiatorlar mashqchilar va sohiblari uchun bir biznes sohasi edi.
Ovoz yigʻish uchun siyosatchilar bu nav oʻyinlardan ham foydalanishar edi.

Gladiator sohibligi va gladiator maktablari Rim siyosatining tamal toshiga

aylana boshlagandi. E.a. 65-yili Yuliy Qaysar yigirma yil avval oʻlgan otasining
sharafiga gladiator oʻyinini tashkil etdi. Katta miqdorda qarzi boʻlmasiga qaramay
u kumush zirhli 320 juft gladiatordan foydalandi. Qaysar yanada koʻp gladiator
yigʻishni istasa-da, senat Spartak isyonini esda tutib, 320 dan ortigʻiga ijozat
bermadi. Rimda 320 juftdan oshiq gladiator saqlash taqiqlangan edi[3]. Qaysar
nafaqat miqyos va xarjda, balki motam marosimlari uchun belgilangan odatlarda
ham haddan oshgandi.

Yirtqich hayvonlar bilan oʻtkaziladigan gladiator tomoshalari nafaqat

Respublikada, balki uning xorijlarida ham keng yoyila boshlagandi. Qaysarning
qatlidan va Rim Fuqarolar Urushidan soʻng ijtimoiy va yoki diniy shartlarini
shakllantirish uchun oʻyinlar ustidan imperiya nazorati qoʻyildi. Rim elitasini
boʻhrondan qutqarish uchun oʻyin xarjlarini cheklaydigan qonun qabul etildi.
Oʻyinlarda qiymati 25,000 dinoridan ($500,000) oshmagan koʻpi bilan 120
gladiatordan foydalanish mumkin edi. Bundan qimmat oʻyinlarni faqat Imperiya
oʻtkaza olardi, bunda ham gladiator narxi 180,000 dinoridan ($3,6 million)
ortmasligi lozim edi. Eramizning 108-yilida Trajan Dakiya ustidan gʻalabani
nishonlash uchun 10 ming gladiator va 11 ming yirtqich hayvon bilan 123 kunlik
gladiator oʻyinlarini tashkil etdi. Bundan keyin oʻyinlar mablagʻi yana nazoratdan
chiqdi. Eramizning 177-yilida Marcus Aurelius oʻyinlarga aloqador yangi qonun
qabul etdi, biroq uning oʻgʻli Kommodus bu qonunni bekor qildi.

Imperiyada gladiator tijorati keng yoyilgan edi. Rim harbiy muvaffaqiyatlari

davlat maʼdanlarida islatish, amfiteatrlarda tomoshaga qoʻyilish yoki shunchaki
sotish uchun keltirilgan asir askarlar sonini kundan-kunga orttirdi. Masalan, yahudiy
koʻtarilishidan soʻng, gladiator maktablarida yahudiylar soni sezilarli koʻpaydi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

150

https://universalpublishings.com

Keyinroq esa ularga taʼlim berilmay, toʻgʻri kurash arenalariga yuborildi. Asir

tushgan askarlarga gladiator janglari xuddi bir hadya edi. Gladiator maktablariga
koʻngilli oʻlaroq qoʻshilgan yoki qilgan jinoyati jazosini olish uchun keltirilganlar
ham bor edi. Rimliklar uchun „gladiator“ soʻzi muallimiga sodiq taʼlim koʻrgan
jangchi maʼnosini bildirar edi.

Kosiblar va uysizlar uchun gladiator maktablari jang qilish muqobili sifatida

doimiy yemak va boshpana taklif etardi. Gladiatorlar ularga berilgan hadyalarni
oʻzlari uchun saqlab qolishlari mumkin edi. Tiberiy baʼzi gladiatorlarga yuqori
mablagʻ maosh berar edi. Mark Antoniy gladiatorlarni oʻzining xususiy
tansoqchilari etib tayinlagandi.

Eramizning 60-yilidan eʼtiboran ayol gladiatorlar paydo boʻla boshlashdi. 66-

yilda esa Neronning Efiopiyalik jangchi ayol gladiatorlari bor edi. Nufuzli rimliklar
oʻz istirohatlarini yanada qiziqarliroq qilish uchun ayol jangchilardan foydalanishar
edi. 89-yilda Domisian davrida ayol gladiatorlar bilan mitti gladiatorlar orasida jang
kechirilgan. Eramizning ikkinchi yilida Amazon va Axilla ismli ikki ayol gladiator
kurashida gʻolib aniqlanmagan. Ayol gladiatorlar erkak hamkasblari bilan ayni
tarzda taʼlim va munosabat koʻrishardi. Biroq 200-yilda ayollardan gladiator
janglarida foydalanish man etildi.

Kaligula, Tit, Adrian, Lutsiy, Karakalla, Geta va Didius Yulianus arenada

janglarda ishtirok etishgan, lekin ular uchun xavf juda oz edi. Tarixchilar tomonidan
ruhiy kasalligi iddao etilgan Klavdiyning portda qarmoqqa ilingan bir nahang bilan
jang qilgani rivoyat qilinadi.

Kommodus bu oʻyinlarning ashaddiy ishtirokchisi edi. Bu masalada dushman

boʻlgan Senat unga qarshi edi, ammo aksariyat aholi uni dastaklaganini gumon qilish
mumkin. U oddiy janglardan koʻra hayvonlarni (arslon, tuyaqush) uzoqdan kamon
yo nayza bilan oʻldirishni xush koʻrardi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Qadimgi Rimda qullarni it

azobiga solinishi, ularni gladiatorlar maktablariga sotib yuborilishi, boy
zodagonlarni ko‘nglini xushlash uchun gladiatorlar janglarini tashkil etilishi va bu
janglarga davlat amaldorlari ham qo‘shilganligi ham gladiatorlarni tirik qolish uchun
kurashganligi ham oddiy xalqni nechog‘liq azob uqubatlarga solinishi ham
achinarlidir.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

151

https://universalpublishings.com

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Rajabov R. Qadimgi dunyo tarixi. – T.:“Fan va texnologiya”,2009. –

B.378

2.

Boynazarov F. A. Qadimgi dunyo tarixi. – T.:Iqtisod – Moliya, 2004.

– B.123

3.

Sagdullayev A.S., Kostetskiy V.A. Qadimgi dunyo tarixi(Umum

ta’lim maktablari 6-sinfi uchun darslik). – T.:“Yangiyo‘l poligraf servis”, 2017. –
B.162

4.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Gladiator

References

Rajabov R. Qadimgi dunyo tarixi. – T.:“Fan va texnologiya”,2009. – B.378

Boynazarov F. A. Qadimgi dunyo tarixi. – T.:Iqtisod – Moliya, 2004. – B.123

Sagdullayev A.S., Kostetskiy V.A. Qadimgi dunyo tarixi(Umum ta’lim maktablari 6-sinfi uchun darslik). – T.:“Yangiyo‘l poligraf servis”, 2017. – B.162