Authors

  • Uldaulet Joldasbaeva
    Qoraqalpoq davlat universiteti, «Ekonometrika» yo‘nalishi 2 kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mpttp.36247

Keywords:

Corporation corporate governance corporate structure ownership strategic management.

Abstract

The state examines the theoretical aspects of corporate governance in the world and in Uzbekistan and its features.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

106

https://universalpublishings.com

KORPORATIV BOSHQARUVNI NAZARIY JIHATLARI VA O‘ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Joldasbaeva Uldaulet Jaqsıbay qızı

Qoraqalpoq davlat universiteti, «Ekonometrika»

yo‘nalishi 2 kurs talabasi

Annotatsiya.

Maqolada jahonda va O‘zbekistonda korporativ boshqaruvni

nazariy jihatlari o‘rganish va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar.

Korporatsiya, korporativ boshqaruv, korporativ tizilmalar,

mulkdorlar, strategik boshqarish.

Аннотация.

В статье рассматриваются теоретические аспекты

корпоративного управления в мире и в Узбекистане и его особенности.

Ключевые

слова.

Корпорация,

корпоративное

управление,

корпоративные структуры, собственники, стратегический менеджмент.

Annotation.

The state examines the theoretical aspects of corporate

governance in the world and in Uzbekistan and its features.

Keywords.

Corporation, corporate governance, corporate structure,

ownership, strategic management.

Jahonda globallashuv va raqobat jarayonlarining keskinlashuvi sharoitida

korxonalarni

boshqarishda

strategiyalarni

tanlash,

korporativ

boshqaruv

tamoyillarini kompleks tadqiq etishning ahamiyati oshib bormoqda. “Oxirgi
yillarda global bozor kapitallashuvining 95 foizi korporativ boshqaruv asosidagi 54
ta yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Jumladan, mazkur korxonalarda davlat
ulushi 20 foiz bo‘lib, ularning bozor kapitallashuvidagi ulushi 13 foizni tashkil
etgan. Korporativ boshqaruv asosida faoliyat yurituvchi xususiy korxonalarning
ulushi 41 foizga teng bo‘lgan”. «Korporatsiya daromadlari AQShning YAIM
tarkibida 2182 mlrd. AQSH dollar, Xitoy YAIM tarkibida 1192 mlrd. AQSH dollar,
Saudiya Arabistoni esa YAIM tarkibida 356 mlrd. AQSH dollarni tashkil etadi».
Shuning uchun jahon iqtisodiyotini rivojlantirishda korporativ tuzilmalar nisbatan
ustuvorlikka

ega

bo‘lib,

korporatsiyalardagi

boshqaruv

uslubiyotini

takomillashtirishni talab etadi.

Jahonda globallashuv sharoitida aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ

boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish sohasida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib
borilmoqda. Korporatsiya ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlari uyg‘unligini


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

107

https://universalpublishings.com

kompleks baholash, boshqaruv faoliyatiga xalqaro standartlarni tatbiq etish uchun
korporativ boshqaruv mexanizmining zamonaviy amaliyotini joriy etish,
to‘qimachilik sanoati taraqqiyotini innovatsion klasterlar orqali rag‘batlantirish,
korporativ boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmiga raqamli texnologiyalarni
qo‘llash asosidagi o‘zgarishlarga korxonalarning moslashuvchanligini ta’minlash,
korporativ boshqaruv samaradorligini oshirishni takomillashtirish kabi masalalar bu
boradagi ilmiy tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

O‘zbekistoda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash hamda

barqaror rivojlantirishga qaratilgan islohotlar tarkibida to‘qimachilik korxonalarida
korporativ boshqaruvni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga
alohida e’tibor qaratilmoqda. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida «korporativ boshqaruvning zamonaviy
standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda
aksiyadorlarning rolini kuchaytirish» vazifalardan belgilab berilgan. Mazkur
vazifalarning samarali amalga oshirilishi korporativ boshqaruvning zamonaviy
standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda
aksiyadorlarning rolini kuchaytirish, korxonalarda korporativ boshqaruvni
takomillashtirish kabi muammolarning hal etilishini taqozo etadi.

O‘zbekiston iqtisodiyotida kechayotgan chuqur islohotlar umumdavlat

miqyosida global siyosiy – ijtimoiy va iqtisodiy qayta qurish jarayonini anglatibgina
qolmasdan, balki har bir korxona doirasida ham ichki boshqaruv tizimlarining
tubdan yangilanishini taqozo etmoqda.

Ma’lumki, iqtisodiyotda turli boshqaruv shakllarga ega bo‘lgan tadbirkorlik

tashkilotlari yonma yon amal qilib keladi. Shular orasida korporativ shaklda
boshqariluvchi tuzilmalarning boshqaruv tizimi ancha murakkab va ko‘proq
diqqatga sazovordir. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, korporativ boshqaruv
tuzilmalarining samarali faoliyat yuritishi, ular aksiyadorlarining manfaatlari to‘la
qonli bo‘lishi, investision jozibadorligi, moliyaviy inqirozga uchramasligi ko‘p
jihatdan korxonada amal qilayotgan korporativ boshqaruv tizimiga bog‘liq. Shuning
uchun ham iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda korporativ
boshqaruv tizimini tashkil etish hamda ushbu tizimni takomillashtirish yo‘llarini
ilmiy tadqiq etish eng muhim vazifalardan biri sanaladi.

Korporativ boshqaruv amaliyotini yaxshilash O‘zbekiston iqtisodiyotini isloh

qilish jarayonining bir qismi bo‘lib, u xususiy mulkni himoyalash, aksiyadorlar


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

108

https://universalpublishings.com

manfaatlari va xuquqlarini ta’minlash, mamlakat iqtisodiy alohida o‘rin tutuvchi
investision jozibador, raqobatbardosh milliy korporatsiyalarni shakllantirish uchun
shart sharoitlarni yaratish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda “korporatsiya” tushunchasi tarqalgan atamalardan bo‘lib,

iqtisodiy jarayonlarda ham keng ko‘lamda joriy etilmoqda. “Korporativ
boshqaruv”ga oid ilmiy-nazariy yondashuvlarning shakllanishi korporatsiyalarning
rivojlanib borishi bilan birga sodir bo‘lgan. Korporativ boshqaruv nazariyasida bir
qancha yondashuvlar ajratiladi: birinchi tomondan, korporativ boshqaruv nazariyasi
iqtisodiy nazariyalar evolyutsiyasi bo‘ylab rivojlanib borsa, ikkinchi tomondan,
korporativ boshqaruv nazariyalarining evolyutsiyasi korporativ munosabatlarning
asosiy ishtirokchilari, ya’ni aksiyador va menejerlar o‘rtasida yuzaga keladigan
muammolarni yechishga doir konsepsiyalar rivojlanishi bilan tenglashtirilgan.

Iqtisodiy adabiyotlarda «Korporatsiya» so‘zi (lot. corporatio) birlashuv,

jamiyat, ittifoq ma’nosini anglatadi. Garchi korporatsiyalar dastlab o‘rta asrlarda
vujudga kelgan bo‘lsada, hozirgi ma’noda bu tushuncha, bozor iqtisodiyoti
sharoitida keng miqyosli tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilishning
optimal shaklini anglatadi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, korporatsiyalarning biron-
bir davlat iqtisodiyotidagi roli ilmiy adabiyotlarda bir xil baholanmaydi. Ayrim
tadqiqotchilar korporatsiyalarni iqtisodiy rivojlanish proporsiyalari va asosiy
yo‘nalishlarini belgilab beradigan iqtisodiyotning asosi sifatida ko‘rib chiqadilar.

Korporativ boshqaruv atamasining o‘zi tarixan 1970 yillarning o‘rtalarida

AQSHda yuzaga kelgan. Keyinchalik, ushbu atama Yevropada keng tarqalib, unda
korporativ menejment, korporativ huquq va korporativ tuzilmalarni yaratish
sohalarida tadqiqotlar o‘tkazilishi davom ettirilgan. Tadqiqotlarimiz ko‘rsatishicha,
korporativ boshqaruv atamasi birinchi marta R.Ills tomonidan korporativ tuzilmasi
va faoliyati mohiyatini ochib berish uchun qo‘llanilgan.

Korporativ munosabatlar tizimi korporativ va xususiy mulkni boshqarishni

qo‘llash jarayoni sifatida amerikalik huquqshunos olim A.Berli va iqtisodchi
G.Minzning klassik ishlarida o‘rganilgan. Ularning ishlarida korporativ boshqaruv
atamasi tilga olinmagan bo‘lsada, ular korporativ boshqaruvni ishonib
topshiruvchilar – principals (autsayderlar, investorlar) va vakillar – agents
(insayderlar, boshqaruvchilar) o‘rtasidagi munosabatlarini o‘rganishgan.

Mamlakatimiz olimlaridan T.K.Madiyorov “korporativ boshqaruv ishlab

chiqarishni rivojlantirish faoliyati, mavjud moddiy, moliyaviy va mehnat


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

109

https://universalpublishings.com

resurslaridan oqilona foydalanishni kapital mablag‘larning yangi texnika va
texnologiyalarni ko‘plab jalb etilishi bilan uyg‘unlikda olib boriladi”, deb talqin
qilgan bo‘lsa, Sh.N.Zaynutdinov va D.N.Raximovalar “korporativ boshqaruv –
manfaatdor shaxslarning daromad olish maqsadida birgalikdagi harakatlaridir”,
degan ta’rifni keltirishgan. Yana bir iqtisodchi olim D.X.Suyunovning ta’rifiga
ko‘ra: “korporativ boshqaruv - korporativ mulk shakliga kiruvchi sub’yektlarning
huquqlarini himoya qiluvchi amaldagi me’yorlar hamda boshqaruvning ma’lum bir
tamoyillari asosida korxona maqsadiga erishish uchun amalga oshiriladigan
harakatlar majmuidir”-deb ta’rif bergan.

Shu o‘rinda korporativ korxona tushunchasining o‘ziga xos mazmun kasb etishini

ta’kidlash maqsadga muvofiqdir. Manbalarga ko‘ra, korporativ korxona - bu tashkiliy
tuzilishidan qat’iy nazar o‘zining ta’sischilari, ishtirokchilarining a’zoligiga asoslangan
korxona hisoblanadi. Fikrimizcha, bunday ta’rif mazkur tushunchaning umumiy
jihatlarini namoyon etsada, uning to‘liq ma’nosini ifodalay olmaydi. Korporativ
korxonaning ta’rifini quyidagicha bayon etish maqsadga muvofiqdir: korporativ korxona
– bu mulkka egalik qilish va uni boshqarish jihatlari ajralgan holda iqtisodiy faoliyatni
samarali tashkil etishda ishtirok etuvchi tomonlar manfaatlari uyg‘unlashuvini
ta’minlovchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektdir.

Korporativ boshqaruv tushunchasining mohiyatini ochib berishda yuqorida

ko‘rib o‘tilganidek, turlicha talqinlarning mavjudligiga qaramay, quyidagi ta’riflar
amaliyotda eng ko‘p ishlatib kelinmoqda.

Masalan, I.A.Xrabrovning fikricha, korporativ boshqaruv bu- biznesni

tashkiliy-huquqiy rasmiylashtirish, tashkiliy tuzilmani optimallashtirish, kompaniya
maqsadlariga mos keluvchi tashkilot ichidagi tuzilmalarning o‘zaro munosabatlarini
o‘rnatishdir.

S.Karnauxov esa korporativ boshqaruvga sinergetik samaralarning ma’lum bir

to‘plamini boshqarish deya ta’rif beradi. Ammo bizning fikrimizcha, ushbu ta’riflar
biznesning korporativ shakllaridan foydalanish natijalariga taalluqli bo‘lib, bevosita
muammoning mohiyatini to‘liq ochib bera olmaydi.

Keyingi yondashuv bugungi kunda ko‘proq ishlatib kelinayotgan

yondashuvlardan biri bo‘lib, biznesning korporativ shakllaridan foydalanish
oqibatida mulkdorlar va boshqaruvchilar institutlarining alohida ajralishiga
asoslangan yondashuvdir. Bunda korporativ munosabatlar ishtirokchilarining


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

110

https://universalpublishings.com

manfaatlarini menejerlarning samarasiz faoliyatidan himoyalash masalalariga asosiy
e’tibor qaratiladi, ya’ni mulk egalari-aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish
kiradi. Boshqa yondashuvlarda, korporativ boshqaruvga aksiyadorlar bilan
birgalikda moliyaviy investorlar guruhini tashkil etuvchi kreditorlar manfaatlarini
ham himoyalash deb ta’rif berilgan.

Ma’lumki, aksiyadorlar korporativ boshqaruvni vujudga kelishi uchun zarur

bo‘lgan moliyaviy baza manbalari hisoblanadi. Korporativ boshqaruvdagi ularning
manfaatlari dividendlar yoki korporatsiyada o‘z ulushlarining qiymatini oshirish
hisobiga ma’lum miqdordagi foyda olishdan iboratdir. Kreditorlar ham moliyaviy
investorlar hisoblanib, korporatsiya qiymati va foydaliligini oshirishdan manfaatdor
bo‘lgan aksiyadorlardan farqli o‘laroq, kafolatlangan daromad olish uchun
korporatsiyadagi moliyaviy xolatning barqarorligidan manfaatdordir.

Shuningdek, korporatsiya faoliyatidan nafaqat moliyaviy, balki nomoliyaviy

investorlar ham manfaatdordirlar. Ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan quyidagilarga
nomoliyaviy investorlar sifatida qaraladi:

- korporatsiya xodimlari;
- korporatsiyaning hamkorlari;
- jamiyat (davlat, iste’molchilar va boshqalar).
Ushbu mulohazalardan kelib chiqib, korporativ boshqaruv mohiyatini kengroq

ochib beradigan ta’rif sifatida korporativ boshqaruv – bu ham moliyaviy
(aksiyadorlar va kreditorlar) ham nomoliyaviy investorlar (ishlovchilar, davlat,
hamkorlar va boshqalar) manfaatlarini himoyalash hamda boshqaruvning ma’lum
bir tamoyillar asosida korporatsiya maqsadiga erishish uchun amalga oshiriladigan
harakatlar majmuidir, deb ta’rif berishni tavsiya etamiz.

Bizning fikrimizcha, bugungi kunda korporatsiya va uning hamkorlari

o‘rtasidagi bunday munosabatlarni korporatsiyaning tashqi aloqalari emas, balki
ichki aloqalari sifatida qarash maqsadga muvofiqdir va mahsulot yetkazib
beruvchining manfaatlari korporatsiyaning alohida ichki tuzilmasi manfaati sifatida
ifodalanadi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, mamlakatimizda korporativ tizilmalar

rivojlanish jarayonining murakkab, oddiy birlashmalardan aksiyadorlik jamiyatlari
shakligacha bo‘lgan bosqichlarini boshdan kechirgan. Ushbu tuzilmalarning
mirakkablashuvi va yiriklashuvi natijasida ularning huquqiy maqomini
aniqlashtirish, ichki va tashqi munosabatlarini tartibga soluvchi me’yor va


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

111

https://universalpublishings.com

qoidalarning shakllanishi talab etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

К

алмуратов

Б.С.

Стратегия

развития

инновационного

управления

промышленного комплекса Республики Каракалпакстан. International
Scientific Journal

Theoretical & Applied Science

Philadelphia, USA Issue 01,

volume 91 published January 31, 2021. 379-387 стр

2.

Калмуратов Бахтияр Сейтмуратович Приоритеты кластерного

подхода в инновационной развитой строительной промышленности //
Бюллетень

науки

и

практики.

2020.

№4.

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/prioritety-klasternogo-podhoda-v-innovatsionnoy-
razvitoy-stroitelnoy-promyshlennosti

3.

Калмуратов

Бахтияр

Сейтмуратович,

Бектурдиев

Максет

Бекбергенович ФОРМИРОВАНИЕ ИННОВАЦИОННОЙ СТРАТЕГИИ
РАЗВИТИЯ В КОНКУРЕНТНОЙ СРЕДЕ СТРОИТЕЛЬНОЙ ИНДУСТРИИ //
Бюллетень

науки

и

практики.

2021.

№6.

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/formirovanie-innovatsionnoy-strategii-razvitiya-v-
konkurentnoy-srede-stroitelnoy-industrii

References

Калмуратов Б.С. Стратегия развития инновационного управления промышленного комплекса Республики Каракалпакстан. International Scientific Journal Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA Issue 01, volume 91 published January 31, 2021. 379-387 стр

Калмуратов Бахтияр Сейтмуратович Приоритеты кластерного подхода в инновационной развитой строительной промышленности // Бюллетень науки и практики. 2020. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/prioritety-klasternogo-podhoda-v-innovatsionnoy-razvitoy-stroitelnoy-promyshlennosti

Калмуратов Бахтияр Сейтмуратович, Бектурдиев Максет Бекбергенович ФОРМИРОВАНИЕ ИННОВАЦИОННОЙ СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ В КОНКУРЕНТНОЙ СРЕДЕ СТРОИТЕЛЬНОЙ ИНДУСТРИИ // Бюллетень науки и практики. 2021. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/formirovanie-innovatsionnoy-strategii-razvitiya-v-konkurentnoy-srede-stroitelnoy-industrii