Authors

  • Xosiyat Rahimova
    Surxondaryo viloyati Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti 3-kurs talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mpttp.36259

Keywords:

непрерывный совершенствование знание план предмет принцип стимул метод

Abstract

Правильная организация системы управления в системе дошкольного образования является одной из главных задач современности. В системе дошкольного образования существуют различные важные виды управления, и в статье представлена ​​информация о них.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

27

https://universalpublishings.com

MAKTABGACHA TA’LIMDA MENEJMENT FAOLIYATI TURI VA

BOSHQARUV TIZIMI.

Surxondaryo viloyati Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim

fakulteti 3-kurs talabasi.

Rahimova Xosiyat Uralovna

Annotatsiya:

Maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv tizimini to’g’ri tashkil

etish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim
tizimida boshqarishni turli xil ahamiyatli turlari mavjud bo’lib, maqolada shular
haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar:

uzluksiz, takomillashtirish, bilish, , reja, predmet, tamoyil,

rag‘bat, metod, qonuniyatlar, funsiyalar, rejalashtirish, boshqarish, loyihalashtirish.

ВИД УПРАВЛЕНЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ И СИСТЕМА

УПРАВЛЕНИЯ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ.

Аннотация:

Правильная организация системы управления в системе

дошкольного образования является одной из главных задач современности. В
системе дошкольного образования существуют различные важные виды
управления, и в статье представлена информация о них.

Ключевые слова:

непрерывный, совершенствование, знание, план,

предмет, принцип, стимул, метод, законы, функции, планирование,
управление, проектирование.

TYPE OF MANAGEMENT ACTIVITY AND MANAGEMENT

SYSTEM IN PRESCHOOL EDUCATION.

Annotation:

Correct organization of the management system in the preschool

education system is one of the main tasks of today. There are various important types
of management in the preschool education system, and the article provides
information about them.

Keywords:

continuous, improvement, knowledge, , plan, subject, principle,

incentive, method, laws, functions, planning, management, design.


Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini

hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va
maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida
respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

28

https://universalpublishings.com

siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. Biroq o‘tkazilgan
tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va
natijasi еtarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, so‘nggi 20 yil davomida
davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 45 foizdan ziyodroq
kamaygan bo‘lib, bugungi kunda respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha
ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talabga javob bermaydi.

Maktabgacha ta’lim tizimida variativ dasturlar joriy etilmagan, bolalarni

maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada
rivojlanmagan hamda taraqqiy etgan mamlakatlar singari ijtimoiy, shaxsiy, hissiy,
nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof muhit bilan tanishuvga
yo‘naltirilgan maxsus davlat ta’lim dasturlari tatbiq qilinmagan. Davlat
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning
aksariyati o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, bu bolalarni maktab ta’limiga talab
darajasida tayyorlash imkonini bermaydi. Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim
sifati monitoringini yuritish tuzilmaviy va tashkiliy jihatdan nazarda tutilmaganligi
sababli, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim jarayonining sifati va
samaradorligini baholash zamon talablariga javob bermaydi. Xorijiy davlatlar ilg‘or
tajribasining tahlili zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha
yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilganligi
bilan tavsiflanib, bolaning ijobiy ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namoyon qilish,
uning har tomonlama shaxsga oid ma’naviy-axloqiy va ongli rivojlanishi,
maktabgacha yoshga oid tegishli faoliyat turlari asosida tashabbuskorligi va ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirishga, muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari
bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochishga qaratilgan.

Ta’limni boshqarish qonuniyatlari boshqaruv jarayonida turli elementlar va

hodisalarning obyektiv ravishda mavjud bo‘lgan, takrorlanuvchi o‘zaro aloqalarini
aks ettiradi. Ular umumiy va xususiyga bo‘linadi. Umumiy qonuniyatlar
boshqaruvning barcha tizimlariga xos bo‘lsa, xususiylari ayrim ta’lim tashkilotlari
va tashkilotlarining amal qilishi bilan bog‘liq. Quyidagilarni boshqaruvning umumiy
qonuniyatlari sirasiga kiritish mumkin: ustuvor samaradorlik va ongli rejali
boshqarish; boshqaradigan va boshqariladigan tizimlarning, boshqarish subyekti va
obyektining o‘zaro munosabati, boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi
jarayonlarini kuchaytirish. Ushbu qonuniyatlarni ko‘rib chiqamiz.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

29

https://universalpublishings.com

Ta’limni ongli boshqarishning ustuvor samaradorligi qonuniydir, chunki unda

kechayotgan jarayonlarni rejali boshqarish tizimi amalda ushbu jarayonlarni
beixtiyor tartibga soladigan boshqarish tizimlaridan samaraliroqdir. Hozirgi
ta’limda boshqarishning barcha darajalarida dasturiy-maqsadli yondashuv, tizimli
yondashuv va tahlil keng qo‘llanilayotganligi buning dalilidir.

Boshqaradigan va boshqariladigan tizimlar, boshqarish subyekti va

obyektining o‘zaro munosabati qonuniyat ekanligi boshqaruv sohasining boshqaruv
obyekti talablariga muvofiqligini bildiradi. Chunonchi, iqtisodiyotni rivojlantirishda
90-yillarning o‘rtalaridan ko‘zga tashlangan siljishlar mamlakatimizda butun
boshqaruv apparatini muayyan o‘zgartirishni talab qildi, bu hol 1997-yildan
boshlangan ta’lim va kadrlar tayyorlashdagi islohotlar majmuida o‘z ifodasini topdi.
Natijada ta’lim va uni boshqarish tizimi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar, fan-
texnika taraqqiyoti talablariga mos tushgan holda barqaror rivojlanish tamoyilini
kasb etdi.

Boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyalash jarayonlarining

kuchayishini ham ta’limni boshqarishning umumiy qonuniyatlariga kiritish
mumkin. Qonuniyat, birinchidan, boshqaruvda mehnatning bundan keyin ham
gorizontal va vertikal taqsimotini aks ettiradi, bu hol boshqaruvning rivojlanganligi,
boshqariladigan tizimlar ko‘lami kengayganligi, yangi funksiyalar va faoliyat turlari
paydo bo‘lganligi bilan bogʻliqdir. Ikkinchidan, mehnat taqsimoti uning
muvofiqlashtirilishini, ya’ni boshqaruv mehnatini kooperatsiyalashda o‘z ifodasini
topadigan boshqaruv subyektlari ishi muvofiqlashtirilishini taqozo qiladi. Agar
umumiy qonuniyatlar umuman boshqaruvga xos bo‘lsa, xususiy qonuniyatlar
boshqaruvning ayrim tomonlari va tizimlari uchun xosdir.

Quyidagilarni xususiy qonuniyatlar sirasiga kiritish mumkin: boshqaruv

funksiyalarining o‘zgarishi, boshqaruv bosqichlari sonining maqbullashtirilishi,
boshqaruv funksiyalarining jamlanishi va nazoratning keng tarqalish qonuniyati
kabilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Djurayev R.X., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti. –T.: Voris-

nashriyot¸ 2006. -259 b.

2.

Djurayev R.X., Turg‘unov S.T. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini

boshqarishda menejmentning asosiy tushunchalari. –T.: Fan¸ 2006.

3.

Samarov R. Ta’lim tizimida din psixologiyasi (tizimli-funksional

yondashuv) // Zamonaviy ta’lim jurnali. 2013, 8-son.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

30

https://universalpublishings.com

4.

O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar

rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari. T., 2018 y.

5.

Жигунов

В.Г.,

Кишкел

Е.Н.

Основы

управленческой

деятельности: Учебник. - М., 1994.

6.

Володина Т. В. Психолого-педагогическая модел развития

жизнестойкости педагога: диссертатция ... кандидата психологических наук . -
Уляновск, 2014.

7.

Каширский Д.В. Психология личностных ценностей //

Автореф...дисс... доктора психологических наук. - Москва, 2014.

References

Djurayev R.X., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti. –T.: Voris-nashriyot¸ 2006. -259 b.

Djurayev R.X., Turg‘unov S.T. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini boshqarishda menejmentning asosiy tushunchalari. –T.: Fan¸ 2006.

Samarov R. Ta’lim tizimida din psixologiyasi (tizimli-funksional yondashuv) // Zamonaviy ta’lim jurnali. 2013, 8-son.

O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari. T., 2018 y.

Жигунов В.Г., Кишкел Е.Н. Основы управленческой деятельности: Учебник. - М., 1994.

Володина Т. В. Психолого-педагогическая модел развития жизнестойкости педагога: диссертатция ... кандидата психологических наук . - Уляновск, 2014.

a. Каширский Д.В. Психология личностных ценностей // Автореф...дисс... доктора психологических наук. - Москва, 2014.