Authors

  • Shaxrizoda Abduraimova
    Termiz Iqtisodiyot va Servis Universiteti Tibbiyot fakulteti 2-kurs talabasi
  • T.O. Buzrukov
    Ilmiy rahbar: PhD, dots, v. b

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mpttp.59141

Keywords:

optika koʻz olmasi miopiya gipermeteppiya akkomadasiya obyekt koʻz gavhari fotoretseptor tayoqchalar kolbachalar sklera fibroz parda muguz parda

Abstract

Bu maqolada Ko'zning optik xususiyatlari va ko'rish jarayonining sirli mexanizmlari bilan tanishamiz. Koʻzlarimizning koʻrish va ishlash mexanizmlari haqda maʼlumotlarga ega boʻlamiz.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10

97

https://universalpublishings.com

Koʻzning optik xususiyatlari

Termiz Iqtisodiyot va Servis Universiteti

Tibbiyot fakulteti 2-kurs talabasi

Abduraimova Shaxrizoda

Ilmiy rahbar: PhD, dots, v. b

T.O.Buzrukov

shaxrizodaabduraimova3@gmail.com

+998(94)791-05-61

Anotatsiya:

Bu maqolada Ko'zning optik xususiyatlari va ko'rish jarayonining

sirli mexanizmlari bilan tanishamiz. Koʻzlarimizning koʻrish va ishlash

mexanizmlari haqda maʼlumotlarga ega boʻlamiz.

Kalit soʻzlar:

optika, koʻz olmasi, miopiya, gipermeteppiya, akkomadasiya,

obyekt, koʻz gavhari, fotoretseptor, tayoqchalar, kolbachalar, sklera, fibroz parda,

muguz parda,

Оптические свойства глаза

Аннотация:

В этой статье мы познакомимся с оптическими свойствами

глаза и таинственными механизмами процесса зрения. Получим информацию

о механизмах работы и функционирования наших глаз.

Ключевые слова:

оптика, глазное яблоко, миопия, гиперметропия,

аккомодация, объект, хрусталик глаза, фоторецептор, палочки, колбочки,

склера, фиброзная оболочка, роговица.

Optical properties of the eye

Abstract:

In this article, we will explore the optical properties of the eye and

the mysterious mechanisms of the vision process. We will gain insights into how our

eyes function and the mechanisms behind vision.

Key words:

optics, eyeball, myopia, hypermetropia, accommodation, object,

eye lens, photoreceptor, rods, cones, sclera, fibrous membrane, cornea.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10

98

https://universalpublishings.com

Optika Yunoncha "ὀπτική" soʻzidan olingan boʻlib koʻrinish yoki koʻrish

degan maʼnolarni anglatadi.

Koʻz odam hayotida uni tashqi muhit bilan aloqasida katta ahamiyatga ega

aʼzolardan biri xisoblanadi. Ko’z bosh suyagining maxsus chuqurchasida yani ko’z

soqqasida joylashgan bo’lib u ko'z va uning yordamchi hosilalari (qovoqlar,

kipriklar, qoshlar, koʻz yosh bezlari, koʻz mushaklari va boshqalar) dan iboratdir.

Koʻz olmasining boʻlimlari bir nechta manbalardan taraqqiy etadi:

- Yorug'lik sezuvchi to'r parda - miya pufagining yon devoridan

- Koʻz gavhari - ektodermadan,

- Tomirli va fibroz pardalar- mezenximadan taraqqiy etadi.

Koʻz optik sistema boʻlib, obyektning yoki biror buyumning tasvirini koʻz

soqqasining yorugʻlikka sezgir hisoblangan toʻrsimon pardasida hosil qiladi.

Koʻzning anotomik jihatdan tuzilishi:

Muguz parda - tiniq boʻlib, soat oynasiga oʻxshash koʻrinishga ega. Uning

diametri 12 mm ni qalinligi 1mm ni tashkil qiladi.

Sklera - pishiq tolali biriktiruvchi toʻqimadan iborat boʻlib, sklera bilan muguz

parda chegarasida vena qoni bilan toʻlgan tor aylanma kanal skleradagi venoz

boʻshliq (shlem kanali) bor.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10

99

https://universalpublishings.com

Oʻrta koʻz olmasining qon tomirli pardasi u pigmentga boy boʻlib, u bevosita

skleraning ostida joylashib, koʻruv nervi chiqadigan sohada unga birikib ketadi. Bu

parda uch qismdan: xususiy qon tomrli parda, kiprikli tana va rangdor pardadan

iborat.

Rangdor parda - koʻz olmasining qon tomrli pardasini oldingi qismi boʻlib

uning qalinligi 0,4 mm ni tashkil etadi.

Inson koʻzi oʻziga xos optik asbob boʻlib, u optikada alohida oʻringa ega.

Koʻz kosasi uncha katta boʻlmagan shar shaklida boʻladi.

Yangi tugʻilgan chaqaloq koʻz olmasining boʻylama oʻlchami 17.5mm,

koʻndalang oʻlchami 16.7mm boʻlsa, katta odamlarda bu oʻlcham:

Old-orqa oʻlchami oʻrtacha 24,3 mm, vertikal oʻlchami 23,4mm , gorizangal

oʻlchovi 23,6mm ni tashkil qiladi.

Koʻz gavharining ikki tomonlama diametri 8-10mm boʻlgan qavariq linzadir,

oldingi egrilik radiusi10mm, orqasining egrilik radiusi 6mm, sindirish koʻrsatkichi

1,4 dan kattaroq boʻladi.

Shuningdek to'r parda bir necha qatlamdan iborat bo'lib, qatlamlarning qalinligi

va yorug'likka sezgirligi turlicha. Ularning yorug'likni sezuvchi xo'jayralari bor.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10

100

https://universalpublishings.com

Ularning cho'zinchoq uchlari tayoqchalar, konussimon uchlari kolbachalar deb

ataladi

Koʻz oʻlchamlari hayot davomida 50% oʻssadi uning ogʻirligi 5 yoshda 70%,

20-25 yoshda 3 marta kattalashadi.

Koʻz suyuqligini sindirish koʻrsatkichi 1,33 ga

Shox pardaning sindirish koʻrsatkichi 1,38 ha

Koʻz gavharining sindirish koʻrsatkichi oʻrtacha 1,48 ga teng.

Koʻzga tushadigan nurlar eng koʻp shox parda sirtida sinadi.

Ko‘rish tizimiga tushgan yorug‘lik elektr impulsiga aylanadi va u ko‘rish

nervlari orqali miyadagi markaziy nerv tizimiga yetkaziladi. Fotoreseptorlar

sezgirligi juda yuqori bo‘lib, unga tushgan kuchsiz yorug‘likni ham elektr impulsiga

aylantirib bera oladi. Yorug‘lik ta’sirida reseptor hujayralarida baʼzi bir malum

biokimyoviy reaksiyalarni hosil qiladi va buning oqibatida harakat potensiali yuzaga

keladi. Ko'z elektromagnit to'lqinni qabul qilibgina qolmay balki ularni farqlay olish

hususiyatiga ham ega, hamda buyum tasvirini, uning rangini va qanday masofada

joylashganini ham aniqlaydi. Ba'zi bir umurtqali hayvonlar ham odamlar kabi

ranglarni ajrata oladilar.

Masalan: otlar, qo'ylar va cho'chqalar faqat qizil va zangori ranglarni farqlay

olishadi. Tunda ov qiluvchi hayvonlar masalan: mushuklar, bo'rilar ranglarni

farqlashmaydi.

Shuningdek hayvonlar ultrabinafshа va infraqizil nurlarni farqlay olmaydilar.

Buning sababi esa quyoshdan yerga amalda 290 nmdan kichik to'lqinlar yetib

kelmasligidir. Shu sababdan ham insonlarda hamda hayvonlarda bu to'lqin uzunlikni

sezuvchi organlar rivojlanmagan.

Shuningdek bundan anchа katta boʻlgan to'lqin uzunlikli ultrabinafshа nurlarni

ham ko'z sezmaydi. Buning sabab yuqori energiyali ultrabinafshа nurlarining


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10

101

https://universalpublishings.com

ko'zdagi yorug'likka sezgir pigmentlarni buzishidir. Shu sababli gavhar va

shishasimon suyuqlik nafaqat UB nurlarni balki to'lqin uzunligi 400 nmga yaqin

boʻlgan ba'zi nurlarni ham kuchli yutadi. Agar bu nurlarning energiyasi katta bo'lsa

to'r pardani kuydiradi. IK nurlarni misol qilib keltiradigan boʻlsak, bu nurlarni

hayvonlar tanasining o'zi ham chiqaradi. 37°C da maksimal nurlanish 9÷10 mkm

to'lqin uzunlikka mos keladi. 1 sm² hayvon tanasi 50 mVt quvvatli energiyani

nurlashi mumkin. Bu esa ko'zga quyoshdan tushadigan energiyadan anchа katta

hisoblanadi. Ammo shuni ham takidlashimiz darkorki ko'z qo'rish sohasidan boshqa

to'lqinlarni ham sezadi.

Masalan: inson 300 nmli ultrabinafsha hamda 950 nmli infraqizil nurlarni ham

sezadi. Umurtqali hayvonlar uchun ko'rish spektri insonlarning yaqin fotoreseptor

hujayralaridan keladigan informasiyani bir bitga teng deb hisoblasak bir sekundda

nerv tolasi orqali miyaga boradigan impulslar axboroti 3•10⁸ bitga teng boʻladi. Agar

buni taqqoslaydigan boʻlsak, televizion kanal 1 sekundda 10² bit axborot beradi, bu

esa insonning nerv tolasi orqali miyaga boradigan impuls axborotidan 30 marta kam.

Bu taxminiy oʻrtacha hisoblardir. Amalda bu hisoblar bir necha barobar katta

boʻlishi ham mumkin.

Inson ko'zi tirik organizmlar ichida eng mukammal tizim hisoblanib, unda

fotoretseptor toʻqimalarining sezgirligi ham juda kuchli rivojlangan. Jonivorlar bilan

taqqoslaydigan boʻlsak, chuvalchanglarda ko'rish faqat yorug'lik va qorong'ulikni

farqlashdan iborat bo'lib, chuvalchanglarda fokuslovchi qism mavjud emas.

Malyuskalarda chuqurchа mavjud bo'lib, u yorug'likning tushish yo'nalishini

aniqlash vazifasini bajaradi. Chayonlarda esa koʻrish anchа rivojlangan bo'lib,

ularda fokuslovchi linza ham mavjud.Yana shuni ham takidlashimiz kerakki

tayoqchalar ham turli xil hayvonlarda turlicha.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10

102

https://universalpublishings.com

Masalan: chumolida tayoqchalari 100 ta bo'lsa, ninachida esa ular 28 mingtaga

yetadi, lekin bularda ajrata olish qobiliyati kichik. Sochish burchagi esa 1-8°C

atrofida boʻladi.

Tayoqchalar — ko‘proq yorug‘likka sezgir bo‘lib, ular kam yorug‘likda

(masalan, qorong‘ida) ishlaydi. Ammo ular ranglarni farqlamaydi, shu sababli

tayoqchalar yordamida ko‘rilgan tasvir faqat qoramtir tuslarda bo‘ladi.Kolbachalar

esa yorug‘lik kuchli bo‘lgan sharoitlarda ishlaydi hamda ranglarni farqlash imkonini

beradi. Kolbachalar qizil, yashil va ko‘k ranglarni ajrata oladigan uch xil guruhga

bo‘linadi, va bu guruhlar birgalikda rangli ko‘rishni ta’minlaydi. Tayoqchalarnibg

sezgirligi kolbachalarnikidan kattadir.

Tayoqchalar 10⁶ Ik da ko'rish imkonini berasa, kolbachalar 10² Ik da rangni

ajrata olish imkonini beradi. Ko'zga kesimi 4 mm² bo'lgan ko'rish nervi keladi va u

million nerv tolalariga bo'linadi.

Inson ko'zida 10 ta qatlam mavjud bo'lib, oxirgisi fotoreseptor to'qima engdir.

Fotoreseptor yorug'lik energiyasini, elektr energiyasiga aylantiradi va uning

kuchaytirish koeffisiyenti 10⁵ - 10⁶ ga teng. U 3-4 foton tushganda ham ishlaydigan

qurilmadir. Inson ko'zining to'r qatlamida 130 million tayoqchаlar va 7 million

kolbachalar joylashgan. Yorug'likning asosiy sinishi muguz pardaning tashqi

chegarasida yuz beradi. Uning optik kuchi 40 dioptriyani tashkil qilsa, gavharning

optik kuchi 20 dioptriyani tashkil etadi. Ko'z turli uzoqlikdagi jismlarni bir xil

ravshanlikda ko'rishi kerak. Buning uchun ko'z gavhari egriligi o'zgaradi. Bunga

akkomadasiya yani "keskinlikka to'g'rilanish" deyiladi, buyum yoki jism

cheksizlikda bo'lsa uning optik kuchi nolgacha kamayadi. Jism yaqinlashsa, gavhar

radiusi kattalashadi. Zo'riqishsiz eng yaxshi ko'rish masofasi 25 smdir. Buning

sababi esa quyoshdan yerga amalda 290 nmdan kichik to'lqinlar yetib kelmasligidir.

Shu sababdan ham insonlarda hamda hayvonlarda bu to'lqin uzunlikni sezuvchi


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10

103

https://universalpublishings.com

organlar rivojlanmagan. Tayoqchaning xarakterli tashkil etuvchisi tashqi segmentlar

xisoblanadi (TS). Insonlarda ularning uzunligi 20- 30 mkm, qalinligi 2 mkm boʻlsa,

tayoqchaning umumiy uzunligi 50-60 mkm boʻladi.

Akkomodatsiya — bu ko‘z gavharining shaklini o‘zgartirish orqali yaqin va

uzoq masofadagi obyektlarni fokuslay olish qobiliyatidir. Ko‘z gavhari elastikligi

sababli, yaqin obyektlarni ko‘rishda gavhar qavariq bo‘lib, kuchliroq sinadi; uzoq

obyektlarni ko‘rishda esa yassi bo‘lib, sinish quvvati kamayadi. Akkomodatsiya

jarayonida ko‘z mushaklari, ayniqsa silindrik mushaklar muhim rol o‘ynaydi.

TS ning butun sitoplazmasi maxsus organoidlar (disklar) bilan to'lgan, har bir

tayoqchаning TS da 700 tadan 1000 tagachа disk mavjud boʻlib, ular bir- birining

ustiga joylashtirilgan tashqi segment disk membranalari bilan to'ldirilgan boʻladi.

Ushbu disk membranalari fotoreseptor membranalar deb atashaladi, buning sababi

bu membranalarda yorugʻlikning birlamchi sezish jarayoni boshlanadi. Ko'z

gavharining fokus masofasini kuzatilayotgan buyumgacha bo'lgan masofaga

moslashish qobiliyatiga akkomodatsiya deyiladi. Ammo ko'z akkomodatsiyasining

ma'lum bir chegarasi bo'ladi: biz juda yaqin turgan buyumlarni aniq ko'ra olmaymiz,

buning sababi esa ko'zning to'r pardasida mazkur buyumlarning aniq tasviri hosil

bo'lmasligidir.

Masalan: O nuqta ko'zning optik markazi bo'lsa, To'r pardada AB¹ buyumning

A'B'¹ tasvirini yasasak, bunda koʻrish burchagi a¹ boʻlsa. Buyum uzoqlashtirilganda

ham (A'B'² buyum), ko'z akkomodatsiyasi tufayli uning tasviri to'r pardada qoladi,

lekin bu tasvir kichraygan boʻladi (A'B'²<A'B'¹). Shuningdek, koʻrish burchagi (α²)

ham kichrayadi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10

104

https://universalpublishings.com

Agar buyum ko'zdan juda uzoqlashti- rilsa, koʻrish burchagi ham juda kichik

boʻlib qoladi. Bu vaqtda A va B nuqtalar bir- biriga shunchalik yaqinlashib

ko'rinadiki, natijada biz buyumning nuqtalarini ajrata olmay qolamiz. Ikki nuqta bir-

biriga qoʻshilib, bir nuqtaga aylanib ketmasligi uchun shu nuqtalarning koʻrish

burchagi bir minutdan kichkina boʻlmasligi kerak.

Koʻrish burchagi qanchalik katta boʻlsa, buyumning tasviri ham shunchalik

aniq koʻrinadi. Buyumni koʻrish uchun eng qulay boʻlgan masofa "Eng yaxshi

koʻrish masofasi" deyiladi. Koʻzdan shu masofada turadigan nuqtaga esa

"Akkomadasiyaning eng yaqin nuqtasi" deb nomlanadi. Normal koʻz

akkomadasiyasining eng uzoq nuqtasi cheksiz uzoqlashgan nuqta deyiladi, bu nuqta

koʻzning zoʻriqmagan holatiga toʻgʻri keladi. Koʻzning optik xususiyatlari deganda,

koʻzning yorugʻlikni qabul qilishi va fokuslashi orqali ko'rishni ta'minlash

qobiliyatiga aytiladi. Koʻzning optik sistemasi bu insonlarning (yoki umurtqali

hayvonlarning) koʻzlari evolyutsiya jarayonida taqsimlangan biologik sistema

sifatida, bionika doirasida optik sistemalarni loyihalash va yaxshilashga aloqador

optik sistemalarni yaxshilashga doir bir necha xil gʻoyalarni vujudga keltirish orqali

taʼriflanadi.

Ko'zning optik xususiyatlari yorug'likni sinishimi, fokuslanishni va tasvirning

aniq shakllanishini ta'minlab beradi. Agar bu jarayonlar noto'g'ri ishlashi, miyopiya

(yaqinni ko'ra olish) yoki gipermetropiya (uzoqni ko'ra olish) kabi ko'rish


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10

105

https://universalpublishings.com

nuqsonlarini yuzaga kelishiga olib keladi. Shox parda sirtida koʻzga tushadigan

nurlar eng ko‘p sinadi. Koʻz gavhari ham nurni qo‘shimcha ravishda biroz sindiradi.

Biz ko‘z bilan ko‘rayotgan jismning tasviri to‘r pardada joylashgan boʻlib u haqiqiy,

kichiklashgan va teskari tasvir bo‘ladi. Biz miyamizning korektlash ta’siri ostida

buyumning joylashishi to‘g‘risidagi to‘g‘ri taassurotni olamiz. Ko’z bajaradigan

funksiyasiga ko’ra ikki qismga boʻlinadi bular: ko’zning optik sistemasi hamda

retseptor qismi.

Ko’zning optik sistemasi ham oʻz o’rnida to’rt qismga bo’linadi, ular:

-ko’zning shox pardasi,

-ko’z ichki suyuqligi,

-gavxar,

-shishasimon tana.

Ular ko’zga tushadigan yorug’lik nurini sindirib o’tkazadi va uni ko’zning ichki

to’r pardasida joylashgan retseptorlarga to’plab berish vazifasini bajaradi. Ko’z

gavxari yorugʻlik nurini sindirib oʻtkazishda muhim o’rin tutadi. Koʻzning optik

xususiyatlaridan yana baʼzilari quyidagilar hisoblanadi:

Ko‘rish keskinligi – bu ko‘zning obyektlarning kichik detallarini ham ajrata

olish qobiliyatidir.

Ko‘zning kontrast sezgirligi - Bu ko‘zning fon bilan obyekt orasidagi kontrast

farqlarini sezish qobiliyati hisoblanadi. Ko‘zning kontrast sezgirligi yorug‘lik

sharoitiga qarab o‘zgaradi. Masalan: ko‘z qorong‘ida kontrastni ko‘proq sezsa,

kuchli yorug‘likda kontrast sezgirligi kamayadi.

Ko‘zning dinamik ko‘rish qobiliyati- bu ko‘zning harakatdagi obyektlarni

kuzatib, ularni aniq ko‘rish qobiliyati hisoblanadi. Bu ayniqsa sportchilar yoki tez

harakatlanuvchi mashina haydovchilari uchun muhimdir. Dinamik ko‘rish


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10

106

https://universalpublishings.com

jarayonida ko‘z mushaklari va miya yaxshi muvofiqlashtiriladi, bu esa obyektni

kuzatishda muhim ahamiyatga ega.

Ko‘zning infraqizil va ultrabinafsha nurlarni sezmasligi - Ko‘z odatda 400 nm

dan 700 nm gacha bo‘lgan yorug‘lik to‘lqinlarini qabul qiladi. Bu spektrda ko‘z

ranglarni yaxshi ajratadi. Ammo infraqizil (700 nm dan ortiq) va ultrabinafsha (400

nm dan kam) to‘lqinlar ko‘z tomonidan sezilmaydi, chunki bu nurlar ko‘zning

fotoreseptorlari tomonidan qabul qilinmaydi. Ko‘rish maydoni – inson ko‘zi bilan

ko‘rish mumkin bo‘lgan hududning kengligidir. Ko'zning bunday optik xususiyatlari

uni mukammal biologik kamera sifatida ishlashiga imkon beradi.

Koʻzning optik sistemasida baʼzi kamchiliklar boʻlib bular, Akkomodatsiya

yoʻqligida normal koʻzning orqa fokusi toʻr pardaga toʻgʻri keladi, bu kabi koʻzlarga

"emmetropik" koʻz deyiladi va bu shart bajarilmaydigan hollarda "ametropik" koʻz

deyiladi. Ametropiyaning eng ko'p tarqalgan koʻrinishlaridab bir yaqindan koʻrish

miopiya va uzoqdan koʻrish gipermetropiya deyiladi.

Miopiya deb yaqindan koʻrish nuqsoniga aytiladi bunda yaqindagi narsalar

yaxshi, uzoqdagilar esa xira koʻrinadi. Miopiyaga homiladorlik davrida onaning turli

infeksion kasalliklar (gripp va h.k lar), anemiya bilan ogʻrishi, yotib oʻqishga

odatlanish, qorongʻida yoki engashib uzoq vaqt koʻzga dam bermay oʻqishi kabi

holatlar sabab boʻladi.

Miopiyaning uchta darajasi bor va ular quyidagilar:

-yengil — 3,0 D gacha,

-oʻrta — 3,0 D dan 6,0 D gacha

-kuchli — 6,0 D dan yuqori.

Miopiya koʻz pardalarini (oqsil, tomirli, toʻr parda) hamda muskullarini

toliqtiradi. Ular choʻzilib, koʻzning optik oʻqi uzunlashishi, natijada miopiya

zoʻrayadi, bu koʻzning koʻrish qobiliyatini pasaytiradi. Miopiyaning oldini olish


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10

107

https://universalpublishings.com

uchun koʻz gigiyenasiga amal qilish, koʻzni toliqtirmaslik, uzoq vaqt engashib

turmaslik, boshni birdan qattiq egib yubormaslik talab qilinadi. Kuchli darajadagi

miopiyada vrach qabuliga borish zarur.

Gipermetropiya - uzoqdan koʻrish, koʻzda nur sindirish (refraksiya)

meʼyorining buzilishi.

Koʻzning nur sindirish xususiyati 3 turli boʻladi. Birinchisida koʻzga tushgan

nurlar toʻr pardada sinib, koʻz narsalarni yaxshi, normal koʻradi. Ikkinchisida nurlar

fokusi kalta boʻlib, ular toʻr pardaga bormay, koʻzning ichida sinib, oʻz fokusida

yigʻiladi. Bunda koʻzning koʻrish xususiyati faqat yaqinga yetadi, bu yaqindan

koʻrish (miopiya) deyiladi.

Uchinchisida esa koʻzga tashqi muhitdan tushgan nurlar toʻr pardadan koʻzning

orqasiga yaʼni „manfiy masofa“ga oʻtib ketadi. Bu kasallik bilan ogʻrigan bemorlar

koʻzi uzoqdan ham, yaqindan ham yaxshi koʻrmaydi, chunki nurlar fokusi uzoqda

yotadi, koʻz toʻr pardasiga faqat ayrim nurlar tushadi ammo u tashqi muhitdagi

buyumlar shaklini toʻliq aks ettira olmaydi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10

108

https://universalpublishings.com

Koʻzning nur sindirish xususiyati dioptriya bilan hisoblanib yosh odamlarda

gipermetropiya refraksiyasi ikki yoki koʻpi bilan uch darajagacha boʻlsa, uni

akkomodatsiya qoplay oladi va odam 40—50 % gacha koʻrishi mumkin boʻladi.

Ammo bunday odamlarning koʻzi tez charchab, qizarib koʻzlari hamda

qovogʻida ogʻriq sezib, bosh ogʻrigʻidan bezovta boʻlishadi. 40 yoshdan oshgan

insonlarda akkomodativ apparat yoshlarniki kabi yumshoq va harakatchan

boʻlmaganligi tufayli akkomodatsiya kuchi kamayadi. Ular harflarni yaqindan oʻqiy

olishmaydi. Gipermetropiya bolalarda gʻilaylikka olib kelishi ham mumkin.Bunday

vaziyatda uzoqdan koʻruvchi insonlarga qavariq koʻzli koʻzoynak taqish tavsiya

etiladi.

Xulosa:

Ushbu maqolada biz ko‘zning murakkab optik xususiyatlari va ko‘rish

jarayonining asosiy mexanizmlari o‘rganishimiz mumkin. Ko‘zning gavhari, muguz

pardasi va fotoretseptorlari kabi muhim komponentlarining funksiyalari tahlil

qilinib, miopiya va gipermetropiya kabi ko‘rish nuqsonlarining sabablari va ularni

oldini olish usullari bilan tanishishimiz mumkin. Ko‘zning optik tizimi inson ko‘rish

qobiliyatining asosidir, va uning ishlash mexanizmlarini chuqur tushunish ko‘rish

bilan bog‘liq kasalliklarni davolash va oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. "Biofizika" oʻquv darsligi E. Ismailov Toshkent 2012

2. "Biofizika" oʻquv darsligi Rezimov A.N 2005.

3. "Anatomiya" 2-jild oʻquv darsligi Ahmedov 2018.

4. "Koʻz kasalliklari" Zolotareva 1982.

5. "Hammabop tibbot qoʻllanmasi" David Verner

6. "Normal Fiziologiya" oʻquv darsligi SH.Q.Qodirov 2007.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10

109

https://universalpublishings.com

Foydalanilgan internet saytlari:

https://uz.wikipedia.org

https://www.hozir.org

References

"Biofizika" oʻquv darsligi E. Ismailov Toshkent 2012

"Biofizika" oʻquv darsligi Rezimov A.N 2005.

"Anatomiya" 2-jild oʻquv darsligi Ahmedov 2018.

"Koʻz kasalliklari" Zolotareva 1982.

"Hammabop tibbot qoʻllanmasi" David Verner

"Normal Fiziologiya" oʻquv darsligi SH.Q.Qodirov 2007.

Foydalanilgan internet saytlari: