МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
100
https://universalpublishings.com
VIRUSLI GEPATITLAR(A, E va B)NING EPIDEMIOLOGIYASI,
PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIYAGA QARSHI CHORA-TADBIRLARNI
TASHKILLASHTIRISH.
ЭПИДЕМИОЛОГИЯ, ПРОФИЛАКТИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ МЕР
ПРОТИВ ЭПИДЕМИИ ВИРУСНЫХ ГЕПАТИТОВ.
EPIDEMIOLOGY, PREVENTION AND ORGANIZATION OF
MEASURES AGAINST THE EPIDEMIC OF VIRAL HEPATITIS.
Fazliddinov Janobiddin Zaynobiddin o‘g‘li
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti, 2-son Davolash ishi fakultetining 5-
bosqich talabasi.
Ilmiy rahbar:
Valiyeva Marhabo Usmonovna
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti, Epidemiologiyasi kafedrasining
katta o‘qituvchisi.
+998931791113/+998999092225
Annotatsiya:
Ushbu maqolada virusli gepatitlarning epidemiologiyasi,
profilaktikasi hamda epidemiyaga qarshi chora tadbirlarni tashkillashtirish haqida
so‘z boradi. Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari hozirgi vaqtda gepatologiyaning muhim
va ko‘p jixatlardan yechimini topolmay kelayotgan muammolaridan bir hisoblanadi.
Surunkali va o‘tkir gepatitlarning rivojlanish mexanizmlari bir necha yillardan buyon
chuqur o‘rganilib kelinayotgan bo‘lsada, virusli gepatitlar natijasida kelib
chiqayotgan jigar sirrozi rivojlanish mexanizmiga va ayniqsa, ushbu kasallik
rivojlanishida ichakning mikrob ekologiyasi rolini o‘rganishga esa kam e’tibor
qaratilgan.
Kalit so’zlar:
Gepatit, epidemiologiya, profilaktika, kasallik, vaksina, yuqish
mexanizmi, manba, labarotoriya, kasallik qo‘zg‘atuvchisi.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
101
https://universalpublishings.com
Аннотация:
В данной статье говорится об эпидемиологии, профилактике
и организации противоэпидемических мероприятий вирусных гепатитов.
Заболевания печени и желчевыводящих путей являются одной из важнейших
проблем гепатологии, не поддающихся многим решениям. Хотя механизмы
развития хронических и острых гепатитов подробно изучаются в течение
нескольких лет, механизму развития цирроза печени, вызванного вирусными
гепатитами, и особенно изучению роли кишечной микробной среды, уделяется
мало внимания. экология в развитии этого заболевания.
Ключевые слова:
Гепатит, эпидемиология, профилактика, заболевание,
вакцина, механизм передачи, источник, лаборатория, возбудитель.
Abstract:
This article discusses the epidemiology, prevention and organization
of anti-epidemic measures against viral hepatitis. Liver and biliary tract diseases are
one of the most important problems of hepatology, which cannot be solved by many.
Although the mechanisms of development of chronic and acute hepatitis have been
studied in detail for several years, the mechanism of development of liver cirrhosis
caused by viral hepatitis, and especially the study of the role of the intestinal microbial
environment, has received little attention. ecology in the development of this disease.
Key words:
Hepatitis, epidemiology, prevention, disease, vaccine,
transmission mechanism, source, laboratory, pathogen.
Kirish:
Viruslar qo’zg’atadigan gepatitlar yer yuzida juda keng tarqalgan. Ular
bemorlarni uzoq vaqt ishga yaroqsiz qilib qo’yadi, ba’zan bemorlarni o’limiga yoki
nogiron bo’lib qolishiga sabab bo’ladi. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining
ma’lumotiga ko’ra har yili yer yuzida faqatgina gepatit B bilan 50 mln odam
kasallanadi. Virusli gepatitlar tibbiyot fani va sog’liqni saqlash tashkilotlari oldidagi
juda muhim muammodir. Bu kasallikning ba’zi jihatlari hali yetarlicha
o’rganilmagan, ularning davolash usillari va profilaktikasi talabga javob bermaydi.
Gepatitlar yuqish mexanizmi bo‘yicha ikki guruhga bo’linadi:
1. Og‘iz orqali yuqadigan – A, E
2. Parenteral yo‘l bilan yuqadigan – В, С, D
Gepatitlarning bu xillari etiologiyasi, epidemiologiyasi, patogenezi va klinik
jihatdan bir-birlaridan farq qiladi. Shu sababdan ularning har biri haqida alohida
tushunchaga ega bo’lmoq kerak.
Asosiy qism:
Virusli gepatit A (VGA)
– o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, kasallikni
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
102
https://universalpublishings.com
viruslar keltirib chiqaradi, kasallik asosan jigar to‘qimalarini shikastlaydi. Kasallik
isitma chiqishi, terida, shilliq qavatlarda sariqlik belgilari paydo bo‘lishi, qonda
transaminaza fermentlari, bilirubin, siydikda urobilin miqdorining oshishi, axlatning
rangi oqarishi kabi belgilar bilan xarakterlanadi. Ba’zida kasallikning belgisiz,
sariqliksiz, yengil shakllari ham kuzatiladi. Kasallik hamma qit’a va shaharlarda
uchraydi. Ko‘proq o‘rta Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida uchraydi.
Kasallik sporadik tarqaladi. VGA kasalligi umumiy strukturada bolalarda 60% gacha
uchraydi. Ko‘proq 3-7 yoshdagi bolalar kasallanadilar. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar
onasidan transplansentar immunitet olganligi sababli umuman kasallanmaydilar.
Kasallik manbai faqat odam, kasallikning aniq va yashirin turidagi bemor,
shuningdek sog‘lom virus tashuvchi yoki rekonvalessentlar hisoblanadi. Epidemik
jarayonning faol asosiy yuqtiruvchilari bo‘lib, kasallikning atipik shaklidagi bemorlar
hisoblanadi. Kasallik o‘z vaqtida aniqlanmaganligi natijasida bunday bemorlar faol
hayot kechiradilar, bolalar bog‘chaga qatnaydilar. Yashirin va kam hollarda kuchli
infeksiya manbai bo‘lib qoladi. Virusning yuqish yo‘li asosan kontakt-maishiy yo‘l
bo‘lib iflos qo‘l va oziq-ovqat, ichimlik suvidan yuqadi. Havo-tomchi usulida yuqish
holati kuzatilmaydi. VG ga mavsumiylik va kasallik tarqalishi davriyligi xos.
Ko‘proq kasallik kuz-qish davrlarida kuzatiladi, yozda kam uchraydi. Epidemik
tarqalishi bolalar muassasalarida ko‘p uchraydi. VGA bilan kasallangandan so‘ng
turg‘un doimiy immunitet qoladi.
Profilaktikasi.
Virusli gepatit A kasalligida epidemiyaga qarshi kurash chora-
tadbirlari ko‘pincha kechikib qilinadi, bemor organizmidagi viruslarni atrof-muhitga
ajratib bo‘lgandan keyin chora – tadbirlar o‘tkaziladi. Shuning uchun ham hatto
sariqlik shakldagi bemorlar aniqlanganidan keyin, ularni alohidalab (izolyatsiya)
qo‘yish deyarlik samara bermaydi. Bundan ko‘ra bemor bilan muloqotda bo‘lganlarni
klinik, laboratoriya (bioximik ko‘rsatkichlari) usullarida kasallikning dastlabki
davrlarida faol aniqlab, ularga nisbatn qilinadigan choralar ko‘proq samara beradi.
Ushbu kasallikda asosiy yuqtirish omili suv bo‘lganligi tufayli chora – tadbirlar
ichida, aholining suv ta’minotiga e’tibor qaratilishi katta ahmiyatga ega, epidemik avj
olishlarda eng avvalo aholining sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash kerak. Uyushgan
bolalar jamoalarida kasallik paydo bo‘lganda, bolalarga virus maishiy-muloqot yo‘li
bilan yuqmasligi uchun sanitariya – gigiyena choralari, bolalarning qo‘lini ovqatdan
oldin, hojatdan keyin toza yuvish, o‘yinchoqlarni, xonani, idish-tovoqlarni, oshxona
anjomlarini dezinfeksiya qilish uchun zamonaviy dezinfeksiya vositalarini ishlatish
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
103
https://universalpublishings.com
lozim. Virusli gepatit A kasalligining asosiy samarali profilaktikasi aholini sifatli
ichimlik suvi bilan ta’minlashdir. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda ushbu
kasallikning o‘tkir va surunkali epidemik avj olishlari aholini kafolatlangan, sifatli
suv bilan ta’minlash natijasida amalga oshgan. Hozirgi davrda virusli gepatit A
kasalligiga qarshi o‘ldirilgan vaksinalar mavjud. Ushbu vaksina juda ko‘p xorijiy
mamlakatlarda ishlab chiqarilgan va samarali vaksina ekanligi epidemiologik
tajribalarda isbotlangan, amaliyotda qo‘llanilayapti. O‘zbekistonda ham ushbu
vaksinalar epidemiologik ko‘rsatmalarga binoan profilaktika maqsadida
ishlatilmoqda. Ammo bu vaksinalar bilan emlash, milliy emlash kalendariga hozircha
kiritilgani yo‘q. Virusli A gepatitga qarshi emlash 12 oylikdan boshlanadi. Emlash
mushak orasiga ikki martalik sxema bilan qilinadi. Virusli gepatit A vaksinasi virusli
gepatit V vaksinasi bilan muddati to‘g‘ri kelib qolsa bir vaqtda yuborish mumkin.
Immunitet 95% gacha hosil bo‘ladi. Virusli gepatit A vaksinasiga bo‘ladigan
reaksiyalar juda kam uchraydi. Ba’zida og‘riq, in’eksiya o‘rnida qizarish, shish
bo‘lishi mumkin, ba’zida esa isitmalash, allergik toshmalar kuzatiladi.
Virusli gepatit E (VGE)
- Kasallik klinik belgilari jihatdan virusli gepatit A
kasalligiga o‘xshagan, ammo kasallanganlar asosan katta yoshdagi kishilar bo‘lib,
homilador ayollarda kasallik og‘ir shakllarda uchrab, hattoki o‘lim hollari kuzatilishi
mumkin. Kasallikning chaqiruvchisi Hepeviridae oilasiga, Hepevirus turiga mansub
bo‘lgan, RNK saqlovchi virusdir. Asosan Osiyo davlatlarida ko‘proq epidemik
jarayonga axoli qo‘shilishi bilan xarakterlanadi. Kasallik manbai bemor odam.
Surunkali virus tashuvchilik isbotlanmagan. Infeksiya fekal-oral yo‘l bilan asosan,
suv, oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy aloqa yo‘li bilan yuqadi. Mavsumiyligi gepatit
A bilan o‘xshash bo‘lib, MDH mamlakatlaridan O‘rta Osiyoda ko‘proq kuz-qish
oylarida uchraydi. VGE tabiiy o‘choqli kasalliklar guruhiga kiradi.
Oldini olish va profilaktikasi:
VGE da SES ga tezda xabar beriladi. Bemorlar
kasallik boshlangan kundan 30 kungacha alohidalanadi. Bolalar muassasalarida
kasallik aniqlangach, yakuniy tozalash o‘tkaziladi. Bolalar guruhiga 45 kungacha
karantin belgilanadi. Muloqotda bo‘lgan bolalar karantin tugaguncha doimiy tibbiy
nazorat ostida bo‘ladilar. Gepatit E bilan og‘rimaganlarga immunoglobulin yuborish
mumkin, lekin bu usulning samaradorligini yana qo‘shimcha o‘rganib chiqish lozim.
Immunoglobulin tarkibida gepatit E virusiga qarshi antitanachalar bo‘lsagina
immunoprofilaktika samarador bo‘lishi mumkin. Virusli gepatit E kasalligining oldini
olishda asosiy chora bu aholini sifatli suv bilan ta’minlashdir.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
104
https://universalpublishings.com
Virusli gepatit B (VGB)
- surunkali, ba’zida o‘tkir kechadigan yuqumli
kasallik bo‘lib, kasallikni gepadnavirus (Hepadnavirus) keltirib chiqaradi, kasallik
har xil klinik belgilar (yengil shakldan to og‘ir, o‘lim bilan tugaydigan shakllargacha)
bilan kechadi, ko‘pincha og‘ir asoratlar qoldiradigan, aholi orasida keng tarqalgan
kasallikdir. Antroponoz kasalliklarga kiradi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisining asosiy
manbai – VGB ning surunkali kasalligini boshidan kechirayotgan bemorlar, surunkali
virus tashuvchilar, yaqqol klinik belgilari mavjud bo‘lgan o‘tkir shakldagi bemorlar,
kasallik belgilari namoyon bo‘lmagan, klinik belgilarsiz, yengil shakldagi bemorlar
bo‘lishi mumkin. Bemor qoni va virus tashuvchi qoni asosiy xavf uyg‘otadi. VGB-
infeksiya yuqishi parenteral yo‘l bilan amalga oshiriladi: qon va qon preparatlari
(plazma, eritrotsitar massa, albumin, protein kriopretsipitat, antitrombin va boshqalar)
qo‘llanilganda, yomon sterillangan shprits, ignalar, kesuvchi asboblar va
skarifikatsiya, tatuirovkalar, operativ aralashuvlar, tishlarni davolash, endoskopik
tekshiruvlar, duodenal zondlash va boshqa muolajalarda agar teri va shilliq qavatlar
butunligi buzilsa yuqadi. Gepatit B ning tabiiy yuqish yo‘li jinsiy aloqada va onadan
homilaga vertikal yo‘l bilan virus transmissiyasida namoyon bo‘ladi. VGB ning
boshqa yuqish yo‘llari ham aytib o‘tilgan (suv orqali, fekal-oral, qon so‘ruvchi
hasharotlarning chaqishi natijasida), lekin tasdiqlanmagan. Bir yoshgacha bo‘lgan
bolalar VGB bilan zararlanishi ehtimoli yuqoriligini passiv immunitetning sustligi va
ona orqali transplatsentar to‘siqdan virus neytrallovchi antitanachalar yetarli
kelmasligi bilan tushuntiriladi. Gepatit B uchun mavsumiylik xos emas. Profilaktik
emlashlar, tibbiy tekshiruvlar, infitsirlangan qon va qon preparatlari bir vaqtda bir
necha bolaga quyganda ko‘plab bolalarning kasallanishi kuzatilishi mumkin. Yopiq
bolalar muassasalarida infeksiya manbai uzoq vaqt bir joyda joylashishi sababli
kasallik xuddi qaytalangandek yoki maishiy yo‘l bilan boshqa sag‘lom bolalar ham
zararlanishi mumkin. B gepatit o‘tkazganlik natijasida turg‘un doimiy immunitet
paydo bo‘ladi. Qayta kasallanish ehtimoli kam.
Profilaktikasi.
VGB kasalligining profilaktik chora-tadbirlari maxsus va maxsus
bo‘lmagan chora-tadbirlarga bo‘linadi. VGB kasalligiga qarshi kurash strategiyasi,
ushbu kasallik viruslarining manbai bo‘lishi, virus tashuvchilar sonini kamaytirishga
qaratilgan. Shu sababdan ham ushbu kasallikning profilaktikasida asosiy e’tibor VGB
kasalligiga qarshi maxsus emlashga qaratilgan. Maxsus emlash reja asosida barcha
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni, tug‘ilgan kunidan boshlab emlash va qayta emlash,
shuningdek o‘smirlarni katta yoshdagilarni reja asosida va epidemiologik
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
105
https://universalpublishings.com
ko‘rsatmalarga binoan emlash tarzida amalga oshiriladi. VGB infeksiyasini kelajakda
xuddi shunday maxsus emlash natijasida kamaytirish mumkin. Bizning
mamlakatimizda chaqaloqlar 2000-yillardan buyon rejali emlanmoqda. Ularni emlash
milliy emlash kalendariga kiritilgan. Emlash uchun kerakli vaksinalar Davlat
budjetidan sotib olinmoqda. Rejali emlash boshlangan davrdan hozirgacha
O‘zbekistonda yosh bolalar orasida kasallanish ko‘rsatkichi 4-5 baravar kamaytirildi.
Profilaktik chora-tadbirlarga shuningdek infeksiya manbaiga qaratilgan tadbirlar ham
kiradi. Masalan qon, plazma, sperma beruvchi donorlar orasida infeksiya manbalarini
ertachi aniqlash, jinsiy aloqalar davrida kasallik yuqishining oldini olish va h.k.
Epidemiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari epidemik jarayonning 3 ta zvenosiga
qaratilgan bo‘lishi kerak. Kasallik qo‘zg‘atuvchisining manbaiga qaratilgan chora-
tadbirlar katta samara bermaydi, chunki o‘tkir va surunkali shakldagi bemorlarni va
virus tashuvchilarining barchasini ertachi aniqlash imkoniyati yo‘q. Odatda klinik va
laboratoriya usullari bilan aniqlangan bemorlar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga
yotqiziladi va davolanadi, kasallik surunkali shakllariga o‘tib ketmasligining oldini
olish uchun tuzalib chiqqan bemorlar dispenser nazoratida bo‘ladilar. Surunkali VGB
kasalligi aniqlanganda kasallik qo‘zg‘atuvchisining manbaiga qaratilgan chora-
tadbirlar xuddi o‘tkir VGB kasalligiga o‘xshagan bo‘ladi. Shifoxonalarda o‘tkir yoki
surunkali shakldagi bemorlar, virus tashuvchilar aniqlanganda, kasallik, bo‘limda va
boshqa bo‘limlarga tarqalib ketmasligi uchun chora-tadbirlar qilinadi. Bemorni
albatta yuqumli kasalliklar shifokori konsultatsiya qiladi, bemorning yakuniy tashxisi
VGV qo‘yilsa, uni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘tkaziladi. Bo‘limda tabobat
xodimlarining yordamida dezinfeksiya o‘tkaziladi, bunda bemor yotgan palata bemor
muolaja olgan xonalarda dezinfeksiya qilinadi. Shu davrda bo‘limda ishlatiladigan
tibbiyot asbob-uskunalarining sterilizatsiya rejimiga alohida e’tibor qaratiladi. Bemor
bilan muloqotda bo‘lganlar shifoxonadan chiqib ketguncha tibbiyot kuzatuvida
bo‘ladilar. Muloqotda bo‘lgan tibbiyot xodimlari 6 oy davomida tibbiyot kuzatuvida
bo‘ladilar. VGV bemori bilan muloqotda bo‘lganligi haqida kasallik tarixi
ko‘chirmasida ko‘rsatiladi, shifoxonadan chiqqandan keyin yashash joyida tibbiyot
nazoratida turadi. Gepatit B da profilaktik chora-tadbirlar tizimi infeksiya manbaini
aniqlab, tabiiy va sun’iy zararlanish yo‘llarini yo‘qotishga, shuningdek, maxsus
profilaktik yo‘li bilan xavf tug‘diruvchi guruhni yo‘qotishga qaratilgan. Infeksiya
manbaini neytrallash o‘z vaqtida hamma bemorlarni va virus tashuvchilarni aniqlab,
davolash va kuzatuv ishlarini tashkillashtirishga qaratilgan. Virusli gepatit kasalligini
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
106
https://universalpublishings.com
o‘tkazgan shaxslar, surunkali jigar kasalliklari, shuningdek, gepatit B bilan
kontaktda bo‘lgan yoki oxirgi 6 oy ichida qon va uning komponentlarini olgan
shaxslarga donor bo‘lishga ruxsat etilmaydi. HBsAg aniqlangan vaqtda homilani olib
tashlash haqidagi savolni individual hal qilish kerak bo‘ladi. Shuni esda tutish
kerakki, homilaning ichki zararlanishida kam miqdorda bo‘lsa ham HBsAg bo‘lishi
ahamiyatga ega, HBsAg yuqori konsentratsiyada bo‘lsa ham, agar tug‘ruq kesarcha
kesish yo‘li bilan qilinsa, bolada yuqish xavfi kamayadi. Gepatit B bilan og‘rigan
homilador bemorlardan yoki HB-virus tashuvchilarda kasallik bilan zararlanishining
oldini olish uchun maxsus tug‘ruq bo‘limlariga, akusher-feldsher punktiga, ya’ni
qat’iy epidemiyaga qarshi rejimga rioya qiluvchi punktlarga yotqiziladi. Infeksiya
yuqish yo‘lini to‘xtatish muolaja o‘tkazish vaqtida teri va shilliq qavat butunligini
hisobga olgan holda boshqa asbob va moslamalardan, qon quyish uchun alohida
sistema, individual shprits, nina, skarifikatorlar, zond, kateterlarni qo‘llash zarur
bo‘ladi. Bundan tashqari HB-virus bilan kichik dozada zararlanganda
immunoglobulinni qo‘llash yaxshi natija beradi. Ko‘p miqdorda zararlanganda
immunoprofilaktika kam samara beradi, maxsus immunoglobulin yuborilganda
kamchiliklar bo‘lishiga qaramasdan gepatit B profilaktikasida munosib o‘rin
egallaydi. Gepatit B ning faol profilaktikasi uchun plazmali yoki gen injeneriya
vaksinasidan foydalaniladi. Plazmali vaksina bu- persistirlangan HBsAg tutuvchi
shaxslarning qon zardobidan olingan HBsAg dan yuqori darajada tozalangan
preparat hisoblanadi.
Xulosa:
Gepatit kasalligida asosan jigar zararlanadi va shunga oid simptomlar
paydo bo‘ladi. Bemor badanining sarg‘ayishi virusli gepatitlarning yaqqol
ko‘rinadigan simptomidir. Bu badan sarg‘ayishi faqat virusli gepatitlarda uchraydi
degan so‘z emas albatta. Undan tashqari virusli gepatitlar ba’zan bemor badanining
sarg‘ayishisiz o‘tishi ham mumkin. Bemor badaning sarg‘ayishi har turli boshqa
kasalliklarda ham uchraydi. Oxirgi yillarda yuqori darajada sezgir laboratoriya
usullari yordamida olib borilgan tekshirishlar natijasida gepatit A dan ham gepatit B
dan ham farq qiladigan gepatitlar borligi isbot qilindi.
Shunday qilib
hozirgi
vaqtda etiologiyasiga ko‘ra mustaqil 5 xil gepatit: A, В, С, D, E lar farqlanadi. VG
lar ichida A, B gepatiti to‘liq o‘rganilgan. Bu nozologik turlarda etiologiyasi,
epidemiologiyasi, patogenezi, klinikasi, tashxisi, oqibati ma’lum, shunga ko‘ra yuqori
samarali vaksinalar yaratildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
107
https://universalpublishings.com
1.
V.M.Majidov. Yuqumli kasalliklar. Tibbiyot oliy bilimgohlari
talabalari uchun o’quv adabiyoti. Toshkent Ibn Sino nomidagi nashriyot-matba
birlashmasi. 1993-yil. ISBN 5-638-00787-3. 134-138 betlar.
2.
O.B. Raxmatov. Bolalar yuqumli kasalliklari. Cho’lpon nomidagi
nashriyot-matba ijodiy uyi. Toshkent 2008-yil. ISBN 978-9943-05-225-3. 105-113
betlar.
3.
O.M.Mirtazayev, L.P. Zueva, G.S.Matnazarova. Epidemiologiya.
Toshkent 2016-yil. 206-215 va 334-357 betlar.
4.
Яковенко А. В., Яковенко Э. П. Цирроз печени: вопросы терапии
//Consilium medicum. – 2006. – Т. 8. – №. 7. – С. 13-17.
5.
Михеева О. М. и др. Цирроз печени //Клиническая геронтология. –
2010. – Т. 16. – №. 1-2. – С. 39-47.
6.
Афукова О. А., Юдин А. Л. Лучевая диагностика цирроза печени
(обзор литературы) //Медицинская визуализация. – 2005. – №. 5. – С. 32-44.7.
7.
Падучева С. В. ЭТИОПАТОГЕНЕЗ И ВОЗМОЖНОСТИ
МАЛОИНВАЗИВНОЙ ДИАГНОСТИКИ ЦИРРОЗА ПЕЧЕНИ: ОБЗОР
ЛИТЕРАТУРЫ //Пермский медицинский журнал. – 2023. – Т. 40. – №. 3. – С.
78-91.8.
8.
Fazliddinov J.Z, Islamova K.A.// JIGAR SIRROZI KASALLIGIDA
HAZM QILISH BUZILISHLARI VA ULARNI DAVOLASH.//
«МЕДИЦИНА,
ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА» I
S S N : 3 0 3
0
-
3 0 0 1
(
SJ
I
F 2023: 3.019; 2024: 5.444
)
R
e
s
ea
r
c
hBib
Impac
t F
ac
t
o
r: 11.79/ 2023.
686-694 betlar.
