Authors

  • Sayyora Raxmonova
    Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi bosh o‘qituvchisi
  • BAXTINISO TOLLIBOYEVA
    Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi bosh o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mpttp.59277

Keywords:

Gipertonik kriz arterial qon bosimi klinik belgilari shoshilinch tibbiy yordam

Abstract

Ushbu maqolada “ Gipertonik kriz” – arterial qon bosimning bir necha daqiqa yoki soat ichida keskin ko’tarilishi bilan kechuvchi o’tkir patologik holat.
Gipertonik kriz aksariyat hollarda serebral, koronar va vegetativ simptomlar bilan namoyon bo’ladi.Mana shunday holat kuzatilganda bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish ehtiyot choralari muhokama qilinadi.Gipertonik kriz-arterial qon bosimining keskin ko’tarilishi bilan namayon bo’ladigan kaslliklar qatoriga kiradi.
Klinikasi va “Giretonik kriz”ga olib keladigan asosiy sabablari,jumladan, hafaqon kasalligi,o’tkir glomerulonefrit.eklamsiya,buyrak kasalliklari, gipotenziv terapiyani birdan to’xtatish, psixoemosional stress, ortiqcha jismoniy zo’riqish, spirtli ichimliklarni katta miqdorda istemol qilish, meteorologik omillar tahlil qilinadi.Shuningdek shoshlinch tibbiy yordam ko’rsatish choralari yordamida kasallikning aholi o’rtasida qanday kamaytirish mumkinligi bayon etilgan.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

128

GIPERTONIK KRIZDA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM.

Raxmonova Sayyora Normuradovna

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi bosh o‘qituvchisi

TOLLIBOYEVA BAXTINISO ALQARBOY QIZI

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi bosh o‘qituvchisi

Annotasiya

: Ushbu maqolada “ Gipertonik kriz” – arterial qon bosimning bir

necha daqiqa yoki soat ichida keskin ko’tarilishi bilan kechuvchi o’tkir patologik holat.
Gipertonik kriz aksariyat hollarda serebral, koronar va vegetativ simptomlar bilan
namoyon bo’ladi.Mana shunday holat kuzatilganda bemorlarga shoshilinch tibbiy
yordam ko’rsatish ehtiyot choralari muhokama qilinadi.Gipertonik kriz-arterial qon
bosimining keskin ko’tarilishi bilan namayon bo’ladigan kaslliklar qatoriga kiradi.
Klinikasi va “Giretonik kriz”ga olib keladigan asosiy sabablari,jumladan, hafaqon
kasalligi,o’tkir glomerulonefrit.eklamsiya,buyrak kasalliklari, gipotenziv terapiyani
birdan to’xtatish, psixoemosional stress, ortiqcha jismoniy zo’riqish, spirtli
ichimliklarni katta miqdorda istemol qilish, meteorologik omillar tahlil
qilinadi.Shuningdek shoshlinch tibbiy yordam ko’rsatish choralari yordamida
kasallikning aholi o’rtasida qanday kamaytirish mumkinligi bayon etilgan.

Kalit so’zlar:

Gipertonik kriz, arterial qon bosimi,klinik belgilari,shoshilinch

tibbiy yordam.

Kirish:

Gipertonik krizda shoshilinch tibbiy yordam hozirgi kunda sog;liqni

saqlash sohasi xodimlarining muammosi bo’lib kelmoqda. Asosiy sabablari-hafaqon
kasalligi, simptomatik AG, o’tkir glomerulonefrit, eklampsiya, buyrak kasalliklari,
bosh miya jarohatlari, gipotenziv terapiyani birdan to’xtatish, psixoemosional stress,
ortiqcha jismoniy zo’riqish, spirtli ichimliklarni katta miqdorda istemol qilish,
meteorologik omillar, sabablarini oldini olish,bemorlarga o’z vaqtida shoshilinch tez
tibbiy yordam ko’rsatish choralari haqida maqolada so’z yuritiladi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

129

Materiallar va usullar:

Tadqiqot metodikasi:

Zamonaviy ilmiy maqolalar,kasallik holatlari va tadqiqot ishlari

tahlil qilindi.Gipertonik krizda shoshilinch tibbiy yordam mavzusidagi oxirgi
zamonaviy davo usullari haqida so’nggi yillarda chop etilgan ilmiy manbalar
o’rganildi
Nazariy asos:
Gipertonik kriz vaqtida shoshlinch tibbiy yordam ko’rsatish usullari,davolash usullari
va profilaktika choralari muhokama qilindi.Asosiy e’tibor zudlik bilan Tez yordam
chaqiriladi,arterial qon bosimi o;lchanadi,zamonaviy gipotenziv dori vositalarini
qo’llash, EKG olish, har 10–15 daqiqada AQB ni va yurak urishini o’lchab turishga
qaratildi.
Arterial qon bosimning normada va arterial gipertenziyaning turli bosqchilaridagi
ko’rsatkichlari

Norma va arterial gipertenziya

AQB ko’rsatkichlari

(mm sim ust)

Norma

120/80 va undan past

Normaning yuqori chegarasi

130/85 – 139/89

Birinchi darajali arterial gipertenziya

140/90 – 159/99

Ikkinchi darajali arterial gipertenziya

160/100 – 179/109

Uchinchi darajali arterial gipertenziya

180/110 mm sim. ust

Amaliy tadqiqotlar:Gipertonik krizda shoshlinch tibbiy yordam ko’rsatish uchun

ishlatiladigan davo usullari o’rganildi.Xavf omillarini aniqlash va davo


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

130

samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy tibbiyot texnologiyalarining
qo’llanilishi tahlil qilindi.
Natijalar:
Klinik belgilari va diagnostika: Gipertonik krizning asosiy belgisi – bu AQB ning
qisqa vaqt ichida keskin ko’tarilishidir. Gipertonik kriz, odatda AQB 160/100 yoki
180/120 mm sim. ust. dan oshgan paytlarda ro’y beradi. Biroq bu ko’rsatkich
individual bo’lib, bemorning ishchi AQB iga ko’p jihatdan bog’liq. Masalan, ba’zi
bemorlarda gipertonik kriz AQB 240/120 mm sim. ust. ga yetganda ro’y beradi va
h.k.Gipertonik krizda zudlik bilan Tez yordam chaqirish tavsiya etiladi.
Birlamchi yordam va davo usullari:
1.Arterial qon bosimi o’lchanadi
2. Bemorni tinchlantirish, qulay holatga keltirish, toza havo bilan taminlash.
3. Yurak sohasida og`riq bo`lsa, bemorga til sohasiga validol qo`yish.
4. Qon bosimi o’lchab turiladi, shifokor ko’rsatmasiga asosan, dibazol 1%, magneziy
sulfat 25%, papaverin va platifilin 2% li eritmalari jo’natiladi.
5. Zarurat holatlarda bemor venasidan 250-300ml miqdorda qon olib tashlanadi.
6. Bemorni dinamik holati nazorat qilinadi.
Munozara:
Zamonaviy

davolash

usullarining

samaradorligi:Tadqiqot

natijalari

shuni

ko’rsatdiki,gipertonik krizda shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish va zamonaviy davo
usullari ko’plab asoratlarni oldini olishga imkon beradi.Xususan oz vaqtida
ko’rsatilgan shoshilinch tibbiy yordam bosh miyaga subaroxnoidal qon quyilishi
xavfini kamaytiradi.
Profilaktik chora-tadbirlar:Gipertonik krizni oldini olish uchun birinchi navbatda har
bir inson sog’lom turmush tarziga rioya qilishi muhim sanaladi,shuningdek,
psixoemosional stress, ortiqcha jismoniy zo’riqish, spirtli ichimliklarni katta miqdorda


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

131

istemol qilmaslik tavsiya etiladi, meteorologik omillar,magnit bo’ronlari kunlarida
ortiqcha zo’riqmaslik tavsiya etiladi..

Xulosa:

Arterial qon bosimini zamonaviy davolash usullari samarali natijalar berishi
mumkin .Gipertonik krizda shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish bemorlarda insult
xavfinini sezirarli ravishda kamaytiradi.Tibbiyot mutaxasislari tomonida olib borilgan
profilaktik chora –tadbirlarini o’tkazish gipertonik krizda kuzatilgan asoratlarni oldini
olishda jamoatchilikni xabardor qilish zarur.Shu bilan birga ,sog’lom turmush tarziga
rioya qilishga targ’ib qilish ham muhim profilaktik chora hisoblanadi.

Foydalanadigan adabiyotlar:

1.Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti www

.moodle.sammi.uz

sayti.

2. M.N. Mirzayev, I.R. Mavlyanov, O.R. Mirtursunov “Birinchi tibbiy yordam”
Toshkent-2005
3. Y.Allayorov, Y.Tojiboyev “ Favqulotta vaziyatlarda tez tibbiy yordam asoslari”
Toshkent-2014
4. A.K.Jamolov,B.N.Toshmamatov,N.J.Ro’ziyeva,M.A.Rasulova “Tez tibbiy yordam
va favqulodda holatlar tibbiyoti” Toshkent-2024
5.

A.Gadayev,

M.Sh.

Karimov,X.S.Axmedov

“Ichki

kasalliklar

propedivkasi”.Toshkent-2012
6. O’.O. Oripov, Sh.N. Karimov “Umumiy xirurgiya” Toshkent-2008 “Yangi asr
avlodi”
7. A.M. Ubaydullayev “Nafas organlari kasalliklari” Toshkent-2000

References

Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti www.moodle.sammi.uz sayti.

M.N. Mirzayev, I.R. Mavlyanov, O.R. Mirtursunov “Birinchi tibbiy yordam” Toshkent-2005

Y.Allayorov, Y.Tojiboyev “ Favqulotta vaziyatlarda tez tibbiy yordam asoslari” Toshkent-2014

A.K.Jamolov,B.N.Toshmamatov,N.J.Ro’ziyeva,M.A.Rasulova “Tez tibbiy yordam va favqulodda holatlar tibbiyoti” Toshkent-2024

A.Gadayev, M.Sh. Karimov,X.S.Axmedov “Ichki kasalliklar propedivkasi”.Toshkent-2012

O’.O. Oripov, Sh.N. Karimov “Umumiy xirurgiya” Toshkent-2008 “Yangi asr avlodi” 7. A.M. Ubaydullayev “Nafas organlari kasalliklari” Toshkent-2000