МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
https://universalpublishings.com
160
RAXIT KASALLIGI NIMA VA UNING KELIB CHIQISH SABABLARI
Yusupova Mashhura Shoyim qizi
– Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
tibbiyot fakulteti davolash ishi yo’nalishi talabasi
Elektron pochta:
Boyqobilov Soatmurod Shuxrat o’g’li
– Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
tibbiyot fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi
Elektron pochta
:
Annotatsiya
Ushbu maqola raxit kasalligini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Raxit – suyaklarning
yumshab, shaklini o’zgartirishi bilan kechadigan kasallik bo’lib, asosan sababi D
vitamini va minerallar, ayniqsa kalsiy va fosfor yetishmovchiligidir. Maqolada
raxitning kelib chiqish omillari, o’sish jarayoniga ta’siri, uning belgilari va xavf
guruhlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, noto’g’ri ovqatlanish, quyosh nurining
yetishmasligi, va ekologik sharoitlarning raxitga olib keluvchi sabablari sifatida
ko’rsatilishi mumkin. Raxitning oldini olish uchun sog’lom ovqatlanish, D vitamin
bilan boyitilgan oziq-ovqatlar va quyosh nuri olishning ahamiyati ta’kidlangan.
Maqola, ayniqsa ota- onalar va pediatrlar uchun bolalarning salomatligini himoya
qilishda zarur bo’lgan bilim va amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.
Kalit so’zlar:
D-vitamini, suyaklar deformatsiyasi, kalsiy preparatlari, raxit,
spazmofiliya, soch to’kilishi, ko’p terlash.
Annotation:
This article provides an in-depth analysis of rickets, a disease characterized by the
softening and deformity of bones, primarily affecting children. The main cause of
rickets is the deficiency of vitamin D, as well as minerals such as calcium and
phosphorus. The article thoroughly discusses the factors contributing to the
development of rickets, its symptoms, risk groups, and the impact on growth. It
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
https://universalpublishings.com
161
highlights how poor nutrition, lack of sunlight, and environmental factors can
contribute to the onset of the disease. Preventive measures, such as proper nutrition,
consumption of vitamin D-rich foods, and adequate exposure to sunlight, are
emphasized. This article offers essential knowledge and practical advice for parents
and pediatricians to help protect children’s health and prevent rickets.
Keywords:
vitamin D, bone deformation, calcium preparations, rickets, spasmophilia,
hair loss, profuse sweating.
Аннотатция
Эта статья предоставляет всесторонний анализ рахита – заболевания,
характеризующегося размягчением и деформацией костей преимущественно
встречающегося у детей.
Основной причиной рахита является дефицит
витамина Д, а также недостаток таких минералов как кальций и фосфор. В
статье подробно рассматриваются различные факторы, способствующие
развитию рахита, включая неправильное питание, недостаток солнечного света и
экологические условия.
Также обсуждаются симптомы, группы риска и
долгосрочные последствия заболевания для роста детей. Рассматриваются
профилактические меры, такие как сбалансированное питание добавки витамина
Д и достаточное пребывание на солнце. Эта статья служит информативным
источников для родителей и медицинских работников, предлагая практические
рекомендации по защите детей от рахита и обеспечению их здорового развития.
Ключевые слова
: витамин Д, деформация костей, препараты кальция, рахит,
спазмофилия, выпадэние волос, обильное потоотделение.
Kirish qismi
: Raxit bolalar ichida ko’p uchraydigan kasallik bo’lib, skelet va
mushaklarni zararlanishi bilan namoyon bo’ladi. Organizmda D vitamini yetishmasligi
tufayli fosfor-kalsiy almashinuvining buzulishi natijasida kelib chiqadi. Raxitga
ko’pincha bolaning chala tug’ilishi, quvvatsizligi, sun’iy ovqatlanish sabab
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
https://universalpublishings.com
162
bo’ladi.Bola yaxshi parvarish qilinmasa, ochiq havo va quyosh nuridan bahramand
bo’lmasa, noto’g’ri ovqatlantirilsa, uning organizmiga D vitamini yetarli miqdorda
kirmaydi, yoki ultrabinafsha nurlar yetishmasligidan terisida D vitamini sintezlanishi
buziladi va raxit kasalligi kelib chiqadi. Bundan tashqari bolaning tez-tez kasallanishi
va onaning homiladorlik vaqtida ovqat ratsionining buzilishi natijasi ham raxit
kasalligiga sabab bo’lishi mumkin. Raxit kasalligi moddalar almashinuvining
buzilishiga hamda a’zo va sistemalar ishining izdan chiqishiga olib keladi. Bu
kasallikda fosfor va Kalsiy tuzlari almashinuvi ayniqsa kuchli buziladi. Ichakda
Kalsiyning so’rilishi va suyakka o’tirishi o’zgaradi, bu suyakning ingichkalashib,
to’qimalarning yumshashiga, nerv sistemasi va ichki a’zolar ishining buzilishiga sabab
bo’ladi. Raxit bola hayoti uchun xavfli emas, lekin uni to’g’ri davolamaslik bola
hayotida chuqur va bir umrlik iz qoldirishi mumkin. Bu vaqtda bolada- skeletning
sezilarli deformatsiyalari (qiyshayishlari), prikusning qiyshiqligi, yassi oyoqlik va
boshqa shunga o’xshash kasalliklar kuzatiladi[2][4].
Asosiy qism:
Kasallikning dastlabki davrida bemorning nerv sistemasida o’zgarishlar
ro’y beradi: bola qo’rqoq, tajang, injiq va shalvillagan bo’lib qoladi, ko’p terlaydi,
emayotganida yuzi yotganida ensasi terga botadi.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
https://universalpublishings.com
163
1-rasm. Raxit kasalligining klinik belgilari.
Bolani qichima bezovta qilganligi sababli u boshini yostiqqa ishqayverganidan orqa
sochi to’kilib ketadi. Kasallik kuchayganda muskullar zaiflashadi, burishadi, kasal
bola sog’lom bolaga nisbatan kech yuradi, qorni shishadi, ichi ko’pincha qotadi yoki
suradi, qabziyat kuzatiladi ( raxitda mushaklar gipotoniyasi rivojlanadi, ichak
mushaklarida ham, buning oqibatida ichak peristaltik harakatilari buziladi va najas
sekin harakatlanadi ichki organlarning 1-navbatda oshqozon ichak traktining buzilishi )
tishlarning kech chiqishi, qurbaqa qorin ya’ni qorinning osilib qolishi , mushaklar
tarangligining yo’qligi, peshona va kallaning tepa suyagi bo’rtib chiqishi, peshona
do’ng bo’lib ,tepa va ensa yumshab katta liqildoq suyaklanmasdan boshning
kattalashishi kabi bir qator jiddiy xolatlar kuzatiladi. Ko’pincha to’sh yonidagi
qovurg’a suyaklar qalinlashadi, unda suyaklar yumshoqligi, suyaklarning yoysimon
qiyshiqligi, suyaklar gidrosefaliyasi uchraydi. Bola yura boshlaganida oyoqlari “X”
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
https://universalpublishings.com
164
yoki “O” shaklida qiyshayadi ko’krak qafasi o’zgarib, oldinga bo’rtib chiqadi yoki
ichiga kirib ketadi.
2-rasm. Raxit kasalligida suyakning qiyshayishi.
Ko’krak yoshdagi bolalarni noto’g’ri ovqatlantirish, organizmda vitaminlarning,
xususan, vitamin “B” ning yetishmasligi natijasida va noqulay sharoitning muhim
ta’siri ostida bolalarda tez-tez raxit kasalligi uchrab turadi. Ko’pincha raxit bo’lgan bir
paytda Spazmofiliya, ya’ni nerv muskul sistemasining qo’zg’alish holati: to’satdan
boshlanadigan umumiy klonik tirishish xurujlari rivojlanadi. Shuningdek, ko’krak
yoshidagi kasalliklar xususiyatlaridan, diatezlar ya’ni organizmning turli kasalliklarga
moyillik holatlari tez-tez uchrab turadi. Raxitga uchragan bolalar turli yuqumli
kasalliklarga (ayniqsa Zotiljamga) moyil bo’ladi. Shunday qilib, Raxitning asosiy
sababi D vitamini yetishmovchiligidir, kasallikning rivojlanishida Kalsiy va fosfor
yetishmovchiligi ham ma’lum rol o’ynaydi.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
https://universalpublishings.com
165
3-rasm. Suyakning deformatsiyasi.
Agar bola zarur bo’lgan moddalarni oziq- ovqat bilan qabul qilmasa , bolaga ona suti
o’rniga sun’iy aralashmalar yoki sirgir suti berilsa qo’shimcha oziqni kech joriy etish
( 6-8 oydan keyin ) agar bola ovqat ratsionining ko’proq qismini bo’tqalar , ayniqsa
Manna bo’tqasi tashkil qilsa bolaning terisiga quyosh nuri uzoq vaqt ta’sir qilmagan
bo’lsa, ichakda so’rilishi va hazm qilish faoliyati buzilsa bola ovqat ratsionini eng
to’yimli oziq – ovqat bilan boyitilganda ham raxit kasalligi ehtimoli kamaymaydi[5].
Raxit uchun xavfli omillar: muddatidan oldin tug’ilganlik -chunki bu vaqtda tug’ilgan
chaqoloqlarda oziq moddalarni “zaxira” qilish va hazm tizimi bilan bog’liq buzilishlar
mavjud bo’ladi. Ko’p farzandli homiladorlik, bunday homiladorlikda chaqaloqlarda
qoida ravishda Kalsiy va fosfor yetishmovchiligi, kuzatiladi va qoracharoq terili
bolalarda ham D vitamini ishlab chiqarilishi kam bo’ladi. Bolada raxit kasalligi uch-
to’rt oylik davrida namoyon bo’la boshlaydi. Agar kasallik shu bosqichda aniqlanib
to’g’ri tashxis bilan davolansa bolaning salomatligi uchun salbiy oqibatlarga olib
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
https://universalpublishings.com
166
kelmaydi. Bu vaqtda o’tkazib yuborilsa, kasallik rivojlanadi va avj olish bosqichiga
o’tadi, bolada patalogiyaning jiddiy alomatlari, bosh suyagi oyoq-qo’llar
deformatsiyasi, tekis bo’yin katta peshona matorika rivojlanishidagi sustliklar va o’z
tengdoshlariga nisbatan rivojlanishdan orqada qolish kabi holatlari kuzatiladi. Bu
holatlar ma’lum vaqtdan so’ng yaxshilanishi mumkin ya’ni bola tiklanish bosqichiga
o’ta boshlaydi bu kasallik rivojlangandan olti-yetti oy o’tib kuzatiladi, lekin bu
belgilar butunlay yo’qolib ketmasdan umrbod saqlanib qolishi mumkin. Bu tor tos
suyagi, noto’g’ri prikus, raxit tasmasi (bilak va tizzalarning bo’g’in joyida suyaklar
yo’g’onlashuvi), qovurg’a munchoqlari (qovurg’alar va ularning to’g’aylari birlashgan
qismida shish va tugunchalar) paydo bo’lishi, mushaklar zaifligi, immunitet pasayishi,
ko’krak qafasining ikki yon tomondan siqilib, oldinga chiqib ketishi bilan namoyon
bo’ladi. Ekologik omillar ham bolalarda raxit kasalligiga sabab bo’lishi mumkin,
misol uchun: havoda sanoat chiqindilari, havo, suv va oziq ovqatning ifloslanishi
ko’pincha (simob va qo’rg’oshin) va boshqa kimyoviy moddalar bilan zararlanganda
organizmda kalsiy va D vitamini kabi muhim moddalar o’zlashtirilishi qiyinlashadi va
nafaqat Raxit balki boshqa kasalliklar ham kelib chiqadi. Shu jumladan erta yoshdagi
bolalarda raxit va spazmofiliya kasalliklarini o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Chunki bir yoshgacha bo’lgan bolalarda o’sish va rivojlanish yuqori darajada bo’lib:
bola hayotining 12 oyigacha tana massasi 3 marotaba, bo’y uzunligi 1.5 martaga
oshadi. Tana o’lchovlarining jadal ravishda o’sishi bolada kalsiy va fosfor
almashinuvining absolyut yoki nisbiy yetishmovchiligiga olib keladi. Bu belgilar o’z
vaqtida aniqlanib davolanmasa bola uchun jiddiy oqibatlarga sabab bo’lishi mumkin
[1][3] [5].
Xulosa
: Bolalar sog’lom tug’ilishi uchun onalar homiladorlik vaqtida sog’lom kelajak
yaratib berishi va to’gri ovqatlanish ratsioniga amal qilishi lozim. Buning uchun har
bir ayolga homiladorlik davrida shifokor yoki mutaxassis tomonidan tushuntirish
ishlari olib borilishi va muntazam tekshiruvda bo’lishi kerak.Raxit kasalligi xavfli
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
https://universalpublishings.com
167
bo’lmasada uning asoratlari butun umr davomida saqlanib qolishi va bola uchun
noqulayliklar tug’dirishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. B.Qoraxo’jayev,
I.T.Salomov, M.N.Abdullayeva - Bolalar kasalliklari
provedivtikasi. 2006.
2.N.A. Rasulova, R.X.Sharipov – Raxit
profilaktikasi
va davolashda yangi
yondashuv. 2023.
3.T.A. Daminov, B.T.Xalmatova, U.R.Boboyeva – Bolalar kasalliklari. 2012.
4.U.K.
Narziqulov,
M.N.Bo’riyev,
F.R.Umarxodjayev,
U.SH.Ro’ziqulov,
G’.M.Nazirqulov, U.M.Samadov – Bolalar travmatalogiya va ortopediyasi bo’yicha
amaliy ko’nikmalar. 2015.
5.D.X. Mamatkulova, O.A.Sharipova – Bolalarda raxit kasalligi. 2022.
