Authors

  • Iroda Mirazimova
    Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi bosh o‘qituvchisi
  • Dilfuz Usmonova
    Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi bosh o‘qituvchisi
  • Mahfuza Mamatova
    Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mpttp.59291

Keywords:

Bronxial astma astinatik status ekzogen allergenlar bronxlar spazmlar sensibilizasiyasi status asthmaticus surunkali birinci tibbiy yordam.

Abstract

Ushbu maqolada”Bronxial astma” haqida tushuncha,shuningdek bronxial astma huruji davrida kuzatiladigan patologik holat. Astinatik status- bu og`ir va davomli bo’g’ilish. Oddiy bronxial astma hurujidan qattiq yo`tal yo`qligi, balg`am ko’chiruvchi va bronxlarni kengaytiruvchi dorilar ta'sir qilmasligi bilan farq qiladi.Mana shunday klinik holat kuzatilganda bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish usullari va ehtiyot choralari muhokama qilinadi. . Bronxial astma — surunkali,yallig’lanish tabiatli havo yo’llari kasalligidir. Nafas olish organlarida surunkali yallig’lanish jarayonlari ularning giperfaolligiga olib keladi, natijada allergen yoki qo’zg’atuvchi ta’sirga uchraganda bronxial obstruktsiya (qisilish) rivojlanadi, bu havo oqimi tezligini kamaytiradi va bo’g’ilishga olib keladi. Bronxial astma huruji odatda qo’zg’atuvchi ta’siridan keyin rivojlanadi va qisqa o’tkir nafas olish va shovqinli uzaygan nafas chiqarish bilan xarakterlanadi. Odatda yopishqoq balg’amli va shovqinli yo’tal alomatlari bilan birga keladi. Bronxial astma o’pka va yurakning emfizemasiga, astma holatining paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. So’nggi yigirma yil ichida astma bilan kasallanish holatlari ko’paydi va  bu jins va yoshdan qa’tiy nazar, insonlarda eng keng tarqalgan surunkali kasalliklar sirasidan. Bronxial astma bilan kasallanganlar orasida o’lim darajasi juda yuqori. So’nggi yigirma yil ichida bolalardagi bronxial astma holatlari ortib borishi bunday hoaltni nafaqat kasallik, balki ijtimoiy muammo deb qarashga undamoqda va unga qarshi kurash uchun maksimal kuchlar qaratilganligi bayon etilgan.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

234

Bronxial astma.Bronxial astma hurujida birinchi

tibbiy yordam

Mirazimova Iroda Baxodirovna

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi bosh o‘qituvchisi

Usmonova Dilfuza Muxitdindjonovna

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi bosh o‘qituvchisi

Mamatova Mahfuza Aliboyevna

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi katta o‘qituvchisi

Annotasiya:

Ushbu maqolada”Bronxial astma” haqida tushuncha,shuningdek

bronxial astma huruji davrida kuzatiladigan patologik holat. Astinatik status- bu og`ir

va davomli bo’g’ilish. Oddiy bronxial astma hurujidan qattiq yo`tal yo`qligi, balg`am

ko’chiruvchi va bronxlarni kengaytiruvchi dorilar ta'sir qilmasligi bilan farq

qiladi.Mana shunday klinik holat kuzatilganda bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam

ko’rsatish usullari va ehtiyot choralari muhokama qilinadi. .

Bronxial astma —

surunkali,yallig’lanish tabiatli havo yo’llari kasalligidir. Nafas olish organlarida

surunkali yallig’lanish jarayonlari ularning giperfaolligiga olib keladi, natijada

allergen yoki qo’zg’atuvchi ta’sirga uchraganda bronxial obstruktsiya (qisilish)

rivojlanadi, bu havo oqimi tezligini kamaytiradi va bo’g’ilishga olib keladi. Bronxial

astma huruji odatda qo’zg’atuvchi ta’siridan keyin rivojlanadi va qisqa o’tkir nafas

olish va shovqinli uzaygan nafas chiqarish bilan xarakterlanadi. Odatda yopishqoq

balg’amli va shovqinli yo’tal alomatlari bilan birga keladi. Bronxial astma o’pka va

yurakning emfizemasiga, astma holatining paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.

So’nggi yigirma yil ichida astma bilan kasallanish holatlari ko’paydi va bu jins va

yoshdan qa’tiy nazar, insonlarda eng keng tarqalgan surunkali kasalliklar sirasidan.

Bronxial astma bilan kasallanganlar orasida o’lim darajasi juda yuqori. So’nggi

yigirma yil ichida bolalardagi bronxial astma holatlari ortib borishi bunday hoaltni

nafaqat kasallik, balki ijtimoiy muammo deb qarashga undamoqda va unga qarshi

kurash uchun maksimal kuchlar qaratilganligi bayon etilgan.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

235

Kalit so’zlar:

Bronxial astma, astinatik status, ekzogen allergenlar,

bronxlar,spazmlar,

sensibilizasiyasi,

status asthmaticus,

surunkali, birinci tibbiy

yordam.

Kirish:

Bronxial astma kasalligi sonining ortib borishi nafaqat sog’likni saqlash

xodimlarining vazifasi ,balki ijtimoiy muammo deb qarash kerakligi aytimoqda.

Asosiy sabablri: astmani rivojlantiruvchi eng xavfli omillarga ekzogen allergenler

hisoblanadi. Laboratoriya sinovlari astmatik bemorlarda va xavf guruhidagi insonlarda

allergenlarga sezuvchanlik yuqori darajada ekanligi, eng keng tarqalgan allergenlarga

bu maishiy allergenlar — uy va kitob changi, shuningdek, akvariumdagi baliqlar

ozuqasi, uy hayvonlari yungi, o’simlik tabiatli allergenlar va oziq-ovqat allergenlarni

sanaladi. Bronxial astmadan aziyat chekuvchi bemorlarning 20-40 foizida dori-

darmonlarga, 2 foizida salbiy ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish joylarida ishlash, masalan

parfyumeriya do’konlarda ishlash natijasida allergiya kuzatilishi va kasallikning

klinikasi,birinchi yordam davo usullari haqida maqolada so’z yuritiladi.

Materiallar va usullar

Tadqiqot metodikasi:

Zamonaviy ilmiy maqolalar,kasallik holatlari va tadqiqot

ishlari tahlil qilindi.Bronxial astma kasalligi va broxial astmada birinchi tibbiy

yordam mavzusida yozilgan oxirgi zamonaviy davo usullari haqida so’nggi yillarda

chop etilgan ilmiy manbalar o’rganildi.

Nazariy asos:

Astmani rivojlantiruvchi eng xavfli omillarga ekzogen allergenler

hisoblanadi. Laboratoriya sinovlari astmatik bemorlarda va xavf guruhidagi insonlarda

allergenlarga sezuvchanlik yuqori darajada ekanligini tasdiqlaydi.

Eng keng tarqalgan allergenlarga bu maishiy allergenlar — uy va kitob changi,

shuningdek, akvariumdagi baliqlar ozuqasi, uy hayvonlari qazg’oqi, o’simlik tabiatli

allergenlar va nutritiv deb ataluvchi oziq-ovqat allergenlarni sanaladi. Bronxial

astmadan aziyat chekuvchi bemorlarning 20-40 foizida dori-darmonlarga, 2 foizida

salbiy ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish joylarida ishlash, masalan parfyumeriya

do’konlarda ishlash natijasida allergiya muztiladi.

Gapten allergen

deb atalmish, oqsil tuzilishli bo’lmagan allergenlar inson

organizmiga tushishi va uning oqsillari bilan bog’lanishi natijasida ham allergik


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

236

hurujlar yuzaga kelishi va bronxial astma xavfini oshiradi. Sovuq qotish, nasliy tarix

va stress holatlari kabi omillar ham broxial astma etiologiyasida muhim o’rin tutishishi

ko’zda tutiladi.

Infektsion omillar

ham bronxial astma patogenezida muhim bo’g’in hisoblanadi,

chunki mikroorganizmlar, ularning metabolik mahsulotlari allergen sifatida ta’sir

qilishi va shu sabab sensibilizatsiyaga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari,

infektsiya bilan doimiy aloqada bo’lsih bronxial yo’llarning yallig’lanishini faol

holatda ushlab turadi.

Nafas qisilishi natijasida vafot etganlarning patologoanatom tekshiruvlarida

bronxlarning yopishqoq, quyuq shilliq bilan to’liq yoki qisman to’silib qolishi va nafas

chiqarish qiyinchiligi tufayli emfizematoz o’pka kengayishi qayd etiladi.

To’qimalarning mikroskiopda tekshirilishi shunga o’xshash tasvirni beradi —

qalinlashgan muskul qavati, gipertrofiyalangan bronxial bezlar, bronxial devorlarning

infiltratif, deskvamatsiyalangan holati.

Amaliy tadqiqotlar:

Bronxial astmada nafas qisilishi hurujlari uch bosqichga

bo’linadi:

1.Qo’zg’atuvchi ta’siri davri;

2.Avj olishi davri;

3.Orqaga rivojlanish davri.
Qo’zg’atuvchi ta’siri davri infektsion-allergik tabiatga ega bronxial astmatik

bemorlarda yaqqolroq namoyon bo’ladi: burun-halqum a’zolari tomonidan vazomotor

reaktsiyalar kuzatiladi. (burun oqishi, tinimsiz aksa urish).

Ikkinchi davr (u to’satdan boshlanishi mumkin) ko’krak qafasidagi torlik hissi

bilan ifodalanadi, bu erkin nafas olish imkonini bermaydi. Nafas olish keskin va qisqa

bo’lib, nafas chiqarish uzoq va shovqinli bo’ladi. Nafas olish baland ovozli xirillash,

yopishqoq balg’amli yo’tal yuzaga kelib, bu nafas olish aritmiyasini keltirib chiqaradi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

237

Huruj paytida bemorning holati majburiy, u odatda, oldinga egilgan holda o’tirib,

tirsaklarini tizzalariga tirashga harakat qiladi. Yuzi shishib ketadi va nafas chiqarish

vaqtida bo’yin venalari shishadi. Hurujning og’irligiga qarab, nafas chiqarishdagi

qarshilikni yengishga yordam beradigan ko’krak mushaklari ishtirokini kuzatsa

bo’ladi.

Perkussiyada ovoz aniq va bo’sh qutini urganda chiqadigan ovozga o’xshash,

chunki o’pkada havo ortib ketgan, o’pka harakatchanligi cheklanadi va ularning

chegaralari pastga siljiydi. O’pka eshitib ko’rilganda uzoq va zaiflashgan hamda quruq

xirillash bilan nafas chiqarishi eshitiladi.

Orqaga rivojlanish davrida balg’amning asta-sekin chiqarilishi boshlanadi,

xirillashlar soni pasayadi va nafas qisilishi xuruji tobora pasayib ketadi.

Bronxial astma mavjudligidan shubha qilish mumkin bo’lgan alomatlar.

Nafas chiqarish paytida yuqori tondagi xirillashlar, ayniqsa, bolalarda.

Qaytalanuvchi xirillash epizodlari, nafas qisilishi, ko’krak qafasidagi

og’riqlar va kechalari yomonlashadigan yo’tal.

Nafas olish organlari sog’lig’ining mavsumiy yomonlashuvi.

Anamnezdagi allergik kasalliklar.

Allergenlar ta’sirida, dori-darmonlar qabul qilganda, tutun ta’sirida, atrof-

muhit harorati keskin o’zgarganida, o’tkir respirator kasalliklar davomida, jismoniy

harakatlar va hissiy stressdan keyin simptomatikaning paydo bo’lishi kuzatiladi.

Nafas yo’llarida tez-tez uchraydigan

shamollashlar

.

Antigistamin va antiasmatik preparatlarni qabul qilganidan keyin umumiy

holatning yaxshilanishi.

Natijalar:

Nafas qisilishining davomiyligi va kasallikning og’irligiga qarab

bronxial astma o’pka emfizemasi va ikkilamchi yurak-o’pka yetishmovchiligi kabi

asoratlar qoldirishi mumkin. Beta-adrenostimulyatorlarning peredozirovkasi yoki

glyukokortikosteroidlar dozasining keskin kamaytirilishi, shuningdek massiv allergen

bilan aloqa qilish astmatik status (Status asthmaticus)ga olib kelishi mumkin, bunda


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

238

nafas qisilishi xurujlari birin-ketin yuzaga keladi va ularni to’xtatish uchun deyarli

imkonsiz. Astmatik status o’limga olib kelishi mumkin

Tashxis odatda shikoyat va alomatlarga tayangan holda o’pka mutaxassisi

(pulmonolog) tomonidan qo’yiladi. Barcha boshqa tadqiqot usullari kasallikning

og’irligi va etiologiyasini aniqlashga qaratilgan.

Spirometriya

. Bu, bronxial obstruktsiya darajasini baholash, uning o’zgarishi va

tiklanishini aniqlash, shuningdek, tashxisni tasdiqlash uchun yordam beradi. astma

nafas olish bronxial keyin Bronxial astmada bronxolitik ingalyatsiyadan keyin 1

sekunddagi nafas chiqarish hajmi 12%ga (200ml) ko’paydi. Ammo aniqroq ma’lumot

olish uchun spirometriya bir necha marta bajarilishi kerak.

Pikfloumetriya

yoki nafas chiqarishning cho’qqiga chiqgan faolligini o’lchash

bemorning umumiy holatnini monitoring qilish va natijalarni solishtirish imkonini

beradi.

Qo’shimcha tashxis usullari allergenlar bilan sinovlar, qonning gaz tarkibini

baholash, EKG, bronxoskopiya va rentgenogrammani o’z ichiga oladi.

Laboratoriya tahlillari allergik astma tabiatini tasdiqlash uchun, shuningdek,

davolash samaradorligini nazorat qilish uchun muhim ahamiyatga ega.

Umumiy qon tahlili. Eozinofiliya va ECHTning biroz ortishi.

Umumiy balg’am tahlili. Bal’gamga mikroskop ostida qaralganda unda

ko’p miqdorda eozinofillarni, Sharko-Leyden kristallarini, Kurshman spirallarini

aniqlash mumkin. Neytral leykotsitlar faol yallig’lanish jarayoni ostida bo’lgan,

infektsiya bilan bog’liq bronxial astma bilan og’rigan bemorlarda aniqlash mumkin.

Qonning biokimyoviy tahlili — tashxislashning asosiy usuli emas, bemor

hoaltini aniqlash uchun qo’shimcha sifatida qo’llaniladi.

Immunitet holatini o’rganish. Bronxial astmada T-supressorlarning soni va

faolligi keskin kamayadi, qonda immunoglobulinlarning soni ortadi. Immunoglobulin

E miqdorini aniqlash uchun testlardan foydalanish allergologik sinovlari o’tkazish

imkoniyat bo’lmaganda muhim ahamiyatga ega.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

239

Nafas qisilishi hurujlarini bartaraf etish maqsadida aerozol shaklida beta-

adrenomimetiklar qo’llaniladi, ular bronxlarni tezda kengaytishiga va bal’gam

ko’chishiga yordam beradi. Unday prearatlar fenoterol gidrobromidi, salbutamol,

ortsiprenalin. Har bir holatda doza alohida-alohida tayinlanadi. ipratropium

Shuningdek nafas qisilishi xurularini m-xolinolitik guruhidagi preparatlar yaxshi

bartaraf etadi — ipratropiy bromid aerozoli va uning fenoterol bilan birlashmasi.

Bronxial astma bilan kasallangan bemorlar orasida ksantin mahsulotlari juda

mashhurdir. Ular uzoq vaqt ta’sir ko’rsatadigan, tabletka shaklidagi astma xurujlarini

oldini olish uchun tayinlanadi. So’nggi yillarda,

mastotsitlarning

(granulositlarning

bir turi) degranulyatsiyasiga to’sqinlik qiladigan dorilar astmani davolashda ijobiy

natijalar bermoqda. Bular ketotifen, natriy kromoglikat va kaltsiy ionlari antagonistlari.

Bronxial astmaning o’gir shakllarini davolashda gormonal terapiya qo’llaniladi,

bemorlarning chorak qismi glyukokortikosteroidlarni talab qilishadi. Ertalab 15-20mg

Prednilozon va oshqozon shilliq qavatini himoya qiluvchi antasidlar qabul qilinadi.

Kasalxonada gormonal preparatlar in’ektsiya shaklida qo’llanilishi mumkin.

Munozara: Bronxial astmaning kechishi avj olish va remisiiya davrlaridan iborat,

kasallik o’z vaqtida aniqlanganda tegishli davolash choralari bilan uzoq muddatli va

samarali remissiyaga erishish mumkinlini haqida maqolada so’z yuritilgan.

Xulosa: Kasallikning yakuni bemor o’z salomatligi haqida qanday qayg’urishi va

shifokor ko’rsatmalariga qanday amal qilishiga bog’liq.Surunkali bronxitni oldini

olish, chekishni tashlash va allergenlar bilan aloqani kamaytirish profilaktikada muhim

ahamiyatga ega. Bu xavf ostida bo’lgan yoki oila tarixga ega odamlar uchun ayniqsa

muhim profilaktik chora tadbirlar hisoblanadi.

Foydalanadigan adabiyotlar:

1.

Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti www

.moodle.sammi.uz

sayti.

2.

A.Gadayev,

M.Sh.

Karimov,X.S.Axmedov

“Ichki

kasalliklar

propedivkasi”.Toshkent-2012

3.

M.N. Mirzayev, I.R. Mavlyanov, O.R. Mirtursunov “Birinchi tibbiy

yordam” Toshkent-2005


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

240

4.

A.K.Jamolov,B.N.Toshmamatov,N.J.Ro’ziyeva,M.A.Rasulova “Tez tibbiy

yordam va favqulodda holatlar tibbiyoti” Toshkent-2024

5.

A.M. Ubaydullayev “Nafas organlari kasalliklari” Toshkent-2000

6.

Internet www.sayt ma’lumotlari

References

Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti www.moodle.sammi.uz sayti.

A.Gadayev, M.Sh. Karimov,X.S.Axmedov “Ichki kasalliklar propedivkasi”.Toshkent-2012

M.N. Mirzayev, I.R. Mavlyanov, O.R. Mirtursunov “Birinchi tibbiy yordam” Toshkent-2005

A.K.Jamolov,B.N.Toshmamatov,N.J.Ro’ziyeva,M.A.Rasulova “Tez tibbiy yordam va favqulodda holatlar tibbiyoti” Toshkent-2024

A.M. Ubaydullayev “Nafas organlari kasalliklari” Toshkent-2000

Internet www.sayt ma’lumotlari