МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
320
https://universalpublishings.com
GIPERTERMIYADA SHOSHILINCH YORDAM.
Ro’ziyeva Nasiba Djunaytovna.
Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bosh
o’qituvchisi
Muxiddinov Xusniddin Muxiddinovich.
Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bosh
o’qituvchisi
Zayniddinova Zarina Sharofiddinovna.
Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bosh
o’qituvchisi
Anatosiya.
Ushbu maqolada gipertermiya [giper… va yun. therme – issiq],
organizmning qizishi, issiq elitishi – odam va hayvon organizmida ortiqcha
issiqlik to’planishi, haroratning juda yuqori bo’lishi. Tashqi omillar (masalan,
haroratni nihoyatda yuqori bo’lgan i. ch. korxonalari, tashqi muhit sharoitlari)
yoki bosh miya kasalliklari (miya shikastlari, miyaga qon qo’yilishi, o’sma paydo
bo’lishi), issiqlikni nazorat qilish markazining izdan chiqishi (q.
Termoregulyasiya) sabab bo’ladi. Agar tana harorati 41-42° ga yetsa, issiq elitishi
kuzatiladi, bunda moddalar almashinuvi, qon aylanishi, miyaning kislorod bilan
ta’minlanishi va boshqa(lar) faoliyatlar izdan chiqadi. Mushaklarning zo’riqishi,
mastlik, narkoz (asorati) holatlarida ham gipertermiya ro’y berishi
mumkin.Gipertermiyani o’z vaqtida oldini olish va o’z vaqtida tez yordam
choralarini ko’rish, davo muolajalarini o’tkazish bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
Gipertermiya, termometr,simobli termometr,
elektron
termometr, infraqizil termometr,harorat,subfebril harorat, isitma.
Kirish:
Ushbu maqolada biz sizni gipertermiyada harorat stadiyalari va
gipertemiyada tez tibbiy yordam ko’rsatish choralari va termometr turlari bilan
tanishtirib o’tamiz
1.Subfebril harorat - 37 – 38C
2.O`rtacha harorat - 38 – 39C
3.Yuqori harorat -39-41C
4.Gipertermik harorat – 41C dan yuqori
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
321
https://universalpublishings.com
Gipertermiya
turi
Mexanizmi
Belgisi
Qizil
gipertermiya
Issiqlikni
ishlab
chiqarish, issiqlikni
yo`qotish bilan teng
bo`ladi
1.Teri ozgina qizargan
iliq va nam bo`ladi.
2.Bemorni umumiy
holati
uncha
o`zgarmaydi.
OQ
gipertermiya
Issiqlikni
ishlab
chiqish yo`qotishdan
baland
bo`ladi.
Periferik qon tomirlar
torayib qoladi.
1.Sovuq
qotadi,
titraydi
2.Teri oq rangda
3.Lab va tirnoqlar
ko`karadi
4.Bemorni oyoqlari
muzlaydi.
1.Kattalar va bolalarda gipertermiyada tana haroratini tushirishda fizik
usullarni
qo’llash.
2. Gipertermiyaga qarshi moddalarni organizmga kiritish kerakligi haqida
so’z
yuritiladi.
Materiallar va usullar:
Tadqiqotlar metodikasi:Zamonaviy ilmiy maqolalar,kasallik holatlari va
zamonaviy tadqiqot ishlari tahlil qilindi.”Gipertermiyada shoshilinch yordam”
mavzusidagi so’ngi innovasion davo usullari haqidagi oxirgi yillarda chop etilgan
ilmiy manbalar o’rganildi.
Nazariy asos:
Gipertermiyada qo’llanilayotgan zamonaviy davo muolaja usullari va qanday
kasalliklar
gipertermiyaga
sabab bo’lishi mumkinligi va gipertermiyada
ko’rsatiladigan tez yordam choralari va davo muolajalarini o’z vaqtida samarali
qo’llashga qaratildi.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
322
https://universalpublishings.com
Tana haroratini to’g’ri o’lchash uchun termometrdan foydalanish
usullari
Tana haroratini o’lchash uchun termometrning uchta turi mavjud − simobli,
elektron va infraqizil kabilarni uchratish mumkin. Albatta, ular bir-biridan
vazifaviyligiga ko’ra farq qiladi.
Simobli termometr
Ko’pgina mamlakatlarda simobli termometrlardan foydalanishga taqiq
qo’yilgan. Uning o’rnini hozirda galliy, indiy va qalay moddalari egallagan.
To’g’ri ularning narxi simoblilarga qaraganda ikki baravar qimmat. Ammo undan
foydalanish inson uchun hech qanday xavf tug’dirmaydi.
Simobli
termometr
ko’pchilikka
tanish
bo’lib,
hamisha isitma kuzatilganda,
qo’ltiq ostida 5-10 daqiqa ushlab
turilib, shundan so’ng harorat
aniqlanadi.
Ammo
aslida
haroratni
simobli
termometr
yordamida o’lchash unchalik
oson emas.
Buning uchun quyidagi
ketma-ketlik bajarilishi kerak:
•
Simobli termometr maksimal haroratni ko’rsatadi, shuning uchun
uni 5 daqiqa emas, 10 daqiqa ushlab turish kerak.
•
To’g’ri natijani olish uchun qo’ltiq osti quruq va toza bo’lishi shart.
Shuningdek, teri yuzasida krem yoki dezodarant vositalari surilmagan bo’lishi
lozim.
•
Termometrni ishlatishdan avval uni silkitilishi kerak. Shundan
so’ng uchi teriga mahkam bosiladi. Agar u qo’ltiq sohasida erkin tursa va havo
oqimi kirsa, termometrdagi ko’rsatkich to’g’ri bo’lmaydi.
•
Bundan tashqari simobli termometrlar ko’proq bolalar haroratini
o’lchashda foydalanilganligi uchun juda ham ehtiyot bo’lish kerak.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
323
https://universalpublishings.com
Elektron termometr
Bolalar ushbu turdagi termometrni juda yaxshi ko’radi, chunki harorat
o’lchanganidan so’ng ovoz chiqaradi. Ushbu termometr xavfsiz bo’lishiga
qaramay, haroratni ko’rsatishda xatolikka yo’l qo’yishi ham mumkin.
Agar elektron termometr ovoz
chiqarganidan so’ng darhol olib
qo’yilsa,
ko’rsatkichda
xatolik
yuzaga kelishi mumkin. Shuning
uchun signaldan keyin 2-3 daqiqa
davomida ushlab turish tavsiya
etiladi. Ushbu termometr orqali
og’izdagi haroratni o’lchashdan avval
issiq, sovuq narsa iste’mol qilish
mumkin emas. Bunday vaqtda xona
haroratidagi oziq-ovqatlarni tanovul
qilish mumkin.
Infraqizil termometr
Infraqizil termometrda ham xatoliklar bo’lishi tabiiy. Ayniqsa, undan
foydalanishdan avval uzatgich artilmagan bo’lsa. Ushbu qurilmada xatolik
eketron va simobli termometrga qaraganda nur uzoq masofani bosib o’tganligi
sababli yuzaga keldi. Shunga qaramay, infraqizil termometrning bir qancha
afzalliklari ham mavjud:
Bemor
odam
foydalanadi, ammo unga
tegmaydi.
•
Termometr
xotirasi harorat o’zgarishi
dinamikasining ko’rish
imkonini beradi.
•
Qurilma o’zida
8-50 tagacha o’lchovlarni
saqlaydi.
•
Ayrim
modellarda o’lchov yakunlanganini xabar qiluvchi signallar mavjud.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
324
https://universalpublishings.com
•
Bu kabi termometrlar haroratga qarab rang bilan kodlanadi.
•
Haroratni o’lchash vaqtida bemorni bezovta qilmaslik uchun signal
va nurni o’chirib qo’yish mumkin.
•
Quvvatni tejash uchun qurilma avtomatik tarzda o’chiriladi.
Qanday bo’lmasin termometrlarda harorat o’lchanganida, uni muntazam
yozib borish tavsiya etiladi.
Amaliy tadqiqotlar:
”Gipertermiyada shoshilinch tez yordam” da davo
muolajalari usullari o’rganildi.Kasalllik xavf omillarini aniqlash va davo
samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy tibbiyot texnologiyalarning
qo’llanilishi tahlil qilindi.
Natijalar:
Klinik
belgilari,diagnostikasi
va
davosi.Gipertermiyada
kasalliklarda asosan kuzatiladigan simptomlar: tana haroratining ko’tarilishi,
holsizlik, issiqlikni ishlab chiqish yo`qotishdan baland bo`ladi. Periferik qon
tomirlar torayib qoladi, sovuq qotadi, titraydi, teri oq rangda,lab va tirnoqlar
ko’karadi,bemorni oyoqlari muzlashi bilan xarakterlanadi.
Tana haroratini uy sharoitida tushirish usullari
Isitma – yuqori harorat atamasi bo’lib, organizmning virus yoki
bakteriyalarga qarshi kurashish uchun immun tizimiga bo’lgan munosabatidir.
Isitma shamollash, tumov, turli xil emlash va yana bir qancha sabablarga ko’ra
ko’tarilishi mumkin.
Agar tana harorati yuqori bo’lsa nima qilish kerak?
1.
Birinchidan, haroratning darajasi aniqlanib, alomatlarni baholash
zarur. Agar termometr ko’rsatkichi 38 va undan yuqori darajani ko’rsatsa, bunga
jiddiyroq e’tibor berish kerak. Qo’ltiq osti sohasi esa 37 darajadan keyin o’sishni
aniqlaydi.
2.
Iloji boricha o’rindan turmaslik va dam olish tavsiya etiladi. Sababi
tana infeksiyaga qarshi kurash olib bormoqda. Va bu jarayonda tanani ortiqcha
zo’riqtirmaslik zarur.
3.
Tananing suvsizlanishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Ko’proq oddiy
suv, choy yoki suyultirilgan sharbat ichish terlash natijasida yo’qotilgan
suyuqlik o’rnini to’ldirishga yordam beradi. Agar ichish biroz qiyinchilik
tug’dirsa, muz bo’laklarini vaqti-vaqti bilan tana qismlariga qo’yib, eritish
mumkin.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
325
https://universalpublishings.com
4.
Shuningdek, harorat tushirishning yana bir samarali usuli – isitma
tushiradigan dori vositalaridir. Lekin dozani oshirib yubormaslik zarur. Ayniqsa,
bir vaqtning o’zida bir necha xil isitma tushiruvchi dori vositalarini qo’llash aslo
mumkin emas. 6 oygacha bo’lgan chaqaloqlarga ibuprofenli dori bermaslik
kerak. Shu bilan birga, o’spirin va kattalar esa aspirinni shifokor reseptisiz qabul
qilishi mumkin emas.
5.
Bemor ustidagi issiq kiyimlarni va o’ranib yotgan yopinchiqlarni
biroz kamaytirishi hamda tanani biroz sovishiga imkon berishi muhim.
6.
Iliq vanna, tanani namlangan mato bilan artish yoki sovuq
kompresslar ham yordam beradi. Agar alomatlar kuchaygudek bo’lsa,
shifokorga murojaat qilish zarur.
Munozara:
Zamonaviy davolash usullarining samaradorligi:Tadqiqot natijalari shuni
ko’rsatdiki “Gipertermiyada shoshilinch yordam”da o’z vaqtida ko’rsatilgan
tibbiy yordam va aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish,gripp va
shamollash alomatlari kuzatilgan bemorlarga jamoat joylarida yurmaslik va
zamonaviy davo usullarini qo’llash ko’plab asoratlarni oldini olishga imkon
beradi.
Xulosa:
” “Gipertermiyaga ya’ni isitmaga”ga sababchi bo’luvchi omillarni
oldini olish va aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini to’g’ri shakllantirish va
bemorlarga o’z vaqtida to’g’ri tashxis qo’yish davo muolajalar kursini o’z
vaqtida o’tkazish muhim hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti www
2.A.K.Jamolov,B.N.Toshmamatov,N.J.Ro’ziyeva.M.A.Rasulova“Tez
tibbiy yordam va favqulodda holatlar tibbiyoti” Toshkent-2024y ”Nurli qalblar”
3. O’.O. Oripov, Sh.N. Karimov “Umumiy xirurgiya” Toshkent-2008
“Yangi asr avlodi”
4. A.M. Ubaydullayev “Nafas organlari kasalliklari” Toshkent-2000
5. Po‘latova Sh.A., Saidova X.X. “Kattalarda hamshiralik parvarishi” II
qism,
Toshkent “Cho‘lpon” nashriyoti, 2014 yil.
