Authors

  • U.D.Allamuratova
    Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali “Akusherlik ginekologiya va oilaviy shifokorlikda ginekologiya” kafedrasi assistenti.
  • Xamidova M.S
    Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyat filiali direktori о‘rinbosari, reproduktiv salomatlik bо‘limi boshlig‘i.
  • Rо‘zmetova R.Yо.
    Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali 1- Davolash fakulteti III kurs talabasi
  • Muxammadiyev O.B-
    Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali 1- Davolash fakulteti II kurs talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mpttp.64504

Keywords:

keys-menejment (yoki ishni boshqarish) antenatal parvarish integratsiya kontratsepsiya vositalari vertikal qatorlar regionalizatsiya voyaga yetmaganlarning nikohlari gender zо‘ravonlik jinsiy ekspluatatsiya tazyiq va zо‘ravonlikning oldini olish ijtimoiy xizmat taqdim etuvchilar gender zо‘ravonlik jabrlanuvchilari uchun reabilitatsiya markazi shelter viktimizatsiya autoagressiya ruminatsiya.

Abstract

Shahar va barcha tuman tibbiyot birlashmalaridagi birlamchi 
tibbiy muassasalarda О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2016 
yil fevraldagi №137-sonli buyrug‘i asosida homiladorlikni olib borish va tug‘ruqqa 
tayyorlash onalar va gо‘daklar о‘limini hamda ulardagi kasallik va nogironlikni oldini 
olishning eng zaruriy va zamonaviy talablardandir. (Mazkur standartning 5-beti.) 


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 01, Январь

461

https://universalpublishings.com

HOMILADORLARGA ANTENATAL YORDAM KО‘RSATISH VA

TUG‘ISH YOSHIDAGI AYOLLAR REPRODUKTIV SALOMATLIGINI

SAQLASH BOSHQARUVIDA GENDER ZО‘RAVONLIKNING OLDINI

OLISH ASOSIDAGI KEYS-MENEJMENT

U.D.Allamuratova-

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali

“Akusherlik ginekologiya va oilaviy shifokorlikda ginekologiya” kafedrasi assistenti.

Xamidova M.S-

Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola ilmiy-amaliy

tibbiyot markazi Surxondaryo viloyat filiali direktori о‘rinbosari, reproduktiv
salomatlik bо‘limi boshlig‘i.

Rо‘zmetova R.Yо.-

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali 1-

Davolash fakulteti III kurs talabasi.

Muxammadiyev O.B-

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali 1-

Davolash fakulteti II kurs talabasi.

Annotatsiya.

Shahar va barcha tuman tibbiyot birlashmalaridagi birlamchi

tibbiy muassasalarda О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2016
yil fevraldagi №137-sonli buyrug‘i asosida homiladorlikni olib borish va tug‘ruqqa
tayyorlash onalar va gо‘daklar о‘limini hamda ulardagi kasallik va nogironlikni oldini
olishning eng zaruriy va zamonaviy talablardandir. (Mazkur standartning 5-beti.)

Aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tug‘ish yoshidagi

ayollar statistik kо‘rsatkichlarini mujassamlashgan/integrallashgan holda yuritish
va muntazam keys menejmenti orqali onalar va gо‘daklar о‘limini kamaytirish
bugungi kundagi viloyatdagi onalik va bolalikni muhofaza qilish uchun bizga maqsad
va vazifalarimizni yanada oydinlashtiradi.

Mazkur keys-menejment sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bо‘g‘ini doyalari,
patronaj hamshiralar, OP/OSHP, KTMP mudirlari, UASH mutaxassislar,
reproduktologlar, ichki dorixona mudirlari, tuman va shahar O va BMQ bosh
mutaxassislari, bosh akusher-ginekologlar hamda viloyat O va BMQ boshqaruvi
mutaxassislariga hamda ijtimoiy soha yо‘nalishidagi xizmatchilar: psixolog, huquq-
tartibot sohasidagi, din, fuqarolar о‘z-о‘zini boshqarish organlari faoliyatini


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 01, Январь

462

https://universalpublishings.com

muvofiqlashtiruvchi kengash mutaxassislari, adliya maslahatchilari, Xalq ta’limi,
maktabgacha ta’lim, о‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim о‘qituvchilari, Yoshlar
Ittifoqi boshqaruvchi xodimlari uchun mо‘ljallangan.

Kalit sо‘zlari:

keys-menejment (yoki ishni boshqarish), antenatal parvarish,

integratsiya, kontratsepsiya vositalari, vertikal qatorlar, regionalizatsiya, voyaga
yetmaganlarning nikohlari,

gender zо‘ravonlik, jinsiy ekspluatatsiya, tazyiq va

zо‘ravonlikning oldini olish, ijtimoiy xizmat taqdim etuvchilar, gender zо‘ravonlik
jabrlanuvchilari uchun reabilitatsiya markazi, shelter, viktimizatsiya, autoagressiya,
ruminatsiya.

Mavzuning dolzarbligi.

О‘zbekiston Respublikasi barcha viloyat va

shaharlarida istiqomat qiluvchi aholi soni

yil sayin demografik kо‘rsatkichlar

tahlil

qilinganda, tug‘ruqlar va tug‘ilish kо‘rsatkichlarining oshib borayotganligini
kо‘rishimiz mumkin. Ayniqsa, aholi soni, jumladan yoshlar, fertil yoshdagi aholi
qatlamlarining kо‘payishi о‘z-о‘zidan nikohlar sonining va shunga mos ravishda
tug‘ruqlar kо‘payishiga zamin yaratmoqda.

Yoshlar о‘rtasidagi nikohlanuvchilar, homiladorlarni birlamchi hisobga olish,

tug‘ruqlar va tug‘ilish kо‘rsatkichining oshishi tug‘ish yoshidagi ayollar о‘rtasida
istalmagan homiladorlik holatlari onalar va gо‘daklar о‘rtasida nogironlik va о‘limi
kо‘rsatkichlarining oshishiga bilvosita sabab bо‘lishi mumkin.

Shuningdek, aholi soni yildan yil ortishi malakali tibbiy xodimlarga ehtiyojni

oshiradi.

Birlamchi

tibbiy

sanitariya

muassasalarida

akusher-ginekolog

mutaxassislarining yetishmasligi, о‘rta tibbiy xodimlar, doyalar hamda UASH lar
salohiyatini yetarli darajaga kо‘tarishimiz kerakligi uchun ehtiyoj va dolzarb
muammolardan biri bо‘lib kelmoqda.
KTMP, OP va OSHP larda birlamchi tibbiy xizmat uzluksiz nazoratini olib
borishning doimiy imkoniyatlari yetarli darajada emas. Shu maqsadda chekka
hududlarga chiqish uchun avtoulov, uni yoqilg‘i zahiralari bilan ta’minlash, qolaversa
tog‘li hududlarga borish ancha vaqtni hamda shu kabi muammolarni yechimini talab
etadi.

JSST ma’lumotlariga kо‘ra butun dunyo bо‘ylab har yili 500 000 dan ortiq
onalar vafot etadi, har yili 8 000 000 ayol homiladorlik bilan bog‘liq asoratlardan
aziyat chekadi. Millionlab ayollar homiladorlik bilan bog‘liq asoratlar natijasida
nogironlikdan aziyat chekmoqda. Barcha onalar о‘limining 80% tо‘rtta akusherlik


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 01, Январь

463

https://universalpublishings.com

sababi (gipertenziya, qon ketishi, septik asoratlar va ekstragenital kasalliklar) bilan
bog‘liq. Ammo ularni oddiy, samarali va arzon choralar bilan oldini olish mumkin.

(№1adabiyot. 3-5 betlar.)

Bu jarayonda umumiy amaliyot shifokorlari va hamshiralar faoliyati alohida

о‘rin tutadi. Lekin asoratlangan homiladorlik rivojlanishida nafaqat tibbiy xodimlar,
balki boshqa soha vakillari kо‘magiga ham alohida ehtiyoj seziladi.

(№1 va №2

adabiyot materiallari)

Tadqiqot uchun materiallar.

Surxondaryo viloyati perinatal markazida shahar

va tumanlardagi 2018-2023 yillarda sodir bо‘lgan onalar о‘limini tibbiy tahlillari
о‘tkazilganda, har doim aholiga kо‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlardan tashqari shu
oilalarda turli xil ijtimoiy muammolar kelib chiqqanligi, ularga о‘z vaqtida yechimi
topilmagani hamda shunday muammolarning bemorlarda kasalligining og‘ir asoratlari
kuchayishiga olib kelgani yoki patologik holatlarga moyillik yaratganiga ishonch
hosil qildik.

Bunday ijtimoiy muammolarning vujudga keltiruvchi bilvosita mavjud

sabablarini о‘rganib, ularning oldini olish hamda ayollar reproduktiv xizmati va
gо‘daklarga kо‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar va ularning nazorati keys
menejmentini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Shu jumladan biz sog‘liqni
saqlash tizimidagi milliy standart hamda protokollardan foydalangan holda, keys-
menejmentga oydinlik kiritish uchun quyidagi jadvallarni tavsiya etamiz.
О‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil fevraldagi №137-
sonli buyrug‘iga asosan ishlab chiqilgan

№1-jadval

ilova etiladi.

Bu jadval asosida homilador ayollar individual kartalarida 100% olib borish

tartibi bilan ta’minlanib, har bir homilador ayolga individual tarzda antenatal
kuzatuvini olib borish jarayonida maqsadli patronaj xizmati va profilaktik kо‘riklar
bilan qamrab olish uchun tashrif sanalari belgilangan. Mazkur olib borish tartibida 16
ta punkt kо‘rsatilib, homilador ayolni individual, sifatli antenatal parvarishlash va
tug‘ruqdan keyingi davrda ham maqsadli patronajini olib borishga mо‘ljallangan.
Homilador ayolning tug‘adigan vaqti oldindan taxminiy hisoblab chiqilib, uning qaysi
xavf xatar guruhiga kirishi dastlabki tashrifida yoki antenatal kuzatuvlar jarayonida
aniqlanadi. Homilador ayolni kuzatuvlar davomiyligida qaysi tug‘ruqxonada tug‘ish
marshruti kо‘rib chiqiladi. Regionalizatsiya tamoyillariga asoslanib, (

О‘z.Res.SSV

28.06.2021 yil №151-buyrug‘i)

tug‘ruqqa yordam kо‘rsatuvchi muassasa ehtiyojiga


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 01, Январь

464

https://universalpublishings.com

kо‘ra homilador ayolni tuman tibbiyot birlashmasi bо‘limlariga, perinatal markazlarga
yoki u yerdan о‘z vaqtida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy markaz yoki
uning viloyatdagi mavjud filiallarga о‘z vaqtida yо‘llanmalar (yoki imtiyozli order)
berilishi maqsadga muvofiq bо‘ladi. Bunda aholiga kо‘rsatiladigan ixtisoslashtirilgan
perinatal, akusher-ginekologik va reanimatsion yordam kо‘rsatish PF-5199-sonli
Prezident Farmoni mezonlariga kо‘ra amalga oshiriladi.

Viloyatning shahar va tumanlarida har oyning oxirgi sanalarida tug‘ish

yoshidagi ayollar inventarizatsiya hisobotlari ya’ni statistikasi olib boriladi. Shahar va
barcha tumanlardagi ayollar maslahatxonasi hududidagi tug‘ish yoshidagi ayollar
kо‘rsatkichlari quyida ilova etilgan 2-jadval bо‘yicha oyma-oy yuritiladi.

2-jadval.

2-jadval bilan ayollar maslahatxonasi doyasi, patronaj hamshirasi,

uchastkaga biriktirilgan akusher-ginekologi yoki UASH vrachi ishlaydi. Oyida bir
marta katta hamshira, OP/OSHP, KTMP mudiri tomonidan kо‘rsatkichlari tо‘g‘riligini
tekshirib boriladi. Bunda mazkur jadval tо‘ldirilishi bо‘yicha mas’ul xodim OP/OSHP,
KTMP mudiriga ma’lumot beradi. Bosh mutaxasislar tomonidan hudud bо‘yicha
yakuniy oyiga bir marta shahar yoki tumanlardagi hisoboti olinadi.

2-jadvalni tо‘ldirish quyidagicha olib boriladi:

“D” nazoratda turgan homilador ayollar sonini sanalib, 2-jadvaldagi III ustunning

(kontratsepsiya qamroviga vaqtincha muhtoj bо‘lmagan ayollar) 4-vertikal qatoriga
qо‘yiladi. Oyma-oy bu kо‘rsatkich о‘zgarib, ma’lum vaqt oralig‘ida antenatal
parvarishdagi homilador ayollar sonini ifodalaydi, keyin ularni kontratsepsiya
qamroviga olinishi kerak bо‘lganlar vertikal qatoriga о‘tkaziladi, ya’ni V ustunning 1-
vertikal qatoriga о‘tkaziladi.

Bu jadvalda 4 ta katta guruhlar ajratilgan. Jumladan

I ustun

yil oylari hamda II,

III, IV, V barcha tug‘ish yoshidagi ayollar kichik guruhlari va VI ustunda fertil
yoshdagi xotin-qizlar umumiy soni kо‘rsatilgan.

II ustun

hozirda

kontratsepsiya

qamrovidagilar:

Bachadon ichi vositalari (BIS), oral kontratsepsiya vositalaridan

foydalanuvchilar (OK), inyeksion kontratsepsiya vositalaridan foydalanuvchilar (IK)
kontratsepsiya vositalari bо‘yicha “Dispanser” kuzatuvida turganlar va bir oy
mobaynida birlamchi kontratseptiv vositalari (KV)lari qо‘llanilgan ayollar soniga
kо‘rsatiladi.

III ustun Kontratsepsiya qamroviga vaqtincha muhtoj bо‘lmagan

ayollar:

Bu ustunga umumiy qizlar (о‘smir yoshdagi+turmushga chiqmaganlar),


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 01, Январь

465

https://universalpublishings.com

birlamchi+ikkilamchi bepushtlik, yolg‘iz ona (bevalar), homiladorlar, yosh
kelinlar+tug‘ishni rejalashtirganlar, klimaks (menopauza) yoshidagilar, о‘zi va/yoki
turmush о‘rtog‘i vaqtincha chet elga ketgan ayollar soni kiritiladi. Chet elga ketgan
ayollar (migrant ayollar) hudud ichki ishlar boshqarmasi (IIB) pasport stoli rо‘yxatida
turganligini о‘sha ayol uyidagi boshqa yaqin qarindoshlaridan sо‘rab surishtirib,
aniqlik kiritiladi. Bu ustundagi ayollar vaziyat/keysdan kelib chiqib, u yoki bu guruhga
о‘tkaziladi. Homilador bо‘lsa tug‘ishi, tug‘ruqdan sо‘ng kontratsepsiyaga muhtoj yoki
qizlar turmushga chiqishi, klimaks yoshidagi fertil yoshidagi ayollar umumiy
hisobidan chiqariladi va h.z.

Bu guruhdagi ayollar oilada tibbiy yordam va psixologik kо‘makka muhtoj

bо‘ladi. Misol uchun о‘smir qizlarga balog‘at yoshidagi, bepusht ayollar turmush
о‘rtog‘i-qaynona-qaynotasiga yoki oilaga 3-shaxs aralashuvini oldini olishga alohida
e’tibor berilishi, yolg‘iz onalarga ijtimoiy kо‘mak kо‘rsatish kabi va h.z.

IV ustun Boshqa toifadagilar:

kontratsepsiyadan bosh tortganlar,

bolalikdan nogironlar (ruhiy va boshqa orttirilgan kasalliklar sababli nogironligi
mavjud bо‘lgan), va +kо‘chib kelganlar, -kо‘chib ketganlar, boshqa (tabiiy, rezina
mahsulotlari..) usullardan foydalanuvchilar, vaqtincha yashovchi yoki ijaradagilar
hamda vafot etgan ayollar (jumladan onalar о‘limi soni ham) kiritiladi. Kо‘chib kelgan
ayollar IIB pasport stoli rо‘yxatiga kiritilishi shart. Kо‘chib ketgan ayollar esa yashash
joyi pasport stolidan rо‘yxatdan chiqarilishi kerak.

Aynan xotin-qizlar о‘rtasida yashash joyining noturg‘un vaziyatlari, oiladagi

о‘zaro kelishmovchilik, qaynona-kelin munosabatlaridan sо‘ng kelin, homilador ayol
va bolali ayollar ota-onasinikiga vaqtincha yashashga yoki oilaviy ajralishlarga majbur
bо‘ladilar. Bunday vaziyatlarda patronaj hamshira tomonidan homilador ayolni
kuzatuv jarayonidagi uzviylik, aktiv patronajlar soni kamayib, tug‘adigan ayol
hayotiga xavf soluvchi har xil akusherlik patologiyalar rivojlanadi

.(№137 buyruq, xavf

omillari, 76-bet)

V ustun Kontratsepsiya qamroviga olinishi kerak bо‘lgan ayollar:

bu

ustunga homiladorlikdan sо‘ng tuqqan va emizib yurgan (laktatsiya davridagi), tibbiy
kо‘riklarda ekstragenital kasalligi topilgan hamda tug‘ishga mutloq va yoki nisbiy
mone’ligi mavjud guruhiga kiritilib, bu toifa ayollarning alohida rо‘yxati
shakllantiriladi. Ayniqsa tug‘ishga mutloq mone’ligi bо‘lgan ayollar tashhisi,
farzandlari soni kо‘rsatilgan bо‘lib, kontratsepsiya qamroviga olinishi shart.
О‘zbekiston Respublikasi SSV ning 10.09.2013 yildagi “Homiladorlikni sun’iy


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 01, Январь

466

https://universalpublishings.com

tо‘xtatish standartlarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi №312-sonli buyrug‘ining yangi
tahrirdan о‘tkazilgan va qо‘shimchalar kiritilgan milliy standartidagi homiladorlikni
ijtimoiy va tibbiy kо‘rsatmalarga kо‘ra sun’iy tо‘xtatish mezonlariga asoslanib,
tug‘ishga mutloq mone’ligi bо‘lgan homilador ayollarda homiladorligi tо‘xtatiladi.

(Mazkur buyruqning №6 va №7-ilovalari)

Turmushga chiqmagan, lekin ekstragenital (EGK, misol: oligofreniya, chuqur

debillik bilan, ruhiy va shunga о‘xshash) kasalligi bо‘lgan qizlar bundan mustasno.
Sababi ularni kontratsepsiya vositalari bilan qamrash alohida yondashuv masalan,
kasallik turi yuzasidan mutaxassis yordamini talab etadi. Bunday holatlarda albatta tor
mutaxassislar yoki boshqa ijtimoiy xodimlar masalan, psixolog/psixiatr yoki xotin-
qizlar bо‘yicha mahalla mutaxassisi, diniy ishlar bо‘yicha vakil, Yoshlar ittifoqi,
huquqiy tartibot organlar mutaxassislari bilan birgalikda keys holati yechim topadi.

VI ustunda fertil yoshdagi xotin-qizlar umumiy soni oyma-oy kо‘rsatiladi.

Bunda mavjud barcha ustun vertikal qatoridagi xotin-qizlarning soni
umumiylashtiriladi. Bu son yil oylari boshida о‘zgarishi kerak hamda ustundagi
vertikal qator kо‘rsatkichlari о‘zaro almashinadi. Bu ustundagi sonlar ham
о‘zgaruvchan bо‘lib, о‘smir qizlar soni kiritilib, menopauza (klimaks) yoshidagi
ayollar, kо‘chib ketganlar, vafot etganlar soni chiqarib tashlanadi.

Jadval orqali tarmoqlar yoki ayrim ajratilgan mikrouchastkalar yig‘ilib, yagona

bir tizimli statistik kо‘rsatkichni о‘zida jamlashi kerak. Lekin tug‘ishga nisbiy va
mutloq mone’ligi bо‘lgan ayollar umumiy о‘tkazilgan tibbiy kо‘riklarda aniqlangan
ekstragenital kasalliklar ichidan olinib, alohida rо‘yxati shakllantirilishi shart. Bosh
terapevt bu kо‘rsatkichlarga mas’ul va reproduktologdan ma’lumotlarni olib, tibbiy
kо‘riklarda aniqlangan nosog‘lom ayollarni ambulator yoki statsionar sharoitida
sog‘lomlashtiradi va hisobini yuritadi.

Ayollar maslahatxonasidagi о‘smir qizlar ginekologi ham reproduktolog

mutaxassisga hisobot taqdim etishi kerak.

III ustundagi kontratsepsiya qamroviga vaqtincha muhtoj bо‘lmagan bepusht

ayollar, yolg‘iz himoyaga muhtoj ayollardagi ginekologik kasalliklarni о‘z vaqtida
aniqlash kerak. Shuningdek nikohdan о‘tgan yosh kelin kuyovlar soniga kо‘ra tumanda
kutiladigan tug‘ruq soni haqida taxminiy kо‘rsatkichlarni hisoblab kо‘rishimiz
mumkin. Sog‘lom farzand tug‘ilishi maqsadida KTMP mudiridan nikohlanuvchi
yoshlar haqida ma’lumotlar olib, sog‘lomlashtirish rejasi tuziladi.

(VM.№365-sonli

qarori)


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 01, Январь

467

https://universalpublishings.com

Viktimizatsiya-(lotincha-victim-qurbon, jabrlanuvchi ma’nosini anglatadi)-

jinoiy tajovuzkorlik jabrlanuvchisiga aylantirish jarayoni yoki yakuniy natijasi bо‘lib,
viktimizatsiyaga jinoyat sodir etilgan vaqtdan boshlanadigan jarayon sifatida qaraladi.
Yuz bergan voqeada “jabrlanuvchini ayblashga” yо‘l qо‘yish mumkin emas.

Autoagressiya-bu odam tomonidan о‘ziga nisbatan nojо‘ya harakatlarning

amalga oshirilishi. Nojо‘ya harakatlar deganda о‘z joniga qasd qilish, jarohat
yetkazish, alkogolizm, giyohvandlik, о‘zini ayblash, о‘zini о‘zi haqorat qilish
tushuniladi.

Jarohatdan keyingi sindrom-JKS yoki JK stress holati-tashqi omillar natijasida

о‘ta kuchli shikastlanadigan og‘ir ruhiy kasallik. Zо‘ravonlik harakatlari markaziy asab
tizimi faoliyatining buzilishi, kamsitilish, yaqin insonlarning hayoti uchun qо‘rquv
natijasida ruhiy kasalliklarning klinik belgilari paydo bо‘lishi.

Ruminatsiya (rumination) –psixiatriyada odam miyasida faqat bir xil fikr yoki

mavzu aylanib qolishi bо‘lib, boshqa barcha aqliy faoliyat turlarini gender zо‘ravonlik
jabrlanuvchi miyasidan siqib chiqaruvchi о‘rnashib qolgan fikr.

Yuqorida kо‘rsatilgan zо‘ravonlik, oilaviy notinchliklar, uchinchi shaxs

aralashuvi va ijtimoiy kam ta’minlanganlik, oilalarda tibbiy saviya yetishmasligi
homilador ayollar, onalar va gо‘daklar о‘limining kо‘rsatkichlari oshishiga bilvosita
sabab bо‘lishi mumkin.

Homiladorlarga antenatal yordam kо‘rsatish va tug‘ish yoshidagi ayollar

reproduktiv salomatligini saqlash boshqaruvida gender zо‘ravonlikning oldini

olish asosidagi keys-menejmentning xulosaviy ma’lumotlari va tavsiyalari:

1.

Yuqorida ilova etilgan №1 va №2-jadvallar sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi
bо‘g‘ini tibbiy xodimlariga quyidan yuqoriga qarab vertikal joriy etilishi uchun taklif
etilgan. Sog‘liqni saqlash onalik va bolalikni muhofazasi vertikal boshqaruvida
nazorat va maqsadli tibbiy yordam kо‘rsatishga mо‘ljallangan.

2.

№1 va №2-jadvallar asosida (savolnoma sifatida) tizimdagi muassasalarda
homiladorlarga antenatal parvarish va reproduktiv salomatlikni saqlashda tibbiy
xizmatning vertikal monitoringini olib borish mumkin.

3.

Aholiga xizmat kо‘rsatuvchi organlar va tashkilotlar vakillari xizmat kо‘rsatish turidan
qat’iy nazar keys menejmentda “ijtimoiy-xodim” yoki “ijtimoiy vakil” deb nomlanadi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 01, Январь

468

https://universalpublishings.com

Xizmat kо‘rsatish aholi hududidagi yuzaga kelgan har qanday murakkab muammolarni
yechish usulini “ijtimoiy ish” sifatida qarash lozim. Masalan ijtimoiy-tibbiy, ijtimoiy-
psixologik, ijtimoiy ta’lim, ijtimoiy huquqiy, ijtimoiy axloqiy va hokazolar.

4.

Mahalla, oila, maktabgacha ta’lim, maktab va boshqa shunga о‘xshash tashkilotlarda
xotin-qizlar, homilador ayollar, о‘smirlar, nogironlar о‘rtasida va shunga о‘xshash
boshqa aholi qatlamlari orasidagi uchraydigan har qanday zо‘ravonlik yuz berganda
“ijtimoiy xodimlar” о‘rtasida hal etishni yо‘lga qо‘yishi muammoning yechimidir.

5.

Ijtimoiy ishga sabab bо‘luvchi eng aktual muammoga tegishli ijtimoiy xodimni “keys
menejment” ya’ni “ishni boshqaruvchi xodim” sifatida qarab va unga qо‘shimcha
ijtimoiy soha xodimlari о‘z vaqtida yordamini kо‘rsatadilar.

6.

Keys –menejmentni amalga oshirishni jamiyatning eng kichik bо‘lagi-oila doirasida
boshlab, mahalla, tuman va viloyat va undan yuqori darajagacha kо‘tarish lozim.
Ayniqsa birlamchi tibbiy muassasalarida patronaj xizmatida homiladorlarga tibbiy
yordam kо‘rsatish hamda tug‘ish yoshidagi ayollar reproduktiv salomatligini saqlash,
ayollarga gender huquqini ta’minlashda, onalar hamda gо‘daklar о‘limini oldini olish
va son jihatdan kamaytirishga erishishda boshqa ijtimoiy xodimlar yordamidan о‘z
о‘rnida va sifatli foydalanishni yо‘lga qо‘yish kerak.

7.

Aholining demografik kо‘rsatkichlari, onalar va gо‘daklar о‘limi kо‘rsatkichlari soni
oshishi, xotin-qizlar sog‘ligini muhofazasida ularning gender tengligini ta’minlash va
huquqiy savodxonligi oshirish nafaqat tibbiy xodimlar kafolatli xizmati hamda
javobgarligi emas, balki ijtimoiy soha vakillarining zimmasiga majburiyat sifatida
aholi reproduktiv salomatligini saqlashda о‘z natijasini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati:

1.О‘z.Res.SSV birlashgan millatlar tashkilotining aholi jamg‘armasi ToshpTI va

TTA “Antenatal parvarish” о‘qituvchilar uchun о‘quv uslubiy qо‘llanma. Toshkent
2023 y.

2.«Ayollar va bolalar bilan ijtimoiy ish amaliyotida keys-menejment» Yevropa

ittifoki va YUNISEF tomonidan moliyalashtirilayotgan «Janubi-sharqiy, janubiy va
Markaziy Osiyoda migratsiya ta’siriga uchragan bolalarni himoya qilish» loyihasi
doirasida 2020 yil 15-18 sentabr kunlari о‘tkazilgan “Ayollar va bolalar bilan ijtimoiy
ish amaliyotida keys-menejment” seminar-trening materiallari.

3. 2020 yil 23-26 noyabr kunlari о‘tkazilgan “Migratsiya ta’siridagi va qurolli

mojarolar hududlaridan qaytgan ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar va bolalarni


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 01, Январь

469

https://universalpublishings.com

qо‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida “Keys menejment jarayoni tartibi va
standartlari” mavzusidagi trening materillari.

4. О‘z.Res.SSVning 2016 yil fevraldagi «Birlamchi tibbiyot muassasalarida

homiladorlik davrida parvarish va tibbiy yordam kо‘rsatish bо‘yicha standartlar»
nomli №137-sonli buyrug‘i
5. О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining «Birlamchi tibbiyot
muassasalarida ta’minot-logistika tizimini takomillashtirish tо‘g‘risida»gi 08.05.2014
yildagi №168-sonli buyrug‘i

6. О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot xodimlari

uchun mо‘ljallangan “Reproduktiv salomatlik, oilani rejalashtirish va kontratsepsiya
sohasida xizmat kо‘rsatishga doir standartlar” (2018 yil)

7. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qо‘llab quvvatlash

va oila institutini mustaxkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari tо‘g‘risida”gi 02.02.2018 yildagi №PF-5325-sonli Qarori.

8. О‘zbekiston Respublikasi SSV ning 10.09.2013 yildagi “Homiladorlikni

sun’iy tо‘xtatish standartlarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi №312-sonli buyrug‘i.

9. Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi onalik va bolalikni

muhofaza qilish bо‘limi statistik kо‘rsatkichlari. (2018-2023 yillar)

10. 2021 yil 24-25 sentabr oyida Buxoro shahrida о‘tkazilgan “Reproduktiv

salomatlik: yangi imkoniyatlardan yangi strategiya sari” Xalqaro miqyosdagi ilmiy-
amaliy konferensiya materiallari.

11. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 13 sentabrdagi

718-sonli “Birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida tibbiy xizmatlar sifatini
yaxshilashga, о‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlarining samaradorligi uchun
mas’uliyatini oshirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risidagi”gi qarori.

12. О‘z.Res.SSV ning 2019 yil 20 dekabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tug‘ruqqa kо‘maklashish muassasalarida
akusherlik amaliyotidagi kritik holatlarning auditini о‘tkazish tartibi tо‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida”gi 313 a-sonli buyrug‘i.

13. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining №365-sonli Qarori.
14. Gender zо‘ravonlikka javoban tibbiy xizmatlar taqdim etishning standart

operatsion ish tartiblari. UNFPA.Baktriya press.2021

15. Gender zо‘ravonlikka idoralararo javob qaytarish. UNFPA. Baktriya

press.2021

References

О‘z.Res.SSV birlashgan millatlar tashkilotining aholi jamg‘armasi ToshpTI va TTA “Antenatal parvarish” о‘qituvchilar uchun о‘quv uslubiy qо‘llanma. Toshkent 2023 y.

«Ayollar va bolalar bilan ijtimoiy ish amaliyotida keys-menejment» Yevropa ittifoki va YUNISEF tomonidan moliyalashtirilayotgan «Janubi-sharqiy, janubiy va Markaziy Osiyoda migratsiya ta’siriga uchragan bolalarni himoya qilish» loyihasi doirasida 2020 yil 15-18 sentabr kunlari о‘tkazilgan “Ayollar va bolalar bilan ijtimoiy ish amaliyotida keys-menejment” seminar-trening materiallari.

2020 yil 23-26 noyabr kunlari о‘tkazilgan “Migratsiya ta’siridagi va qurolli mojarolar hududlaridan qaytgan ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar va bolalarni qо‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida “Keys menejment jarayoni tartibi va standartlari” mavzusidagi trening materillari.

О‘z.Res.SSVning 2016 yil fevraldagi «Birlamchi tibbiyot muassasalarida homiladorlik davrida parvarish va tibbiy yordam kо‘rsatish bо‘yicha standartlar» nomli №137-sonli buyrug‘i

О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining «Birlamchi tibbiyot muassasalarida ta’minot-logistika tizimini takomillashtirish tо‘g‘risida»gi 08.05.2014 yildagi №168-sonli buyrug‘i

О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot xodimlari uchun mо‘ljallangan “Reproduktiv salomatlik, oilani rejalashtirish va kontratsepsiya sohasida xizmat kо‘rsatishga doir standartlar” (2018 yil)

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qо‘llab quvvatlash va oila institutini mustaxkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 02.02.2018 yildagi №PF-5325-sonli Qarori.

О‘zbekiston Respublikasi SSV ning 10.09.2013 yildagi “Homiladorlikni sun’iy tо‘xtatish standartlarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi №312-sonli buyrug‘i.

Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi onalik va bolalikni muhofaza qilish bо‘limi statistik kо‘rsatkichlari. (2018-2023 yillar)

2021 yil 24-25 sentabr oyida Buxoro shahrida о‘tkazilgan “Reproduktiv salomatlik: yangi imkoniyatlardan yangi strategiya sari” Xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 13 sentabrdagi 718-sonli “Birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga, о‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlarining samaradorligi uchun mas’uliyatini oshirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risidagi”gi qarori.

О‘z.Res.SSV ning 2019 yil 20 dekabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tug‘ruqqa kо‘maklashish muassasalarida akusherlik amaliyotidagi kritik holatlarning auditini о‘tkazish tartibi tо‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 313 a-sonli buyrug‘i.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining №365-sonli Qarori.

Gender zо‘ravonlikka javoban tibbiy xizmatlar taqdim etishning standart operatsion ish tartiblari. UNFPA.Baktriya press.2021

Gender zо‘ravonlikka idoralararo javob qaytarish. UNFPA. Baktriya press.2021