Authors

  • Hamroyeva Sanobar Hasan qizi
    Tarix va filologiya kafedrasi Osiyo Xalqaro Universiteti Buxoro, Uzbekistan

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mpttp.65420

Keywords:

Tibbiyot terminologiyasi Interfaol metodlar Kasbiy muloqot Til kompetensiyasi Tibbiy atamalar Integratsiyalashgan metod Ilmiy-tadqiqot ishlari Interaktiv o'qitish

Abstract

Ushbu maqolada ingliz tili amaliy mashg‘ulotlarida tibbiyotga oid terminlarni o‘rgatishning metodik jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Tibbiy terminologiyaning murakkabligi va uni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish zarurati talabalar til kompetensiyasini shakllantirishda maxsus yondashuvlarni talab etadi. Maqolada terminologiyani o‘rgatishda kontekstual yondashuv, interfaol metodlar hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, bu mashg‘ulotlarning tibbiyot talabalari uchun amaliy ahamiyati, ayniqsa kasbiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va tibbiy ma’lumotni aniq hamda ravon ifodalash imkoniyatini oshirishdagi roli muhokama qilingan.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

38

https://universalpublishings.com

TIBBIYOT SOHASI BILAN BOG‘LIQ TERMINLARNI INGLIZ TILI

AMALIY MASHG‘ULOTLARIDA O‘RGATISH USULLARI VA O‘ZIGA

XOS XUSUSIYATLARI.

Hamroyeva Sanobar Hasan qizi

Tarix va filologiya kafedrasi

Osiyo Xalqaro Universiteti

Buxoro, Uzbekistan

Email:

hamroyevasanobar1@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz tili amaliy mashg‘ulotlarida tibbiyotga oid

terminlarni o‘rgatishning metodik jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.
Tibbiy terminologiyaning murakkabligi va uni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish
zarurati talabalar til kompetensiyasini shakllantirishda maxsus yondashuvlarni talab
etadi. Maqolada terminologiyani o‘rgatishda kontekstual yondashuv, interfaol
metodlar hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi
yoritilgan. Shuningdek, bu mashg‘ulotlarning tibbiyot talabalari uchun amaliy
ahamiyati, ayniqsa kasbiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va tibbiy ma’lumotni
aniq hamda ravon ifodalash imkoniyatini oshirishdagi roli muhokama qilingan.

Kalit so’zlar: Tibbiyot terminologiyasi, Interfaol metodlar, Kasbiy muloqot, Til

kompetensiyasi ,Tibbiy atamalar, Integratsiyalashgan metod, Ilmiy-tadqiqot ishlari ,
Interaktiv o'qitish, Interfaol metodlar.


Аннотация

:

В данной статье анализируются методические аспекты и

особенности обучения медицинской терминологии на практических занятиях по
английскому языку. Сложность медицинской терминологии и необходимость её
интеграции в учебный процесс требуют специальных подходов для
формирования языковой компетенции студентов. В статье рассматривается
эффективность использования контекстного подхода, интерактивных
методов и современных технологий при обучении терминологии. Кроме того,
обсуждается практическое значение таких занятий для студентов-медиков, в
частности их роль в развитии профессиональных коммуникативных навыков и
способности чётко и ясно излагать медицинскую информацию.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

39

https://universalpublishings.com

Ключевые слова

: Медицинская терминология, Интерактивные методы,

Профессиональная коммуникация, Языковая компетенция, медицинские
термины, интегрированный метод, научно-исследовательские работы,
интерактивное обучение, интерактивные методы.

Annotation

: This article analyzes the methodological aspects and specific features

of teaching medical terminology in practical English lessons. The complexity of
medical terminology and the need for its integration into the learning process require
special approaches to developing students' language competence. The article highlights
the effectiveness of using a contextual approach, interactive methods, and modern
technologies in teaching terminology. Additionally, the practical significance of these
lessons for medical students is discussed, particularly their role in developing
professional communication skills and enhancing the ability to express medical
information clearly and accurately.

Keywords

:

Medical

terminology,

Interactive

methods,

Professional

communication, Language competence, Medical terms, Integrated method, Scientific
research, Interactive learning, Interactive teaching methods.


Kirish

Tibbiyot fani va sog‘liqni saqlash amaliyotining yildan yilga rivojlanib borishi

zamonaviy tadqiqot uslublan va yangi pedagogik texnologiyalar, diagnostik uslublar
hamda zamonaviy kompyuterlami tibbiyotoing barcha bo‘limlariga kirib kelishi bilan
xarakterlanadi. Bulaming hammasi boig'usi shifokorlardan ulaming fizika, matematika
va texnikaviy fanlar xususan ‘Tibbiyot elektronikasi” bo'yicha nazariy va amaliy bilim
darajalarini yanada oshirib borishlarini talab qiladi. Shularni hisobga olgan holda,
ushbu o‘quv qo'llanma “Tibbiy texnika va yangi tibbiyot texnologiyasi” - fani
namunaviy dasturiga mos tarzda ishlab chiqilgan bo‘lib, tibbiyot priborlari va
apparaturalari bilan ishlashda ularning vazifasi, texnik xarakteristikasi, tuzilishi va
ishlash prinsipi, qurilmani ishga tayyorlash va ishlatish hamda barcha qurilmalarda
qanday texnikaviy xavfsizlik choralariga amal qilish alohida - alohida ko‘rsatib
o‘tilgan. Shifokor o‘zining amaliy faoliyati jarayonida atrof-muhitning bunday
faktorlarini inson organizmiga ta’sirini baholay bilishi lozim. Chunki diagnostika va
davolash uchun zarur bo'lgan inson organizmida sodir boiadigan turli murakkab
jarayonlar: qon aylanishi, tomir bo‘ylab elastiktoTqin va tebranishlarni (pulslar)


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

40

https://universalpublishings.com

tarqalishi, yuiakning mexanik ish faoliyati, biopqtensiallarnmg generatsiyasi, nafas
olish, issiqlik uzatish, bug‘lanish,, hujayralardagi modda almashinishi - diffuziya
hodisasi va hokazolarga tashqi muhit faktorlari ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun
zamonaviy tibbiyot barcha kasalliklami diagnostikasi, davolash va sanitariya gigiena
usullari uchun yuqoridagi faktorlar ta’sirini qayd qiluvchi, ishlov beruvchi va turli
energetik kattaliklar bilan ta’sir etuvchi turli tibbiy pnborlar, apparatlar va jihozlardan
foydalanishni taqozo etadi. Buning uchun diagnostika apparatlarining asosiy qismi:
kalorimetr, balistokardiograf, elektrokardiograf, fonokardiograf, reograflar va
boshqalar haqida ma’lumotga ega bo‘lish lozim. Davolash maqsadida organizmga turli
fizik faktorlar (ultratovush, elektr toki, elektromagnit maydon va boshqalar) bilan
dozali ta’sir ko'rsatishni ta’minlovchi elektron qurilmalar, mikroto‘lqinli terapiya
apparatlari, elektroximrgiya uchun apparatlar, kardiostimulyatorlar va boshqalami
tuzilishi va ishlash prinsiplarini bilish maqsadga muvofiqdir.

Tibbiyot terminologiyasi bu tibbiyot sohasida ishlatiladigan maxsus ilmiy atamalar

tizimi bo‘lib, kasalliklar, anatomiya, dori vositalari, muolajalar va diagnostika usullari
kabi ko‘plab tibbiy tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu terminlar tibbiyot
mutaxassislari o‘rtasida aniq va tushunarli muloqotni ta’minlash uchun ishlab
chiqilgan. Tibbiy terminologiya ko’pincha murakkab tuzilishga ega bo’lib, lotin va
yunon tillaridan kelib chiqqan. Bu terminlarni samarali o’rgatish uchun maxsus
metodikalarga asoslangan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish talab etiladi. Ushbu
maqolada ingliz tili amaliy mashg’ulotlarida tibbiyot terminologiyasini o’rgatish
metodikasining o’ziga xos xususiyatlari va samarador yondashuvlar haqida batafsil
ma’lumot beriladi. Tibbiyot terminologiyasi tibbiy sohaning maxsus tili bo’lib, u ilmiy
aniq, tizimli va o’zaro

tushunish uchun standartlashtirilgan atamalardan iborat. Bu terminlar o’zining

aniqligi va to’g’ri qo’llanilishi bilan bemorlar bilan muloqotda, diagnostika va
davolash jarayonida hamda ilmiy tadqiqotlarda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tibbiyot
atamalari ko’pincha murakkab bo’lib, ular talabalar uchun maxsus o’qitish
metodikalari va strategiyalarini talab qiladi. Murakkablik va kelib chiqishi. Tibbiyot
terminologiyasining ko’pchilik qismi lotin va yunon tillaridan kelib chiqqan. Ushbu
tillarning foydalanilishi sababli, atamalar ko’pincha prefikslar, suffikslar va ildiz
so’zlardan tashkil topgan. Bu esa terminlarning o’z ichida ma’noni aniq ifodalash
uchun tizimli strukturaga ega bo’lishini ta’minlaydi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

41

https://universalpublishings.com

Turli sohalarga doir lug‘atlar tuzish har bir sohada yetakchi olimlarning ilmiy

kuchlarini birlashtirishni talab qiladi. Tibbiyot olimi ham, amaliyotchi vrach ham
bevosita inson salomatligi bilan shug‘ullanganligi uchun o‘z ishining mohir ustasi
bo‘lishi talab etiladi. Lekin ular qilgan mehnatlarini qayd etib, tajriba to‘plashi uchun,
bemorlarning holatini aniq ta’riflash, tashxis qo‘yish, shuningdek, muolaja chora-
tadbirlarini belgilashda zamonaviy fan va texnologiyalar tezkorlik bilan rivojlanib
borayotgan bir paytda tibbiyotning barcha sohalaridagi yangi yuzaga kelgan atamalarni
yaxshi bilishi talab qilinadi. Ayrim hollarda tibbiyot xodimi kasallikning kechishiga
doir holatlarni aniq ifodalashda bu atamalarning lotinchasini bilsa-da, ruscha yoki
o‘zbekchasini aniq bilishga qiynalishi mumkin. Ayni shu paytda, qo‘lingizdagi “Tibbiy
atamalar lug‘ati” yordamga keladi. Yana bu lug‘at bir soha vrachiga boshqa yondosh
sohalarga doir bemorlik holatlarining atamalarini bilishga ham ko‘mak beradi. Shu
bois, atama lug‘atlaridan klinik atamalar, tibbiy iboralar bilan bir qatorda anatomiya,
fiziologiya, xirurgiya, tibbiy psixologiya, psixoterapiya, stomatologiya, biokimyo,
farmakologiya, psixiatriya, yuqumli kasalliklar, mikrobiologiya, virusologiya,
immunologiya, hamshiralik ishi hamda sog‘liqni saqlash muassasalari va tibbiyotning
boshqa jabhalarida keng qo‘llaniladigan yangi atamalar ham o‘rin olgan.


Tibbiyot fakulteti talabalariga ingliz tilini o’qitishning ba’zi jihatlarini qayta ko’rib

chiqish zarurati kun sayin ortib bormoqda. Bu faqat bo’lg’usi shifokorlarning turli xil
akademik va kasbiy vaziyatlarda chet ellik kasbdoshlari bilan yuqori sifatli aloqasini
ta’minlaydigan vakolatlarni har tomonlama rivojlantirish mamlakatimiz tibbiyot
xodimlarining ish samaradorligi va ko’lamining asosiy muhim omili ekanligi bilan
belgilanadi. Chet tilini nofilologik oliy ta’lim muassasalarida o’qitishda ba’zi
qiyinchilik hamda muammolar mavjud. Birinchidan, bu tayyorgarlik vaqti jiddiy
cheklanishi mumkinligi. Ikkinchidan, talabalarning aniq talab va ehtiyojlari o’qituvchi
uchun qo’shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, bu esa ingliz tilini yuqori
ixtisoslashgan professional aloqa sohasida amalga oshirish bilan bog’liq. Talabalarning
umumiy ingliz tili ko’nikmasi yetarli darajada bo’lmaganligini hisobga oladigan
bo’lsak, tibbiy terminologiyani egallash juda ham mashaqqatli hisoblanadi. Chunki
talaba bir darsning o’zida ham mavzuga doir terminlarni o’zlashtirishi, grammatik
qurilmalarga gap tuza olishi, berilgan o’qish va tinglab tushunish mashqlaridan
bemalol darajada foydalana olishi zarur. Har bir jarayonning o’ziga xos


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

42

https://universalpublishings.com

oddiydan to murakkabga qadar davrlashtirilgan bosqichlari o’zlashtirish darajasini

osonlashtiradi. Lekin tajribali ESP o„qituvchisi ham ba’zan, pedagogik taktika yoki
o’quv dastur yordamida o’ylagan natijaga erisha olmasligi mumkin. Bunda
talabalarning o’zlari, kontent qaysi usul samarali ekanligini belgilaydi. Masalan, 1980
yillarning boshlarida Xitoyda ingliz tili amaliy mashg’ulotlari xuddi shu tarzda
tashkillangan. Bunda “intensive reading”, ya’ni chuqurlashtirilgan o’qish mashqi va
matn ustida so’zma – so’z yondashuv kabi metodlardan foydalanilgan. Janubiy Afrika
universitetlarida esa o’qish, yozish va tanqidiy fikrlash kabi ko’nikmalar ham
shakllantirilgan. Biz tibbiy atamalarni semantikalash usullarini tahlil qilamiz, tibbiyot
talabalari uchun ingliz tili darsini rejalashtirish tamoyillarini tavsiflaymiz va darsning
turli bosqichlarida dialogik nutq ko„nikmalarini rivojlantirish usullarini taklif qilamiz.
Biz til aspektlarini o’qitishning eng samarali usullarini ko’rib chiqamiz va
guruhlaymiz, ulardan yozma va og’izaki nutqda foydalanish; fonetik, leksik,
grammatik, morfologik va sintaktik qobiliyatlarni shakllantirish va takomillashtirish,
rivojlantirishga qaratilgan o’quv materiallarini tanlash mezonlarini taqdim etamiz.
Tinglash har qanday ingliz tilining chet tili darsi sifatida majburiy tarkibiy qismidir.

Terminologik leksik material bilan ishlash yangi so‘zlar va atamalar bilan

tanishishni, ularni dastlabki mustahkamlashni va nihoyat, nutq faoliyatining har xil
turlarida va turli xil muloqot holatlarida yangi lug‘atdan foydalanish ko‘nikma va
ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Darslarda barqaror leksik ko‘nikmani
shakllantirish uchun men quyidagilardan foydalanaman: - matn oldidan leksik
vazifalar. Ushbu bosqichda yangi lug‘at kiritiladi. Shu bilan birga, yangi so‘zlarning
ma’nosi ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjimada (Skeleton - skelet), ham chet tilida qisqacha
tushuntirish (spine - magistralning asosiy qismi) yordamida berilishi mumkin. Shunday
qilib, talabalar boshqa fanlardan olgan bilimlarini qo‘llashlari mumkin. Bundan
tashqari, yangi lug‘at yordamida iboralar tuzish, yangi so‘zlarni ma’lum bir prinsip
bo‘yicha guruhlash (so‘zlarni ovqat hazm qilish yoki qon aylanish tizimiga xos qilish),
yangi lug‘atdan foydalangan holda savollarga javob berish, iboralarni yangi lug‘at
bilan tarjima qilish taklif etiladi. Ushbu bosqichda yangi lug‘atni o‘z ichiga olgan
haqiqiy matn kiritiladi. Ushbu bosqichda matnda atamalar va frazeologik birliklar
ajratib ko‘rsatiladi, keyinchalik ular matndan keyingi bosqichda mustahkamlanadi.
Matndagi atamalarning mos kelishiga (ta’riflarning mavjudligi, fe’lning otlar bilan
mos kelishi) e’tibor qaratiladi. Matn o‘rniga bir xil funktsiyaga ega video material
taqdim etilishi mumkin.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

43

https://universalpublishings.com

Tibbiy terminologiyani o’rganish tibbiyot talabalari uchun o’ta muhim bo’lib, bu

ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatida bir qator sohalarda muvaffaqiyat
qozonishlariga yordam beradi. Birinchi navbatda, tibbiy terminologiya talabalarning
kasbiy muloqot ko’nikmalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Bemorlar bilan samarali
muloqot o’rnatish va boshqa sog’liqni saqlash mutaxassislari bilan hamkorlik qilishda
terminologiyaning aniq va to’g’ri qo’llanilishi alohida ahamiyatga ega. Tibbiy
atamalarning noto’g’ri ishlatilishi bemorga noto’g’ri ma’lumot berishga yoki tashxis
va davolash jarayonida chalkashliklarga olib kelishi mumkin. Shu sababli,
terminologiya bilimlari tibbiy jarayonlarning samaradorligini oshiradi va bemorlar
ishonchini

mustahkamlaydi. Ikkinchidan, tibbiy terminologiya ilmiy tadqiqotlar uchun asosiy

vosita hisoblanadi. Talabalar tibbiy adabiyotlarni o’qib tushunish, ilmiy maqolalarni
yozish va ilmiy natijalarni xalqaro darajada taqdim etishda tibbiy atamalardan
foydalanadilar. Tibbiy bilimlarning

aksariyati xalqaro tibbiyot jurnallarida ingliz tilida chop etiladi, bu esa tibbiyot

talabalari uchun ilmiy atamalarni bilishni o’ta muhim qiladi. Tibbiy atamalarni yaxshi
bilish ularning ilmiy tadqiqot faoliyatida muvaffaqiyatli bo’lishiga zamin yaratadi.
Bundan tashqari, tibbiy terminologiya global hamkorlik uchun zarur bo’lgan
ko’nikmalardan biridir. Bugungi kunda xalqaro sog’liqni saqlash sohasidagi
konferensiyalar, seminarlar va tadbirlar tibbiyot mutaxassislari uchun tajriba almashish
va global muammolarni birgalikda hal qilish imkoniyatini beradi. Bunday tadbirlarda
samarali ishtirok etish uchun talabalarning tibbiy terminologiya va kasbiy ingliz tilini
yaxshi bilishi talab etiladi. Global miqyosdagi hamkorlik nafaqat individual
mutaxassisning rivojlanishiga, balki sog’liqni saqlash tizimining umumiy
taraqqiyotiga ham hissa qo’shadi. Tibbiyot sohasiga oid terminlarni o’rgatish maxsus
yondashuv va metodikalarni talab qiladi. Ingliz tili amaliy mashg’ulotlarida
terminologiyani o’rgatishda kontekstual, interfaol va texnologiyalarga asoslangan
usullarni qo’llash talabalar bilimini chuqurlashtiradi va ularning kasbiy
kompetensiyasini oshiradi. Kelajakda o’qitish metodikalarini takomillashtirish uchun
zamonaviy texnologiyalarni kengroq qo’llash va talabalarning individual ehtiyojlarini
hisobga oluvchi dasturlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.



background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

44

https://universalpublishings.com

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1

. A.Q. Shadmanov, А. Usmanxodjayev, O‘. Abilov, M. Turaxanova “Tibbiy

atamalar

lug‘ati” Toshkent “Donishmand ziyosi” 2022.
2. S.I. Fayzullaev – “Improving the methodology of teaching foreign languages

based

on the competence approach in the higher medical education system”

Международный

научный журнал № 9(100), часть 2 “Новости образования: исследование в XXI

веке”

апрель, 2023 г.
3. N.A. Raximova “Ingliz tili amaliy mashg’ulotlarida tibbiyot sohasiga oid

terminlarni o’rgatish metodikasining o’ziga xos xususiyatlari” Zamonaviy dunyoda
ijtimoiy fanlar : nazariy va amaliy “ jurnal

https://doi.org/10.5281/zenodo.14244174

ZDIF, 2(10), 81-83, 2023.

4. M.O. Uzaqova “Tibbiyot oliygohlarida ingliz tilini o’qitishning ahamiyati”

Ijodkor o‘qituvchi jurnali , 5 yanvar / 2024 yil / 35 – son.


References

A.Q. Shadmanov, А. Usmanxodjayev, O‘. Abilov, M. Turaxanova “Tibbiy atamalar lug‘ati” Toshkent “Donishmand ziyosi” 2022.

S.I. Fayzullaev – “Improving the methodology of teaching foreign languages based on the competence approach in the higher medical education system” Международный научный журнал № 9(100), часть 2 “Новости образования: исследование в XXI веке” апрель, 2023 г.

N.A. Raximova “Ingliz tili amaliy mashg’ulotlarida tibbiyot sohasiga oid terminlarni o’rgatish metodikasining o’ziga xos xususiyatlari” Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar : nazariy va amaliy “ jurnal https://doi.org/10.5281/zenodo.14244174 ZDIF, 2(10), 81-83, 2023.

M.O. Uzaqova “Tibbiyot oliygohlarida ingliz tilini o’qitishning ahamiyati” Ijodkor o‘qituvchi jurnali , 5 yanvar / 2024 yil / 35 – son.