Authors

  • Toshqulov Javohir Husniddin o’g’li
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tibbiyot fakulteti davolash ishi yo’nalishi 2-kurs talabasi; Termiz Shahar Faravon massivi 34-dom 3-uy
  • Kibriyev Bexruz
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tabiiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mpttp.65422

Keywords:

Qalqonsimon bez tiroksin (T4) triyodtironin (T3) gormon gipotiroidizm giperterioz hashimoto tireoiditi jabra xaltachasi pastki arteriyalar kalsitonin termoregulyatsiya bosh miya.

Abstract

Qalqonsimon bez organizmning muhim endokrin bezlaridan biri bo‘lib, moddalar almashinuvi, energiya ishlab chiqarilishi va ko‘plab fiziologik jarayonlarni tartibga solishda asosiy rol o‘ynaydi. U tiroksin (T4) va triyodtironin (T3) kabi gormonlarni ishlab chiqarib, hujayralarning o‘sishi, rivojlanishi hamda metabolizmini boshqaradi.  Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi organizmda turli kasalliklar – gipotiroidizm, giperterioz, Hashimoto tireoiditi va Basedov kasalligi kabi patologiyalarga olib kelishi mumkin. Shu sababli, ushbu bezning sog‘lom ishlashini ta’minlash uchun to‘g‘ri ovqatlanish, yod balansini saqlash va muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tish muhim ahamiyatga ega.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

19

https://universalpublishings.com

QALQONSIMON BEZ KASALLIKLARI

Toshqulov Javohir Husniddin o’g’li

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

tibbiyot fakulteti davolash ishi yo’nalishi

2-kurs talabasi;

Termiz Shahar Faravon massivi 34-dom 3-uy,

e-mail:

toshqulovjavohir05@gmail.com

Ilmiy rahbar: Kibriyev Bexruz -

Termiz iqtisodiyot

va servis universiteti Tabiiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi.

Annotatsiya

Qalqonsimon bez organizmning muhim endokrin bezlaridan biri bo‘lib,

moddalar almashinuvi, energiya ishlab chiqarilishi va ko‘plab fiziologik jarayonlarni
tartibga solishda asosiy rol o‘ynaydi. U tiroksin (T4) va triyodtironin (T3) kabi
gormonlarni ishlab chiqarib, hujayralarning o‘sishi, rivojlanishi hamda metabolizmini
boshqaradi. Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi organizmda turli kasalliklar –
gipotiroidizm, giperterioz, Hashimoto tireoiditi va Basedov kasalligi kabi
patologiyalarga olib kelishi mumkin. Shu sababli, ushbu bezning sog‘lom ishlashini
ta’minlash uchun to‘g‘ri ovqatlanish, yod balansini saqlash va muntazam tibbiy
ko‘rikdan o‘tish muhim ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar:

Qalqonsimon bez, tiroksin (T4), triyodtironin (T3), gormon,

gipotiroidizm, , giperterioz, hashimoto tireoiditi, jabra xaltachasi, pastki arteriyalar,
kalsitonin, termoregulyatsiya, bosh miya.


THYROID DISEASES

Termiz University of Economics and Service

Faculty of Medicine

2nd year student Tashkulov, son of Jawahir Husniddin;

34-dom, 3rd house, Faravan massif, Termiz city,

e-mail; tashkulovjavohir05@gmail.com

Scientific leader; Kibriyev Bekhruz - Termiz economy

and a teacher of the Department of Natural Sciences of Servis University.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

20

https://universalpublishings.com

Abstract

The thyroid gland is one of the important endocrine glands of the div and

plays a key role in the regulation of metabolism, energy production and many
physiological processes. It produces hormones such as thyroxine (T4) and
triiodothyronine (T3), which control the growth, development and metabolism of cells.
Dysfunction of the thyroid gland can lead to various pathologies in the div -
hypothyroidism, hyperthyroidism, Hashimoto's thyroiditis and Basedov's disease.
Therefore, to ensure the healthy functioning of this gland, proper nutrition,
maintenance of iodine balance and regular medical examinations are important.

Keywords.

Thyroid gland, thyroxine (T4), triiodothyronine (T3), hormone,

hypothyroidism, , hyperthyroidism, hashimoto's thyroiditis, gallbladder, lower arteries,
calcitonin, thermoregulation, brain.

ЗАБОЛЕВАНИЯ ЩИТОВИДНОЙ ЖЕЛЕЗЫ

Термин Экономика и Университет обслуживания

Медицинский факультет медицинского факультета

2 -й год студент Тохулов Джавохир Хусниддин Сын;

Termez City Farafon Artivi 34th Dom 3,

Электронная почта;

toshqulovjavohir05@gmail.com

Научный руководитель Кибриев Бехруз - Термезское хозяйство;

и преподаватель кафедры естественных наук Сервисного университета.

Аннотация

Щитовидная железа является одной из важных эндокринных желез

организма, играет ключевую роль в метаболизме, производстве энергии и
регуляции многих физиологических процессов. Он управляет гормонами,
такими как тиноксин (T4) и трибадирсинин (T3), управляет ростом, развитием и
метаболизмом клеток. Нарушение активности щитовидной железы может
привести к патологиям, таким как лицемерный, гипертериоз, гипертериоз,
хашимоториоидит и основанный на основе. Следовательно, важно обеспечить
здоровую работу этой железы, йод баланс и провести регулярное медицинское
обследование.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

21

https://universalpublishings.com

Ключевые слова:

Щитовидная железа, тироксин (T4), тестирование (T4),

гормон, гипотистизм, гормон, хашито -тиреоидит, Гартери, балдеритт,
термоконоргуляция, церебральный.

Qalqonsimon

bez — odam va hayvonlarning ichki

sekretsiya bezi.

Qalqonsimon bezning rivojlanishi homilalik davrida boshlanib, bola 1 yoshga
yetganda uning vazni 1—2 g ni tashkil etadi, oʻsish jarayonida u kattalashib 20—22 g
gacha yetadi. Qalqonsimon bez embrion jabra xaltachasi epiteliysidan rivojlanadi.
Qalqonsimon

bez

odam

embrioni

taraqqiyotining

8—9

oyida toʻliq

shakllanib, gormon ajrata boshlaydi, u boʻyinda, hiqildoq togʻaylari sohasida
joylashgan; 2 palla va boʻyinchadan iborat. Qalqonsimon bezni bir juft yuqori va bir
juft pastki arteriyalar qon bilan taʼminlaydi, simpatik va parasimpatik nerv tolalari
innervatsiya qiladi. U organizmda modda va energiya almashinuvi regulyatsiyasida
ishtirok

etuvchi

yodli

gormon tiroksin (T4), triyodtironin (TZ)

va tireokaltsitonin ishlab chiqaradi. Qalqonsimon bez funksiyasini markaziy nerv
sistemasi,
faoliyatini esa gipofiz bezi boshqaradi.

Gipofizning tireotrop gormoni Qalqonsimon bez funksiyasi va rivojlanishini

kuchaytiradi. Organizmda Qalqonsimon bezning ahamiyati juda katta, u bosh miya
faoliyati, moddalar almashinuvi, suyak oʻsishi, immun sistemalar, jismoniy va aqliy
rivojlanish, jinsiy yetilish jarayonlari, adaptatsiya va boshqalar reaksiyalarni
taʼminlaydi. Bu bez faoliyatining buzilishi buqoq, gipotireoz, gipertireoz va boshqalar
kasalliklarga olib keladi.Qalqonsimon bez ishlab chiqaruvchi Kalsitonin gormoni
qondan ortiqcha Ca ni olib suyaklarga yuborilishini taminlaydi.

Qalqonsimon bez kichik bo‘lsa-da, ammo juda

muhim organdir. Organizmning ko‘plab muhim
tizimlarining salomatligi uning ishlashiga bog‘liq.
Hatto juda kichik kamchilik ham eng muhim
organlarning ishiga jiddiy ta’sir qilishi va
kasalliklarni qo‘zg‘atishi mumkin. Qalqonsimon
bezning holatini baholash vaqti keldimi yoki
yo‘qligini tekshiring va quyidagi alomatlarga ehtiyot
bo‘ling.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

22

https://universalpublishings.com

Vazn o‘zgarishi

Metabolizm tezligi qalqonsimon bezga ham bog‘liq va shuning uchun uning

ishidagi eng kichik o‘zgarish darhol sezilarli bo‘ladi. Qalqonsimon bez haddan tashqari
faol bo‘lsa, to‘satdan va sezilarli darajada oz yoki hech qanday harakat qilmasdan
vazn kamayishi mumkin. Agar, aksincha, bez odatdagidan ko‘ra kamroq gormonlarni
qonga chiqaradigan bo‘lsa, shish boshlanadi va semirish kuzatiladi. Ikkala holatda ham
shifokor bilan maslahatlashish zarur, agar kerak bo‘lsa, qalqonsimon bezning
ultratovush tekshiruvini o‘tkazish zarur.

Uyquchanlik va charchoq hissi
Juda ko‘p ishlash, yetarlicha dam ololmaslik qiynaydimi? Doimo

uyquchanlik va

yengil

yumushlar

ham charchatadimi? Xulosa

chiqarishga

shoshilmang:

ehtimol

bularning

barchasi

qalqonsimon

bezning yaxshi

ishlamasligidandir. Endokrinologlarning aytishicha, agar charchagan holda uyg‘onish
kuzatilsa, bu shifokorga borishdan

darak beradi. Ehtimol, davolanishdan

so‘ng hammasiga o‘z joyiga tushib ketar.

Termoregulyatsiya bilan bog‘liq muammolar
Atrofdagilarning hammasi issiqdan aziyat chekayotgan bir vaqtda sovqotish

yoki aksincha, sovuq mavsumda terlash. Bu qalqonsimon bezning normal faoliyati
buzilganligini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yana bir alomat.

Hayz davrining buzilishi va homilador bo‘lmaslik
Ayollarning reproduktiv salomatligi endokrin tizim bilan bevosita bog‘liq

bo‘lib, homilador bo‘lish qobiliyati asosan qalqonsimon bezning yaxshi ishlashiga
bog‘liq. Sikldagi o‘zgarishlar, og‘ir davrlar, homiladorlik bo‘la olmaslik – bularning
barchasi endokrinolog bilan bog‘lanish va qalqonsimon bezni tekshirish uchun
sababdir. Gap shundaki, gipotireoz ovulyatsiya va hayz davrini boshqaradigan
gormonlar ishlab chiqarishni to‘xtatishi mumkin. Shuning uchun agar biror narsa
noto‘g‘ri bo‘lsa, qalqonsimon bezni tekshirish zarur.

Depressiya va tashvish
Agar qalqonsimon bez juda ko‘p gormon ishlab chiqarsa, organizmning umumiy

ritmi kuchayadi, asab tizimi stressni boshdan kechiradi va asabiylik hamda
tashvishlanish kuzatiladi. Agar gormonlar juda kam bo‘lsa, haqiqiy depressiya
alomatlarini boshdan kechirish mumkin. Shunday qilib, agar tashvish yoki tushkunlik
kuchaysa, ehtimol, psixiatrga qo‘shimcha ravishda endokrinolog bilan uchrashish
kerak.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

23

https://universalpublishings.com

Teri va soch muammolari
Gipotireozning yana ikkita muhim belgisi soch to‘kilishi va quruq teridir. Yozda

ushbu alomatga duch kelishdan, ayniqsa ehtiyot bo‘lish kerak. Gap shundaki,
metabolizm bilan terlash ham kamayadi, buning natijasida teri kamroq

namlanadi, quriydi va hatto tezroq suvsizlanadi. Shuning
uchun bunday vaqtda krem va losyonlar yordam bermaydi,
yaxshisi endokrinolog bilan maslahatlashgan ma’qul.

Qalqonsimon bez organizmning kichik, ammo juda

muhim qismidir, u tanadagi ko‘plab jarayonlarni tartibga
soladi. Hatto miyaning normal ishlashi ham qalqonsimon
bez faoliyatiga bog‘liq. Shuning uchun organizmda eng
kichik o‘zgarish kuzatilsa ham shifokor bilan
maslahatlashish juda muhimdir. Qalqonsimon bez

faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan ba’zi sezilmas alomatlar haqida gaplashamiz.


Uyqu bilan bog‘liq muammolar

Agar hech qanday sababsiz uxlashda qiynalsangiz: uzoq vaqt uxlay olmay, kechasi

uyg‘onib ketsangiz yoki ertalab o‘zingizni haddan tashqari charchagan holda his
qilsangiz, bu qalqonsimon bezning haddan tashqari faolligi natijasi bo‘lishi mumkin.
Gap shundaki, qalqonsimon bez ishlab chiqaradigan T3 va T4 gormonlari asab tizimi
faoliyatini haddan tashqari tezlashtirib, uyqusizlikka olib kelishi mumkin.

Uyqusizlikda samarali yordam beruvchi 10 ta maslahat
Bezovtalik


Doimiy tashvish va bezovtalik hissi qalqonsimon bez

faoliyati buzilganining yana bir alomatidir. U ishlab
chiqarishga mas’ul bo‘lgan gormonlar darajasining oshishi
miya faoliyatining kuchayishini, doimiy hayajonni keltirib
chiqarishi mumkin.

Behuda xavotir va tashvishlardan qanday qutulish

mumkin?

Ichak faoliyati bilan bog‘liq muammolar


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

24

https://universalpublishings.com

Ichak faoliyati qalqonsimon bez holatiga bevosita

bog‘liq. Gap shundaki, qalqonsimon bez gormonlari
oshqozon-ichak trakti faoliyatini ham boshqaradi. Agar
gormonlar yetarlicha ishlab chiqarilmasa yoki aksincha,
ko‘payib ketsa, uning ish faoliyati buziladi. Shu sababli
diareya yoki qabziyat kuzatiladigan bo‘lsa, endokrinologga
murojaat qilish va qalqonsimon bez ishlab chiqaradigan

gormon darajasini tekshirtirish lozim.

Qorinda og‘riq: Tez yordamga murojaat qilish zarurligini bildiruvchi 11 alomat
Sochlarning siyraklashishi

Sochlar

zaiflashib,

qoshlar

siyraklashsa,

endokrinologga murojaat qilish kerak. Qalqonsimon bez
gormonlarining yetishmasligi soch o‘sishi sikliga ta’sir
qiladi, soch follikulalarini karaxtlik holatiga solib, o‘sish
jarayonini to‘xtatadi.



Bahorda soch to‘kilishining 4 asosiy sababi

Ko‘p terlash

Qalqonsimon bez faoliyatining haddan tashqari faol

bo‘lishining eng keng tarqalgan belgilaridan biri — bu
ortiqcha terlashdir. Bu metabolizmni rag‘batlantiradigan va
energiya darajasini oshiradigan qondagi gormonlar
darajasining ko‘payishi bilan bog‘liq.

Organizmning ratsionda yog‘ ko‘p ekanidan darak

beruvchi 5 belgisi

Vazn o‘zgarishi


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

25

https://universalpublishings.com

Qalqonsimon bez faoliyati buzilishining yana bir

klassik alomati sababsiz vazn ortishi hisoblanadi. Bez
faolligi pasayganda, gormonlar yetishmasligi tufayli
metabolizm susayadi va organizm kamroq kaloriyani
energiyaga aylantiradi.


“Deyarli hech narsa yemasam ham, ozmayapman”.

Endokrinolog muammo nimada ekanligiga izoh berdi


Xotira bilan bog‘liq muammolar


Qalqonsimon bez yetarli darajada faol bo‘lmasa, miya faoliyati ham sekinlashadi.

Qalqonsimon bez funksiyasining susayishi tashxisi qo‘yilgan bemorlar xotira bilan
bog‘liq muammolar, ong xiralashishi, tanish vazifalarni hal qilishdagi
qiyinchiliklardan shikoyat qiladi.

Buqoq –qalqonsimon bezning kattayishi bilan tavsiflangan kasalliklar guruhi.

Hozirgi kunda buqoqning quyidagi turlari ma’lum:

diffuz(qalqonsimon bezning bir tekisda kattalashishi);

tugunli (qalqonsimon bez to'qimalarida tugun hosil bo'lishi);

kistali (qalqonsimon bezda kistalar hosil bo'lishi);

diffuztoksik (Bazedova kasalligi);

aralash (qalqonsimon bezning tugun hosil qilib umumiy kattalashishi)

Sabablari
Kasallik qalqonsimon bezning ishlamay qolishi va uning hajmining o'zgarishi

natijasida yuzaga keladi. Sabablari:

irsiy omil;

tanada yod yetishmasligi;

adenoma, qalqonsimon bez saratoni;

tireoid gormonlarining yetarli yoki ortiqcha ishlab chiqarilishi (gipertireoz);

immunitetning pasayishi;

ichki organlarning kasalliklari.

Belgilari


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

26

https://universalpublishings.com

Buqoqqa xos bo'lgan alomatlar:

qalqon simon bezning kattalashishi;

kattaygan ko'zlar;

holsizlik;

ko’p terlash;

tez vazn yo'qotish;

qon bosimining ko'tarilishi;

tomoq kasalligi;

tomoq to'lganlik hissi;

ko'krak sohasidagi og'riqlar;

nafasolish, yutishqiyinligi.

Buqoq kichik (3 smgacha) bo'lgan hollarda belgilar sezilmasligi mumkin.
Diagnostika
Buqoqni qanday davolashni aniqlash uchun endokrinolog quyidagi tadqiqotlar

va testlarni o'tkazadi:

qon umumiy tahlili;

siydik tahlili;

immunogramma;

qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvi;

qalqonsimon bez biopsiyasi;

qalqonsimon bezning sintigrafiyasi.

Davolash
Buqoqni davolash quyidagilarni o'z ichiga oladi:

tiroid gormonlarining shakllanishiga to'sqinlik qiluvchi dorilar;

radioaktiv yodni o'z ichiga olgan preparatlar;

buqoqqa qarshi dorilar;

jarrohlik.

Parhez
Davolash davrida bemorlar tarkibida ko'p miqdorda yod mavjud bo’lgan

ovqatlarni iste’mol qilishlari kerak:

baliq;

sabzavotlar (sabzi, pomidor, lavlagi);

meva (ananas, uzum, olma);

mol go'shti;


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

27

https://universalpublishings.com

sariyog', sut;

tuxum.

Xavfli jihatlari
Agar qalqonsimon bezni davolash o'z vaqtida boshlanmasa, quyidagi asoratlar

rivojlanishi mumkin:

qon aylanishining buzilishi;

qizilo'ngach, traxeyaga bosim bo’lishi;

qalqonsimon bezning o'tkir yallig'lanishi;

buqoq sohasida yomonsifatli o’simtalar.

Xavf guruhi
Xavf guruhiga quyidagilar kiradi:

irsiy moyilligi bo'lgan odamlar;

autoimmun kasalliklarga chalingan odamlar;

qalqonsimon bez hududida nurlanish ta'siriga uchragan odamlar.

adenoma yoki qalqonsimon bez saratoni bo'lgan odamlar;

Oldini olish
Oldini olish uchun tavsiya etiladi:

yodga boy ovqatlar iste’mol qilish;

uzoq muddat quyoshda qolishdan, nurlanishdan saqlanish;

qalqonsimon bez sohasida fizioterapiya o'tkazish (magnitolazeroterapiya).


Xulosa.
Qalqonsimon bez inson organizmida modda almashinuvi, o‘sish va miya

faoliyatiga ta’sir qiluvchi muhim gormonlar – tiroksin (T4) va triyodtironin (T3) ishlab
chiqaradi. Ushbu gormonlarning sintezi uchun yod kerak. Dengiz bo‘yida yashovchi
odamlar yodga boy muhitda bo‘lgani uchun ularning qalqonsimon bezi normal
ishlaydi, bu esa miya faoliyatining yaxshilanishiga va IQ darajasining nisbatan yuqori
bo‘lishiga yordam beradi. Dengizdan uzoqda yashovchilar esa yod yetishmovchiligi
tufayli qalqonsimon bez kasalliklariga moyil bo‘lishadi, bu esa intellektual
rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mening fikrimcha shu sababli dengiz bo`yidagi
insonlarni ayku darajasi yuqori bo`ladi sababi dengiz maxsulotlarini istemol qilishadi.
Dengiz maxsulotlarini tarkibida yod bo`ladi. Dengizdan uzoq insonlar ko`broq dengiz
maxsulotlarini yeyishni maslaxat beraman.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

28

https://universalpublishings.com

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Vorobev P.A. Diagnostika i lechenie patologii gemostaza. - M.:

Nyudiamed, 2011. - 410 s.

2. VOZ. Otchet «Globalnыy doklad po gepatitu». Jeneva. 27.07. 2017.
3. Gote C.B., Konstantinov B.A., Sirulnikova O.M. Transplantatsiya pecheni:

Rukovodstvo dlya vrachey. - M.: OOO «Meditsinskoe informatsionnoe agentstvo»,
2008. - 248 s.

4. Dolgov V.V., Svirin P.V. Laboratornaya diagnostika narusheniy

gemostaza. - M.- Tver: Triada, 2005. - 227 s.

5. Mayer K.P. Gepatit i posledstviya gepatita. M.: GEOTAR Meditsina. -

2004. - 720 s.

6. Mextiev S.N. Grinevich V.B. , CHepur C.B., Gancho V.YU. Portalnaya

gipertenziya u bolnыx xronicheskim gepatitom i sirrozom pecheni. - SPb.: Beresta,
2004. - 320 s.

7. Muxin N.A. Prakticheskaya gepatologiya. Posobie po materialam « shkolы

gepatologa». - M., 2004. - S. 89 - 95.

8. Panteleev M.A., Vasilev S.A., Sianuridze E.I.,Vorobev A.I., Ataullaxanov

F.I. Prakticheskaya koagulologiya. - M.: Prakticheskaya meditsina, 2011. - S. 43-72.

9. Petrishev N.N. Disfunksiya endoteliya. Prichinы, mexanizmы,

farmakologicheskaya korreksiya. - SPb.: SPbGMU, 2003. - 184 s.

10. Podimova S.D. Bolezni pecheni. Rukovodstvo dlya vrachey. - M.:

Meditsina, 2005. - 768 s.

References

Vorobev P.A. Diagnostika i lechenie patologii gemostaza. - M.: Nyudiamed, 2011. - 410 s.

VOZ. Otchet «Globalnыy doklad po gepatitu». Jeneva. 27.07. 2017.

Gote C.B., Konstantinov B.A., Sirulnikova O.M. Transplantatsiya pecheni: Rukovodstvo dlya vrachey. - M.: OOO «Meditsinskoe informatsionnoe agentstvo», 2008. - 248 s.

Dolgov V.V., Svirin P.V. Laboratornaya diagnostika narusheniy gemostaza. - M.- Tver: Triada, 2005. - 227 s.

Mayer K.P. Gepatit i posledstviya gepatita. M.: GEOTAR Meditsina. - 2004. - 720 s.

Mextiev S.N. Grinevich V.B. , CHepur C.B., Gancho V.YU. Portalnaya gipertenziya u bolnыx xronicheskim gepatitom i sirrozom pecheni. - SPb.: Beresta, 2004. - 320 s.

Muxin N.A. Prakticheskaya gepatologiya. Posobie po materialam « shkolы gepatologa». - M., 2004. - S. 89 - 95.

Panteleev M.A., Vasilev S.A., Sianuridze E.I.,Vorobev A.I., Ataullaxanov F.I. Prakticheskaya koagulologiya. - M.: Prakticheskaya meditsina, 2011. - S. 43-72.

Petrishev N.N. Disfunksiya endoteliya. Prichinы, mexanizmы, farmakologicheskaya korreksiya. - SPb.: SPbGMU, 2003. - 184 s.

Podimova S.D. Bolezni pecheni. Rukovodstvo dlya vrachey. - M.: Meditsina, 2005. - 768 s.