МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 02, февраль
154
https://universalpublishings.com
QISH MAVSUMIDA JORIY TA’MIRLASH ISHLARINI BAJARISH
TEXNOLOGIYASI.
Tog‘ayev Javlonbek Shuhrat o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchisi
Anotatsiya:
Ushbu maqolada avtomobil yo‘llarini qish mavsumida joriy
ta’mirlash ishlarini bajarish texnologiyasi va mavjud muammolarni bartaraf etish, yo‘l
to‘shamalarining konstruktiv qatlamlarda materiallarni mustahkamligi va yo’l
soxasidagi kerak bo’ladigan materiallar ularning fizik, mexanik, kimyoviy, texnologik
xossalari, standartlari va ular yordamida yo’llarni joriy ta’mirlashda ishlatilishi
haqidagi masalalar yoritilgan.
Kalit so’zlar:
qishki qarov, saqlash, joriy ta’mirlash, bitum, sement.
Annotation:
This article describes the technology of the current maintenance of
roads in the winter season and the elimination of existing problems, the strength of the
materials in the structural layers of road surfaces, the physical, mechanical, chemical,
technological properties and standards of the materials needed in the road sector, and
their use in the current maintenance of roads.
Key words:
winter care, storage, current repair, bitumen, cement.
KIRISH.
O’zbekiston hududining 22 foizdan ortig’i tog’li tumanlardan iboratdir. Tog’li
yerlarning murakkab relefi avtomobilni xavfsiz harakati va ishlash tartibiga ta’sir
qiladi. Bunday noqulay yo’l sharoitlari transport vositalarining xavfsiz
harakatlanishiga va tezlikka, plandagi kichik radiusli egriliklar va katta bo’ylama
qiyaliklar ta’sir etadi. O’zbekistondagi tog’li yerlardan o’tadigan yo’llar 3 foizni
tashkil etib, bu umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llarining 700 km dan ortig’ini
tashkil etadi. Bu tog’li yo’llarga A-373 “Toshkent-O’sh” 116-214 km bo’lagi -
“Qamchiq” dovon avtomobil yo’li, M-39 “Olmaota-Beshkek-Toshkent-Termiz” 1120-
1145 km bo’lagi, “Taxtakaracha” dovoni 1302-1320 km bo’lagi, “Boysun”,
“Dehqonobod”, “Oqrabot” dovon yo’llari davlatimizning asosiy iqtisodiy arteriyasidir.
[1] Asosiy qism. Avtomobil yo’llari va yo’l inshootlarini qishda saqlashning vazifasi
avtomobil yo’llari va yo’l inshootlarini yilning qish davrida uzluksiz va xavfsiz
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 02, февраль
155
https://universalpublishings.com
avtomobil xarakatini ta’minlash shartlari bo’yicha yo’l qo’yiladigan talablarga
muvofiq ularning xolatini doimiy saqlashni ta’minlashdan iborat. [2] Qishgi davr
uchun past havo harorati, yuqori havo namligi, yog’ingarchiliklar miqdorining
ko’pligi, yaxmalak bo’lish jarayonning tez-tez o’chrashi, quyoshli kunlar kam bo’lishi,
bulutli kunlar ko’p bo’lishi va tez-tez uchraydigan tumanlar, izg’irinli shamollar
bo’lishi xarakterlidir. Qishgi davr yilning boshqa davrlariga nisbatan eng murakkab
hisoblanib, buni xisobiy davr deb qabul qilish mumkin. Qish davrida yo’l sharoiti eng
noqulay sharoitda bo’ladi. Bu davr uchun yo’l qoplamasi ustki yuzasining xul, nam,
loy, qor qoplagan, yaxmalak, muzlagan sirpanchiq bo’lishi bilan xarakterli xisoblanadi.
Bu davr saqlash ishlari kompleks tadbirlarni talab etadi. Bu vaqtda xarakat sharoiti
qulayligini va xavfsizligini ta’minlash uchun yuqori darajadagi saqlash ishlarini tashkil
qilgan va ta’minlagan bo’lishimiz lozim. Qishgi davrda hisobli xarakat tezligining
ta’minlanganligi saqlash ishlari sifati bilan baholanadi. [3] Avtomobil yo’llari va yo’l
inshootlarini qishda saqlash ishlari tasdiqlangan smetalarga muvofiq butun yil
mobaynida avtomobil yo’llari va yo’l inshootlarining barcha elementlari va inshootlari
bo’yicha avtomobil yo’lining butun uzunligida muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Avtomobil yo’llari va yo’l inshootlarini qishda saqlashga quyidagi ishlar kiradi: -
qordan doimiy ximoya qilish inshootlari (devorlar, panellar, ko’tarmalar va qorni
ushlash to’siqlari)ni tayyorlash, o’rnatish va ta’mirlash, qordan ximoya qilish
inshootlariga qarash; vaqtinchalik qorni tutib turadigan qurilmalar (shchitlar, to’siqlar
va to’rlar) tayyorlash, o’rnatish (qayta o’rnatish), tiklash, yo’loldi tasmasida qorni tutib
qolish uchun qorni ushlash to’siqlari va xandaqlar barpo etish xamda ularni vaqti-vaqti
bilan yangilab turish; avtomobil yo’llarini qordan tozalash, avtomobil yo’llarini qor
uyumlaridan tozalash, yo’l chetlaridagi qorlarni yig’ishtirish, past toifadagi avtomobil
yo’llarining qatnov qismida qor qoplamini qiyalab tekislash va zichlash; qishki
sirpanchiqni oldindan aniqlash va prognozlashtirishning avtomatlashtirilgan
tizimlarini, shuningdek ko’priklar, yo’l o’tkazgichlar va turli satxdagi yo’l
yechimlarida muzgarchilikka qarshi reagentlarni taqsimlashning avtomatlashtirilgan
tizimlarini o’rnatish va saqlash; qishki sirpanchiqlikka qarshi kurash, muzgarchilikka
qarshi materiallarning yangi bazalarini o’rnatish, mavjudlarini esa tiklash va
ta’mirlash, ularga borish yo’llarini qurish, tabiiy sho’r suv olinadigan quduqlar qazish,
jixozlash va ularga xizmat ko’rsatish, muzgarchilikka qarshi materiallarni tayyorlash
va saqlash, muzgarchilikka qarshi xossalarga ega bo’lgan qoplamaning yuqori
qatlamini qurish va saqlash; muzlarga qarshi kurashish, muzga qarshi inshootlarni
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 02, февраль
156
https://universalpublishings.com
qurish, sun’iy inshootlar yaqinida o’zanlarni tozalash va mustaxkamlash, muzlarni
yo’qotish; ko’chkiga chora-tadbirlarni amalga oshirish, ko’chki qatlamlarini
yig’ishtirib olish. Yo‘l to‘shamasi va qoplamalarni joriy ta’mirlashda quyidagi ishlar
bajariladi: sementbeton qoplamalardagi bo‘ylama va ko‘ndalang choklarni to‘ldirish;
barcha turdagi qoplamalarda g‘ildirak izini, o‘ymalarni, yoriqlarni, chuqurlarni
ta’mirlash, cho‘kkan joylarni, qoplama chetini, bordyurlarni to‘g‘irlash, qora
qoplamalar yuzasidagi yeyilish qatlamini tiklash; chaqiq toshli va shag‘alli
qoplamalarga, shuningdek bitum va qatron bilan ishlangan qoplamalarga mayda
shag‘al va qum sepish; kalsiyli xlor, qatron, bitum va boshqa mahsulotlar bilan
yo‘llarni changsizlashtirish; ayrim shag‘al va tuproqli yo‘llar nishabliklarini
qo‘shimcha mahsulot ishlatmasdan to‘g‘rilash.
Bundan tashqari:
AVTOMOBIL YO’LLARI HOLATINI YAXSHILASHDA TRANSPORT-
FOYDALANISH
KO’RSATKICHLARINI
BAHOLASHGA
HAM
E’TIBORINGIZNI QARATMOQCHIMAN.
Yo’l va uning inshootlarini texnik va ekspluatatsion holatini zarur bo’lgan
darajasini ta’minlash uchun yo’llarni ta’mirlash va saqlash xizmati tashkil qilinadi.
Yo’llarni ta’mirlash va saqlash xizmatining asosiy maqsadi - harakat jadalligi va
yuklarni o’sib borishiga muvofiq ravishda yo’lning texnik va ekspluatatsion holatini
oshirish hamda ta’minlab turish, shu bilan birga avtomobillar ish samaradorligini va
unumdorligini oshirish, yuk tashish tan narxini pasaytirishdan iborat. Avtomobil
yo’llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo’llarining transport-
ekspluatatsiya holatini baholash ishlari olib boriladi. Avtomobil yo’llarining transport-
eksplutatsiya holatini baholash yo’l korxonalarini loyihalash yoki ilmiy-tadqiqot
tashkilotlarning buyurtmasi asosida amalga oshiriladi va bunda yo’l korxonalarining
injener-texnik xodimlari va bo’lim boshliqlari ishtirok etishadi. [2]
Avtomobil yo’llarining transport-ekspluatatsiya holatini baholashda quyidagi
ko’rsatkichlarni o’lchash zarur:
■ Yo’l to’shamasi ravonligi;
■ Yo’l to’shamasi mustahkamligi;
■ Avtomobil g’ildiragining qoplama bilan ishlashish koeffitsienti;
■ Avtomobillar tezligi.
Transport-ekspluatatsiya holatini baholash yo’l korxonasi tasarrufidagi butun
tarmoq bo’yicha amalga oshiriladi. Yo’lning transport-ekspluatatsiya holatini
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 02, февраль
157
https://universalpublishings.com
loyihalash yoki ilmiy tadqiqot institutining ko’chma yo’l laboratoriyasi yordamida
bajariladi. [3]
Yo’lning o’tkazish qobiliyati - vaqt birligi ichida yo’lning ma’lum kesimidan
o’tkazishi mumkin bo’lgan avtomobillar soni, u avt/soatda yoki avt/sutkada aniqlanadi.
Yo’lning o’tkazish qobiliyati harakat tezligiga va harakatni tashkil etishga ko’p
jihatdan bog’liq. O’tkazish qobiliyatini quyidagi turlarga ajratish mumkin: - maksimal
nazariy o’tkazish qobiliyati - yengil turdagi avtomobillarni qulay yo’l sharoitidan
ideallashtirilgan tartibda o’tkazishi mumkin bo’lgan soni. Uni transport oqimining
dinamik formulasi yordamida aniqlanadi; - amaliy o’tkazish qobiliyati - qulay ob-havo
sharoitida konkret yo’l bo’lagidan ma’lum harakat tartibiga ko’ra avtomobillarni
maksimal o’tkazish mumkin bo’lgan soni. Transport oqimining zichligi oshgan sari
transport
vositalari
oraliq
masofasining
kamayishi,
tezlikning
pasayishi,
haydovchilarning psixologik ish rejimining qiyinlashishi umumiy yo’l harakatining
noqulayligiga olib keladi. O’tkazish qobiliyati yo’lning asosiy hisobiy ko’rsatkichi
bo’lib, u yo’lning holatiga va harakatni tashkil etishning darajasiga bog’liqdir.
O’tkazilgan ko’p yillik ilmiy izlanishlar natijasida yo’lning yuklanganlik darajasining
optimal qiymati shahar tashqarisidagi yo’llar uchun 0,45 - 0,55 deb aniqlandi. Har xil
yo’l sharoitlarida harakatni tashkil etishda yuklanganlik darajasi ko’rsatkichlariga
asosan ish yuritiladi. Hisobiy tezlik - yakka avtomobillarning (xavfsizlik va ustuvorlik
sharti bo’yicha) ob-havoning muqim sharoitida, avtomobil shinasining yo’l qatnov
qismi yuzasi bilan me’yoriy tishlashish holatida, yo’lning eng noqulay ruxsat etilgan
elementlariga ega bo’laklarida mumkin bo’lgan eng katta tezlikdagi harakatiga
aytiladi. Bu tezlik bo’yicha yo’lning rejadagi, bo’ylanma va ko’ndalang kesimdagi
barcha geometrik elementlari loyihalanadi.
XULOSA.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki qishgi saqlash ishlari asosiy mohiyati qor
va muzga qarshi kurashdan iborat. Asosan qishda yo’lni qor bosishi ko’p kuzatiladi.
Bu xolat qor yog’ishi natijasida, qor buron natijasida, qor kuchishi natijasida, qor
siljishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Yo’l ustki yuzasini muzlashi yuzaga
keladigan yaxmalak evaziga, qor qatlamini salbiy haroratda muzlashi evaziga, yo’l
qoplamasi ustki yuzasida suv qatlami yoki qoplama hul bo’lganda havo xarorati nol
gradusdan past bo’lganda suvning muzlashi evaziga bo’lishi mumkin. Qish davrida
yog’ingarchiliklar bo’lmaganda ham muz qatlami yuzaga keladi, bu nisbiy havo nisbiy
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 02, февраль
158
https://universalpublishings.com
namligi bilan bog’liq. Agar havo nisbiy namligi 85% dan yuqori bo’lsa va shu onda
havo harorati noldan past bo’lsa, u holda qoplama ustki yuzasida erkin suv qatlami
yuzaga keladi va bu suv muzlaydi. Natijada yaxmalak yuzaga keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. Q.M. Inoyatov, M.A. Mamajonov. “Avtomobil yo’llarida harakatni xavfsiz
tashkil etishda sun’iy inshootlarning roli” august 31, 2020 .
2. Ergashev M., Mamajonov M., Kholmirzayev M. Automation and modulation
of highways in gis software //Теория и практика современной науки. - 2020.
3. Dadaxodjayev, A., Mamajonov, M., Ergashev, M., & Mamajonov, M. (2020).
Creating a road database using gis software. Интернаука, (43-2), 30-32. [3]
4. M.A. Mamajonov, M.F. Xolmirzayev. “Geodesic work in the process of design
to ensure traffic safety on roads” электронное научно-практическое периодическое
издание "Экономика и социум" №3(82) (март, 2021).
6. Dadaxodjayev, A., MAMAJONOV, M., Ergashv, M., & Mamajonov, M. (2020).
automated drawing of roads in credo complex program. Экономика и социум,
7.Мамажонов, Муроджон, Мирзохид Холмирзаев, and Маъруфжон
Мамаджонов. "Avtomobil yo’llarini loyihalashda geodezik ishlar." Общество и
инновации [7]
