МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 03, Март
271
https://universalpublishings.com
O‘QITUVCHILAR MALAKASINI OSHIRISH DASTURLARIGA
TANQIDIY FIKRLASHNI INTEGRATSIYALASHNING PEDAGOGIK
MODELLARI
Abdullayev Javohir
Jizzax davlat pedagogika universiteti
III-bosqich Tayanch Doktaranti
Annotatsiya :
Ushbu
maqolada o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlariga
tanqidiy fikrlashni integratsiyalashning pedagogik modellari tahlil qilinadi. Tanqidiy
fikrlashni rivojlantirish o‘qituvchilarning pedagogik kompetensiyasini oshirishga,
innovatsion ta’lim metodlarini qo‘llashga va o‘quv jarayonining samaradorligini
ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada mavjud ta’lim dasturlari tahlil
qilinib, tanqidiy fikrlashni integratsiyalash uchun samarali pedagogik yondashuvlar va
modellar taklif etiladi. Tadqiqot natijalari asosida o‘qituvchilarning kasbiy
rivojlanishida tanqidiy fikrlashning ahamiyati yoritiladi va amaliy tavsiyalar beriladi.
Kalit so‘zlar:
tanqidiy fikrlash, o‘qituvchilar malakasini oshirish, pedagogik
model, integratsiya, innovatsion ta’lim metodlari, ta’lim samaradorligi, pedagogik
kompetensiya.
Аннотация: В статье анализируются педагогические модели
интеграции критического мышления в программы подготовки
учителей.
Развитие
критического
мышления
способствует
повышению
педагогической
компетентности
учителей,
использованию инновационных методов обучения и обеспечению
эффективности процесса обучения. В статье также анализируются
существующие образовательные программы и предлагаются
эффективные педагогические подходы и модели интеграции
критического мышления. На основании результатов исследования
подчеркивается
важность
критического
мышления
в
профессиональном развитии педагогов и даются практические
рекомендации.
Ключевые слова: критическое мышление, подготовка учителей,
педагогическая модель, интеграция, инновационные методы обучения,
эффективность образования, педагогическая компетентность.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 03, Март
272
https://universalpublishings.com
Abstract: This article analyzes pedagogical models for integrating
critical thinking into teacher training programs. Developing critical
thinking helps to increase teachers' pedagogical competence, apply
innovative teaching methods, and ensure the effectiveness of the educational
process. The article also analyzes existing educational programs and
proposes effective pedagogical approaches and models for integrating
critical thinking. Based on the results of the study, the importance of critical
thinking in the professional development of teachers is highlighted and
practical recommendations are given.
Keywords: Critical thinking, teacher training, pedagogical model,
integration, innovative teaching methods, educational effectiveness,
pedagogical competence.
KIRISH
Bugungi globallashuv davrida ta’lim tizimida o‘qituvchilarning malakasini
oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Zamonaviy o‘quv jarayonida tanqidiy
fikrlashning ahamiyati tobora ortib bormoqda, bu ko‘nikmalarni rivojlantirish o‘quv
jarayonini sifatli amalga oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etmasdan qolmaydi.
Tanqidiy fikrlash o’qituvchi malakasini oshirish dasturlariga integratsiyalashning
pedagogik modellari esa ushbu jarayonning samaradorligini yanada oshirishga va
ta’minlashga xizmat qiladi
1
.
Shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlari o‘qituvchilarning
pedagogik bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga va takomillashtirishga xizmat
qiladi. Ushbu dasturlar ta'lim jarayonini yanada samarali boshqarish hamda yangi
metodlarni o‘zlashtirish, shuningdek, o‘qituvchilarning shaxsiy va kasbiy o‘sishiga
hissa qo‘shadi. Bundan tashqari, o‘qituvchilarni malakasini oshirishda tanqidiy
fikrlashni integratsiyalash hamda yangi pedagogik yondashuvlarni o‘rgatish muhim
sanaladi.
O‘qituvchilarni malakasini oshirishda pedagogik bilimlarni kengaytirish,
ijtimoiy va emosional ko‘nikmalarni rivojlantirish va texnologik bilimlarni
oshirish asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi.
O‘qituvchilarni yangi pedagogik bilimlar va metodlar bilan tanishtirish va
bu orqali o‘qituvchilar yangi ma’lumotlarni izlashadi va o‘quvchilarning
ehtiyojlarini
yaxshiroq
tushunishlari
uchun
pedagogik
bilimlarini
1
Karimov, X.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning metodologiyasi
.
Iqtisodiyot va jamiyat
jurnali, №11(126), 2024
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 03, Март
273
https://universalpublishings.com
kengaytiradilar. Bundan tashqari o‘qituvchilarning o‘zaro munosabatlar va
empatiya ko‘nikmalarini oshirish, bu o‘quvchilarga o‘qitishning yuqori sifatini
ta’minlasha
ijtimoiy va emosional ko‘nikmalarni rivojlantirish
alohida
ahmiyat kasb etadi. Shuningdek, yangi ta’lim texnologiyalarini o‘qituvchilarga
o‘rgatish, shu jumladan masofaviy o‘qitish, virtual sinflar va multimedia
vositalari yordamida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish
texnologik
bilimlarni oshirish muhim hisoblanadi.
Tanqidiy
fikrlashni
rivojlantirishda
o‘qituvchilarning tanqidiy
fikrlashini rivojlantirishga yo‘naltirilgan malaka oshirish dasturlari
o‘qituvchilarni murakkab vaziyatlarni tahlil qilish va mustaqil fikr yuritishga
o‘rgatadi. Bu o’z navbatida dasturlar va ko‘nikmalar o‘qituvchilarga yanada qo’l
keladi.
O‘qituvchilar
Muammoli vaziyatlar tahlili orqali
real hayotdan olingan
vaziyatlar asosida tanqidiy fikr yuritishni o‘rganadilar. O‘qituvchilar
o‘quvchilarning fikrlarini tinglash,
hurmat qilish,
bahs-munozara tashkil etish
va o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlarini rag‘batlantirishni o‘rganadilar.
O‘qituvchilar
malaka oshirishda dasturlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali yangi
metodlar va texnikalarni o‘rganish dolzarb sanaladi. Shu bilan birga, o‘qituvchilarni
pedagogik jarayonida foydalanish uchun yaratgan innovatsion metodlarni o‘rganish va
o‘quvchilarga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lishda dastur va mashg’ulotlar zarur
hisoblanadi. Binobarin,
Zamonaviy jamiyatda o‘qituvchilarning nafaqat bilim beruvchilar, balki
mustaqil tafakkurga yo‘naltiruvchi murabbiylar sifatida shakllanishi muhim ahamiyat
kasb etadi. Tanqidiy fikrlash insonning mavjud axborotni chuqur tahlil qilishi, xolisona
baholashi va asoslangan xulosalar chiqarishi jarayoni bo‘lib, ushbu qobiliyat
o‘qituvchilarda shakllanganda ta’lim tizimi yanada sifatli va samarali bo‘ladi.
Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga
yo‘naltirilgan pedagogik modellar o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishida muhim o‘rin
tutadi.
AQShda tanqidiy tafakkurni o‘stirish bo‘yicha maxsus kurslar joriy etilgan
bo‘lib, ular orqali o‘qituvchilarga muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, bahs-
munozaralar orqali fikr yuritish va xulosalar chiqarish ko‘nikmalari shakllantiriladi
2
.
2
G. Brookfield.
Developing Critical Thinkers: Challenging Adults to Explore Alternative Ways of Thinking and
Acting
. San Francisco: Jossey-Bass, 1987
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 03, Март
274
https://universalpublishings.com
Finlyandiyada esa muammoli ta’lim metodlari orqali o‘qituvchilar real hayotiy
masalalar yechimini izlashga o‘rgatiladi, bu esa ularning o‘quv jarayoniga innovatsion
yondashuvni qo‘llashlariga imkon yaratadi
3
.
Shuningdek, osiyo mamlakatlari Janubiy Koreya va Yaponiyada esa elektron
platformalar va masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda tanqidiy
fikrlashni rivojlantirish yo‘lga qo‘yilgan bo’lim, o‘qituvchilarning tanqidiy tafakkurini
shakllantirish uchun turli pedagogik modellar samarali qo‘llaniladi
4
.
Muammoli ta’lim modeli
o‘qituvchilarga murakkab vaziyatlarni tahlil qilish va
muammolarga ijodiy yechim topish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.
Shuningdek, interfaol o‘qitish usullari esa o‘qituvchilarning jamoaviy fikrlashini
shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi, chunki guruh ishlari, bahs-munozaralar orqali
ular o‘z qarashlarini himoya qilish, boshqalar nuqtai nazarini tushunish va asosli
xulosalar chiqarish imkoniga ega bo‘ladilar.
Axborot texnologiyalaridan foydalanish modeli
o‘qituvchilar uchun raqamli
ta’lim vositalaridan foydalanish orqali tanqidiy fikrlashni mustahkamlash imkonini
beradi. Masalan, onlayn treninglar, vebinarlar va virtual laboratoriyalar orqali
o‘qituvchilar o‘z tajribalarini kengaytirishlari, yangi yondashuvlarni o‘zlashtirishlari
mumkin
5
.
Mentorlik modeli
esa tajribali pedagoglarning yosh o‘qituvchilarga ustozlik
qilishini nazarda tutadi, bu esa o‘qituvchilarning tanqidiy tafakkurini amaliyot orqali
shakllantirishga xizmat qiladi
6
.
O‘qituvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ularning
malaka oshirish dasturlariga integratsiyalash jarayonini bosqichma-bosqich amalga
oshirish lozim. Birinchi bosqichda o‘qituvchilarning mavjud tanqidiy tafakkur darajasi
tahlil qilinib, kuchli va zaif tomonlari aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda esa interfaol
treninglar va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘qituvchilarning tanqidiy fikrlash
qobiliyatlari rivojlantiriladi. Uchinchi bosqichda ta’lim jarayonining samaradorligi
baholanib, refleksiya jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. To‘rtinchi bosqichda esa zamonaviy
texnologiyalarni keng joriy qilish orqali o‘qituvchilarning tanqidiy tafakkurini yanada
rivojlantirishga e’tibor qaratiladi
7
.
3
Facione, P. A.
Critical Thinking: What It Is and Why It Counts
. Insight Assessment, 2013
4
Zagashev I.O., Zair-Bek S.I.
Tanqidiy fikrlash: rivojlantirish metodlari
. Sankt-Peterburg: Alyans Delta, 2003
5
Pedagogika referatlari.
Tanqidiy fikrlashni o‘stiruvchi faol metodlar
. Arxiv.uz.
6
Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyasi
. JDPU.uz
7
Mirarab.uz.
Zamonaviy ta’limda pedagogik mahoratni oshirish usullari.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 03, Март
275
https://universalpublishings.com
Tanqidiy fikrlash pedagogik jarayonning ajralmas qismiga aylanganda,
o‘qituvchilar o‘z darslarini yanada mazmunli va samarali tashkil etadilar, natijada
o‘quvchilarning mustaqil tafakkur qilish qobiliyatlari mustahkamlanadi. Tanqidiy
tafakkurni rivojlantirish o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib,
ularning ta’lim jarayonida yangiliklarga ochiq bo‘lishini va o‘z pedagogik mahoratini
doimiy ravishda oshirib borishini ta’minlaydi. Shunday qilib, o‘qituvchilarning
malakasini oshirish dasturlariga tanqidiy fikrlashni integratsiyalash orqali zamonaviy
ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirishga
erishish mumkin
8
.
Xulosa
O‘qituvchilar
malakasini
oshirish
dasturlariga
tanqidiy
fikrlashni
integratsiyalash ularning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish va ta’lim jarayonining
samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatadiki, tanqidiy fikrlashni pedagogik modellar orqali ta’lim dasturlariga kiritish
o‘qituvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, muammolarni hal qilish
ko‘nikmalarini shakllantiradi va innovatsion ta’lim usullaridan foydalanish
imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ushbu maqolada o‘rganilgan pedagogik modellar tanqidiy fikrlashni samarali
integratsiya qilishga xizmat qiladi hamda o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashi,
interfaol metodlardan foydalanishi va ta’lim sifatini oshirishiga ko‘maklashadi.
Shuningdek, tadqiqot asosida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar o‘qituvchilar
malakasini oshirish dasturlarining takomillashtirilishiga hamda ularning zamonaviy
ta’lim talablariga moslashuvchan bo‘lishiga xizmat qiladi. Shu boisdan, ta’lim
muassasalari va malaka oshirish markazlari tanqidiy fikrlashni o‘qitish jarayoniga joriy
etishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llashi zarur.
8
Johnson, D. W., & Johnson, R. T.
Cooperative Learning and Conflict Resolution
.
University of Minnesota Press,
2009 y
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 03, Март
276
https://universalpublishings.com
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Karimov, X.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning metodologiyasi
.
Iqtisodiyot va jamiyat
jurnali, №11(126), 2024
2.
Mirarab.uz.
Zamonaviy ta’limda pedagogik mahoratni oshirish usullari.
3.
Pedagogika referatlari.
Tanqidiy fikrlashni o‘stiruvchi faol metodlar.
Arxiv.uz.
4.
Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Tanqidiy fikrlashni shakllantirish
texnologiyasi
. JDPU.uz
5.
Zagashev I.O., Zair-Bek S.I.
Tanqidiy fikrlash: rivojlantirish metodlari.
Sankt-Peterburg: Alyans Delta, 2003
6.
Facione, P. A.
Critical Thinking: What It Is and Why It Counts
. Insight
Assessment, 2013
7.
G. Brookfield.
Developing Critical Thinkers: Challenging Adults to Explore
Alternative Ways of Thinking and Acting
. San Francisco: Jossey-Bass, 1987
8.
Johnson, D. W., & Johnson, R. T.
Cooperative Learning and Conflict
Resolution.
University of Minnesota Press,
2009 y
9.
Beyer, B. K. (1995). Critical Thinking. Bloomington, IN: Phi Delta Kappa
Educational Foundation.
10.
Paul, R., & Elder, L. (2006). Critical Thinking: Tools for Taking Charge of Your
Learning and Your Life. Upper Saddle River, NJ: Pearson Prentice Hall.
11.
Lipman, M. (2003). Thinking in Education. Cambridge: Cambridge University
Press.
12.
Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher
Psychological Processes. Cambridge, MA: Harvard University Press.
