Authors

  • Ibodullayeva Naxshona Nodirjon qizi
    Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali, talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mpttp.83677

Keywords:

Surunkali yallig‘lanish biriktiruvchi to‘qima regeneratsiyasi gistalogik o‘zgarishlar fibroz fibroblast angiogenez kollagen sentizi makrofag to‘qima qayta tiklanishi intersitsial modda ekstrasellular matriksa mikroskopik tahlil biomarkerlardan foydalanish gen terapiyasi hujayra terapiyasi.

Abstract

Surunkali yallig‘lanish organizm to‘qimalarida uzoq muddatli va sekin kechuvchi immun javob natijasida yuzaga keladi. Bu jarayon davomida biriktiruvchi to‘qimalarda regeneratsiya mexanizmlarining buzilishi, hujayraviy tarkibning o‘zgarishi va febroz jarayoning shakllanishi kuzatiladi. Ushbu maqolada surunkali yallig‘lanish sharoitida biriktiruvchi to‘qimalarda sodir bo‘ladigan gistalogik o‘zgarishlar chuqur tahlil qilinadi. 


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 04, Апрель

149

https://universalpublishings.com

SURUNKALI YALLIG‘LANISHDA BIRIKTIRUVCHI TO‘QIMA

REGENERATSIYASI, GISTALOGIK TAHLIL

Ibodullayeva Naxshona Nodirjon qizi

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali, talabasi

naxshonaibodullayeva@gmail.com


Annotatsiya

: Surunkali yallig‘lanish organizm to‘qimalarida uzoq muddatli va

sekin kechuvchi immun javob natijasida yuzaga keladi. Bu jarayon davomida
biriktiruvchi to‘qimalarda regeneratsiya mexanizmlarining buzilishi, hujayraviy
tarkibning o‘zgarishi va febroz jarayoning shakllanishi kuzatiladi. Ushbu maqolada
surunkali yallig‘lanish sharoitida biriktiruvchi to‘qimalarda sodir bo‘ladigan gistalogik
o‘zgarishlar chuqur tahlil qilinadi. Ayniqsa, fibroblastlar va makrofaglar faolligining
ortishi, kollagen tolalarining haddan tashqari ko‘payishi, angiogenezning buzilishi,
intersitsial va ekstrasellular matritsaning qayta tuzilishi jarayonlari ilmiy asosda bayon
etiladi. Shuningdek, regeniratsiya va fibrozning o‘zaro bog‘liqligi, bu holatning klinik
oqibatlari, deagnostik va terapevtik ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Maqolada gistologik
namunalarning mikroskopik kuzatuvlari, mavjud ilmiy adabiyotlar asosida olib
borilgan nazariy tahlillar keltirilgan. Olingan ma'lumotlar surunkali kasalliklarni
chuqurroq tushunishga, ularni erta aniqlash va oldini olishga yordam beradi.

Kalit so‘zlar:

Surunkali yallig‘lanish, biriktiruvchi to‘qima regeneratsiyasi,

gistalogik o‘zgarishlar, fibroz, fibroblast, angiogenez, kollagen sentizi, makrofag,
to‘qima qayta tiklanishi, intersitsial modda, ekstrasellular matriksa, mikroskopik tahlil,
biomarkerlardan foydalanish, gen terapiyasi, hujayra terapiyasi.

Аннотация:

Сахарный диабет оказывает значительное влияние не только

на эндокринную систему, но и на экзокринные отделы поджелудочной железы.
В данной статье подробно анализируются гистологические изменения,
наблюдаемые при сахарном диабете 1-го и 2-го типов, включая фиброз,
метаплазию, жировое отложение и ангиопатию. Также обсуждаются
патогенетические механизмы этих изменений, происходящих в экзокринных
тканях поджелудочной железы, их клинические последствия и влияние на
качество жизни пациентов. Статья основана на клинических наблюдениях и


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 04, Апрель

150

https://universalpublishings.com

научных источниках, с целью всестороннего освещения морфологических
изменений поджелудочной железы при сахарном диабете.

Ключевые слова:

хроническое воспаление, соединительная ткань,

регенерация, гистологические изменения, фиброз, ангиогенез, фибробласты,
коллаген, морфология, микроскопия использование биомаркеров, общая терапия
клеточная терапия.

Abstract:

Diabetes mellitus has a significant effect not only on the endocrine

system but also on the exocrine parts of the pancreas. This article provides a detailed
analysis of histological changes observed in type 1 and type 2 diabetes, including
fibrosis, metaplasia, fat accumulation, and angiopathy. The pathogenetic mechanisms
of these changes occurring in the exocrine pancreatic tissues, their clinical
consequences, and impact on patients’ quality of life are also discussed. Based on
clinical observations and scientific sources, the article thoroughly highlights
morphological changes in the pancreas during diabetes mellitus.

Keywords:

chronic inflammation, connective tissue, regeneration, histological

changes, fibrosis, angiogenesis, fibroblasts, collagen, morphology, microscopy, use of
biomarkers, gene therapy, cell therapy.

Yallig‘lanish – bu organizmning tashqi yoki ichki omillarga qarshi

rivojlanuvchi murakkab feziologik himoya-reaksiyasi bo‘lib, u o‘tkir yoki surunkali
shaklda kechishi mumkin. Surunkali yallig‘lanish esa uzoq davom etib, biriktiruvchi
to‘qimalarda doimiy va barqaror o‘zgarishlar yuzaga keltiradi. Gistalogik nuqtai
nazardan bunday yallig‘lanish natijasida to‘qimalarning tuzilmasi va funksiyasi
o‘zgaradi, bu esa ko‘plab kasalliklarning patogenezida asosiy rol o‘ynaydi.

Surunkali yallig‘lanish bugungi kunda tibbiyotda eng ko‘p uchraydigan

patologik holatlardan biri bo‘lib, u nafaqat kasallikning klinik belgilarini, balki
to‘qimalarning chuqur morfologik o‘zgarishlarini ham yuzaga keltiradi. Bunday holat
yurak-qon tomir, nafas olish, jigar, buyrak, teri va boshqa tizimlarda rivojlanadi.
Biriktiruvchi to‘qimalar organizmda tuzilish va himoya funksiyalarini bajaradi, ammo
surunkali yallig‘lanish fonida ularning regeneratsiya qobiliyati pasayadi. To‘qima
darajasidagi bu o‘zgarishlarni tushunish, ayniqsa, gistologik jihatdan tahlil qilish orqali
kasallikning bosqichlarini baholash, davolash strategiyalarini aniqlash imkonini
beradi.

Mazkur maqola ilmiy adabiyotlar tahlili, mikroskopik kuzatuvlar va nazariy

ma’lumotlarga asoslangan holda tayyorlangan. Biriktiruvchi to‘qimalarda surunkali


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 04, Апрель

151

https://universalpublishings.com

yallig‘lanish jarayonlari vaqtida ro‘y beradigan gistologik o‘zgarishlar mikroskopik
namunalarda kuzatilgan. Shuningdek, fibroz, angiogenez, hujayra infiltratsiyasi kabi
o‘zgarishlarni tasvirlash uchun HE (gematoksilin-eozin) bo‘yog‘i bilan bo‘yalgan
preparatlar asos qilib olingan. Mikroskopik tahlillar Olympus mikroskopi yordamida
400x kattalashtirishda olib borilgan.

Surunkali yallig‘lanishni gistologik jihatdan quyidagi asosiy o‘zgarishlar

kuzatiladi:

1. Fibroblastlar faolligi oshadi – bu hujayralar faol proliferatsiyaga kirishib, katta

miqdorda kollagen va boshqa biriktiruvchi to‘qima komponentlarini ishlab chiqaradi.

2. Fibroz jarayoni – ortiqcha kollagen to‘planishi natijasida to‘qimalar zichlashadi,

elastikligini yuqotadi va funksional imkoniyatlari pasayadi.

3. Angiogenezning buzilishi – yangi qon tomirlar hosil bo‘lishi buziladi. Bu

gipoksiya va to‘qima regeneratsiyasining susayishiga olib keladi. Mikroskopik
darajada kapillyar tarmoqning qisqarishi kuzatiladi.

4. Ekstrasellular matriksaning qayta tuzilishi – to‘qima muhitinig strukturasi

o‘zgaradi, hujayralararo modda tarkibi yangilanadi, bu esa regeneratsiya jarayonini
qiyinlashtiradi.

5. Makrofag va limfotsitlarning doimiy mavjudligi – surunkali yallig‘lanish

o‘chog‘ida immun hujayralar uzoq vaqt saqlanib qoladi, bu esa yangilanish
jarayonlariga to‘sqinlik qiladi.

6. Morfologik o‘zgarishlar. To‘qimalarda degenerativ va distrofik o‘zgarishlar,

atrofiyalar, biriktiruvchi to‘qima ko‘payishi va yallig‘lanish infiltratlari kuzatiladi. Bu
mikroskopik darajada aniq ko‘zga tashlanadi.

Bu o‘zgarishlar yurak, jigar, buyrak, o‘pka kabi muhim organlarda og‘ir

morfologik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Masalan, surunkali gepatitda jigar
fibroslanadi, yurakda kardioskleroz yuzaga keladi, buyraklarda esa glomerulonefrit
oqibatida biriktiruvchi to‘qima ko‘payib, nefronlar faoliyati susayadi. Biriktiruvchi
to‘qima regeneratsiyasini tahlil qilishda yangi yondashuvlar mavjud. Yangi
texnologiyalar va usullar to‘qima regeneratsiyasini yanada samarali tahlil qilishga
yordam beradi:

Immunohistokimyo: Immunohistokimyo yordamida regeneratsiya jarayonida

faol bo‘lgan hujayralar va molekulalar aniqlanishi mumkin. Bu usul orqali, masalan,
kollagen va elastin sintezining o‘zgarishlarini tahlil qilish mumkin.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 04, Апрель

152

https://universalpublishings.com

Mikroskopiya texnologiyalari: Elektron

mikroskopiya

va

skanerlash

mikroskopiyasi orqali hujayralarning va to‘qima strukturasining detalizatsiya qilingan
tasvirlari olinadi, bu regeneratsiya jarayonidagi o‘zgarishlarni aniq ko‘rsatadi.

Biomarkerlardan foydalanish: Biomarkerlardan foydalanish regeneratsiyaning

turli bosqichlarini kuzatish uchun yangi yondashuvdir. Bu markerlar regeneratsiyaning
to‘g‘ri yo‘nalishlarga ketishida yordam beradi va fibrozni oldini olish uchun samarali.

Yallig‘lanish va regeneratsiyani boshqarishda zamonaviy terapiyalar

qo‘llaniladi:

Anti-fibrotik terapiya: Fibrozni oldini olish yoki davolash uchun preparatlar

ishlab chiqilgan. Masalan, pirfenidon va nintedanib kabi dori vositalari surunkali
yallig‘lanish jarayonini kamaytiradi va fibrozning rivojlanishini to‘xtatadi.

Biologik preparatlar: Biologik preparatlar, masalan, anti-TNF-α va anti-IL-6

dori vositalari, surunkali yallig‘lanishning kiritilish jarayonini boshqaradi. Bu usullar
regeneratsiyani tezlashtirishga yordam beradi.

Gen terapiyasi va hujayra terapiyasi: Gen terapiyasi va hujayra terapiyasini

qo‘llash regeneratsiyani qo‘llab-quvvatlashning kelajakdagi yo‘llari sifatida ko‘riladi.
Bu usullar yordamida to‘qima regeneratsiyasini tezlashtirish va fibrozni oldini olish
mumkin.

Gistologik tahlil regeneratsiya jarayonining o‘zgarishlarini aniqlashda katta rol

o‘ynaydi .

Xulosa

Surunkali yallig‘lanish jarayoni organizmda uzoq davom etadigan, doimiy

hujayraviy faollik va to‘qima o‘zgarishlari bilan kechadigan murakkab biologik
hodisadir. Bu jarayon natijasida biriktiruvchi to‘qimalarda regeneratsiyaning buzilishi,
fibroz jarayonining kuchayishi, kollagen tolalarining ortiqcha sintezi angiogenezning
susayishi va ekstrasellular matritsaning struktura jihatidan o‘zgarishi kabi chuqur
gistologik buzilishlar kuzatiladi. Mikroskopik darajada esa fibroblastlar sonining
ortishi, limfotsitlar va makrofaglarning doimiy ishtiroki, biriktiruvchi to‘qimaning
zichlashuvi, hujayra va hujayralararo modda nisbatining buzilishi aniq ko‘zga
tashlanadi. Bu esa organlar to‘qimalarning morfologik yaxlitligini, funksional
imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklaydi. Surunkali yallig‘lanish ko‘plab kasalliklar
jumladan: surunkali bronxit, gepatit, glomeronefrit, yuruk yetishmovchiligi kabi
holatlarning asosiy patogenetik mexanizmini tashkil etadi. Shu sababli, ushbu
gistologik o‘zgarishlarning erta bosqichda aniqlanishi, milroskopik diagnostikaning


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 04, Апрель

153

https://universalpublishings.com

to‘g‘ri olib borilishi va bu asosda mo‘ljallangan terapiya rejasi - bemor salomatligini
tiklashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, biriktiruvchi to‘qimalardagi
morfologik va funksional o‘zgarishlarni chuqur o‘rganish - nafaqat tashxis, balki
profilaktika va reabilitatsiya choralarini shakllantirishda ham katta ilmiy - amaliy
ahamiyat kasb etadi. Gistologiya fanida bu boradagi izlanishlar davom etmoqda,
zamonaviy usullar yordamida to‘qima darajasidagi har bir o‘zgarishni aniqlash va
bashorat qilish imkoniyatlariga kengayib bormoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ross M. H, Pawlina W. Histology : A Text and Atlas. Lippincott Williams &

Wilkins, 2020.

2.Junqueira L.C, Carneiro J.Basic Histology . McGraw - Hill Education, 2019.
3.Kumar V, Abbas A.K, Aster J.C. Robbins & Cotran Pathologic Basis of Disease.

Elsevier, 2020.

4.Малахов В.И. Паталогическая анатомия человека. М.:МЕДпресс - информ,

2021.

5. Bianchi M.E. et al. ''Inflammation and Fibrosis : Molecular Interactions and

Cellular Responses .''Cell & Tissue Research, 2021.

6. Tursunov Sh.T. Gistologiya. Toshkent: Tibbiyot, 2019.
7. Хамраев Х.Х. Патологическая морфология. Ташкент: Академнашр, 2021.
8. WHO. Chronic Inflammation and Human Health. World Health Organization

Report, 2018.

9. Ташпулатов Б.К. Гистологические особенности воспалительных процессов.

Ташкент, 2020.

10. Bazarova Z.M. Microscopic Changes in Connective Tissue during Chronic

Inflammation. Medical Journal, 2021.

References

Ross M. H, Pawlina W. Histology : A Text and Atlas. Lippincott Williams & Wilkins, 2020.

Junqueira L.C, Carneiro J.Basic Histology . McGraw - Hill Education, 2019.

Kumar V, Abbas A.K, Aster J.C. Robbins & Cotran Pathologic Basis of Disease. Elsevier, 2020.

Малахов В.И. Паталогическая анатомия человека. М.:МЕДпресс - информ, 2021.

Bianchi M.E. et al. ''Inflammation and Fibrosis : Molecular Interactions and Cellular Responses .''Cell & Tissue Research, 2021.

Tursunov Sh.T. Gistologiya. Toshkent: Tibbiyot, 2019.

Хамраев Х.Х. Патологическая морфология. Ташкент: Академнашр, 2021.

WHO. Chronic Inflammation and Human Health. World Health Organization Report, 2018.

Ташпулатов Б.К. Гистологические особенности воспалительных процессов. Ташкент, 2020.

Bazarova Z.M. Microscopic Changes in Connective Tissue during Chronic Inflammation. Medical Journal, 2021.