Принципы лечения и профилактики кожных заболеваний у собак фитопрепаратами

Поделиться
Таштемиров, Р., & Бакриддинов, Г. (2021). Принципы лечения и профилактики кожных заболеваний у собак фитопрепаратами. Естественные науки: теория и практика., 1(1), 14–18. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/natural_sciences/article/view/3702
Р Таштемиров, in Library

профессор

Г Бакриддинов

помощник

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Хирургия - одна из ведущих патологии у собак после неинфекционных заболеваний. Актуальной проблемой ветеринарии остаются поиск оптимального лечения кожного воспаления, назначение лечения на основе патогенеза, уменьшение количества медикаментозной терапии, приводящей к развитию токсико-аллергических состояний. Синтетические препараты более токсичны и могут привести к развитию трудноуправляемых аутоиммунных патологий. Уменьшение количества лекарственной терапии, которая приводит к развитию аллергических состояний, остается серьезной проблемой для ветеринаров. Лекарственные растения издавна используются в медицине и ветеринарии.


background image

“Табиий фанлар: назария ва амалиёт”

Республика илмий-амалий конференция материаллари (Тошкент, 27 август 2021 й.)

14

СЕКЦИЯ № 2. ВЕТЕРЕНАР ФАНЛАР /

VETERINARY SCIENCES /

ВЕТЕРИНАРНЫЕ НАУКИ



ITLARDAGI TERI KASALLIKLARINI DORIVOR O‘SIMLIK

PREPARATLARI BILAN DAVOLASH VA OLDINI OLISH

TAMOYILLARI


Tashtemirov R. M.,

professor,

Baxriddinov Q. M.,

assistent.

Annotatsiya:

Itlardagi mavjud patologiyalar orasida ichki yuqumsiz kasalliklaridan keyin

yetakchi o‘rinlardan birini jarrohlik kasalliklar egallaydi. Teri yallig‘lanishlarini
optimal davolash yo‘llarini topish, patogenetik asoslangan davolashni belgilash,
toksik – allergik holatlarni rivojlanishiga olib keladigan medikametozli terapiya
xajmini qisqartirish veterinariyaning aktual muammosi bo‘lib qolmoqda. Sintetik
preparatlar ko‘proq toksik bo‘lib, qiyin boshqariladigan autoimmun patologiyalar
rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Allergik holatlarni rivojlanishiga olib keladigan
medikametozli terapiya xajmini qisqartirish veterinariyaning asosiy muammosi bo‘lib
qolmoqda. Bunday vazifalarni tibbiyot va veterinariyada qadimdan qo‘llanib kelgan
dorivor o‘simliklar bajarib kelgan.

Аннотация:

Хирургия – одна из ведущих патологий у собак после неинфекционных

заболеваний. Актуальной проблемой ветеринарии остаются поиск оптимального
лечения кожного воспаления, назначение лечения на основе патогенеза,
уменьшение количества медикаментозной терапии, приводящей к развитию
токсико-аллергических состояний. Синтетические препараты более токсичны и
могут привести к развитию трудноуправляемых аутоиммунных патологий.
Уменьшение количества лекарственной терапии, которая приводит к развитию
аллергических состояний, остается серьезной проблемой для ветеринаров.
Лекарственные растения издавна используются в медицине и ветеринарии.

Секция №2. Ветеринар фанлар / Veterinary sciences / Ветеринарные науки


background image

“Табиий фанлар: назария ва амалиёт”

Республика илмий-амалий конференция материаллари (Тошкент, 27 август 2021 й.)

15

Summary:

Surgery is one of the leading pathologies in dogs after non-communicable

diseases. Finding the optimal treatment of skin inflammation, prescribing
pathogenetically based treatment, reducing the amount of drug therapy that leads to the
development of toxic-allergic conditions remain an urgent problem of veterinary
medicine. Synthetic drugs are more toxic and can lead to the development of difficult-
to-manage autoimmune pathologies. Reducing the amount of drug therapy that leads
to the development of allergic conditions remains a major challenge for veterinarians.
Medicinal plants have long been used in medicine and veterinary medicine.

Kalit so‘zlar: Jarrohlik kasalliklari, teri yallig‘lanishlari, xizmat itlari, dorivor

o‘simliklar, yig‘malar, fitoterapiya, qon – cho‘pi.

Mavzuning dolzarbligi. D.V. Shagayev (2007) ta’kidlashicha, kuch salohiyatiga

ega vazirliklar va tuzilmalarda faoliyat ko‘rsatadigan xarbiy hayvonlarning
ko‘pchiligini xizmat itlari tashkil qiladi. Ular mina qidirish, qoravul, qidiruv va boshq.
xizmatlarda qo‘llanadi. Xarbiy qismlar va bo‘linmalarida qo‘llanadigan xizmat itlari
ko‘p miqdorda turli etiologiyali kasalliklarga chalinadi. Xizmat itlardagi teri
kasalliklarini davolash xarbiy qismlari veterinar – sanitar xizmati boshliqlari va xarbiy
bo‘linmalari veterinariya vrachlarining har kunlik faoliyatida muxim o‘rinni egallaydi.
Teri kasalliklari orasida dermatitlar alohida o‘rin egallaydi. Bu guruh kasalliklarning
diagnostikasi juda murakkab kechadi va terapiya masalalari qiyin hal bo‘ladi.

Xozirgi vaqtda itlardagi har xil teri kasalliklarini, shu jumladan dermatitlarni

davolashning ko‘p vositalari va usullari ishlab chiqilgan. Ammo taklif qilingan
vositalar ko‘pligiga qaramasdan dermatitlarni davolash muammosi xanuzgacha
dolzarb bo‘lib qolmoqda (P.M. Vasilyev, 2001, T.V. Melnik, V.A. Sozinov,
O.V. Suxanova, A.F. Sapojnikov, 2002, H.J.L. Karpetskaya, 2003). Bir tomondan – bu
maqsadda qo‘llanadigan import vositalar qimmat, boshqa tomondan – mamlakatning
o‘zida ishlab chiqiladiganlarning miqdori kam, borlari esa qator salbiy xossalarga ega.
Teri

kasalliklarini

davolashda

immunokorreksiya

muxim

o‘rin

tutadi.

Immunokorreksiyaning samarali usuli bo‘lib esa autogemoterapiya xizmat qiladi
(L.N.Gordiyenko, 2000).

A.B. Smirnov (2010) ta’kidlashicha, o‘simliklar yig‘malari yordamida

yallig‘lanish jarayonidagi infeksiya rivojlanishini oldini olish, yallig‘lanishning har xil
bosqichlarida esa uning tarqalishini to‘xtatish mumkin. Masalan giperemiya
bosqichida qoqi, ivan–chay, eman daraxtining po‘sti kabi o‘simliklar va ularning tana
qismlari, shish bosqichida – momoqaymoq, sporыsh, qariqiz, oq qain bargi, zupturum
va boshq., infiltrasiya bosqichida – xarxar (donnik), bo‘ymadaron, qirbo‘g‘in (xvosh
polevoy), tirnoqgul va boshq. yaxshi samara beradi. Agar yallig‘lanish nekroz yoki
abssesslanish bosqichiga o‘tmagan bo‘lsa, regeneratsiya bosqichlari boshlanadi. Bunda
budra plyushyevidnaya, dastarbosh (pijma), xarxar (donnik), bo‘ymadaron va boshq.
o‘simliklar – regeneratlar samarali bo‘ladi.

Bitta o‘simlik turli davolovchi ta’sir qiladi, kompleks qo‘llanganda esa ular bir –

birining ta’sir kuchini oshiradi, immunitetni va oqibatda organizmning gomeostazini
tiklash kabi murakkab muammoni hal qiladi.

O‘rikarcha yoki qoraarcha, qizilarcha (mojjevelnik), dalachoy (zveroboy), igir

(air bolotniy), trilistnik vodyanoy, dastarbosh kabi o‘tlar, qarag‘ay kurtaklari juda

Секция №2. Ветеринар фанлар / Veterinary sciences / Ветеринарные науки


background image

“Табиий фанлар: назария ва амалиёт”

Республика илмий-амалий конференция материаллари (Тошкент, 27 август 2021 й.)

16

kuchli antimikrobli ta’sirga ega. Kokkli florada “stafilolizin” (№9) o‘simliklar
yig‘masi qo‘llanadi, unga bo‘ymadaron, qariqiz, dalachoy yoki qizilpoycha, dorivor
xarxar, tog‘rayxon yoki jambil (dushisa obыknovennaya), chayono‘t, katta zubturum,
oqqaldirmoq (mat–i–machexa), gores ptichiy, shipovnik korichnыy, g‘ozpanja, dorivor
momoqaymoq, dorivor tirnoqgul, dastarbosh, dorivor moychechak, dala qirqbo‘g‘ini
kabi o‘simliklar qiritilgan.

№9 o‘simliklar yig‘masi sinusitlarda ham yaxshi samara beradi. Immun statusni

yaxshilash uchun 24 o‘simliklardan tashkil etgan №5 yig‘ma qo‘llanadi.

Lipin Sanin (2008) ta’kidlashicha, oxirgi yillarda hayvonlar kasalliklarini

davolash uchun alternativ usullarni qo‘llashga qiziqish keskin ortib bormoqda. Undan
tashqari kasallangan uy hayvonlariga kuchli ta’sir etuvchi (biologik agressiv) vositalar
har doim ham to‘g‘ri kelavermaydi. Infeksion kasalliklar vaksinasiya qo‘llanishi
tufayli kam uchraydilar va ko‘pincha noaniq shaklda kechadi, surunkali shaklga o‘tadi.
Hayvonlar

kasalliklarining

zamonaviy

kechish

xususiyatlariga

zamonaviy

fitopreparatlarning ta’sir spektri to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ularga vrachlar va
hayvon egasining qiziqishi oshgan.

Quyida o‘simlik vositalarning ta’siri keltiriladi:
Yallig‘lanishga qarshi: arpabodiyon (mevasi), petrushka, qorazira (tmin);
Shamollashga qarshi: bo‘tako‘z (vasilek, gullagan o‘tdan tayyorlangan tindirma),

eman daraxtining po‘sti, marjumak (grechixa posevnaya), qirqbo‘g‘in (polevoy
xvosh), turf sharbati;

Haroratni tushiruvchi: arpabodiyon, bagulnik bolotnыy, brusnika, andiz

(devyasil), dalachoy (zveroboy), mat–i–machexa, gunafsha (fialka);

Allergiyaga qarshi: bagulnik bolotniy, tirnoqgul, chayon o‘t, g‘ozpanja

(lapchatka), moychechak, eman daraxtining po‘sti, terak kurtaklari, bo‘ymadaron,
shumurt (mevasi);

Jarohatlarni bitgazuvchi (tashqi tomondan qo‘llash uchun): kiyik o`ti, rayxon

(bazilik), zupturum, tirnoqgul;

Kuyishlarda qo‘llanuvchi: tirnoqgul, arnika, chayon o‘t;
Sog‘lomlashtiruvchi balzam: qichitqio‘t yoki gazanda gulidan yoki poyasidan

yangi tayyorlangan shira);

Qonni tozalovchi: sinniya o‘ti;
Qonni to‘xtatuvchi: kelintili yoki suvzamchi (gorlets pochechuyniy) va

suvqalampir yoki suvzamchi (gorles perechnыy), ochambiti yoki jag‘jag‘ (pastushya
sumka), yapon saflorasi;

Vitaminlarga boy: satzinak (kerbel), koriandr, chayono‘t (krapiva), namatak

(shipovnik korichnыy), shivit, estragon, dalachoy (zveroboy), oqzira (fenxel), sabzi,
qarafs (selderey paxuchiy), lyubistok, petrushka, arpabodiyon.

Agar it tindirmani achchig‘ligi uchun ichmasa, unga glyukoza, dekstroza

qo‘shiladi. Undan tashqari tindirmani sut yoki go‘sht bilan berish mumkin. Boshqa
holatlarda ko‘p o‘simliklar komponentlaridan tarkib topgan va proporsiyalarga rioya
ыilingan tayyor xabdori shakllaridan foydalanish mumkin (masalan, Fitoelita
seriyasidan).

R.A.Xasanova (2005) ta’kidlashicha, ayrim doivor o‘simliklaridan xabdorilar,

mikstura va nastoykalar xali ishlab chiqarilmagan. Bu holda tindirma (nastoy)

Секция №2. Ветеринар фанлар / Veterinary sciences / Ветеринарные науки


background image

“Табиий фанлар: назария ва амалиёт”

Республика илмий-амалий конференция материаллари (Тошкент, 27 август 2021 й.)

17

tayyorlanadi. Buning uchun 1 choy qoshiq quritilgan o‘simlikka 1 stakan qaynoq suv
qo‘shilib, 20 daqiqa tindirib qo‘yiladi. Tindirma salqin joyga qo‘yilganda 2–3 kun
saqlanishi mumkin. O‘tkir kasalliklarda kuniga 2 martta oziqlantirish vaqtida beriladi.

Dorivor o‘simliklar surunkali kasalliklarda yaxshi samara beradi. Dorivor

o‘simliklar organizm uchun umuman xavfsiz degan fikrlar mavjud. Ammo bu
shundaymikan? Bir xil o‘simlik vositasini ko‘p vaqt ishlatsa, unga o‘rganib qolish
holati hosil bo‘ladi. Shuning uchun mutahassislar o‘simlik va yig‘malarni vaqti – vaqti
bilan, har 3–4 xaftada almashtirib turishga maslaxat baradilar.

Ayrim o‘simliklarning moddalari organizmda to‘planib, ular salbiy ta’sir qilishga

boshlaydi. Bularga qon–cho‘p (chistotel), kakra (polыn), bo‘yimadaron kabilar kiradi.
Ayrimlarining tarkibida esa zaharli moddalar mavjud – bagulnik, kakra, cheremisu,
omelu, qon–cho‘p, qirqbo‘g‘in (paporotnik), qoraarcha yoki qizilarcha kabi
o‘simliklarni juda ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim.

Zaharli o‘simliklarning ro‘yxati asta – sekin kengayib bormoqda. O‘tlardan

tayyorlangan choy operatsiya natijasiga har xil ta’sir qilishi mumkin. Masalan,
exinatseya allergik reaksiyasini oshiradi, immun preparatlari bilan davolashga salbiy
ta’sir qiladi. Shuning uchun uni qo‘llashni operatsiyadan ancha avval to‘xtatish lozim.
Sarimsoq piyoz, ginkgo biloba va jenshen tromb hosil bo‘lishiga qarshi yaxshi ta’sir
etadilar, ammo bu xislat operatsiyadan so‘ng qon ketishining sababi bo‘lishi mumkin.
Dalachoydan tayyorlangan vositalar ajoyib antidepressantlar, ammo ular boshqa dori
vositalarning ta’siriga halaqit beradilar. Asarun (valeriana) narkoz vositalarga bo‘lgan
talabni oshirishi mumkin. Qayd etib o‘tilgan dorivor o‘simliklarni qo‘llashni
operatsiyadan 1 hafta avval to‘xtatish kerak.

Fitoterapiyada bir vaqtda kechadigan kasalliklar, o‘tlarning qabul qilinadigan

kimyoviy preparatlar va ozuqa bilan bir biriga mosligi hisobga olish zarur. Masalan,
tetratsiklin va sulfanilamidlarni qo‘llashda dalachoyni ishlatish tavsiya etilmaydi
chunki bu terining yorug‘likka sezuvchanligini oshiradi va quyoshdan kuyishga sabab
bo‘ladi. Toza jarohatlarni davolash uchun quyidagi o‘simliklar qo‘llanadi. Dorivor
medunitsa. Yangi uzilgan o‘tning sharbati ishlatiladi. Xalq tabobatida yod o‘rniga
ishlatiladi. Achchiq qizg‘ish sharbatni jarohat ustiga quyib, ustidan bog‘lam qo‘yiladi.
Yangi uzilgani bo‘lmasa uning kuli qo‘llanadi. Medunisa qonni to‘xtatadi,
yallig‘lanishga qarshi, davolovchi va antiseptik xususiyatlarga ega.

Bo‘yimadaron (Tisyachelistnik obiknovenniy). Yangi uzilgan o‘tning sharbati

ishlatiladi. Sharbat yoki maydalangan poya jarayon ustiga qo‘yilib, ustidan bog‘lam
qo‘yiladi. Qonni to‘xtatadi, yallig‘lanishga qarshi, davolovchi, og‘riqsizlantiruvchi va
antiseptik xususiyatlarga ega.

Chayono‘t. Yangi uzilgan o‘tning sharbati ishlatiladi. Sharbatni salfetkalar

yordamida qonab turgan jarayon ustiga quyib, ustidan bog‘lam qo‘yiladi. Qonni
to‘xtatadi, yallig‘lanishga qarshi, davolovchi, og‘riqsizlantiruvchi va antiseptik
xususiyatlarga ega. Oddiy qarag‘ay, archa, sibir pixtasi. Daraxt sharbati jarayon
yuzasiga suriladi. Qonni to‘xtatadi, jarohatlarni tez davolovchi xususiyatlarga ega.

Oddiy kirkazon. Barglari ezilib, qonab turgan jarohatlarga qo‘yiladi. Qonni

to‘xtatadi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir etuvchi xususiyatlarga ega. S.G. Gadzaonov
(2009) ta’kidlashicha, jarrohlik kasalliklar bilan kurashish tajribasi ko‘rsatadi – bu
jarayonda asosiy vazifani qisqa mudatda hayvon sog‘ligini tiklaydigan dorili terapiya

Секция №2. Ветеринар фанлар / Veterinary sciences / Ветеринарные науки


background image

“Табиий фанлар: назария ва амалиёт”

Республика илмий-амалий конференция материаллари (Тошкент, 27 август 2021 й.)

18

bajaradi. Jarrohlik infeksiyani davolashning hozirgi etapida turli usullar va
antimikrobli vositalar qo‘llanadi. Amo ularning har bittasi o‘ziga hos kamchilikka ega
– qiyin bajarilishi, qimmatlik, mikrofloraga yetarlicha ta’sir qilmaslik va sh.o‘. Bu
holat ishlab chiqarishga oson topiladigan, arzon va samarali dori vositalarini hamda
patogenetik terapiya usullarini joriy etishni taqozo etadi. Shuning uchun
infeksiyalashgan yallig‘lanishlarni 30% li qon – cho‘pining shirasi va 10% li malhami
bilan vibrasion terapiya hamda infraqizil nurlantirishni qo‘llab davolash katta qiziqish
chaqiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Авакаянц Б.М. Лекарственные растения в ветеринарной медицине. –

М.: Аквариум ЛТД, 2001.

2.

Ниманд Х. Г., Сутер П. Б. Болезни собак. Практическое руководство для

ветеринарных врачей. Москва, «Аквариум», 2001. – 806 с.

3.

Тимофеев С. В., Филиппов Ю. И., Концевая С. Ю. и др.; Под ред.

С. В. Тимофеева.

Общая хирургия животных

/ – М.: Зоомедлит, 2007. –

687 с.

4.

Хасанова Р.А. Декоративное собаководство (необычное и обычное о

собаках). Москва. 2005.

5.

Цыганко, А.В. Кожные болезни собак. 1 том. Рук-во для студентов и

врачей ветеринарной медицины / А.В. Цыганко. СПб, 2000. – 232 с.

6.

Бициев Т.Т. Комплексная терапия случайных инфицированных ран у

животных. Автор. дисс. на соискание учёной степени кандидата ветеринарных
наук. Санкт-Петербург – 2012.

7.

Валеева А.Н. Диагностика и лечение экзем и дерматитов у собак

(клинико-лабораторные исследования): автореф. дис. .канд. вет. наук /
А.Н. Валеева. Казань, 2000. – 22 с.

8.

Валиева Н. Г. Фармако-токсикологическая оценка травы чистотела. //

Автореф. дисс. . канд. вет. наук. Казань – 2001.

Секция №2. Ветеринар фанлар / Veterinary sciences / Ветеринарные науки

Библиографические ссылки

Авакаянц Б.М. Лекарственные растения в ветеринарной медицине. -М.: Аквариум ЛТД. 2001.

Ниманд X. Г.. Сутер П. Б. Болезни собак. Практическое руководство для ветеринарных врачей. Москва. «Аквариум». 2001. - 806 с.

Тимофеев С. В.. Филиппов Ю. И.. Концевая С. Ю. и др.; Под ред. С. В Тимофеева. Общая хирургия животных - М.: Зоомедлит. 2007. -687 с.

Хасанова Р.А. Декоративное собаководство (необычное и обычное о собаках). Москва. 2005.

Цыганко. А.В. Кожные болезни собак. 1 том. Рук-во для студентов и врачей ветеринарной медицины А.В. Цыганко. СПб. 2000. - 232 с.

Бициев Т.Т. Комплексная терапия случайных инфицированных ран у животных. Автор, дисс. на соискание учёной степени кандидата ветеринарных наук. Санкт-Петербург - 2012.

Валеева А Н. Диагностика и лечение экзем и дерматитов у собак (клинико-лабораторные исследования): автореф. дис. канд. вет. наук / А Н. Валеева. Казань. 2000. - 22 с.

Валиева Н. Г. Фармако-токсикологическая оценка травы чистотела. // Автореф. дисс.. канд. вет. наук. Казань - 2001.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов